Ishchi g’oyani ishlab chiqish
. Ishchi g’oyani ishlab chiqish pedagogik
eksperimentning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqilgan
ishchi g’oya butun tadqiqot davomida olib boriladigan ishlarni asosiy
o’zagi bo’lib hisoblanadi. Masalan, umumta’lim maktablarida kartografik
tushunchalarni shakillantirish g’oyasi 5-sinfdan 9-sinfgacha davom etadi
va tadqiqotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan g’oyani sinash
. Ushbu bosqichda pedagogik ekspe-
riment, kuzatish va boshqa usullar orqali ishlab chiqilgan g’oya tekshiri-
ladi, uning axamiyati, samaradorligi baholanadi.
Nazariy xulosalar ishlab chiqish
. Tadqiqot davomida olingan natijalar
umumlashtiriladi va nazariy hulosalar ishlab chiqiladi. Uning asosida
ishlab chiqilgan g’oyalar va ilmiy holatlarnining samaradorlik darajasi
aniqlanadi va u yoki bu metod tanlab olinadi va yangi metodik tizim ishlab
chiqiladi. Yangi ishlab chiqilgan metodik tizimning afzalligini aniqlashni
asosiy o’lchovi bo’lib o’quvchilarning bilim va malakalarini sifati
hisoblanadi. Shuning uchun ayrim metodlarni samaradorligini aniqlashda
tadqiqotlar ikkita paralel sinflarda olib boriladi, ya’ni eksperimental va
oddiy. Oddiy sinflarda dars qabul qilingan metodikani qo’llash orqali
o’tkaziladi, eksperimental sinflarda esa yangi ishlab chiqilgan usul
yordamida o’tkaziladi. So’ngra eksperimental va oddiy sinflardagi
o’quvchilar bilimlari solishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: