Umumiy tadbir uchun olinadigan so vg ‘alar.
Bularga - gullar,
suvenirlar, kitoblar, soat kabi narsa va buyumlar kiradi.
Gastronomik sovg‘alar.
Bu turdagi sovg‘alar sirasiga - tort, oliy
navli choy, kofe, shokolad, uy murabbolari kiradi.
Pardoz-andoz (parfyumeriya) anjomlariga —
xushbo‘y odekolon,
loson, atir, upa, pardoz idish, yuz bo‘yoqlari to ‘plami, kamyob
shampun va hokazolar shular jumlasidandir.
Kiyim -kechak va aksessuar sovg‘alar
. Bu turdagi sovg‘alar
tarkibini sharf, qo lq o p , erkaklar ko‘ylagi, sumka, paypoq, ro‘mol,
yengga taqiladigan bezakli tugm achalar, bijuteriya, m anikyur
to ‘plami, kichik hamyon, bo‘yinbog‘ kabilar tashkil etadi.
Jonivorlar hadya etiladigan sovg‘alar.
Bu turdagi sovg‘alar, aso-
san, yosh bolalarga yoki sovg‘a qilinadigan kishining jonivorlarga
qiziqishini inobatga olgan holda ularning roziligi bilan tuhfa etiladi. Bu
larga - mushuk bolasi, kuchuk bolasi, sayroqi qushlar, baliqlar kiradi.
R o‘z g ‘orbop sovg'alar.
Bu turdagi sovg‘alar, asosan, yangi
turmush qurgan kelin-kuyovlar, yangi uyga ko‘chib o ‘tgan yoshlar
uchun tuhfa etiladi. Dazmol, termos, choynak, serviz, sochiqlar,
dasturxon, idish-tovoqlar to ‘plami shular jumlasidandir.
Uzoq muddatli xiztnat safari yoki sayohatdan qaytishda olinadigan
sovg'alar
o ‘sha hududning tabiati, xalqlarining a n ’anasi, xalq
www.ziyouz.com kutubxonasi
hunarm andchiligi, osori-atiqalariga mansub bo‘lgan buyumlardan
iborat b o ‘lishi lozim.
B erad ig a n sovg‘an g izd a g ‘arazli m aq sad n i k o ‘zlam ang.
Sovg‘aning qiym ati etiketga ko‘ra muhim ahamiyatga ega emas.
G ap sovg‘a kishini qanchalik xursand qilishidadir. Bu borada
a y n iq sa , b o la la rn i x u rsan d qilish o so n ro q kech adi. Biroq
“A ldagani bola yaxshi” qabilida ish tutish ham yaxshi emas. Zero,
bolalarga sovg‘a olishingizda sovg‘angiz bolangizni kelajakdagi
um idlarini ro ‘yobga chiqarishi, kasbga yo‘naltirishi, qiziqishlarini
rivojlantirishi, xayolot dunyosini o‘stirishga yordam berishini
o ‘ylab ish tuting. Bu borada globus, dunyo xaritasi, qiziqarli
kitoblar, shaxm at-shashka, m arkalar to ‘plami, tennis raketkasi
kabilar bolalarning ko‘nglini shod etadi. Masalan, globus bolaning
d u n y o m a n z a ra sin i, m a m lak a tla rn in g h u d u d i va geografik
joylashishini o ‘rganishi uchun foydali. Rasmli kitoblar bolaning
badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o‘stiradi. M arkalar to ‘plami
uning didi va tanlash iqtidorini takomillashtiradi. Sport anjomlari
esa bolaning sportga b o ‘lgan qiziqishini orttiradi va hokazo. Biroq
m ard, q o ‘rqmas, jasur b o ‘lsin, deb qilich, xanjar, pichoq, mil-
tiq, avtom at, to ‘pponcha va boshqa shu kabi o ‘yinchoq qurollarni
sovg‘a qilish yaramaydi. Bu sovg‘alar kelajakda bolaning tarbiya-
siga salbiy ta ’sir etishi m um kin.
Er-xotinlar turli xil sabablar bilan bir-biriga tez-tez sovg‘alar
qilishni yoddan chiqarmasliklari lozim. Beriladigan sovg‘alar ulaming
oila, ro ‘zg‘or, ish faoliyatlarida doimiy zarur bo‘ladigan anjomlami
tashkil etgani m a’qul. Va, albatta, bular qatorida guldastaning bo‘li-
shi shart.
Sovg‘ani qay tartibda, qanday qilib berish ham etiketning
nihoyatda nozik talablaridan biri sanaladi. Zero, sovg‘ani taqdim
qilish uni qabul qiliuvchi shaxsga muayyan ta ’sir ko‘rsatishini
unutm ang. Sovg‘ani im kon darajasida o'zingiz taqdim qiling.
Haydovchingiz, yordamchingiz, kotibangiz, turmush 0 ‘rtog‘ingiz,
farzandingiz yoki hamkasabangizdan berib yuborilgan sovg‘a o ‘zini
madaniyatli deb bilgan kishilarga og‘ir botadi. Bunday holatlar sizning
xizmat safarida bo‘lishingizda, tadbirga uzrli sababga ko‘ra yetib kela
olmasligingizda yoki bem or b o ‘lib qolganingizda kechirimlidir.
Sovg‘angizni o ‘z vaqtida berishni odat qiling: “ Hechdan ko‘ra kech”
tam oyili bu jarayon uchun qo‘llanilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sovg‘ani olar ekansiz, albatta, m innatdorchilik bildirish va
chiroyli tabassum izhor etish yodingizdan chiqmasin.
Muomala etiketi.
Insonning o ‘zi uchun qayg‘urishiga doir bir
qancha usullar mavjud. Ularning ichida eng asosiysi — kishilarga
o ‘zi haqida gapirib berishini so‘rab, murojaat etishdir. Shunda siz
odam lar biror masalani muhokama qilishdan ko‘ra o ‘zlari haqida
g apirish, d ardlarin i aytishga, ko‘n g illarini och ishg a tash n a
ekanliklarini bilib olasiz. Agar insonni gapirishga ko‘ndira olsangiz
va unga taskin bera olsangiz, bilingki, siz unga yoqib qolasiz. Bu
borada «Janob, hayot tashvishlari barchamizning chekimizda bor” ,
“Janob, bu siz yoqtirgan kuy!», “D o‘stim , sizning fikrlaringiz
meni o ‘ylashga majbur qildi», “ Biz birgalikda hayotning ko‘p
qiyinchiliklarini yengib o ‘tganmiz” va hokazo taskinlarni berib
ko‘rish mumkin.
Shuni aytish lozimki, ko‘pchiligimiz boshqalarga ta ’sir qila
olmaymiz, chunki biz doim o ‘zimiz haqimizda o ‘ylash va fikr yuritish
bilan bandmiz. Shu narsani unutmaslik kerakki, siz suhbatga qiziqish
yoki qiziqmasligingiz muhim emas, muhimi suhbatdoshlaringizning
bu suhbatga qiziqishi. Shuning uchun siz qachon, kim bilan
gaplashsangiz ham, u bilan fikr almashing va unga o ‘zi haqida
gapirishga imkon bering. Shunday y o i bilan siz eng yaxshi
suhbatdoshga aylanasiz.
Boshqalami o‘zlarining ahamiyatga ega ekanliklarini his qilishga
undash usullari ham g‘oyatda muhimdir. Boshqalar tomonidan e’tirof
etilishi barchaga xushkayfiyat bag‘ishlaydigan xususiyatdir. Bu holat
kishini hayotga qiziqishga, Yangi narsalarni kashf etishga, mehnatga
yangicha munosabatga, tashabbuskorlikka undaydi.
Shaxslararo munosabatlarda siz o ‘zingizni juda ham erkin his
etishingiz uchun iloji boricha boshqalarni suhbat davomida muhim
o ‘rinlari borligini tushunishlariga majbur qiling. Yodingizda tuting,
siz boshqalarni ahamiyatli inson ekanliklariga ishontira olsangiz,
ular sizdan minnatdor boladilar.
Har bir inson yirik bir shaxs bo‘lishini chin dildan xohlaydi.
Boshqalaming o ‘ziga munosabati va sizning o‘zingizga munosabatingiz
bir xil darajada muhim. Ushbu usulni samarali qo‘llash, shaxslararo
muvoffaqiyatli aloqalar o ‘rnatish yoMidagi asosiy tam al toshi
hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Taqdimot marosimi etiketi.
Bugungi kunga kelib, tafakkur madaniyatining sifati, zamo-
naviyligi, qamrovining kengligi, ta ’birjoiz bo‘lsa, jahon andozalariga
mos kelishi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Tafakkur — inson-
ning noyob xususiyati, m iyaning mahsuli, obektiv olam ning
tushunchalar, muhokamalar, nazariyalar va hokazolardagi in’iko-
sining faol jarayoni b o ‘lib, amaliy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan inson
faoliyatining alohida m a’naviy shaklidir. Shu bois tafakkur m ada
niyati insonni jam iyatda mavjud b o ‘lgan, ajdodlar va avlodlar to
m onidan yaratilgan qadriyatlami o ‘zlashtirish darajasini, insonning
ongi bilan faoliyati orasidagi o ‘zaro aloqadorlikning mustahkam-
ligini, m a’naviy intellektual faoliyatining o‘ziga xos shakli, ko‘rini-
shini ifodalaydi
Tafakkur madaniyati inson ijtimoiy qiyofasining muhim ta ’rifi
bo‘lib, uning sivilizatsiyalashgan holati, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarini o ‘zlashtirish darajasini ifodalaydi, insonning ongli-
ligi, bilimdonligi, madaniyatliligidan dalolat beradi. Har bir shaxs-
ning tafakkur madaniyati ijtimoiy muhit, uning sharoitlari, mehnati
va turm ush tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo‘lishi zaminida
shakllanadi, mustahkamlanadi.
Taqdimot marosimi etiketi ushbu masalalarni qo‘llay bilish,
ulardan foydalanish va tafakkurga asoslanib o ‘tkaziladigan ta ’lim
yoki m a’lumot berishning zamonaviy ko‘rinishidir.
Taqdimot —
bu o ‘zlashtirish, m a’lumotlarni ko‘pchilik oldida
ochiq taqdim etishdir. Taqdimot turlari hisobot, m a’lumotnoma,
press-relliz, dayjest, axborot, reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq
taqdim ot deganda, odatda, loyihalar, mahsulotlar, dasturlarning
ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim etilayotgan
narsaning u yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini ko‘rsatib berish
tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda, ma’rifat
va madaniyatda, ta ’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan maro-
sim lardan biridir.
Taqdimot yo‘nalishlariga qarabtijoriy (kommersiya), boshqaruv,
reklamali, ilmiy, siyosiy, pablik rileyshnz kabi turlarga bo‘linadi.
Shunga ko‘ra taqdim ot o ‘z oldiga tinglovchilar muomalasi va
muloqotiga ta ’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib oladi.
Tijoriy taqdimot.
Savdo xodimlari o ‘zlarining tijoratga doir
takliflari va ko‘rgazmalarini seminar yoki muloqot jarayonlari orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi
taqdim qiladilar. M asalan, tibbiyot m ahsulotlari bilan savdo
qiluvchilar esa, yangi farmuskunalar va farmmahsulotlami taqdimot
qiladilar.
Boshqaruvchi taqdimoti.
Bunda rahbar o ‘z xodimlariga korxo-
naning kelajakdagi vazifalari va global m uam m olarini miting, maj-
lisni va yig‘ilish ko‘rinishida taqdim etadi. M enedjerlar o‘zlarining
g‘oyalari, loyihalari va erishgan natijalarini yuqori tabaqa hisoblan-
gan rahbariyatga taqdim qiladilar.
Pablik rileyshnz va reklama taqdimoti.
Mazkur soha mutaxassislari
k o m p an iy alarn in g ax bo rot alm ashish strateg iy asi va yan g i
tarmoqlaming istiqbollariga doir masalalarni ilgari suradilar. Jamoat
arboblari m adaniy va ijtimoiy dasturlarni moliyaviy q o ‘llab-
quvvatlashga doir olib boriladigan ishlami taqdimot qiladilar.
Ilmiy taqdimot.
Bunda olimlar o‘zlarining ilmiy g‘oyalarini, tad-
qiqot o ‘tkazishga oid ilmiy zaxiralar m anbaini taqdimot qiladilar.
Ijtimoiy-siyosiy taqdimot.
Bunday taqdim ot marosimi ko‘proq
siyosatchilar hamda ijtimoiy soha mutaxassislari tom onidan amalga
oshiriladi. Bunday taqdimot davra suhbati, debat, breyn ring, yuzma-
yuz muloqot hamda matbuot konferensiyasi ko‘rinishida o ‘tkazilishi
mumkin. Masalan, deputatlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini
saylovchilarga taqdim etadilar, davlat arboblari esa taqdim ot orqali
o ‘z konsepsiyalarini bayon qiladilar. Tashabbuskorlik, tadbirkorlik
va liderlikning elementlari mavjud bo‘lgan barcha sohalarda taqdimot
eng samarali vosita vazifasini bajaradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, taqdimot marosimi -
shaxs va jamoat fikrini, g‘oyasini, qarashlari va konsepsiyalarini omma
oldida ko‘rsatish, isbotlash va ishontirishga asoslangan axborot
almashuvning vositasidir.
Taqdimot marosimi paytida taqdim qiluvchi o‘zi ilgari surayotgan
g‘oyalaridan tinglovchilar xulosa qilish son bo4ishi uchun muayyan
imkoniyatlarni tashkil qilishi lozimki, toki ilgari surayotgan g‘oya-
laringizni tinglovchilar amalda tatbiq eta olishlari, o ‘z faoliyatlari-
ga qo‘llay bilishlari tezlashsin. Shuning uchun ham taqdimot marosi-
mini axborot uzatishning boshqa vositalaridan farq qiluvchi jihatlari
talaygina. Shulardan eng muhimi bilim va m a’lum otlami uzatish
usullaridir.
Awalo, m a’lumot nimadan iborat b o ‘lishi lozimligini aniqlab
olish kerak. Bir qarashda bu jarayon juda oddiy ishdek ko‘rinadi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
aslida esa m a’lum otni tushunish, uni o ‘zlashtirish bir qadar
murakkab jarayondir. Zero, hech qachon bilmagan, hayotda to‘qnash
kelmagan narsalarni odamlarga tushuntirish muayan mahorat, bilim
va aniqlikni talab etadi. Shuning uchun ma’lumotlarni yetkazishda
ayrim to ‘siqlarga duch kelishiniiz, shubhasiz.
1-to‘siq. M a ’lumotda xatoga y o ‘l qo'yish. Oddiygina bo‘lib
ko'ringan xato ham aytayotgan flkringizning mazmunini tubdan
o ‘zgartirib yuborishi mumkin. Olaylik, mehnat bozori shaklla-
nishining 0 ‘zbekistonga xos xususiyatlariga doir m a’lumotni taqdim
qilmoqdasiz. M a’lumki, Andijon viloyati aholisining zichligi bo‘yicha
vodiydagina emas, respublikada ham birinchi o ‘rinda turadi. Biroq
1 kv. km ga nechta odam to ‘g‘ri kelishi haqida xatoga y o l qo‘yish,
u larn in g raqam ini xato k o ‘rsatish taqdim etayotgan m a’lu-
motingizning m azm un-mohiyatini o ‘zgartiradi. Natijada, fikringiz
tinglovchilarda shubha uyg‘otishi mumkin. Bunday holatlar tarixiy
sanalar, raqamlar, term inlar bilan bog‘liq m a’lumotlarda ko‘proq
uchraydi.
2-to ‘siq. Ma ’lumotingiz ikki ma ’noni aks ettirishi mumkin. Ayrim
so‘zlar ikki xil m a’noni anglatishini bilamiz. So‘zlardan o ‘rinli
foydalanmaslik natijasida taqdim etilayotgan m a’lumotda jiddiy
o'zgarish yuzaga kelishi, ilgari surayotgan g‘oyangiz samarasiz
yakunlanishi m um kin. Bunday so ‘zlar, odatda gazeta, jurnal
sarlavhalarida va su’ratga berilgan izohlarda uchrab turadi.
3 -to ‘siq. Ma ’lumotingizdagi tayanch so \la r noto ‘g ‘ri talqin etilishi
mumkin.
M a’lumki, o ‘quvchi kitob o ‘qiyotib, biror-bir ma’lumotga
shubha bildirsa, awalgi betlarni ochib, ularni taqqoslash va fikrini
to 'g 'ri yo‘naltirish imkoniyatiga ega. 0 ‘quvchidan farqli olaro q ,
tinglovchida bunday imkoniyat yo‘q: “Aytilgan so‘z - otilgan o‘q” .
Berilgan m a’lum otni tezlik bilan tahlil qiluvchi, taqqoslovchi
tinglovchilar kamchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ma’lumot
yetkazilayotganda so‘zning mazmuniga, vaziyatning mohiyatiga,
jarayonni talqin etishga jiddiy e’tibor berish talab qilinadi. Zero,
n o to ‘g‘ri talqin etish natijasida qilingan qatiy hukm kelajakda
insonning taqdirini salbiy tom onga o ‘zgartirib yuborishi mumkin.
4 -to ‘siq. Ma'lumotingizdagi muhim holatlar noto‘g ‘ri tushunilishi
mumkin.
Shunday holatlar bo‘ladiki, ma’lumotning ko‘pligidan
tinglovchi ularni bir-biri bilan chalkashtirib yuboradi. Chunki
tinglovchiga m a’ruzachi to ‘xtash, ma’lum otlarni tahlil qilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
im koniyatini berm aydi. Shuning u ch u n ta q d im qilinayotgan
m a’lumot tushunarli bo‘lishi uchun gohida mavzu doirasiga mos
qiziqarli voqealar, latifalar, kayfiyatni ko‘taruvchi hodisalami aytish,
mavzudan chetlashib ketmagan holda, tinglovchilarni biroz chal-
g4tish tavsiya etiladi.
5-to‘siq. M a ’lumotingizga tegishli muhim jihatlar esdan chiqib
ketishi mumkin
. Tadqiqotlarga ko‘ra, axborotni odam lam ing - 83%
ko‘rish orqali, 11% eshitish orqali, 35% hidlash orqali, 15%
paypaslash orqali, 1% tatib ko‘rish orqali yaxshi qabul qiladi.
Shuningdek, agar tinglovchiga m a’lumotlar yozib olish yoki ko‘z
bilan ko‘rish imkoniyatlarisiz faqat og‘zaki taqdim qilinsa, uch
kundan so‘ng tinglovchining esida taqdim etilgan m a’lumotning 10
foizigina saqlanib qolishi mumkin ekan. Bunga m a’lumotlardagi
muhim jihatlarning o‘rinli joylashtirilmasligi, yo‘nalishni to ‘g‘ri
belgilanmasligi asosiy sabablardandir. Shu sabab taqdim etilayotgan
m a’lum otlarning m uhim jih atlarin i yozib olish, ta q d im o td a
ko‘rgazmali vositalar — slaydlar, proektorlar, plakatlar, kompyuter
grafikasi, shuningdek, tarqatma materiallardan foydalanish yaxshi
samara beradi.
6-to‘siq. Axborotning subyektini talqin etish. M azkur to ‘siq doim
ham ko‘zga tashlanavermaydi, gohida m a’lum otni mensishmay
tinglashadi. Yuqoridagi to ‘siqlarni bartaraf etganingizda ham mazkur
to ‘siq o ‘zini u yoki bu ko‘rinishda nam oyish etadi. M asalan,
tinglovchi ko‘zingizga tik qarab turadi, lekin e’tibori boshqa narsada.
Yoki so‘zlaringizni miyigLida kulib turib tinglayveradi, doimo kallasini
inkor m a’nosida qimirlatib turadi va hokazo. Bu toifa tinglovchilar
aytilgan fikrni tinglash haqida emas, balki o ‘ylangan fikmi aytish
paytini poylaydilar. Bunday paytlarda ular taqdimotchiga qaltis
savollar, qitm irona luqm alar, keskin e ’tirozlar bilan m urojaat
qiladilar...
Ishbilarmonlik muloqotidan farqli o‘laroq, muloqotning taqdimot
shaklida taqdimotchi auditoriya uchun ajratilgan vaqtning aksariyat
qismida gapiradi, auditoriyani esa jim tinglay olishiga erishishi lozim.
Bu taqdimotchidan yuksak muomala san’ati va etiket madaniyatini
talab etadi. Shu bois taqdimotchi amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim
holatlami e’tiboringizga tavsiya etamiz.
1.
Taqdimot marosimining mas’uliyatini his etish.
Bunda siz,
aw alo, taqdimot o ‘tkazish sizga nasib etganligini, bunday vazifa
www.ziyouz.com kutubxonasi
sizga bildirilgan yuksak ishonch ekanligini ichdan his eting. Zero,
o ‘zining g‘oya va qarashlariga ishontirish iqtidori so‘z, ilm va
muom alada “ pishib yetilgan” inson la rgagina nasib etadi.
2. Taqdim qiluvchi bilan auditoriya o'rtasida o‘zaro hamkorlik.
Bunda «Men sizlarsiz, sizlar esa mensiz biror natijaga erisha olmaymiz»
tamoyili ustuvor ahamiyatga ega. Chunki auditoriya ma’ruzachi yoki
taqdim qiluvchidan o ‘zi uchun zarur bo‘ladigan nimanidir kutadi.
Anashu narsa yoki g‘oyani taqdimotchi ayta olishi mumkin.
3.
Taqdimot matnini tayyorlash.
Aytmoqchi bolgan fikrlaringizni
dastlab qog‘ozga tushirishingiz, so‘ngra matndagi har bir jumla,
har bir g‘oyani mukammal o ‘zlashtirib olishingiz zarur. Bu borada
qisqacha tarqatm a material, ko‘rgazmali vositalar tayyorlash hamda
turli rasmlar, su’ratlar va chizmalardan foydalanish, mavzuning
asosiy g‘oyasini tashkil etadigan jihatlarga alohida urg‘u berish
maqsadga muvofiq.
4.
Taqdimotga tayyorgarlik.
H ar bir taqdimot yuksak saviyada
o ‘tishiga, kelajakda samarali hamkorlikni yoMga qo‘yilishini istasangiz
kattami kichikmi har bir taqdimotga jiddiy tayyorgarlik ko‘ring, fik-
ru xayolingiz taqdimot marosmini o ‘tkazish haqida bo‘lsin. Do‘stingiz
yoki yaqin hamkasabangizdan sizni tinglab ko‘rishini iltimos qiling,
m a’mzangizni diktafon yoki magnit lentasiga yozib olib, so‘ngra uni
bir necha bor eshiting, ortiqcha fikrlar bo‘lsa qisqartiring.
5.
Taqdimot marosimi vositalari.
Odatda, taqdimot marosimlari
uchun katta zal yoki kichik auditoriya tanlanadi. Zalda sahna, minbar
va shu kabi jihozlarning bolishi tabiiy. Siz, iloji boricha, minbardan
kamroq foydalanishga harakat qiling. Chunki minbar:
A) muloqot jarayonida sizni auditoriya bilan ajratib qo‘yadi;
B) minbardan auditoriyani chalg‘ituvchi va keraksiz ma’lumotlar
aytib yuboriladi;
V) ko‘pchilik nazdida minbar juda baland joy hisoblanadi...
Agar minbardan foydalanish talab etilsa, undan zinhor o ‘zingiz-
dan oldin chiqqan m a’ruzachilarni tanqid qilish uchun foydalan-
mang. Minbarga chiqingda bir-ikki minutdan so‘ng uni tark eting:
tinglovchilar bu holatga, albatta, baho beradilar.
Taqdimotchining sahnada harakatlanishi: birinchidan - o‘zining
jonli muloqot jarayonida ekanligini eslatib turadi, ikkinchidan -
kuchli hayajonlanishning oldini oladi, u chinchidan - ting-
lovchilarning diqqatini jalb etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
6.
Taqdimotda vaqt masalasi.
Hamma vaziyatda bo‘lgani kabi
taqdimotga ham vaqt o ‘z hukmini oktkazadi: har bir daqiqa hisobli.
Dastlabki 90 soniyani tinglovchilaming ko‘ngliga yoqadigan gap-
larni aytish bilan boshlang, g‘oyangizni ular bilan o ‘rtoqlasha-
yotganligingizdan va m uloqot qilayotganligingizdan xursand
ekanligingizni bildiring. Aks holda, barcha “ m ug‘om birliklarin-
giz” befoyda.
Taqdimotda auditoriya bo‘ylab harakatlanish, tashqi ko‘rinish,
imo-ishora o ‘zining samarali natijasini beradi.
8.
Taqdimotda hayajonning kuchi.
Bu ijobiy holat, chunki haya-
jon mas’uliyatni oshiradi. Biroq hayajonga qarshi kurashish m um
kin emas, aksincha, uni yo‘naltira bilish lozim. Hayajonni bosish
uchun esa:
- so'zga chiqish oldidan 2-3 daqiqa tez-tez yuring, bu mus-
kullarning zo‘riqishining oldini oladi;
- so‘zga chiqish oldidan oyog‘ingizni chalishtirib o ‘tirmang;
- qo‘llaringizni pastga tushirib, o‘zingizni erkin tuting;
- boshning kalla, jag‘, og‘iz qismini qattiq-qattiq harakatlan-
tiring;
- chuqur nafas olish va sehrli so‘zlarni aytish kabi hayot si-
novlaridan o ‘tgan vositalarni rad etmang.
9.
Tmglovchilarni qiziqtirish.
Dastlab tinglovchilaming ayrim
alohida urg‘u berib, iltifot ko‘rsatishingiz «Sizning ishtirok etishingiz,
taqdimotning samarali o ‘tishini ta ’minlashidan umidvorman», “ Siz
qatnashsangiz o"zimni doimo himoyachim bordek his qilam an” va
hokazo kabi munosabat tinglovchilaming sizga nisbatan munosabati
va qiziqishini orttiradi. Agar notanish auditoriya bilan muloqot
qilishingizga to ‘g‘ri kelsa, awalo, auditoriyaning holati, kontengenti,
imkoniyatlarini obdon o ‘rganing. N oqulay vaziyatdan chiqish
maqsadida tinglovchilaming manfaatlariga mos keluvchi hazil-
mutoyiba so‘zlardan foydalaning.
10.
Omma — taqdimotchi uchun oyna vositasi.
Taqdimotingiz
qanday chiqqanligini auditoriyada o ‘tirgan yoki sizni eshitgan
ommagina xolis baholaydi. Agar taqdimot natijasi qay holatda
ketayotganligini bilishni istasangiz tanaffusni kutib turishning yoki
ishtirokchilar bilan suhbatlashishning hojati yo‘q: siz tinglov-
chilarning ko‘zlariga qarang, vassalom. Agar yuz o ‘qish san’atidan
xabardor bo‘lsangiz, ularning harakatlari, qiyofalaridan taqdim ot-
ni qanday o'tkazganligingizni bilib olasiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
11.
Taqdimotda savol-javob.
Taqdimotni yakunlar ekanmiz,
uning natijasi bilan, albatta, qiziqib ko‘ramiz. Buni bevosita savol-
ja v o b ja ra y o n i o rq ali bilib olish m um kin. B iroq savolning
bo‘lmasligini tadqiqotni ko‘ngildagidek chiqmaganligiga yo'yish
mum kin. Chunki savolning bo‘lmasligi:
- taqdim ot hech kimga foyda bermaganligini;
- taqdimotdagi muammolar bir-biri bilan bog‘lanmaganligi va
fikrlar ch o ‘zilib ketganligini;
- siz tinglovchilarning “og‘riq nuqtalari”ga tegib ketganligingizni
va ular bu og‘riqni qaytalanmasligini xohlaganlarini;
- sizni tushunmaganligini;
- taqdimotingizning tizginini yo‘qotib qo'yganligingizni bildiradi.
Biroq savollarning hammasi ham kishini quvontira olmaydi.
M uallif savol va javob variantlarini turlarga ajratar ekan, ularning
hayotda uchrashi va, aksincha, mutlaqo uchramasligini tushuntirishga
harakat qiladi. Shunga ko‘ra savol berilganda:
- savollami yozib oling. Chunki yozishingiz bilan bir paytda
javobni o ‘ylab olish uchun imkoniyat yaratiladi.
- agar savolga javob berishga qiynalsangiz, tinglovchilarga bu
savolga javob topib, ularga, albatta, etkazishga va’da bering. Buning
uchun esa tinglovchilarga yana bir bor o ‘zingizni tanishtirib, ish
joyingiz manzilini berishni unutmang.
U m um an olganda, taqdimot marosimi etiketiga doir yuqorida
qayd etilgan fikr va tavsiyalarga rioya qilish taqdimot marosimining
samarali yakunlanishiga olib keladi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Etiketning axloqiy madaniyatdagi o ‘rnini tahlil qiling?
2. Etiketdagi muomala qoidalarini ko‘rsating?
3. Etiket turlarini sharhlang?
4. Ayollar va erkaklarga xos etiket xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Sovg‘alarni tanlashda e ’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar
nim alardan iborat?
6. Taqdimot turlarini sharhlang?
7. Taqdim otda m a’lumot uzatish xususiyatlarini aniqlang?
8. Taqdimotchi bilan auditoriya o‘rtasidagi hamkorlik nimalardan
iborat?
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Etiket muomala madaniyatinig zamonaviy ko‘rinishi sifatida.
2. Axloqiy madaniyat va etiket.
3. Etiket turlarining axloqiy xususiyatlari.
4. Zamonaviy tarbiya va etiket
5. Etiketning axloqiy mohiyati.
6. Taqdimot marosimi hamkorlikni yo4ga qo‘yuvchi vosita sifatida.
7. Taqdimotchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar.
8. T aq d im o t o ‘tk azish qoidalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
XOTIMA
M a ’lu m k i, h a r q a n d a y ja m iy a t, d av lat p o y d ev o rin in g
mustahkamligi m a’naviy va moddiy asoslarga bog‘liq. Davlatning
kuchi, qudrati va hatto, iqtisodiy salohiyatini m a’naviy barkamol
bo‘lgan kishilar belgilaydi. Shuning uchun sog‘lom jamiyat deganda,
a w a lo , fuqarolarning aql-idrokli, dunyoqarashi keng, axloqiy
jihatdan etukligi va madaniyatliligi nazarda tutiladi.
Bugungi kunda m a’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga
yetkazish masalasi umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifaga
aylangan. Chunki butun dunyoda globallashuv jarayoni ketayotgan
hozirgi davrda turli xil mafkuraviy kuchlaming ta ’siriga berilish, bu
kuchlarning g‘arazli, g‘ayriinsoniy maqsadlarini amalga oshirish
jarayonida bilib-bilmay ishtirok etish holatlari tez-tez uchrab turibdi.
Endilikda mazkur bo‘shliqni to ‘ldirish, xalqni turli xil tajovuzlardan
himoya qilish zaruriy holga aylandi. Yosh avlodni ana shunday
tajovuzlardan himoya qilish uchun xalqimizning azaliy an’analariga,
dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanish hamda umuminsoniy va
zamonaviy yutuqlarga tayanish zarur.
Ayniqsa, insonlararo muomala madaniyatini shakllantirish, til
sofligi, muloqot go‘zalligiga erishish, yoshlaiga insonlarning ulugVor
va bunyodkor ishlarini nam una qilib ko‘rsatish, ularga chiroyli
m uom ala va yaxshi ishlarning foydalarini tushuntirish, qo‘pollik,
farosatsizlik, q o ‘rslik, dilozorlik, bachkanalik kabi illatlarning
zararlarini eslatish g‘oyatda muhimdir.
Darsligimizda e ’tiboringizga havola etilgan fikrlar, qarashlar va
tavsiyalardan chiqaradigan umumiy xulosa quyidagilar orqali o4z
aksini topadi:
Birinchidan —
m uom ala madaniyati maqsadli yo‘naltirilgan
tarbiyani va muayyan tarbiya mayllarini shakllantirishni talab etadi.
M ayllar maqsadga muvofiq tarbiyalansa, farzand ham shu mayllar
yordam ida yaxshi amallarni onglaridagi muhokama paytida foydali
ishlarni ko‘proq o ‘ylaydilar va xayrli ish qilishga intiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikkinchidan
- shaxs erki va huquqini mutlaqlashtirib, ijtimoiy
uyg‘unlik ham da jamoaviylikni rad etib kelgan individualizm,
ma’naviy hayotni sayqallashtirish, rang-barang turm ush tarzi orqali
boshqarishga intilgan texnokratizm ijtim oiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy inqirozlarni keltirib chiqardi. Endi insoniyat taraqqiyotni
insonning o 4zidan, uning ma’naviy-ruhiy olamidan, axloqi, xulq-
atvori va subyektiv borlig‘idan izlashga o‘tmoqda. Bu borliqning bir
qismi insonning insonga bolgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi.
Bunday munosabat insonlararo muomala, muloqot, so‘zlashuv va
boshqa shu singari madaniyatga daxldor vositalar bilan bogMiq. Bu
jarayonni yo‘lga qo‘yish bilan bevosita jamiyat va inson o‘rtasidagi
munosabatni barqarorlashtirgan bo‘lamiz.
Uchinchidan
- fan-texnika ravnaqidan kelib chiqadigan juda
katta moddiy istiqbollar har qancha muhim va zarur bo‘lsa ham,
har holda, shuning o‘zi insoniyat taqdirini hal etolmaydi. Insoniyat
hayotida ijtimoiy, m a’naviy va madaniy sohalarda tub o ‘zgarishlami
amalga oshirmay turib, fan-texnika ravnaqidan baxtni kutish befoyda
ekanligi m a’lum boMib bormoqda. Odamlarning ruhiy olamidagi
o ‘zgarishlarni, ulam ing ichki dunyosidagi faollikni bashorat qilish
qiyinroq, ammo insoniyat taraqqiyoti oqibatida dunyoning halokatga
uchrashi ham, falokatlardan xalos bo‘lishi ham xuddi shu m a’naviy
rivojlanishga bogMiq. Chunki odamning muammosini odam ning
o ‘zisiz bartaraf qilish mumkin emas. Shunday ekan, insonlarga
xos m u n o sab atlarn i m u stah kam lash , m u o m alan in g yuksak
koT inishlarini jam iyatdagi ijtimoiy o ‘zgarishlarga jo riy etish
maqsadga muvofiq.
To ‘rrinchidan
- hozirgi kunda insoniyatga xavf solib turgan holatlar
sirasiga shaxslar va davlatlarning axloqidagi tanazzulni ham kiritish
mumkin. Turli mamlakatlarda bu hodisalarning sabablari turlicha
b o ‘lsa-da, bizningcha, uning bosh sababi insonlardagi ichki
ruhiyatning yo‘qolishidadir. Zero, ichki ruhiyat yo‘qolganida
insonning shaxsiy axloqi va mas’uliyati o‘mini mavhum va mohiyatan
g‘ayriinsoniy shaxs qiyofasidan ajralgan kimsalar egallaydi. Bunda
m uom ala m adaniyatining o ‘rnini, zo ‘ravonlik, tajovuzkorlik,
vayronkorlik singari g‘ayriinsoniy illatlar egallaydi. Axborot olish
osonlashib borayotgan XXI asrda m u o m ala m adaniyatining
ko‘rinishlari ham o‘zgarib bormoqda. Ammo badiiy adabiyot, san’at
asarlari hamda milliy qadriyatlardan keng xabardor boTish inson
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxsini madaniyatli qilishda muhim tarbiya vositasi bo‘lib xizmat
qilishini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.
Beshinchidan
- so‘z jamiyat hayotida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi.
U m uom ala m adaniyatida shaxslararo aloqa vositasi ham da
m ulohazalarining shakllanishi, tuyg‘u va kechinm alar ifodala-
nishining asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, so‘z
fikmi ifodalashning eng jonli tizimi sifatida inson ongi va tajribasining
b u tu n tuzilishini o ‘zida jam lash xususiyatiga ega. Shuningdek,
so‘zlashuv tilning cheksiz imkoniyatlariga ega bo‘lib, adabiyot, san’at
singari madaniy me’rosga voqelikning turU tomonlarini keng qamrab
olish im konini beradi. Bir so£z bilan aytganda, so‘z vositasida
muomala shakllanadi, muloqotning ilg‘or ko‘rinishlari qaror topadi,
insonlararo munosabatning nozik va go‘zal jihatlari paydo bo‘ladi.
Oltinchidan -
odatda, sovuq urushlar, informatsion xurujlar,
giyohvandlik, terrorizm, ekologik vaziyatlar insoniyatga xavf soluvchi
katta tahdidlar sifatida e'tirof etiladi. Lekin insonning botiniy olamini
tashkil etuvchi tizimlarning yemirilishi ulardan qolishmaydigan,
ehtimol, yanada fojialiroq xavf soluvchi tahdidlardir. Ushbu jarayonni
chetda qoldirmaslik doimo jamiyat va inson uchun naf keltirgan.
Ettinchidan —
hozirgi paytda behayolik, andishasizlik, surbetlik
singari illatlar bilan tez-tez to ‘qnashishiga to ‘g‘ri kelmoqdamiz. Agar
hayotdan m a’naviyat, axloq va nafosat siqib chiqarilsa, shirinso‘zlik,
xushmuomalalik, andishalilik singari fazilatlar mayda tushunchalarga
aylansa, u yerda madaniyat uchun ham joy qolmaydi.
Sakkizinchidan -
muomalaning barqarorligini, go‘zal va badiiy
m u k am m allig in i t a ’m in lo v ch i, uning m avjudlik m oh iyatin i
belgilovclii asosiy manba bo‘lgan so‘z va tilning mas’uliyatini oshirishga
e ’tibor qaratish. Zero, so‘z va til — madaniyatdir. Shu madaniyat
yordamida kishilar biri-ikkinchisi bilan aloqa qiladi, muloqotda
bo ‘lishadi, til tufayli inson amaliy faoliyati m a’lum maqsad tom on
yo‘naltiriladi. Ular moddiy va m a’naviy madaniyat vujudga kelishida
ham ulkan ahamiyatga egadir.
“ B olalarni shunday tarbiya qilish kerakki, baxtga b o ‘lgan
in tilish lari h ech q ach o n xazon b o im a sin , so‘nm asin, balki
ko‘karsin, - deb ko‘rsatgan edi professor Abdurauf Fitrat o'zining
«Axloqiy tarbiya” kitobida, bolaning baxt mayliga doir qarashlarida,
- Boladan biror yaxshi ish sodir bo‘lsa, uni maqtashlari, maqtab
mukofot berishlari yaxshi. Agarda farzand yomon ish qilsa, shu
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilmishining qabohati va alamini tushuntirish lozim, toki u bu ishdan
nafratlanib, o‘zini keyingi safar tiysin”. “ Faoliyat mayli” borasida
esa, “Bolaning izzat nafsini so‘ndirmay, uni rivojlantirish kerak.
Bolaga «ahmoq», «eshshak»... deb haqoratlamaslik, odamlar orasida
so‘kmaslik kerak. Bola bunda tahqirlangan hisoblanib, o‘ziga mehr va
ishonchiniyo‘qotadi...Uchta odam oldida so‘zlolmaymiz, da’vomiz
isbotida ojiz qolasiz... Bularning sababi bolalarimiz ota-ona,
muallimlarimizdan haqorat eshitib, tahqir k o ^an im izd ir” degan
edi. Bu fikr o‘sha davr sharoitidan kelib chiqqan holda, aytilgan
haq gap. Zero, eski maktablarning tartibi kaltak, so‘kish va haqoratga
izn bergan edi.
Xalqimizda bolalami faqat ota-onagina emas, balki qarindosh-
urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla-kuy ham tarbiyalaydi, degan
gap bor. Yoshlaming axloqiy qiyofasi shakllanishiga hamma davrda
ham atrof-muhit katta ta’sir ko‘rsatib kelgan. Kattadir, kichikdir
uchrashganlarida bir-birlariga salom berib, hol-ahvol so‘rashi ham
yuksak axloqiy fazilat hisoblangan. Qo‘ni-qo‘shniternmg uyida biror
marosim bo‘lganida, yoshlarning o‘zlari chiqib ko‘maklashishi ham
milliy tarbiya natijasidir. Qizlar ibo, andisha, kamtarlik, sharmu-
hayo, or-nomus nima ekanini kitoblardan o‘qib emas, balki birinchi
navbatda, ota-onadan, qo‘ni-qo‘shnidan o‘rganganlar.
Endilikda davr, zamon, sharoit o‘zgardi va o‘zgarmoqda. Bizlar
muomalada ajdodlarimizning yaxshi an’analarini davom ettirishi-
miz, ularning go‘zal amallarini zamonaviy talablarda o‘zlashtiri-
shimiz lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUOMALA MADANIYATIGA DOIR HIKMAT
DURDONALARI
0 ‘z fflcrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda
eta olmaydigan mutaxassisni, awalambor, rahbar kursisida o'tirganlami
bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin.
Islom Karimov
Foydasiz tortishuvlardan inson o‘zini tiyishi kerak. Bu tortishuvlar
ulug'larni g‘azabga keltirsa, kichiklarinng xulqini buzadi.
Ahmad Yugnakiy
Har narsaning o'lchovi, har ishning o‘ziga yarasha odobi bo‘lganga
o‘xshash, so‘zning ham olchovi, odobi bordur. So‘zga yolg'on qo‘shmak,
kishini aybini so‘zlamak, kishining nomusiga tegadigan so'zlar
so‘zlamak, shunga o'xshash, yaramas so‘zlaming zarari tegmasdan
qolmas.
Qori Nizomiddin bln Mulla Hasan
Tillar qanchalik g‘oyalar bilan boyigan bo‘Isa, zarur so‘zlar bilan
ham shu darajada boyigan bo'ladi.
J.Bemarden
Til madaniyat bilan biigalikda yuksaladi.
N. Karamzin
Kishilarga ulardan awalroq salom berishga shoshil, bu ulug‘ kishi-
laming fazilatlaridan bo‘lib, kamtarinlik natijasidir.
Muhammad Husayn
Har kim insonlar bilan muomala etarkan — ulaiga zulm etmasa,
ular bilan hamkorlik qilarkan, yolg'on so‘zlamasa, ularga bergan
va’dasini o‘rniga keltirar bo‘lsa, muruwati mukammal, adolati ochiq,
do‘stligi vojib bo‘lur.
Muhammad (s.a.v.)
Fikringizga ehtiyot bo‘ling - ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
Lao Szi
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut —
donolikning boshlanishi.
Pifagor
Ba’zilar bir umr so‘zlaydilar-u, hech narsa aytolmaydilar. Ba’zilar
esa bir umr sukutda bo£ladilar-u, ammo aytilmagan so‘z qolmaydi.
Chjuan Szi.
So‘zamollik — aqlga sayqal beruvchi nur.
Sitseron Mark Tulliy
Hech bir aytilgan so‘z aytilmay qolgan so‘zehalik foyda keltirmagan.
Plutarx
Fuqarolar bilan muloqot usullari va ularga ta’sir o‘tkazish yoMlari
soddava tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Forobiy
Yovuzlik hukmron bolgan saroyning qonuni shunday: yo sen egarda
o‘ltirursan, yo senga egar o‘rnaturlar.
Firdavsiy
Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig*.
Ibn Sino
i
Haqiqat va yolg‘on aslida narsalaming emas, so‘zning mohiyatiga
xos xususiyatlardir. So‘z yo‘q joyda haqiqat ham, yolg£on ham bo Tomas Gobbs
Hech qachon o‘z haqiiigda gapirma! Chunki yo o ‘zingni maqtash
yohiid yomonlashga to‘g‘ri keladi. 0 ‘zi haqida so‘zlamoqlik, aqlga qarshi
ish tutmoqlikdir. Bundan tashqari, sen tinglovchini ham zeriktirib
qo‘yasan.
Baltasar
Asl notiqlik barcha kerakli narsalarni m e’yori bilan ayta olish
san’atidir.
Fransua de Laroshftika
Agar hikmatli so'zda izohga muhtojlik sezilsa, demak bu so‘z tobiga
yetmagan.
Vovenarg Lyuk de Юаре
Mutolaa - kallang o ‘miga boshqaning kallasi bilan o ‘ylamoq
demakdir.
Artur Shopenxauer
www.ziyouz.com kutubxonasi
So‘z buyuk narsa. Shuning uchun ham buyukki, so‘z bilan odamlami
birlashtirish, socz orqali ularni bir-birlari bilan yuz ko‘rmas qilib yuborish
mumkin. So‘z bilan mehr qozonish, so‘z bilan nafiat va adovatga yo'liqish
mumkin. Odamlami bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlan!
Lev Tolstoy
So‘zni ko‘ngilda pishqormaguncha tilga kelturma,
Har nekim ko‘ngilda bor tilga surma.
Alisher Navoiy
So‘z aytishdan awal, har daqigada so‘z ortidan keladigan oqibatni
o‘yla
I.P.Pavlov
Tilingdan chiqqan sadaqa (ya’ni, pandu-nasihating va mavizayu
hasanang) ba’zan qo‘lingdan (mol-dunyodan) chiqqan sadaqangdan
ko‘ra xayiliroqdir.
Mahmud az-Zamaxshariy
Yaxshi odam yuragming yaxshilik xazinasidan yaxshilik chiqarur.
Yomon odam yuragimng yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur. «Men
sizga deymanki: insonlar aytadigan har bir bekor so‘zi uchun qiyomat
kunida hisob beradilar. Sen o‘z so‘zlaring asosida yo oqlanasan, yoki
ayblanasan.
IiVildan
Qulim meni qanday tanisa, uning-la shunday muomala qilaman.
Hadisdan
Nodonning nodonligini ikki xislat aytib turadi: birinchidan, gapi
tuturuqsiz, ikkinchidan, javobi poyma-poy bo‘ladi.
Aflotun
Qay bir so£zniki bilsang joyini o‘tkarmay aytg‘il, vaqtni zoe
qilmag‘il, yo‘q ersa donishga sitam qilg‘on bo‘lg‘aysan. Har so‘z desang
rost deg‘il va bema’nilikni da’vo qilg‘uvchi bo‘lmag‘il.
Abu Homid Muhammad al-G‘azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Karimov I A.
Asarlar. 1-13 tom. Т.: O‘zbekiston, 1996-2006.
Abdulla Avloniy.
Tanlangan asarlar. 2-tom. Т.: Ma’naviyat, 1998.
Abdulla Sher
. Axloqshunoslik. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.: Yangi asr avlodi,
2003.
Abdurauf Fitrat.
Oila yoki oilani boshqarish tartiblari. Т.: Ma’naviyat,
1998.
Abu NasrForvbiy.
Fazilat, baxt, saodat va kamolot haqida. Т.: Yozuvchi,
2002.
Агсроньян A C .
Культура поведения. Т.: Узбекистан, 1979.
Ahmadjon Bobomurod.
Kamolot sari. Т.: Cho‘lpon, 2000.
Bekmirzoyev Norqul.
Notiqlik asoslari. Т.: Fan, 2006.
Голубь И.В., Розенталь Д.Е.
Секреты хороший речи. М.: Между
народные отношения, 1993.
Donolar xazinasidan. Т.: 0 ‘qituvchi, 1999.
Jubron Xalil.
Donishmand hikmatlari Т.: 0 ‘zbekiston Faylasuflari milliy
jamiyati, 2006.
Jumaniyozov R.
Nutqiy mahorat. Т.: Adolat, 2005.
Ibratli hikmatlar. Т.: 0 ‘zbekiston, 2006.
Интерактивные методы обучения и навыки презентации. Т., 2007.
Kaykovus.
Qobusnoma. Т.: Istiqlol, 1994.
Karimova F.
Nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchi munosabati
maqolasidan.
Кузин ФА.
Культура делового общения. М.: Ос-89, 1996.
Луис Д..
Язык эффективного общения. М.: Ид-во «Эксмо», 2005.
Mahmudov Ravshanbek.
Degonimni ulusqa maig‘ub et. Т.: 0 ‘zbekiston,
1992.
Musulmonnoma. Т.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1992.
Ma’naviy kamolot omillarL Т.: Universitet, 1995.
Mavlono Jaloliddin Rumiy.
Ichingdagi ichingdadir. Falsafiy asar. Т.:
Yozuvchi, 1997.
Махмудов Т.
Эстетика и духовные ценности. Т.: Главная редак
ция издательско-полиграфического концерна «Шарк», 1993.
Mahmudov Karim
. Mehmonnoma. Т.: «Yosh gvardiya” nashriyoti, 1989.
Mahmudov Ravshanbek.
Degonimni ulusqa maig‘ub et. Т.: 0 ‘zbekiston,
1992.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mahmud Sattor.
0 ‘zbek udumlari. Т.: Adolat, 2004.
Normatov Umarali.
Tafakkur yog‘dusi (adabiy-tanqidiy esselar). T. 2005.
Olimat ul — Banot. Muosharat odobi. Т.: Mehnat, 1991.
Rustamova M.
Yoshlarda yangicha tafakkur madaniyatini shakllanti-
rishning falsafiy jihatlari. Т.: Mehnat, 2000. 19 b.
Сафаров P.
Культура поведения. Т.: Главная редакция издательс
ко-полиграфического концерна «Шарк», 1998.
S a ’diy Sheroziy
. Guliston. Т.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi.nash-
riyoti, 1993.
Сопер П.
Основы искусства речи. М.: Прогресс; Прогресс-акаде
мия, 1992.
Sodiqova Ncflsa.
0 ‘zbek milliy kiyimlari. XIX — XX asarlar. Т.: “Sharq”
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
Falsafa asoslari. Т.: « 0 ‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005.
Xolmurodova F.
So‘zlashuv madaniyati maqolasidan.
Чалдини P.
Влияние: Психология убеждения. Мн. Поппури, 2006.
Chen Chjan.
Muvoffaqiyatga eltuvchi muomala san’ati. Т.: Yangi asr
avlodi, 2006.
Choriye
v A Inson falsafasi. Т.: Chinor ENK, 1998.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Iymon. Т.: «Sharq»
nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006.
Sharcfiddinov Ozod
. Ijodni anglash baxti. Т.: «Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati, 2000.
Шепеяь В.
Секреты личного обояния. М.: Культура и спорт,
ЮНИТИ, 1994.
Yusuf Tovasliy.
Hikmatlar xazinasi. Т.: Navro'z, 1994.
Yusupov E.
Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Т.: Yangi asr avlodi,
2001
.
Qur’oni Karim. Т.: Cho‘lpon, 1992 .
G'azzoliy.
Oxiratnoma. Т.: Yozuvchi, 1994.
G'aybulloh as-Salom, Saydi Umr.
Tolibnoma. Т.: «Sharq» nashriyot-
matbaa konsemining Bosh tahririyati, 1997.
Hikmat durdonalari. Т.: Mehnat, 1993.
Hikmatlar xazinasi. Т.: Navro‘z, 1994.
Hoshimov 0 ‘tkir.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Т.: «Sharq» nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2006.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUNDARIJA
Muqaddima.........................................................................................
3
1-BOB. MUOMALA MADANIYATI JAMIYAT
TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI SIFATIDA
1.1. Muomalaning ilmiy-tadqiqot obekti..................................................7
1.2. Muomala madaniyatining asosiy tushunehalari va tuzilishi............. 14
2-BOB. MUOMALA MADANIYATI VA INSON
FE’L-ATVORI
2.1. Axloqiy me’yorlar muomala madaniyatining asosi sifatida............23
2.2. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va inson fe’l-atvori........ 25
3-BOB. MUOMALA MADANIYATINING
DINIY-AXLOQIY ASOSLARI
3.1. Budda va xristianlik dinida muomala madaniyatining xususiyatlari......... 41
3.2. Qur’on va Hadis musulmon muomala madaniyatining
diniy-axloqiy asosi sifatida.................................................................... 45
4-BOB. SHAXS KAMOLOTINING AXLOQIY YA ESTETIK
XUSUSIYATLARI
4.1. Axloqiy fazilat va xulqiy go‘zallik muomala madaniyatining
muhim omili sifatida............................................................................. 53
4.2. Shaxs kamolotida qalb go‘zalligi va tashqi chiroy uyg‘unligi...........65
5-BOB. MUOMALA MADANIYATINING MILLIY
XUSUSIYATLARI
5.1. So'zlashuv madaniyatining milliy xususiyatlari..............................76
5.2. Turmush tarzi madaniyatining milliy xususiyatlari.......................... 84
www.ziyouz.com kutubxonasi
6-BOB. SHIRIN SO‘Z VA CHIROYLI MUOMALA INSON
KO‘RKI SIFATIDA
6.1 Shirinso‘zlik va uning shartlari........................................................ 92
6.2. Chiroyli muomalaning qudrati....................................................... 97
7-BOB. NUTQ - INSONLARARO MULOQOTDA MUOMALA
MADANIYATINING MUHIM VOSITASI
7.1. Yozma nutqda muomala madaniyatining ahamiyati va zamriyati........ 103
7.2. Nutq madaniyati va notiqlik san’a ti................................................108
8-BOB. ETIKET - MUOMALA MADANIYATINING
ZAMONAYIY KO'RINISHI SIFATIDA
8.1.
Etiket turlari
........................................................................... . 118
Xotima.............................................................................................144
Muomala madaniyatiga doir hikmat durdonalari..............................148
Foydalanilgan adabiyotlar................................................................151
www.ziyouz.com kutubxonasi
HUSANOV BAHODIR, G‘ULOMOV VALIJON
MUOMALA MADANIYATI
Darslik
Muharrir
E.Bozorov
Texnik muharrir
M.Alimov
Kompyuterda sahifalovchi
A.Ro ‘ziyev
Bosishga ruxsat etildi 09.07.2009. Qog‘oz bichimi 60x84 / , 6.
Hisob-nashr tabog‘i 9,75. Adadi 1000.
Buyurtma №22
«Ta’lim nashriyoti» MChJ.
100060, Toshkent, Ya.G‘ulomov ko‘chasi, 74-uy
«IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi.
100084, Toshkent, HAsomov ko'chasi, 7-uy.
Hisob-shartnoma №42-2009.
«HUMOYUNBEK - ISTIQLOL MO'JIZASb bosmaxonasi
100000, Toshkent, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39-uy.
www.ziyouz.com kutubxonasi
QAYDLAR UCHUN
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |