oldini olish,
mikroiqlim (mikromuhit) yaratilishi va
ularga oid misollar
Ikkinchidan, quyidagi mustaqil ishlarni bajarishi lozim:
1. Oddiy meteorologik asbob-uskunalar (aktinometr – toʼgʼri Quyosh radiatsiyasini; anemometr – shamol tezligini; barometr – atmosfera bosimini; shamol koʼrsatkich konusi – shamol yoʼnalishi va taxminiy tezligini; gigrograf (gigrometr)
– havoning nisbiy namligini; nefelometr – suyuqlik va gazlarning loyqaliq (xiralik) darajasini; psixrometr – havo harorati va
namlini; snegomer (qor oʼlchagich) – qor qalinligi va zichligini; flyuger – shamol yoʼnalishini; osadkomer (yogʼin oʼlchagich) - atmosfera yogʼinlari miqdorini; termometr – havo, suv, tuproq haroratini oʼlchaydi) bilan tanishish va ulardan foydalanishni oʼrganish.
2. Oʼz joyida (tuman, shahar yoki viloyatda) iqlim hosil qiluvchi asosiy omillar va ularning ekologik ahamiyatini
aniqlash. Izoh: Quyi Аmudaryo iqlimi uning geografik oʼrni va u bilan bogʼliq holda Quyosh radiatsiyasi, atmosferada havo oqimlarining aylanishi, relʼefi, yer yuzasi holati, oʼsimliklar qoplami va iqlimga aholi xoʼjalik faoliyatining taʼsiri natijasida vujudga keladi.