To‘g ‘ri nutq
- hozirgi adabiy til m e’yorlariga rioya qilib tuzilgan
nutqdir. Yuqori nutq madaniyati - fikrlami til vositalari bilan to ‘g‘ri,
aniq va ta ’sirchan qilib bera olish mahorati. Notiqlik esa og‘zaki nutq
m adaniyatining yuqori darajasi, yetuk nutqiy san ’atdir. N utq
madaniyati aslida, adabiy til mezonlari asosidagi, nutqiy faoliyat,
nutqiy malaka, nutqiy ko‘nikma birligidan iborat. Adabiy tilsiz nutq
madaniyatini tasaw u r qilib bo‘lmaydi. Adabiy til nutq m ada
niyatining to £g£ri so‘zlash va yozishning o'lchovi va mezonidir.
N utq madaniyati, nutqiy mahorat va notiqlik san’atiga doir qator
ilmiy ishlar muallifi, zamonamizning ajoyib notig‘i Rahimboy
Jumaniyozov nutqiy faoliyatning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi,
o ‘ziga xos turlari hamda og‘zaki nutq va yozma nutq haqida talaygina
ijobiy fikrlarni bayon etadi1.
Og£zaki nutq yozma nutqqa nisbatan ancha faol, jonli jarayon.
Og'zaki nutq qo‘llanish usuliga ko£ra ikki xil bo'ladi:
1.
Oddiy so£zlashuv nutqi. Bu kundalik hayotimizda o'zaro
muomala jarayonida ishlatiladigan nutq. 2. Adabiy so‘zlashuv nutqi.
Bu muayyan shaxslar doirasida tilning m e’yoriy mezonlarini qo£llash
orqali ro‘yobga chiqadi.
Og'zaki va yozma nutqning o‘zaro bog‘liqligi ulaming shaklla-
nish jarayonidagina emas, balki taraqqiy etishida, sayqal topishida
1 Qarang: Jumaniyozov Rahimboy. Nutqiy mahorat. Т.: Adolat nash-
riyoti, 2005.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham muqimdir. N otiq aytmoqchi bo‘lgan fikrini, maqsadini to ‘la-
ligicha bo‘lmasa-da, maqsadining xomaki, qoralamasini, qog‘ozga
tushiradi, rejalashtiradi. N im adan nimaga o‘tish, qancha to ‘xtalish,
nim alarni aytish yoki aytmaslik haqida chizgilar notiq so‘zlayotgan
paytda ham uning ko‘z oldida xuddi qog‘ozdagidek xayoliy su’rati
nam oyon bo‘lib turadi. Aks holda, nutq m e’yori buzilib, vaqt
ch o ‘zilib ketishi, notiqni auditoriya yaxshi qabul etmasligi mumkin.
M uloqot vositasi kommunikatsiya nutqiy (og‘zaki va yozma),
paralingvistik ( tovush ohangi, gap tezligi, ovoz tembri), kinetik
(xatti-harakat, mimika, harakatning boshqa shakllari) va narsa belgili
(haykal, rasm lar) vositalar tarzida amalga oshiriladi. N utqiy
malakaga, ko‘nikmaga ega bo‘lmagan o‘qituvchi yoki talaba tilimizning
sofligini ham, boyligini ham namoyish eta olmaydi. Chinakam notiq
nutq texnikasi - ovoz, nafas, to ‘xtalish, ohang kabi nutqning ifoda
vositalari, mashqiy jarayon bilan chegaralanib qolmasdan, balki
nutqiy mahorat, nutqiy faoliyat qirralarini egallashga intilishi, nazariy
m a’lumot va amaliy mashg‘ulotni uyg‘unlashtira olishi zarur. Ifodali
o ‘qish m atn m azm unini yetkazishga daxldor texnik va nazariy
vositalarni bilish va unga amal qilish har doim ahamiyatlidir.
Zam onamizning e ’tiborli notig‘i Rahimboy Jumaniyozov notiq
va voiz tushunchalari bir xil m a’noga ega emasligi, ular mohiyat
e ’tibori bilan alohida san’at ekani, ularning bir-biridan farq qiluvchi
tom onlari haqida ta ’kidlaydiki, «Notiqlik qo‘llanish o ‘rni, mavzu
doirasi va m a’no qamrovi jihatidan birmuncha keng. Voizlik ham
nutqiy mahorat orqali o ‘z ro‘yobini ko‘rsatadi. Unda diniy, didaktik
va hayotiy mazmun ustuvorlik qilgan, notiqlik dunyovilik bilan
hamma davr va makonlarda har xil g‘oya va maslaklarga xizmat qilgan.
Shunday ekan, voizlik notiqlikning bir ko‘rinishi degan fikr
haqiqatga yaqin»1.
Agar o ‘xshatishimiz o ‘rinli bo‘lsa, bugungi kunda voiz-va’zxon
ataluvchi kishilar diniy bayramlar va marosimlar — Ramazon va
Qurbon hayitlari, Amri m a’ruf, Mavlud an-nabiy, Xatmi Q ur’on
kabi islom iy m a ro s im la rd a d in iylik b ilan zam o n av iy lik n i
uyg‘unlashtirgan holda ilm, m a’rifat, shariat va axloq masalalariga
doir mavzular asosida suhbat quruvchilardir.
1 Jumaniyozov Rahimboy. Nutqiy mahorat. Т.: Adolat nashriyoti 2005.
17 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Voizlik san’atiga suxandonlik san’ati yaqin turadi. Suxandonlik
mohiyatan so‘z ustasi, so‘zga chechan degan m a’nolarni anglatadi
va u diktor so‘zidan farq qiladi. Xalqimiz 0 ‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan artist 0 ‘tkir Siddiqovni suxandon, so‘z ustasi sifatida
q ad rla y d i, 0 ‘zb ek isto n d a xizm at k o ‘rsa tg a n a rtis t N asib a
Ibrohimovani esa mohir diktor sifatida yaxshi ko‘radi.
A m ir U nsurulm aoniy Kaykovus «Q obusnom a» asarining
«Suxandonlik bila baland martabali bo‘lmoq zikrida» deb nomlangan
ettinchi bobida suxandonlikning mohiyati, zarurati, shartlari va
xususiyatlari bilan bog‘liq muhim fikrlami ilgari suradi. Suxan
donlikning muhim shartlari - rostgo‘ylik ham da nomaqbul rostni
aytishdan tiyilishda, so‘zni g‘oyatda ulugligini his qilish hamda so‘zni
uvol qilmaslikda, so‘zning o ‘mida qo‘llay olish hamda undan oqilona
foydalanishda deb biladi1.
Kaykovusning fikridan xulosa qiladigan bo‘lsak, suxandon nafaqat
chiroyli so‘zlashi, balki m a’naviy-axloqiy jihatdan ham tarbiyali
bo‘lishi zarur.
Nutqiy mahorat bu oddiy nutq emas, balki fikmi sodda va chiroyli
ifoda eta olishdir. Shu bois nutq madaniyati notiqlik bilan bevosita
aloqador bo‘lsa ham, ular aynan bir tushunchalar emas. San’at
m a’nosidagi notiqlik nutq madaniyatining eng yuqori nuqtasidan
boshlanadi. Xalq orasida «so‘zga chechan», «gapni do‘ndiradi», «gapni
qotiradi, kiyvoradi» degan iboralar yuradi. Bu notiqlik alomatlari
bor kishilarga nisbatan q o ‘llaniladi. D arh aq iq at, ular nutqiy
mahoratning ilmiy asoslaridan, uning sir-asrorlaridan voqif emas.
Muayyan m a’rifiy maqsad yoki mavzuni umumlashtirish, kompo-
zitsion yaxlitlikda taqdim eta olish salohiyati ularda unchalik shakl-
lanmagan bo‘ladi. Biroq har qanday holatda — ulfatchilikda, gap-
gashtaklarda, guzarlardagi suhbatlarda so‘z, nazmga va askiyaga
moyilligi yuksakligi bilan «uloqni» olib ketadi.
Notiqlik tinglovchi e’tiborini tortish asnosida chiroyli gapirish
va mahliyo etish san’atidir. Ammo nutqning faqat chiroyli bo‘lishi
notiq uchun kifoya qilmaydi: bema’ni safsatalami ham juda chiroyli
qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi.
Notiqlik nutq vositasida kishilarga muayyan g‘oya va maqsadlami
yetkazishni, ularni ma’lum maqsadlaigayo‘naltirishni nazarda tutadi.
1 Kaykovus. Qobusnoma. Т.: Istiqlol, 1994. 36 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Notiq nutqi 1-2 kishi uchun emas, keng auditoriyaga qaratilgan
bo‘ladi. Shu bilan birga, unda nutqning mazmuni, mantiiqiy asosla-
riga, mundarijaviy tuzilishiga diqqat qilinadi. Notiqlikda notiq, oldin-
dan qanday so‘zlash, nim adan boshlab, nimada tugatish rejalarini
tuzib olishi rasm emas. U go‘yo tayyorgarlik ko‘rilmagan nutqqa
o ‘xshaydi. U nda badihago‘ylik, hozirjavoblik ustunlik qiladi. Nutq
madaniyati tugal fikr, go‘zal ifoda demakdir. Izchillik bilan bir-biriga
m antiiqan bog‘lanmagan tugal flkr va uning ta ’sirli ifodasi b o im a-
sa, u kishi qalbi, ongiga sig‘maydi, qabul qilinganda ham chuqur
anglashilmaydi.
Nutqning to ‘g‘riligi deganda, dastavval uning adabiy til m e’yor-
lariga mos kelishi tushuniladi. Busiz boshqa aloqaviy sifatlar bo4i-
shi m um kin emas.
Bir tilga xos xususiyatlarni yoki so‘zlarni ikkinchi tilga qo‘shib
so‘zlash yoki adabiy til m e’yorlariga mos bo‘lmagan so‘z va iboralar
(jargon, ko‘cha gaplari)ni qo‘llash nutqning tozaligiga zid. Demak,
nutqning tozaligi, uning adabiy til mezonlariga mos kelish-kelmasligi,
g ‘ayriadabiy til unsurlaridan xoli b o ‘lishidir. Ba’zi hollarda kishilar
m uloqot mavzuini chuqur bilmasdan, fikr ifodalashda qiynaladilar
va odatga aylangan «Xo‘sh», «haligi», «anaqa», «o‘sha», «nimaydi»,
«deyhk» kabi so‘zlarni ishlatadilar. Bular tilshunoslikda «parazit
so‘zlar» deyiladi.
N u tq tozaligiga salbiy ta ’sir etuvchi holatlardan biri vulgar
(qo‘pol) so‘zlami istifoda etishdir. Qarg‘ish, haqorat m a’nolarini
anglatuvchi bunday so‘zlar oynai jahon orqali namoyish etiluvchi
badiiy film va spektakllarda qahram on qiyofasini, saviyasini,
ruhiyasini, ruhiy holatini ochishda ba’zan qo‘llaniladi.
Yuqorida ko‘rib o ‘tilgan nutqiy sifatlar bilan bevosita daxldor
bo‘lgan omillardan biri nutqning ta ’sirchanligidir. Nutq ta’sirchanligi,
asosan, og‘zaki nutq jarayoniga tegishli. So‘zlayotganingizda
eshituvchining ko‘z o‘ngida tasviriy manzara hosil qila olsangiz, ob-
razli fikr yuritsangiz, o ‘z so‘zingizga ishontira olsangiz, qiziqtir-
sangiz, nutqingiz ravon bo‘ladi va ta’sir darajasi oshib boraveradi.
0 ‘xshatish yuzasidan o ‘quvchilar ongiga singdirilgan bilim
keyingi darslarda to ‘ldirilib, mustahkamlab boriladi.
Eng m uhim i esa, ifodali o ‘qish jarayonida shoshilmaslik,
o ‘qilayotgan m atn mazmunini to ‘la ochib berish va tinglovchilarga
etkazishni, darsda o‘tilgan g‘oyaviy-badiiy omillarga e’tibor berish
www.ziyouz.com kutubxonasi
lozim. Toki, bu o ‘qish shunchaki tez o ‘qish, umum an o ‘qish yoki
formalistik o ‘qishga aylanib ketmasin. Buning uchun esa har bir
ifodali o ‘quvchini butun borlig‘i bilan ana shu asarga mahliyo etish,
unda ifodali o ‘qish uchun zavq va rag‘bat uyg‘ota olish lozim. Bu
har bir o‘quvchining mahoratiga bog‘liq. Biroq ifodali o ‘qish uchun
ana shu katta ishtiyoq boMgandagina asaming estetik fazilati yaqqolroq
ochilib borishi va adabiyot darslarining estetik badiiy yuqori bo‘lishi
har bir o ‘quvchining diqqat markazida turishi zarur.
Shunday qilib, «nutqiy obraz» haqidagi tushunchani o ‘quvchilar
ongida shakllantirishning prozaik asarni o‘rganishda imkoniyat katta.
Ammo «nutqiy obraz»ning poetik asarda roli katta ekanligini nazarda
tutish kerak. Nutqiy obrazlar haqidagi tushunchani shakllantira borish
orqali o ‘quvchida hayot to ‘g‘risidagi ta saw u r o ‘stirib boriladi.
0 ‘quvchilar istiora-o‘xshatishni ongli ravishda tushunib yetmoqlari
uchun poetik obraz orqali konkret predmet va hodisalarni yaxshi
bilib oladilar. Nutqiy obraz mazmunini ochishda konkret misollardan
foydalanish lozim, albatta. Bunda har bir shoir yoki yozuvchi
ijodidagi originallikni yoritib berishga alohida e ’tibor beriladi.
0 ‘quvchilarni ifodali so‘zlarga qiziqish va e’tibor uyg‘otish uchun
shu so‘zlar m azm unini tushuntirish, so‘zlayotgan kishi fikrini
anglatishdagi buyoqdorligini anglatish lozim. Badiiy nutq g‘oyat
ta ’sirchan boladi. Undan kim qanday so‘zlayotganini, uning g‘azab
yoki shodlik bilan, qayg‘u yoki quvonch bilan fikr bildirayotganini
payqab olish oson.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, nutq yorqin
va ta ’sirchan boMishi uchun quyidagilami unutmaslik tavsiya etiladi:
- nutq yolg‘ondan yiroq b o ‘lishi, nutqqa yolg‘on aralashmasligi
zarur;
- nutq kuchli mantiqqa asoslangan haqiqat asosiga qurilishi kerak;
- nutq dalil-isbotli, faktlarga boy bo‘lishi lozim;
- nutq mazmunidan kelib chiqib, fikr hayotiy misollar orqali
yoritilishi maqsadga rnuvofiq;
- eshituvchi uchun nom a’lum bo‘lgan m a’lum otlam i keltir-
magan m a’qul;
- nutq hayajon va jo ‘shqinlik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi
darkor;
- nutqda har bir so‘zning salmog‘iga e’tibor berish, uning ta’sirini
ko‘ra bilish zarur;
www.ziyouz.com kutubxonasi
- nutqda zimmaga yuklangan mas’uliyatni chuqur his qilish
lozim;
- har bir nutqda hayotning biror-bir dolzarb masalasi ko‘tarilishi
kerak;
- nutqda mavzu bilan bog‘liq biror rivoyat, latifa, xotira yoki
obrazli iboralar bo iishi maqsadga muvofiq;
- nutqda bildiriladigan muammo tinglovchi va jamoatchilikka
tanish bo4ishi lozim.
Fazilatlarni ikki turkumga b o ia r ekan, alloma Abu Nasr Forobiy
uni «Nutqiya» va «xalqiya»ga ajratadi. Nutqiya fazilatlari - ruhning
gapiruvchi quvvatiga taalluqli bofclib, ular hikmat, aql, ajin (pe-
shonadagi), fahm afzalligi va zakovatdan iborat. Bilish vositalari va
omillarini esa qo‘yidagilardan iborat, deb ko‘rsatadi, - nutq, tasav-
vur, his. Narsalar to ‘g‘risidagi bilim nutq quvvati hamda tasaw ur
orqali, shuningdek, his-tuyg‘u vositasida paydo bo‘ladi. Har vaqt
bilim hosil qilishga iroda ko‘rsatilsa, uning idroki nutq quvvatining
sha’nida, ya’ni markazidadir. Fozillar shahrining asoschisi bo‘lgan
birinchi Rais 12 ta xislatga ega bo‘ladi. Uchinchi o ‘rinbosarbo‘lgan
shaxsga ushbu xislatlardan birinchi oltitasigina shart bo‘ladi. Bu
shartlam ing biri — gapirayotgan gapining salmoqdor va kam bo‘lsa
ham , ta ’sirchan bo‘lishidir1.
Til, nutq ham da yozuv o ‘zaro bir butunlikni hosil etibgina
qolmay, og‘zaki va yozma nutqning asosiy manbai hamdir. Nutqiy
bo4inishlar sirasidan o ‘rin olgan telenutq va radionutq ommaga
muayyan tilning jozibasi va boyligini namoyon etuvchi, yetkazuvchi
asosiy vositalardandir. M a’lumki, so‘z va nutq vositasida yakka shaxs
va jam oa bilan muomalada bo‘lishga qaratilgan Lxtisosliklar ibtidoiy
ko‘rinishlarda bo‘lsa-da, qadimdan mavjud. Hozirda esa uning rang-
barang, zamonaviy texnika vositalari orqali muloqotda bo iish
shakllari ommalashib bormoqda. Garchi shunday esa-da, so‘z, nutq
ijtimoiy til birliklariga munosabat hamma davrlarda bir xil bo‘lgan.
Ajdodlarimiz so‘zni, nutqni ilohiy ne’mat, hikmat deb qarashgan.
U ni to ‘gcri va o ‘rinli qollay bilish nozikta’b notiqlarga, suxanvarlaiga
nasib etgani rost. Yurtboshimizning Oliy Majlis minbaridan turib,
« 0 ‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda
1 Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt, saodat va kamolot haqida. Т.: Yozuv-
chi, 2002. 16-27 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
eta olm aydigan m utaxassisni, avvalam bor, rah bar kursisida
o ‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin»-deb
ta ’kidlashlari bejiz emas1. To‘g‘ri ta’kidlanganidek, gap so‘zning
soni yoki sifatida emas, balki ularni bilish va o ‘z o ‘rnida qoMlay
olishdadir.
Takrorlash uchun savollar:
1. Yozma nutqda muomala madaniyatining ahamiyati nimada?
2. Sharq adabiyotida noma yozishning go‘zal namunalaridan
misollar keltiring?
3. Behbudiyning xat yozmoq shartlariga doir fikrlarini izohlang?
4. Notiqlik san’atining nodir namunalarini misollarda ifodalang?
5. “Madaniy nutq” , Nutq madaniyati” iboralarini sharhlang?
6. Oddiy so‘zlashuv nutqining adabiy so‘zlashuv nutqidan farqi
nimada?
7. Muloqot vositalarini ko‘rsating va izohlang?
8. Nutqning ta’sirchanligi nimalarga bog‘liq?
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. Yozma nutqning tarixiy ildizlari.
2. Maktub yozish madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. 0 ‘zaro yozishmalarning muomala madaniyatiga asoslanishi.
4. Yozma nutq samarasining muhim shartlari.
5. Nutq madaniyatining asoslari.
6. Nutq madaniyati yuksak san’at sifatida.
7. Notiqlik san’atining badiiy tafakkur rivojiga ta ’siri.
8. Notiqlik san’atida nutqiy mahoratning o ‘rni.
1 Karimov I. Barkamol avlod - 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Т.: 0 ‘zbekiston, 1998. 9 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8-BOB. ETIKET MUOMALA MADANIYATINING
ZAMONAVIY KO‘RINISHI SIFATIDA
8.1. Etiket turlari
Etiket - axloqiy m adaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadigan
m unosabatlam ing ko^inishlaridan bid. U ko‘proq insonning tashqi
madaniyati, o ‘zaro munosabatlaridagi o ‘zini tutish qoidalarining
bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o‘z muno-
sabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda, bir necha xil muomala
qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashti-
rib qo‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiket keng qamrovli
tushuncha bo‘lib, u m a’lum ma’noda, umumbashariy miqyosda qabul
qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Etiket - “etika” so‘zining o ‘zagi sifatida bevosita axloqiy m e’yor-
lar, tamoyillar va mezonlarning «yukini” ko‘tarishga qodir bo‘lgan
axloqning amaliy ko‘rinishidir. H ar bir sohada etiket ko‘rinishlari
mavjud bo‘lib, uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg‘otadi.
Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qatiylashtirilgan muomala
odobi deyish ham mumkin.
Etiket takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan
odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan
muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo‘qotgan
majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bokladi: etiket qoidalarini
bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan
bo£lishi mumkin. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni
muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo'lmasin,
bosiqliqqa, muloyimlik va sabr-toqatga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir.
Quyida bugungi kunda kishilar hayotiga chuqur singib borayotgan
so‘zlashuv, muloqot madaniyatiga doir jarayonlardagi etiketning
ayrim turlari va bu boradagi tavsiyalami e’tiboringizga havola etamiz.
Tanishish va tanishtirish etiketi.
Tanishtirish, odatda, kichik
yoshdagilardan boshlanadi, agar vaziyat taqozo etgan hollarda
kichiklar о ‘г1апп1 kattalarga tanishtiradilar. Jamoat joylarida ham,
www.ziyouz.com kutubxonasi
shuningdek, kichiklar kattalarga o‘zini tanishtiradi. Biroq bu jarayon
jinslar o‘rtasida biroz boshqacharoq ko‘rinishga ega, ya’ni ayol kishi
yoshi va mavqeidan qat’iy nazar, hech qachon erkak kishiga o ‘zini
birinchi bo‘lib tanishtirmaydi. Bu yagona holatda istisno qilinadiki,
u ham boMsa, qiz bola agar o ‘qituvchisi erkak kishi b o isa , unga
o‘zini tanishtirishi mumkin.
Shuningdek, siz biror kishini tanishtirayotganingizda yoki
aksincha, sizni biror odam bilan tanishtirishayotganda tabassum
qilishni unutmang. Bu tabassum iljayishdan farq qilishi, ko‘proq
samimiylikka asoslanishi shart. Chunki do‘stona tabassum bilan
boshlangan tanishuv odamning xotirasida uzoq saqlanishi mumkin.
Tanishayotgan odam birinchi bo‘lib, tanishtirilayotgan odamga
qo‘l uzatadi. Bu jarayon ham jinslararo munosabatda - ayol bilan
erkak tanishtirilayotganda, ayollar erkaklarga q o ‘l uzatadilar.
Shuningdek, kattalar-kichiklarga qo‘l uzatadilar, tanishtirilgan
tanishuvchining mulozamat bilan qo‘l uzatishini tavoze va xotiijamlik
bilan kutib turadi, yo‘qsa qo‘l berib so‘rashishning hojati yo‘q.
Tanishtirilayotgan paytda xoh erkak, xoh ayol, xoh yosh, xoh
keksa kishi bo‘lsin, albatta, o‘rnidan turishi shart. Bu tanishayotgan
odamga nisbatan hurmat belgisidir.
Jamoa orasida xodimni rahbar, mehmondorchilik paytida esa,
mehmonni xonadon egasi tanishtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki,
tanishuv paytida orada begonalar bo‘lsa, ularni e’tiborsiz qoldirib,
eski tanishlar, do‘stlar bilan uzoq ko‘rishib, ularni kuttirib qo‘yish
yaxshi emas. Agar tanishishning zarurati kelib qolsa-yu tanishtiradigan
odam bolmasa, o‘zingi z bu vakolatni zimmangizga olishingiz mumkin.
Oila a ’zolari tanishtirilayotganda, ularning ismlarini aytib,
“rafiqam”, “qizim”, ‘co ‘g‘lim” deb tanishtirganingiz m a’qul. Ota-
onalarga esa buning aksi bo‘ladi, ya’ni boshqalar ota-onalarga
tanishtiriladi.
Tanishtirishdan aw al tanishtirayotgan kishingizning ismini
aniq bilib oling va tanishtirayotganda uning ismini chiroyli talaffuz
qiling. Yaxshi boMardi, agar har bir ismning ortiga ismiga mos
ravish da “jo n ”, “bek” , “xon” , “ali” , “boy” kabi qo‘shimchalarni
qo‘shib aytilsa. Biroq Gavhar ismini «Govxar” , Shavkat ismini
«Shovkat” , Latif ismini “ Latip” deb aytish ismning asl matnidagi
ma’nosiga mutlaqo ziddir. Zero, forscha «Gov”-mol, “Xar”-eshak
ma’nolarini anglatadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ko‘rishish etiketi.
Ko‘rishish etiketi qoidalari milliy xususi-
yatlardan kelib chiqib, turli xalqlarda turlicha ko‘rinishlarga ega.
K o‘rishish salomlashish, bosh qimirlatish, quchoq ochish, qo‘l
berish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish va hatto o ‘pishish orqali amalga
oshiriladi. Bu jarayon hindlarda kaftlarni juftlab, peshonasining
o ‘rtasiga tekizish bilan, afg‘onlarda o‘ng qo‘lini manglayiga tegizib,
ta ’zim qilish bilan, tibetliklarda bir-birlariga qarab tillarini chiqarish
bilan, o ‘zbeklarda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish bilan ko‘rishiladi.
V aziyatdan kelib chiqqan holda, ko‘rishishning yuqoridagi
shakllaridan biri tanlanadi. K o‘rishayotganingizda suhbatdoshin-
gizga yaxshi niyatda ekanligingizni ko‘rsatigshga harakat qiling.
Bildirayotgan tilaklaringiz, rriulohazalaringizni samimiy bayon eting,
fikrlaringiz soxtalikdan yiroq bo‘lsin.
Ko‘rishish etiketiga ko‘ra, yoshi kichik erkak yoshi katta ayol
(tanishi, hamkasbi, qarindoshi) bilan uchrashganda birinchi bo‘lib
mulozamat bildirishi lozim. Agar ayol kishi erkaklar bilan ketayotgan
paytda dugonasini ko‘rib qolsa, bu holatda dugonasiga birinchi bo‘lib
mulozamat qilishi kerak.
G archand, ayollaming erkaklar bilan qo‘l berib so‘rashishlari
xalqimiz tabiati (mentaliteti)ga xos bo‘lmasa-da, zamonaviy etiket
bu jarayonni m e’yor darajasida chetlab o ‘tadi. Zero, ishlab chiqa
rish korxonalarida, ta ’lim muassasalarida, davlat tashkilotlarida
erkaklar bilan birga xizmat qilayotgan ayollar bunday vaziyatlar
bilan te z-tez to ‘qnash keladilar. Lekin erkaklar ayollar bilan
ko‘rishar ekanlar, nigohlarini ayolga “eb qo‘ygudek” qihb tikilishlari
kulgili holatlarga olib kelishi mumkin.
*
Agarda bir necha odamlar bo‘lgan xonaga kirib, ulardan biri
bilan qo‘l berib ko‘rishdingizmi, endi boshqalar bilan ham qo£l
berib so‘rashishingiz shart. Yo‘qsa, mutanosiblik buzilib, bu ayrim
kishilami sizdan ranjishiga olib keladi. Yo‘lda uchragan ayol bilan
qo‘l uzatib ko‘rishishga to ‘g‘ri kelib qolsa, ayol qo‘lqopini echmasligi
mumkin, am mo erkak, albatta, echib ko‘rishishi lozim. Agar ayol
kishini erkak kishiga tanishtirishayotgan bo‘lishsa, ayol kishi birinchi
b o ‘lib qo‘l uzatadi.
R estoran, qahvaxona, oshxona va choyxonalarda tasodifan
uchrashib qolgan tanishlaringiz, agar ular uzoqroqda bo‘lishsa,
ularga boshingizni silkitib qo‘yishingiz kifoya qiladi. Agar ayollar
qurshovida bo‘lsangiz, ular bilan umumiy tarzda bir marta salomla-
www.ziyouz.com kutubxonasi
shib qo'yiladi. Etiketning buzilishi ko‘rishuvning m uvozanatini iz-
dan chiqarib yuborishi mumkin. Jamoat orasida zinhor baland ovozda
tanishlaringiz bilan ko‘rishmang, bu madaniyatsizlik alomatidir.
Suhbatlashish etiketi.
Muomala suhbatlashishishning eng m uhim
vositasidir. Bunda ham um um e’tiro f etgan q o id a lar m avjud.
Suhbatdoshning gapini bo‘lmasdan eshitish nafaqat hurm at belgisi,
balki insonning ziynati ham dir. S uhbatdoshingizni tin glayo t-
ganingizda, iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor qaratmaslikka
harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash m a’nosida boshingizni
silkitish, “darhaqiqat” , “to ‘g‘ri” , “topib aytdingiz», “ m en ham
qo‘shilaman”, “chiroyli ta ’rifladingiz” kabi m a’qullash m a’nosidagi
so‘zlami aytishni unutmang. Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab
o ‘tirish, gapirayotgan paytda biror narsani o ‘qib turish, bir vaqtning
o ‘zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga qarayverish, es-
nash, cho‘ntak kavlash yo boshqa shu kabi m ayda-chuyda harakat-
lami qilish suhbatga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Suhbat jarayonida ba’zan bir necha kishi ishtirok etishi ham
mumkin. Bunday vaziyatda suhbatning mavzui har bir odam uchun
qiziqarli va tu sh u n arli b o ‘lishiga erish ish lozim . D av radag i
suhbatdoshlar uchun m utlaqo notanish b o ‘lgan m avzular —
ishxonangizdagi islohotlar, kamchiliklar, oilangizdagi ziddiyatli
holatlarni gapirishning suhbatdoshlar uchun qizig‘i b o ‘lmaydi.
Suhbatdoshlaringiz ilm ahllari bo‘lmasa, bu erda ilmiy iboralar,
ilm iy m uam m o larg a d o ir m avzu lard an c h e k in ib , s u h b a tn i
ommabop, barcha tushunadigan mavzular doirasida olib borish
maqsadga muvofiq.
Faqatgina o‘zini dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan
odam - yom on suhbatdoshdir. B unday k ish ilar p iro v ard id a
tinglovchilarsiz qolib, u ishtirok etgan suhbatlar zerikarli bo‘lishi
shubhasiz. Shuni alohida qayd etish zarurki, sizni tinglayotgan
odamning ta ’sirlanish holatini kuzatib turish juda muhim. Chunki
bilib-bilmay aytilgan so‘z va iboralar suhbatdoshingizni sizdan
bezdirib qo‘yishi va uni xafa qilishi mumkin. Suhbatga endigina kelib
qo‘shilgan, suhbatga kirishib ulgurmagan kisliiga suhbat qanday mavzu
haqida borayotganligi qisqacha izohlab beringki, bu sizning unga
ko‘rsatgan yordamingiz bo‘ladi. Yo‘qsa, «qovun tushirib” barchaning
oldida izza bo‘lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kim bilan suhbatlashm ang, nutq tozaligiga e ’tibor bering va
g‘ayriadabiy til unsurlaridan xoli bo‘ling. Suhbat davomida iloji boricha,
sheva, varvarizm , konselyarizm , professionalizm, akademizm,
vulgar (qo‘pol, haqoratom uz, so‘kinishlar) va parazit (anaqa, haligi,
hm m , anovi kabi so‘zlar) so‘zlarni ishlatmaslikka harakat qiling.
S uhbatlashayotganda o ‘zingizni ko‘rsatishga, ortiqcha takalluf
qilishga, noo‘rin mulozamat qilishdan tiyiling. Bu holat atrofdagi-
larda xunuk taassurot qoldiradi. “ So‘zlayotganingizda eshituvchi-
ning ko‘z o ‘ngida tasviriy m anzara hosil qila olsangiz, obrazli fikr
yuritsangiz, o ‘z so‘zingizga ishontira olsangiz, qiziqtirsangiz-deb
ta ’kidlaydi notiq R.Jumaniyozov, nutqingiz ravon bo‘ladi va ta ’sir
darajasi oshib boraveradi»1.
Zaruriyat taqazosiga ko‘ra suhbatlashishga “ majbur” bo‘lgan
holatlar — kupe, kayutada b o ‘ladigan suhbatlar yengil va beg‘araz
b o ‘lishi lozim. Agar yo‘lovchi-suhbatdoshingiz g‘oyatda tarbiyali
b o ‘lsa, suhbatlashishni istamayotganligini o‘zining sizga berayotgan
qisqa javoblari orqali bildiradi. Siz buni tez tushunib yetishingiz lozim,
yo‘qsa, “devorga” gapirgandek mulzam bo‘lishingiz, shubhasiz.
Suhbatlashish uchun topmoqchi bolgan mavzular suhbatdoshingizga
anketa-so‘rovnom a ko‘rinishida bo‘lmasin. Chunki tergovchi bilan
suhbatni eslatuvchi bunday savollar suhbatdoshni xavotirga solib
qo‘yadi. Bahsdagi yoki suhbat jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlarni
latifa yoki qiziqarli voqealar yumshata olishi mumkin.
Telefonda gaplashish etiketi.
Informatsiya asri deb nom olgan
XXI asr in teg ratsiy a va globallashuv jaray o n in i tezlashtirib
yuborganligi barcham izga m a ’lum. Bu asr nafaqat insoniyat
tafakkurini o ‘zgartiradi, balki uning turmush tarzini ham mutlaqo
boshqa ko‘rinishga aylantirib yuboradi. Hozirda tez m a’lumot uzatish
va qo‘proq m a’lumotga ega bo‘lish zamonaviy shaxs mentalitetiga
singib borm oqda. Ana shu jarayonda telefon tarmoqlari orqali
olinadigan m a’lumotlar bazasi muloqot va aloqaning muhim vositasi
sifatida ahamiyatlidir. Shu bois, “Telefonning muomala madaniyati
va etiket vositasi sifatida o ‘ziga xos xususiyatlar nimada?” degan
savolning paydo b o ‘lishi, shubhasiz. Zamonaviy etiketga ko‘ra,
telefonda gaplashishning ham tartib-qoidalari bor. Shu munosabat
1 Qarang: Rahimboy Jumaniyozov. Nutqiy mahorat. Т.: Adolat, 2005.
55 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan bu xususdagi etiketga doir ayrim m ulohazalam i bayon etishga
harakat qilamiz.
Telefon qo‘ng‘irog‘ini uzoq kutmay, tezroq go‘shakni olib, javob
berishga harakat qiling. Telefonda gaplashish ham , aw alo, salomdan
boshlanadi. Qo‘ng‘iroq qilganingizda sizga kerak bo ‘lgan odam ni
topolmasangiz, murojaat qilayotgan kishingi^ga o czingizni tanishtirib,
tegishli m a’lumotni qoldirishingiz lozim.
Etiketga ko‘ra biror-insonga qo‘ng‘iroq qilmoqchi b o ‘lsangiz
ertalab soat 9 dan keyin, kechqurun esa, soat 10 gacha qo‘ng‘iroq
qilishga odatlaning: favqulodda vaziyat yuzaga kelganda yoki
qo^g 'iro g in gizni intiqlik bilan kutishayotgan paytda qilinadigan
qo‘ng‘iroqlar bundan mustasno.
Agar suhbatlashayotgan vaqtdda telefon aloqasi uzilib qolsa, bu
holatda qo‘ng‘iroq qilgan odam yana qayta q o ‘ng‘iroq qilishi kerak.
G o ‘shakni olgandan so ‘ng, hech q ach o n «K im bu?», “ K im
so‘rayapti?” degan savolni bermang. Shaxsiy masalalar yuzasidan
qo‘ng‘iroq qilsangiz, avvalambor, suhbatdoshingizning sizni eshi-
tish uchun imkoniyati bor yoki yo‘qligini so‘rang. Ya’ni «Bir ish
yuzasidan maslahatingiz kerak edi, vaqtingiz b o ‘ladimi?, “ Falon
masalani batafsil o ‘rganishimga to ‘g‘ri keldi, agar vaqtingiz bo‘lsa,
telefonda aytsam ham bo‘ladimi” kabi m urojaatlar qiHsh o ‘rinlidir.
Agar juda zarur bo‘lmasa, shaxsiy masalalar b o ‘yicha ishxonaga
qo‘ng‘iroq qihnaslik kerak.
Odatda telefonda gaplashish qisqa, lo ‘nda, aniq maqsadga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Telefon tarmog‘ingizga yangilishib qo‘ng‘iroq
qilgan odamga ters va keskin javob qilmasdan, muloyimlik bilan
javob bering. Keyingi adashilgan qo‘ng‘iroqqa javoban, uzr so‘rab,
raqam ni oydinlashtirib oling. Zero, h a r kim ham yanglishishi
mumkinku.
Mehmonga borganingizda telefon zarur b o ‘lib qolsa, aw al,
mezbondan ruxsat so‘rang. Bu paytda m ezbonning oldida turish,
hadeb unga qarayverish noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Agar
tarm oq besh-olti signaldan keyin ham javob bermasa, go‘shakm
joyiga qo£yganingiz ma’qul.
Nutqimizdagi «uzr», «iltimos», «rahmat» kabi sehrli so‘zlardan
foydalanish telefon suhbatlarida ijobiy samara beradi. Noqulay vaziyatga
tushishni istamaydiganlar doimo bir narsani yoddan chiqarmasliklari
kerak, u ham bo‘lsa, garchand sizga juda yaqin b o ‘lgan odamlarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
vaziyat taqozosiga ko‘ra, turli sharoit va turli kayfiyatda bo‘lishi
m um kin. Buni siz suhbatdoshingizning so‘zlash ohangidan uning
kayfiyati qanday ekanligini bilishga urining va shunga mos tarzda suh
bat olib boring. Suhbatdoshning avzoyibuzuq holatda hazil, qochi-
rim, luqma so‘zlarbemavrid hisoblanadi. Do‘stingiz, hamkasabangiz,
qarindosh-urugMaringizni telefonda hayotingizdagi shaxsiy muam-
molaringiz, shikoyatlaringiz, kasalingiz, turmush o krtog‘ingiz va
farzandlaringiz keltirgan tashvishlar haqida gapirib, ularni qiyna-
mang. Olgan narsangizni soatlab muhokama qilmang.
Jam oatchilik foydalanadigan telefonlarda gaplashganingizda,
boshqalarning sizdan so'ng navbatda turganlarini unutmang. Shu
bois suhbatni qisqa va aniq boMishiga erishing. Bugungi kunda
tarm oqlarning pulli ekanligi, uyali aloqa vositalaridan foydalanish
o d atiy tusga kirganligi telefo n da gaplashish m adaniyatini tartib-
ga solib q o ‘ydi, “Vaqt bu — p u l” degan tamoyil o ‘z ta ’sirini ko‘r-
satm oqda.
Agar suhbatdoshingiz uyali aloqa telefonidan yoki olisdan sizga
qo‘ng‘iroq qilayotgan bolsa, unda suhbatni qisqa va Io‘nda olib borishga
h a ra k a t qiling. Shuni esda tu tish lozimki, garch an d qattiq
g ‘azablangan holatda yoki ju d a hafa bo‘lgan holatingizda ham
“ alam ingizni” suhbatdoshdan olmang, unga baqirib, dag‘-dag‘a
qilishdan tiyiling: bu paytda aqlli odam telefon go‘shagini qulog‘idan
uzoqroq tutib turishini unutm ang.
Ko‘chada o‘zini tutish etiketi.
Hayotimizning kokp qismi
jam oatchilik va notanish bo‘lgan kishilar orasida o‘tadi. Har kuni bu
holatga ko‘cha-kuyda, transportda, maskanlarda hamda jamoat
joylariga duch kelamiz. Bu joylar nafaqat shaxsning kayfiyatiga,
balki shaxs kayfiyati orqali atrofdagi odamlarning kayfiyatiga ham
ta ’sir ko‘rsatadi. Madaniyatli inson ko‘chaga qadam qo‘yishi bilan
o ‘zining “ meni”dan jam oat “ m eni”ga o‘tadi, ya’ni ko‘chadagi har
bir harakat boshqalar nigohi ostida ekanligini his qiladi. Shuning
uchun ham odam lar jam oat joylarida turli xil qiliqlar, bachkana
odatlarni yuzaga keltirishdan tiyiladilar.
Uydan kofcchaga chiqayotganingizda kerak boladigan narsalar —
pul, ro‘molcha, hujjat, taroq va boshqa zarur boMgan narsalarni
o ‘zingiz bilan olishni unutmang. Awal tashqi ko‘rinishingizga -
sochingiz, kiyimingizga boshdan-oyoq razm solib, so‘ng tashqariga
chiqishingiz mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jamoat joylarida o ‘zini tutishning eng m uhim qoidasi bu —
atrofdagilarga ziyon yetkazmaslikdir. Bu holat, ayniqsa, harakat -
lanayotgan va muloqot qilayotgan paytda yuzaga keladi. M am la-
katimizda o ‘ng tomonlama harakatga amal qilinadi. Shunday ekan,
bexavotir va beziyon harakat yo‘lakning o ‘ng tom onidan yurishdir.
Shunda qo‘lingizdagi buyum yoki narsalar bo‘lsa ham , ro‘parangiz-
dan kelayotgan odamga xalaqit bermaysiz.
0 4 ib ketayotgan odam (ayol yoki erkak, qiz yoki yigit) larning
orqasidan o ‘girilib qarashdan o ‘zingizni tiying. Sherigi, do ‘sti,
dugonasi bilan ketayotgan tanishingizni to ‘xtatmang. Agar oldingizda
ketayotgan odamning yonidan o ‘tib ketm oqchi b o ‘lsangiz, uning
chap tomonidan o‘tishga harakat qiling. 0 ‘tishga qiynalsangiz “0 ‘tib
ketsam maylimi?”, “ Meni o ‘tkazvorolmaysizmi?” , “ Malol kelmasa,
o ‘tkazvorsangiz!” , “M a’zur tutasiz, m en o ‘tib ketmoqchi edim ”
kabi so‘zlarini aytsangiz yo‘lovchiga og‘ir botmaydi.
Yo‘lda to ‘xtashga to ‘g‘ri kelib qolsa, deyliktanishingizni ko‘rdingiz
yoki sumkangizdan biron narsani olm oqchisiz yoki nim anidir
tomosha qilmoqchisiz, bunday holatlarda yoMakning chetiga o‘tishni,
qolaversa, serqatnov joylarda uzoq suhbatlashmaslikni tavsiya eta-
miz. Zero, yoiakning o‘rtasida turib, boshqalarning harakatiga xala
qit berish farosatsizlik alomatidir.
Agarda siz biron-bir m a’lumot va ko‘i*satmaga muhtoj boclib
qolsangiz yoki qidirayotgan manzilingizni topishga qiynalib qolsangiz,
shu yaqin atrofdagi do‘kon xodimlari, ichki ishlar xodimi yoki
haydovchilarga murojaat qilishingiz mumkin. Kerakli m a’lum otni
olganingizdan so‘ng, tashakkur bildirishni unutmang. Agar sizdan
ko‘chada biron-bir narsa so‘rab murojaat qilishsa, muloyimlik va
tavoze’ bilan qisqa, aniq va tushunarli tarzda javob bering. Uzundan-
uzoq tushuntirishlar murakkablashishga olib keladi.
Ko‘chada non, buterbrod, xot dog, gamburger, chizburger,
pirojniy, bulochka kabi mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya
etmaymiz. Bu holat birinchidan, ularning uvog‘i erga tushib, uvol
bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan, ovqat hazm qUish jarayoni izdan
chiqib, sog‘liqqa zarar yetkazadi. Uchinchidan, ehtiyotsizlik tufayli
biror joyingizga beixtiyor eyayotgan narsangizning yog‘i tom ishi
mumkin. Bu holatlar boshqalar nazarida xunuk ko‘rinadi.
K o‘chaning ozodaligiga barcha odam lar m as’ul ekanligini
unutmang. Shu bois saqich, qog‘oz, semichka, bakal idishlar ham da
www.ziyouz.com kutubxonasi
sigareta qoldiqlarini to ‘g‘ri kelgan joyga tashlab ketmang. Zero,
m adaniyatli va tarbiyali kishilar bunday qilishmaydi.
Jarnoat transportlaridagi etiket.
Mavzudan chetga chiqsak ham,
sh u n i aytish kerakki, bugungi kunda ayrim yo‘lovchilarning,
tran sp o rt vositalarida yurish madaniyati talab darajasida emas.
Transportga birinchi bo‘lib chiqish va u yerdan joy olishga urinadi-
ganlar, o ‘rindiqlarni sindirib, turli “nom alarni” yozadiganiar,
baqirib, shovqin qiladiganlar, shilqimlik qilib, birovni ranjitadi-
ganlar, o ‘zidan bir uyum axlatni qoldirib ketadigan kimsalar sira-
siga kiradi. Biroq bular orasida ko'pchiligini yosh-o‘smirlar tashkil
etishi achinarli holdir. C hetdan turib kuzatsangiz bunday holatlar
n ih o y atd a xunuk va kulgili ekanligiga guvoh bo‘lasiz. 0 ‘z izzat-
nafsini bilgan har qanday inson bu holatni kuzatar ekan, ranjishi,
asabiylashishi, shubhasiz. Transportdagi bo‘sh joy ilinjida odamlar-
ni turtib o ‘tishi etmagandek, dugonasi yoki do‘sti uchun joy olib
q o ‘yadigan takasaltanglar ham borki, ular m ehr, g‘am xo‘rlik,
hurm at, izzat, degan tuyg‘ulardan yiroqdir.
Aytish lozim ki, T osh kent shahri ichida qatnovchi barcha
avtobuslar shohbekatning boshidan oxirgi bekatgacha uzog‘i bilan
45 daqiqada yetib boradi. Shunday ekan, 45 daqiqa tik turib ketish
“ m alol keladigan” yigit-qizlar bunga kuch topsalar yaxshi bolardi.
Zero, o ‘tirib ketishga homiladorlar, nogironlar, qariyalar, bemorlar
va go‘daklarning m a’naviy haqlari ko‘proqdir. To‘g‘ri, siz yo‘lkira
uchun pul to‘lagansiz, demakki, o4irib ketishga haqqingiz bor. Biro-
dar, kamolingizni istab talab qiladigan huquqlaringiz oldida, bu
huquqingiz juda ham mayda ekanligini bilganingizda o ‘zingiz ham
uyalgan bo‘lardingiz.
Bunday holatlarning oldini olish uchun quyidagilami kundalik
faoliyatingizda qo‘llashingizni tavsiya etamiz:
1. Avtobus, tram vay yoki trolleybus to ‘xtamay turib, unga
chiqishga oshiqm ang.Tarbiyali odam, aw alo , yoshi kattalarni,
nogironlarni, yosh bolali, homilador ayollarni birinchi o ‘tkazib
yuboradi. Agar o ‘tirgan bo‘lsangiz, ularga joy bering.
2. Sizga jam oat transportida joy berishsa, buni iltifot bilan qabul
qiling va minnatdorchilik bildirishni unutmang. Hattoki, sizga taklif
qilingan o ‘rinni rad qilgan taqdiringizda ham tashakkur aytib, bir
og‘iz shirin so‘zingizni ayamang.
3. Biletga pulni ham m a o ‘zi uchun o ‘zi to ‘lagani m a’qul. Bu
hozirgi paytda norm al holat hisoblanadi. Qolaversa, boshqalar
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun yo‘lkira to ‘lash shaxsning ixtiyoriga havola bo‘lib, bundan
ranjimaslik kerak.
4. 0 ‘rinlarni sumka va boshqa narsalar bilan band etmang. Agar
transportda gazeta yoki kitob o ‘qib ketayotgan b o ‘lsangiz, ularni
yoningizdagiga xalaqit bermagan holda ushlang. Birovni o ‘qiyotgan
gazetasiga qarash to ‘g‘ri emas. Agar bolalar bilan ketayotgan
bo‘lsangiz, ularni yo‘lovchilarga xalaqit berishlariga yo‘l qo‘ymang.
5. Transportda sochni tarash, labni bo‘yash, tufli tozalash va
boshqa pardoz-andosh ishlari noo‘rin. Bu ishlarni transportdan
tushgandan so‘ng bajaring. Shuningdek, jam oat transportiga kir,
chang, iflos ust-bosh va narsalar bilan chiqish mum kin emas.
Sayohat payti etiketi.
Barchamiz u yoki bu ko‘rinishdagi
sayohatlarga chiqqanmiz. Sayohat davomida poezd, samolyot, uzoq
y o ‘lga yuruvchi avtobus va boshqa tra n s p o rt v o s ita la rid a n
foydalanganmiz. Biroq qaerga sayohatga chiqmaylik, aw alo, o ‘zi-
mizni atrofdagilarga nisbatan bosiq va xayrixohdek tutganimiz m a’-
qul. Aksincha, «Meni bu erda kim tanib o ‘tiribdi!?” degan xayolga
borib, ko‘ngilga kelganni qilish maqbul ish emas.
Sayohatingizda poezd, kema yoki samolyot kabi transport
vositalaridan foydalanganda kupe, kayuta yoki salonga kirganingiz
hamon sizdan oldin joylashib bo‘lgan yo‘ldoshingiz bilan ko‘rishing.
Deylik, narsalaringizni joylashtirish uchun javonda b o ‘sh jo y
bo‘lmasa, awal, shu javon egasidan ruxsat so‘rang va u rozilik bildir-
sa, minnatdorchilik aytishni unutmang.
Qorningiz ochqolsa, yo‘l uchun olgan narsalaringizni tam addi
qilishdan istihola qilmang. Biroq buni saranjom-sarishtalik bilan amalga
oshiring. Tamaddi qilib bo‘lgach, stolni tartibga keltirib qo‘ying:
non ushoqlari, choy tomchilarini artib oling.
Tabiiyki, bir necha soat davomida o ‘zingizga notanish bo‘lgan
odam lar bilan yonm a-yon birga b o ‘lish oson emas. B a’zida
hamrohlaming fe’l-atvorlari biri-biriga to ‘g‘ri kelmay qoladi. Shunga
qaramay, har qanday holatda, hamrohingizga buni sezdirmaslikka
harakat qiling, u bilan bo‘lgan munosabatda vazmin, sabr-toqatli va
xayrixoh bo'ling.
H am roh in giz ovqatlanayotgan p ay td a yotish u c h u n jo y
to ‘shamang. Kiyimingizni almashtirmoqchi b o ‘lsangiz, ham ro-
hingizdan odob bilan chiqib turishni iltimos qiling. Chunki begonalar
oldida echinib-kiyinish odobdan emas.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Begonalar oldida yuragingizni to ‘kib-sochmang. Hamrohlaringizga
ortiqcha savollar, ayniqsa, nozik aloqalarga bog4liq savollar berishga
urinm ang. Ularning xatti-harakatlaridagi yoqimsiz holatlarga keskin
norozilik bildirmang, o ‘rni kelganda, bu holat nojoiz ekanligini
birrov aytib ketasiz.
Sayohat davomida, ayniqsa, yo‘lda ketayotganda mast qiluvchi
ich im lik lar iste’mol qilm ang. Z ero, badm ast yo‘lovchi tuban
y o ‘lo v c h id ir. Y o ‘lda ek an siz , ham on o d a m lar b ilan birga
ekanligingizni yodda tuting. Va qay darajada ular har xil bo‘lmasin,
agar siz haqiqatan ham tarbiyali odam bo‘lsangiz, ularga nisbatan
hurm at bilan munosabatda bo‘lishga harakat qiling.
Ayollarga xos etiket.
Ayolning jozibadorligi o ‘ziga mos va o ‘ziga
xos xulqni o ‘rinli mujassam etishidadir. Bu - kiyinishda, muomalada,
xatti-harrakatda, gapirishda, mulozamatda, takallufda, ovqatlanishda
va shu singari xususiyatlarda ko‘zga tashlanadi. Jozibadorlik uchun
tashqi chiroyning o‘zi kifoya qilmaydi, u zamonaviylik va oqilonalik
bilan bog‘liqdir. M azkur xususiyatlar ayolni yanada jozibali va
m aftunkor qilib ko‘rsatadi.
“ Zam onaviy kiyinish» deganda qimmatbaho, yaltiroq liboslarni
kiyish nazarda tutilmaydi. Kiyim rangi, bichimi, andozasi, fasoni va
pokizaligi bilan atrofdagilarni ajablantirmaydigan va taajjubga
solmaydigan kiyimlar sirasidir. Zamonaviy kiyinish shu jihati bilan
m odada kiyinishdan ustuvordir. Zamonaviy ayol o‘zining tanlash
im koniyatlarini kengaytirish yo‘lida zamonaviylikdan ortda qolish
yoki undan o ‘zib ketishdan cho‘chimaydi. U imkoniyatlar izlashi
davom ida o ‘zining ayollik fazilatini yorqin ifodalay oiishga va
qusurlarini yashirishga qodir bo‘lgan imkoniyatlardan birini tanlay
biladi. Bu borada modalar jum alini doimiy kuzatib borish yetarli
em as. Buning uchun k o ‘rgazm alar, galareyalar, m uzeylar va
madaniyat maskanlariga muntazam borib turish, odamlami kuzatish,
badiiy-estetik didini doim o takomillashtirib borish tavsiya etiladi.
Latofat va nazokatning manbai tabiatdir. Chunki tabiatda ranglar
jilosi, musiqiy ohang uyg‘unligi, musaffolik mavjud.
Jozibangizni saqlab qolish uchun ham go‘zalllikni sevishga
«majbursiz” . Zero, go‘zallik chiroylilikdan ustuvoroqdir. U tashqi va
ichki chiroyning uyg‘unligini talab etadi.
Ayol kishi o‘z latofatini yo‘qotmaydi, qachonki:
* agar u har kuni o ‘zining tabiatini tarbiyalab borsa;
www.ziyouz.com kutubxonasi
* agar u jismi va vujudi uchun erinchoqlik qilmasa;
* agar o4z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa;
* agar o4z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa;
* agar yaqinlarini qayrab, boshqalarni janjal bilan qiynamasa;
* agar hadeb hayotdan nolib, alamzada boMavermasa.
Ushbu maslahatlar hayot tajribasida sinalgan:
* o ‘zingizga kiyim tanlar ekansiz dugonalaringizni emas, o ‘z
didingizga tayanib ish tuting;
* libosingizning rangi nafaqat zamonaviy, balki o ‘zingizga mos
tushadigan rang bo'lishi lozim;
* kiyim tanlashda mutanosiblikka amal qiling va ranglar mosligini
tanlay biling;
* faqatgina bitta kiyim uchun q o £sh im cha narsa olish —
isrofgarchilik ekanligini unutmang;
* taq in ch o q larn i “ m odasi eskirdi» deb tash lab yuborish
yaramaydi. Chunki modalar jarayoni davrlar o ‘tib qaytib keladigan
jarayondir. Shunda asrab qo‘ygan taqinchoqlaringiz yanada chiroyliroq
bo‘lib ko‘rinishi mumkin;
* tanlagan sirg‘a yoki qisqichli ziraklaringiz qulog‘ingiz shaklini
yaltiroq buyum kabi xunuklashtiradigan darajada bo‘lmasligi lozim;
* plastmass ziraklar faqat yozda tutilishidan xabaringiz boMsa
kerak;
* atir-upalar ayol kishi husniga husn qo4shuvchi, unga latofat
bahsh etuvchi vositalardan biri. Biroq ekskursiya, tog‘larga sayohat,
navbatda turish paytida pardoz-andoz unchalik ahamiyatga ega emas.
Erkaklarga xos etiket. “ Erkak kishining asosiy kiyimi kostyum-
shim va ko'ylakdan iborat» deyuvchilar ko4pchilikni tashkil etadi.
Bu fikr biroz mubolag'ali. Chunki erkak kishi kastyum-shimda doim
ham bashang ko‘rinavermaydi. Kostyum-shim - elkador, jussali,
o‘rta yoki baland bo‘yli, o ‘rtacha semizlikdagi, tik qomatli kishilarga
yarashib turadi. Aksincha, o‘ta semiz yoki ozg‘in, jussasi kichik,
bo‘yi pakana kishilarda kastyum-shim biroz noqulayroq ko‘rinadi.
Biroq bu ular kostyum-shim kiymasliklari kerak, degan gap emas.
Shuningdek, kostyum-shimning chiroyliligi erkak kishining tashqi
ko‘rinishi uchun yetarli emas. U ayni paytda bo‘y bastiga loyiq bo‘lishi,
harakatlanishga qulay bo‘lishi, yurganda xalaqit bermasligi, odmi,
ko4zga yarq etib tashlanmaydigan rangda bo‘lishi kerak. Kostyum-
shimga mos tarzda ko‘ylak, bo‘yinbog\ paypoq va tufli tanlash ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
kishining did ini belgilaydi. Erkaklaming bashang kiyinishi va bashang
yurishi tug‘ma fazilat emas, balki u hayotiy tajriba va atrofdagilarni
sinchiklab kuzatish natijasida shakllanadigan tarbiyaviy xususiyatdir.
Zero, bashang erkaklar kiyinishda injiq bo‘lsalarda, doimo tartibga
rioya qiluvchilar sirasiga kiradi.
Bu borada erkaklarga tavsiya etadigan maslahatlarimiz bor:
* Erkaklar o ‘zlari bilan ikkita dastro‘mol olib yurishlari kerak.
Bittasi - ustki kiyim yoki shimning cho‘ntagiga solinadi. U qo‘l va
yuzni artish uchun ishlatiladi. 1 kkinchisi — mutlaqo toza bo‘lib,
ustki kiyimning ichki cho‘ntagiga solinadi. Bu dastro‘mol bilan faqat
favqulodda holatlarda foydalanish zarur. Masalan, ko‘zoynakni artish,
ko‘zga tushgan narsani olish kabilarda. Shuningdek, bu dastro‘molni
ustki kiyimning tashqi cho‘ntagidan uchini sal chiqargan holda olib
yurish kishining ko‘rinishini bashang qilib ko‘rsatadi.
* “Chit ham yarashganga yarashadi” maqoliga amal qilish
maqsadga muvofiq. Zero, har qanday zamonaviy va qimmatbaho
kiyim ham kishini k o ‘rkam qilavermaydi. Kiygan kiyimingiz
yarashishini istasangiz, kiyimni ham «qiynab qo‘ymang”. Bu - erkin
harakat qiling, qomatingizni tik tuting, boshingizni engashtirmang,
b o ‘yningizni cho‘zmasdan, ko‘kragingizni oldinga chiqarmasdan
yuring degani.
* Gavdangiz bilan bo‘yningizni doimo to ‘g‘ri tuting. Yurishingizga
doim o e ’tibor bering, viqor bilan yurishga harakat qiling. Shoshma-
shosharlik bu jarayonga pand beradi.
* 0 ‘tirganingizda oyog‘ingizni o‘ynatib yoki yoyib o ‘tirmang.
Q oiingizni paxsa qilib gapirish yaxshi emas. Bu kabi holatlar siz
haqingizdagi yaxshi tasavvurni butkul barbod etishi mumkin.
* Vazminlik, bosiqlik erkak kishining salobatidandir. Shunday
ekan, gapirganda, yurganda, hatto imo-ishora qilganingizda ham
og‘irroq boling. Kim bilan so‘zlashmang nigohingizni uning yuziga,
ko‘ziga qarating.
* Viqor bilan amalga oshirilgan harakatlardagi tabiiylik har bir
insonga zeb beradi. Bashang ko‘rinishni istagan erkaklar uchun bu
g‘oyatda muhimdir. Viqorli va tik qomatga ega bo‘lishning birdan bir
yo‘li bu — sport bilan muntazam shug‘ullanishdir.
Uy tutish etiketi.
Uy tutish odobi xalqning tarixiy va madaniy
a n ’analaridan biridir. Madaniyatga ega bo‘lgan har bir xalq uyni
qurishdan tortib, uni bezashgacha alohida e’tibor bilan qaraydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
C h un k i uy tu tish in s o n n in g m avqeini, d id in i, fa ro s a tin i,
imkoniyatini va hokazo shu kabi jihatlarini belgilaydigan xususiyatdir.
Bu xususiyat o ‘zbek xalqi uchun ham b eg o n a em as va u
madaniyatimizning go‘zal bir qismiga aylangan. XIX asrda ijod etgan
fozila ayol Olimat ul-Banot o‘zining “M uosharat odobi” risolasida
uy tutish poklik va ozodalikka asoslanishini, shariat musulmon kishiga
pokiza turmush qurmoq bilan birga pokiza uy tu tm o q n i ham
buyurganligini ta’kidlab, bu xususda bir qator tavsiyalarni beradi:
“ uy va xonalarni cho‘p-xaslardan, chang-tuproqlardan supurib
turish», “o ‘rgimchak uyalarini olmoq va uy atroflarini sof tutm oq” ,
“yashayturgan o ‘rinlarni, xususan, uylarning ichkarilarini yuvib
quritmoq, is va shu kabi narsalardan sof etm oq” , “fursati bilan
derazalami ochib, uyning havosini almashtirish” va boshqa ishlar
uy tutish odobining ziynatlaridandir1.
Yashaydigan uyimizning ichki va tashqi ko‘rinishi, tabiiyki
o‘zimizning didimizdan kelib chiqib shakllantiriladi. Bunda eng asosiysi
uyingizda oila a’zolaringiz o ‘zini qulay va shinam his qilishlari uchun
zarur bo‘ladigan holatlami nazardan chetda qoldirmasligingiz lozim.
Bu borada e’tiboringizni ayrim tavsiyalarga qaratamiz. Zero, ular
kelgusi hayotingizda kerak bo‘ladi, degan umiddamiz:
- Uyingizni ortiqcha, yaroqsiz narsalar bilan toMdirib tashlamang.
Bu uyingizdagi narsalarning joylashuvini buzadi.
- Uyni bezatish va saranjomlashda derazalarga alohida e’tibor
qiling. D erazalar xonani istaganingizdek kengaytirishi yoki
kichraytirishi m um kin. Shuningdek, derazalarni jo n li rasmga
aylantirish yoki musawirlik mahorati bilan boshqa ko‘rinish bilan
berkitish mumkin. H ar qanday holatda ham derazalar sizni tashqi
olam bilan bog‘lab tursin va uyingizga imkoni boricha ko‘proq toza
havo kiritib tursin.
- Uy jihozlarini joylashtirishda uyda yosh bolalar bo‘lishini
e’tiborga oling. Chunki joylashtirgan buyumlaringiz ulaming bemalol
harakat qilishlari uchun xalaqit bermasligi kerak.
- Tanishlaringizni uyingizdagi qimmatbaho va hashamatli jihozlar
bilan m aqtab, ularni hayratga solish m anm anlikdir. Shunday
xonadonlar borki, sohib va sohibaning didsizligi natijasida xona
1 Qarang: Olimat ul-Banot. Muosharat odobi. T.M ehnat, 1991. 19 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qim m at bo‘lsa-da, keraksiz narsalar bilan to ‘ldirib yuborilgan. Bu
uyda bir so‘z bilan aytganda, fayz yo‘q, o ‘tirgan odamning nafasi
b o ‘g‘iladi, kishini asabiylashtiradi.
- Oshxona, vanna va hojatxonani alohida tozalikda saqlang. Chun
ki bu uyingizga kelgan mehmonlarning ushbu joylarga kirishi ehti-
moldan xoli emas.
- Gullarsiz uyni tasaw ur etish mumkin emas. Gullar uyni go‘zal
qiladi, ayniqsa. yangi uzilgan, chiroyli guldastalar, quruq o4 va
gullar majmuasi kishining kayfiyatini ko‘taradi, obrazli ifodalarni
shakllantiradi. Biroq gullar boshqa barcha narsalar kabi uyda ozodalik,
e ’tibor va parvarishni talab qiladi.
- Uyda tirik tabiatni shakllantirish - to ‘ti, kaklik, bedona,
kanoreyka singari sayroqi qushlar, tovus, qirgcovul kabi chiroyli
qushlarni parvarish qilish, baliq, quyon kibi chiroyli jonivorlami
boqish ham in so n larn in g tabiatga nisbatan m unosabatlarini
o ‘zgartiradi, m ehrni paydo qiladi. Shuningdek, bu holat uydagi
musaffo m uhitni, tarbiya jarayonini barqarorlashtirshga ijobiy ta ’sir
ko‘rsatadi.
Sovg‘a-hadya berish etiketi.
0 ‘z xursandchiligini boshqalar
bilan baham ko‘rish, boshqalarning xursandchiligiga sherik bo‘lish,
ulardan quvonish ziyoli va m uruw atli insonlarga xos xususiyatlardan.
Ayniqsa, bunday kunlarda bir-biriga sovg‘alar berish, hadyalar tuhfa
etish, samimiy dil izhorlarini bildirish an ’analarimizning go‘zal
jihatlaridan hisoblanadi. Dinimizning muqaddas kitoblari Hadisi
Shariflarda hadya qilmoq va uning fazilatlari haqida ko‘plab hadislar
keltiriladi. Jumladan, Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan
mana bu hadisda “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Ey muslima
ayollar, qo ‘shni ayol o ‘ziga qo‘shni ayolga, garchi qo‘y tuyog‘ini
b o isa-d a, hadya qilishdan orlanmasin!”-deb marhamat qildilar1.
Ushbu hadis orqali insonlarning bir-birlariga e’tiborli bo‘lishga,
qo‘llaridan kelgancha hadyalar bilan ko‘ngillarini ko‘tarishgka rag‘bat
qihslilari uchun da’vat etilmoqda. Shuningdek, gap hadya qilinadigan
narsaning qim m atida emas, balki insonning insonga nisbatan
e ’tiboridadir. Zero, yolg‘izlik va nazardan chetda qolish insonni
yovuzlikka undaydi.
1 Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. 4 tomlik. 2-
tom. Т.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1997. 135 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sovg‘a-hadya bermoq uchun turli sabablar mavjud. Bugungi kunda
ularning talaygina ko‘rinishlari bor: tug'ilgan kunlar, bayramlar
(umumxalq, milliy, kasbiy bayramlar va hokazo), to'ylar (hovli
to‘yi, sunnat to‘y, nikoh to ‘yi va hokazo), xursandchilik kunlari
(oilada yangi farzandning dunyoga kelishi, yangi muvoffaqiyatga
erishgan kun, mansab darajasi ko‘tarilgan kun va hokazo) shular
jumlasidandir.
Ana shunday kunlarda insonlarning bir-birlariga sovg‘a taqdim
qilish etiketiga doir ayrim maslahatlarni tavsiya etamiz:
Sovg'alarni tanlashda e ’tiborli bo‘lish zarur. U nda kishining
xayolot dunyosi, izlanuvchanligi, zehni, didi foyda beradi. Sovg‘a
tanlash tadbirning mazmunidan kelib chiqqan holda, muayyan
tayyorgarlikni talab etadi. Zero, shoshma-shosharlik bilan olingan
sovg‘a kishining unchalik xursand qilmasligi mumkin. Shuningdek,
sovg‘a tanlaganda sovg‘a beriladigan kishining qiziqishi, didi, nafosati,
mashg‘uloti, faoliyatini hisobga olish maqsadga muvofiq. Bu borada
sovg‘alar turini quyidagilarga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |