3. Qayta bayon etish. O‘rganilgan mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch so‘zlar yordamida o‘quv materiali mazmunini o‘z fikrlari bilan ifodalash. Misol uchun Yan Amos Komenskiyning pedagogik qarashlarini o‘rganish jarayonida quyidagi tayanch tushunchalar talabalar tomonidan o‘rganilgan mavzu mazmunini qayta bayon etilishiga imkon beradi:
1952 yil, “Ugorskiy Brod” (Moraviya), “Chex qardoshlari”, “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” (1631 yil), “Buyuk didaktika” (1632 yil), “Pan sofiya” ideyasi, “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari” (1648 yil), dunyoqarash, tarbiya yo‘nalishlari, yosh davrlari, didaktik tamoyillar, sinf-dars tizimi,
axloqiy tarbiya, o‘qituvchi shaxsi
4. Reja tuzish. Talabalarni o‘zlashtirilayotgan mavzu bo‘yicha reja tuzishga undash va dastlabki ko‘nikmalarni hosil qilish ular tomonidan o‘quv materiali mohiyatini chuqur anglanishiga zamin yaratadi. Binobarin, bu holatda tinglanayotgan (o‘qituvchi hikoyasi) yoki o‘qilayotgan (darslik, qo‘llanma, yordamchi adabiyotlar, Internet materiallar va boshqalar) o‘quv materialini mantiqiy ravishda guruhlarga ajratish va har bir guruhga kiritilgan materialning tub mazmunini ochib berishga xizmat qiluvchi iboralarni ajratish talabadan barqaror diqqat, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishni taqozo etadi. Usulni qo‘llashda shior bo‘lgan talab – rejaning har bir bandi uchun belgilanayotgan ibora o‘zida o‘quv materiali muayyan bo
Turkumlash-muhim belgilariga muvofiq ajratish ularning talabalar tomonidan ma’lum tizim asosida o‘zlashtirilishiga imkon beradi.
Ta’lim jarayonida talabalarda pedagogik bilimlarni turkumlashtirish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga ham e’tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo‘yicha pedagogik bilimlar turkumlashtirildi.
Sxemalashtirish. Talabalar o‘rganilgan o‘quv materiali bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvirlar asosida namoyish etadilar.
Ta’lim jarayonida talabalarda sxemalashtirish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga ham e’tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo‘yicha sxemalar yaratildi. Shuningdek, rasm, shakl va tasvirlarning yaratirilishiga ham erishildi.