150
5.5. Korxona tarkibiy bo‘linmalari nizomlarini
ishlab chiqish tartibi
Ishlab chiqarish jarayoni va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi yirik va o‘rta
korxonalarda boshqaruv vazifalari mustaqil, ba’zan hududiy jihatdan alohida bo‘lgan
va xo‘jalik hamda ma’muriy mustaqillikka ega bo‘linmalar (yoki filiallar) tomonidan
bajariladi. Bu bo‘linmalarning boshqaruv tizimini
samarali muvofiqlashtirish
maqsadida ularning faoliyati korxona direktori tasdiqlagan bo‘linmalar to‘g‘risidagi
nizom bilan tartibga solinishi lozim.
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomda bo‘linmaning korxonadagi o‘rni va
ahamiyatini, uning tarkibiy tuzilmasi, boshqaruvning asosiy funksiyasi va vazifalari,
bo‘linma xodimlari huquqlari, javobgarligi va ularni rag‘batlantirish
shakllarini
tartibga soluvchi asosiy me’yorlar aks ettiriladi.
Bo‘linma to‘g‘risidagi nizom korxona rahbari tomonidan sana ko‘rsatilgan
holda tasdiqlanadi va muhr qo‘yiladi. Bo‘linma va filiallar nizomlarida quyidagi
tashkiliy, huquqiy va moliyaviy talablar o‘rin egallagashi lozim:
• tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida boshqaruv funksiyalarining rasman
muvofiqlashgan taqsimlanishini belgilanganligi;
• bo‘linma zimmasiga biriktirilgan asosiy boshqaruv vazifalar;
funksiya va
vazifalar bajarilishi talablari; mehnatni tashkillashtirish, uning davomiyligi va
kalendar muddatning aniq belgilaganligi;
• har bir boshqaruv vazifasi kompleksi bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalar o‘rtasida
funksional o‘zaro aloqaning o‘rnatilganligi;
• bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning miqdoriy ko‘rsatkichlarini
kiritish evaziga boshqaruv funksiyalarining o‘z vaqtidaligi
va ishonchliligini
oshirganligi;
• qarorlar qabul qilish va korxona hisobidan ajratilgan resurslardan samarali
foydalanish talablari va Shu borada bo‘linmaning huquqlari belgilanganligi;
• boshqaruv funksiyalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida bo‘linma
151
xodimlarining jamoaviy va individual javobgarligi belgilanganligi;
• ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijalariga ko‘ra xodimlarni
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni amalga oshirish talablarining belgilanganligi.
Tuzilmaviy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom besh bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak:
umumiy bo‘lim, funksiyalar va vazifalar, huquqlar, javobgarlik, rag‘batlantirish.
Dostları ilə paylaş: