Usmanova maxina anarboyevna “Geografiya darslarida ekskursiyani tashkil etish pedagogik muammo sifatida”


-sinf “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi”da geografik ekskursiyalarni tashkil etish metodikasi



Yüklə 82,67 Kb.
səhifə9/24
tarix07.01.2024
ölçüsü82,67 Kb.
#208702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
USMANOVA MAXINA

2.3. 5-sinf “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi”da geografik ekskursiyalarni tashkil etish metodikasi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfida “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi” fani o‘qitiladi. Ushbu fandan ta’lim berish uning ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi ta’limida o‘rganiladigan tabiiy, ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda tabiiy jarayon va hodisalar, tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish va uni asrash haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
  • Geografiya fani va uning rivojlanishi, Yer sayyorasi, joy plani va geografik xaritalar, geografik qobiqlar, inson va tabiat haqidagi tizimli va majmuali bilimlarni tarkib toptirish;
  • joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;
  • turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy ob’ekt hamda hodisalarni tavsiflash, geografik xaritalar, statistik va grafik tavsiflar bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;
  • geografik bilimlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish;
  • o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftihor, fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash [10,15].

  • Geografiya o‘quv fanini o‘rganishning birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat hodisalari, mamlakatimiz
    tabiati haqida boshlang‘ich tavsiflar beriladi. Fanni o‘rganishning ikkinchi davri umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanib, o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika, biologiya, kimyo, matematika fanlarida o‘rganiladigan mavzularga zamin yaratadi.
    Tabiiy geografiyaning o‘rganish ob’ekti geografik qobiq (epigeosfera)dir. Geografik qobiq bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan еr po‘sti, atmosferaning quyi qatlamlari, okean va materik suvlari, tuproqlar, o‘simliklar hamda hayvonlardan
    tarkib topgan. Geografik qobiqning ayrim tarkibiy qismlari, uchastkalari yoki komponentlarini o‘rganish bilan tabiiy geografiyaga yaqin va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan fanlargeologiya, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, tuproqshunoslik, biogeografiya shug‘ullanadi. Geografik qobiq-bir butun tizim sifatida, uning tuzilishi, rivojlanishi va o‘ziga xos xususiyatlari hamda asosiy qonuniyatlari tabiiy geografiyaning umumiy еr bilimi deb ataluvchi bo‘limida o‘rganiladi. Geografik qobiqni tahlil qilish uning bir butunligini, uni tashkil etuvchi komponentlarning hamda unda ro‘y beruvchi tabiiy jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Biroq geografik qobiq bir butunligi bilan birga, makonda, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga farq qilishi bilan ham harakterlidir.
    Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 5-sinf Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘qitiladi.


Yüklə 82,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin