Termodinamik tizim – makroskopik jismlar majmuasidan iborat bo‘lib, bu jismlar doimo o‘zaro ta’sirlashadilar va nafaqat o‘zaro, balki tashqi muxit bilan ham energiya almashib turadilar.
Termodinamik metod asosi – bu termodinamik tizimning holatini aniqlashdir. Tizimning holati, uning xususiyatini belgilovchi fizik kattaliklar majmuasidan iborat bo‘lgan termodinamik parametrlar bilan belgilanadi. Odatda tizimning holatini belgilovchi parametrlar sifatida – temperatura, bosim va solishtirma hajmlar tanlanadi. Tizimning holatini aniqlab beruvchi fizikaviy kattaliklar tizimning parametrlari deb ataladi.
Temperatura – moddaning isitilganlik darajasini ko‘rsatuvchi fizikaviy kattalikdir va makroskopik tizimning termodinamik muvozanat xolatini xarakterlaydi.
O‘lchov va og‘irlik birliklari bo‘yicha 1968 yilda o‘tkazilgan Bosh konferensiya qaroriga binoan, hozirgi vaqtda ikkita temperatura shkalasini qo‘llash mumkin.
Xalqaro amaliy temperatura shkalasi (Selsiy graduslarida, 0С).
Xalqaro amaliy temperatura shkalasida suvning qotish va qaynash temperaturalari 0С va 100 0С deb olingan va ular shkalaning reper (tayanch) nuqtalari deb ataladi.
Termodinamik temperatura shkalasi bitta reper nuqta bilan aniqlanadi – bu suvning gaz, suyuqlik va qattik fazaviy holati bilan bog‘liq uchlik nuqtasidir. Termodinamik temperatura shkalasida bu reper nuqta 273,16 K ga tengdir.
1 Kelvin suvning uchlik nuqtasi termodinamik temperaturasining 1/273,16 qismiga tengdir.
Selsiy gradusi va Kelvin birliklari bir-biri bilan quyidagicha bog‘langan:
Т = 273,15+t Т= 0 Kelvinning nol qiymatiga tengdir.
Solishtirma hajm V – birlik massa hajmidir. Jism birjinsli bo‘lganda uning zichligi o‘zgarmas bo‘ladi, ya’ni =const. Bu holda
Tizim holati parametrlari ba’zi paytlarda o‘zgarishi mumkin. Termodinamik tizimda holat parametrlaridan biri o‘zgarishi bilan bog‘liq har qanday o‘zgarishlar termodinamik jarayon deb ataladi.
Agarda holat parametrlari vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa makroskopik tizim termodinamik muvozanat holatda deb hisoblanadi.