152
• mehnat resurslaridan, moddiy-texnik baza imkonlaridan samarasiz va
maqsadsiz foydalanish, energetik va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanmaslik;
• bo‘linmaga belgilangan shtat birligi, byudjet
yoki daromad manbalaridan
tejamkorlik talablarini inkor yetib, moliyaviy intizomni buzish, jamoaviy shartnoma
shartlari va ish haqini to‘lash nizomining buzilishi.
Bo‘limda xodimlarni rag‘batlantirish talablari 3 ta asosiy qismdan iborat:
1. Bo‘limning boshqaruv vazifalarini o‘z vaqtida
va sifatli bajarish uchun
xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning aniq shakllari ko‘rsatiladi:
- jamoa oldida minnatdorchilik bildirish;
- pul mukofoti berish;
- qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
- korxona yoki yuqori tashkilotning faxriy yorlig‘ini topshirish;
- faxriy xodimlar peshtaxtasiga kiritish.
2. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijasi
bo‘yicha asosiy ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan tarzda
tuzilmaviy bo‘linma faoliyati ko‘rsatkichlari belgilanadi.
Bo‘linmada mehnatni tashkil etish va faoliyat natijasi samaradorligini
baholash ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy ko‘rsatkichlar
yakuniga qarab amalga
oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: qarorlar ishonchliligi, hujjatlarni rasmiylashtirish
sifati, qabul qilinuvchi qarorlarning o‘z vaqtidaligi, personal yuklanishi bir tekisdaligi
va mehnat intizomi darajasi.
3. Funksional bo‘linmaga biriktiriladigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Masalan, korxona rahbari uchun – pul mablag‘larining tuShum miqdori, korxonadagi
foyda miqdori, rentabellik darajasi va sifat talablari; reja bo‘limi uchun – tovar
mahsuloti hajmi o‘sishi, mehnat unumdorligi o‘sishi, foyda miqdori o‘sishi,
xodimlarning o‘rtacha ish haqi fondi o‘sish sur’atlari.