Usmanova maxina anarboyevna “Geografiya darslarida ekskursiyani tashkil etish pedagogik muammo sifatida”


Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo‘nalishalari



Yüklə 82,67 Kb.
səhifə6/24
tarix07.01.2024
ölçüsü82,67 Kb.
#208702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
USMANOVA MAXINA

1.3. Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarning asosiy yo‘nalishalari
Umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari ishlar juda xilma xil bo‘lib, sinfdan tashqari ishlar ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydi. Shuning uchun ular ma’lum bir yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlashtiriladi: turistik-o‘lkashunoslik, madaniy-oqartuv, mehnat, muzey, nashriy, ekologik va boshqalar.
Turistik o‘lkashunoslik yo‘nalishi. Ushbu yo‘nalishga sayohatlar, o‘quv ekskursiyalari, gegrafik ekspeditsiyalar, geografik
yig‘inlar kiritiladi. Gegrafik marshrut bo‘yicha yurishlar (poxodlar) turistik o‘lkashunoslik ishlarining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Mazkur yurishlarda turistik va o‘lkashunoslik ishlar uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Turistik ishlarga yo‘nalishni tanlash va ishlab chiqish, turistik ko‘nikmalarni egallash kabi tushunchalar kiritiladi. O‘lkashunoslik ishlariga esa o‘z yashash joyining tabiatini, xo‘jaligini, tarixini, madaniy yodgorliklarini o‘rganish kiradi.
Tanlangan marshrut yo‘nalishga tayyorlanish va o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
  • tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda marshrut bo‘yicha yurishga chiqadigan o‘quvchilar soni, sinfi, ro‘yxati aniqlanadi. Unda zarur bo‘ladigan jihozlar asbob uskunalar aniqlanadi. Marshrut bo‘yicha yurishlar bir kunlik va ko‘p kunlik tarzda amalga

  • oshiriladi;
  • Marshrut bo‘yicha yurish yo‘nalishi aniqlanadi. Aniqlangan yo‘nalish bo‘yicha yurish, dam olish joylari, tushlik qiladigan, tunaydigan joylar aniqlanadi, oziq-ovqat masalalari hal qilinadi;
  • Marshrut bo‘yicha yo‘nalishlarni tanlash yurish maqsadiga bog‘liq holda aniqlanadi. Yurishni maqsadlariga qarab turistik va o‘lkashunoslik anjomlari ro‘yxati tuziladi va tashkiliy ishlar amalga oshiriladi;
  • Marshrut bo‘yicha yurishni o‘tkazish. Yurishdan oldin uning maqsadi va vazifalari hamda qoidalari haqida o‘quvchilarga ko‘rsatmalar beriladi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhning sardori tayinlanadi va vazifalari aniqlanadi. Masalan, bir guruh yo‘nalishni tabiiy sharoiti o‘rganiladi, rel’ef shakllari gidrografik ob’ektlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi, asosiy landshaft turlari, noyob tabiat ob’ektlari o‘rganib boriladi. Ikkinchi guruh esa yo‘nalish bo‘yicha joylashgan iqtisodiy geografik ob’ektlarni o‘rganib boradi, ya’ni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi, sanoat korxonalari, aholi punktlari, transort shaxobchalari. Uchunchi guruh tarixiy obidalar, rekreatsion va turistik ob’ektlarni o‘rganib xaritaga tushirib borishadi;
  • Marshrut bo‘yicha yurish so‘ngida uning natijalari qayta ishlanadi va hisobot natijalari geografik konferensiya yoki geografiya to‘garagi yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Geografik ekskursiyalar maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.


  • Yüklə 82,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin