Usmanova maxina anarboyevna “Geografiya darslarida ekskursiyani tashkil etish pedagogik muammo sifatida”


Umumta’lim maktablarida geografik ekskursiyaning turlari



Yüklə 82,67 Kb.
səhifə8/24
tarix07.01.2024
ölçüsü82,67 Kb.
#208702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
USMANOVA MAXINA

2.2. Umumta’lim maktablarida geografik ekskursiyaning turlari
Umumta’lim maktablarida geografik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv dasturiga muvofiq, o‘qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muhit yoki sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi. O‘quv ekskursiyalari umuma’lim maktablari ta’limiy–tarbiyaviy ishlarda katta o‘rin tutadi. O‘quv ekskursiyalarida yil davomida olingan bilimlar mustahkamlanadi hamda tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalari
shakllantiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko‘ra, bir soatlik, bir kunlik va ko‘p kunlik bo‘lishi mumkin.
Bir soatga mo‘ljallangan ekskursiyalar – geografiya fan maydonchasida yoki o‘quv tajriba еr maydonchasida o‘tkaziladi.
Bir kunga mo‘ljallangan ekskursiya – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo‘jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog‘iga, suv omboriga uyushtiriladi, mazkur ekskursiyalar ro‘yxati maktab ilmiy bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ko‘p kunlik ekskursiya – o‘quv yilining oxirida kompleks ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, biologiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim fani o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ko‘p kunlik ekskursiya – rejasini umumta’lim maktablarining pedagogik kengashlarida tasdiqlanadi.
Shuni alohida e’tiborga olish lozimki, o‘quv ekskursiyalari umumta’lim maktablarida bahor va kuz oylarida o‘tkaziladi.
Ularning asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi.
O‘quv ekskursiyalarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlar olib borish ko‘nikmalarini shakllantirishdir [21].
Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan holda o‘quv ekskursiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo‘yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni, tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish.
  • Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari, Oy, sayyoralar va yulduzlar (Katta va Kichik Ayiq,

  • Qutb yulduzlarini) ni aniqlash va ularga qarab mo‘ljal olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
  • Joyning rel’efini o‘rganish va rel’ef to‘g‘risidagi bilimlar va ko‘nikmalarni yanada chuqurlashtirish hamda dalada mustaqil ravishda rel’efning asosiy turlarini o‘rganish ko‘nikmalari shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari rel’ef hosil

  • qiluvchi omillarni ham o‘rganishning turli usullari bilan tanishtiradi.
  • Joyning geologik tuzilishini o‘rganish metodikasi bilan tanishtirish.
  • Ob-havoni kuzatish va suv havzalarini o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish. O‘quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim.
  • Joyning tuproq qoplamini o‘rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
  • Joyning o‘simlik qoplamini o‘rganish usuli bilan tanishtirish. O‘simliklarni qavatlarga (yaruslarga) bo‘lib o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirish.
  • Hayvonot dunyosini o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish.
  • Tabiiy va antropogen landshaftlarni ajratish ko‘nikmalarini shakllantirish.
  • Ishlab chiqarish korxonasini o‘rganish ko‘nikmasini shakllantirish.


Yüklə 82,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin