Vzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi b. Husanov, V. G‘ulomov muomala madaniyati


«Go'zallik  yuzda  ermas,  ey  birodar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix22.05.2020
ölçüsü5,34 Mb.
#31384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muomala madaniyati (B.Husanov, V.G'ulomov)

«Go'zallik  yuzda  ermas,  ey  birodar,
So ‘zi shirin  kishi har kimga  yoqar.
So
 ‘zing  oz  bo Ыпи  та ynoli  bo  Isun,
Eshitganlar  qulog‘i  durga  to bun.
So *zing bo ‘Isa  kumush
Jim  turmak  oltin,
Misi  chiqqay,  so
 ‘zing ко ‘p  bo ‘Isa,  bir кип.
Ко ‘paygan  so'z/ii  b o ‘lg‘ay  to ‘g ‘risi  oz,
Shakarning ко (pidan  ozi  bo
 ‘lur soz.
Zeroki,  insonning  izzati,  dunyoning  lazzati  yaxshi  so‘zlarni 
eshitub va ko‘rub hissa olmak,  yomon va zararliklarini o ‘qub, bilub, 
o ‘zini tiymak,  qo‘ldan kelgancha xalq va millat  foydasiga tirtishmak 
va bu  fano dunyodan yaxshilik otini olib  ketmakdadur»2.
Tanishlar sonini ko‘paytirish va shaxslararo  muvoffaqiyatli aloqa 
o ‘m atish  san’atini  egallash  uchun  bosiladigan  birinchi  qadam  bu
1 Iqtibos:  Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т.: Yangi 
asr avlodi.  2001.
2 Avloniy Abdulla.  Tanlangan  asarlar.  2 jildlik.  2-jild.  Т.:  Ma’naviyat. 
1998. 304 b. 61b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

insonning  borlig'i  va  uning  haqiqiy  m o h iy atin i  an glashdir. 
Awalambor,  inson o‘zgaga emas,  o‘ziga bo‘lgan qiziqishni  namoyon 
qiladi.  Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, uning o‘ziga bo‘lgan e’tibori 
boshqalarga e’tiboridan  ming marta ustun turadi.  Insonlar aw al o‘z- 
lari uchun g‘amxo‘rlik qilishadi» degan haqiqat alifbosi sizning boshqa 
odamlar bilan  munosabatingiz  asosini  tashkil  etadi.  Shuningdek,  u 
sizga boshqalar bilan  muomala qilish uchun  kuch va qobiliyat beradi.
Zardushtiylik  falsafasida  ta ’kidlanishicha,  inson  iym on-e’tiqo- 
dining  uchta  yirik  tayanchi  bo‘ladi:  fikrlar  sofligi,  so‘zdagi  sobitlik 
hamda faoliyatning insonparvarligi.
Zardushtiylik qoidalariga ko‘ra insonning barkamolligini belgilashda 
uning  nafaqat  tashqi  qiyofasi,  balki  m a’naviy  dunyoqarashi  ham 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham Axura Mazda 
tanalaringizga  nisbatan  qalbingiz  haqida  ko‘proq  qayg‘uring  deydi. 
O dam lar  faqat  jam iyatda  inson  bo‘lib  shakllanadilar,  axloqiy 
mavjudot bo‘lib tarkib topadilar. Muomala madaniyatini ham jamiyatda 
inson shakllantiradi.  Demak, u axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Insonning  insoniyligini  ifodalovchi  fazilatlar,  xislatlar,  ayniqsa, 
inson  ma’naviy  qiyofasini  ifodalochi  asosiy  m ezonlam i  aniqlash 
o‘rta asr musulmon falsafasining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri edi. 
Odobli-axloqli insonning m a’naviy madaniyati  haqidagi ajoyib fikr- 
mulohazalarni  o‘rta  asr  Sharqining  buyuk  insonshunos  olimlari 
M ahmud  az-Zamaxshariy,  Yusuf  Xos  Hojib,  Ahmad  Yugnakiy, 
Pahlavon  Mahmud  qarashlarida yaqqol  ko‘rish  mumkin.
Inson ma’naviy madaniyatining asosiy mezoni — axloqiy yetuk- 
lik  hisoblanadi.  Axloqiy  etuklik  esa,  o ‘zida  -   halollik,  insoflilik, 
vijdoniylik,  saxovatpeshalik,  shafqatlilik,  m ehribonlik  singari 
axloqiy  fazilatlarni  mujasaam  etadi.  Shunday  ekan,  m uom ala 
m adaniyatining  asosiy  mezonini  yaxshi  xulq  va  go‘zal  fazilat 
uyg‘unligi  tashkil  etadi.
Shuni  qayd  etish  lozimki,  insonni  hayvondan  farq  qiladigan 
eng  muhim  xususiyatlaridan  biri,  uning  o ‘zini  yashashi,  turmush 
uchun zarur bo‘lgan  moddiy va m a’naviy boyliklami ishlab chiqarish 
malakasiga ega ekanligidir.  Bu  malaka insonning  insonlararo m uo­
mala madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Xulqiy  go‘zallikning  estetik-axloqiy  mohiyatiga  ikki  xil  nuqtai 
nazardan yondashish mumkin.  1.  Mavjudligi muayyan ichki va tashqi 
ta ’sirlarga,  vositalarga  bog‘liq  bo‘lmagan  go‘zallik.  Bu  ko‘proq
www.ziyouz.com kutubxonasi

insonning tashqi  qiyofasiga daxldor xususiyat;  insonning  chinakam 
go‘zal chehrasi har qanday soxta bejamalikdan, «yasama go‘zallikdan» 
ustun turadi.  2.  Muayyan ijobiy faoliyatlar, xatti-harakatlar, amallar, 
botiniy tuyg‘ular orqali paydo bo‘ladigan go‘zallik.  U ezgulik vositasida 
xulqiy go'zallikni takomillashtiradi.
Shu o‘rinda  e’tiborni adabiyotshunos olim Abdulla  Ulug‘ovning 
«Dunyoni ezgulik qutqaradi»  nomli maqolasida  («Jahon adabiyoti» 
jurnali.  2000 yil yanvar soni-X.B.)  ilgari surilgan fikr-mulohazalarga 
qaratmoqchimiz.  M uallif  o ‘z  maqolasida  ulug‘  rus  adibi  Fyodor 
Dostoevskiy  (1821-188 l)ning  «Telba»  romanidagi  knyaz  Mishkin 
tilidan  «G o‘zallik  dunyoni  qutqaradi»  degan  fikrining  mohiyatini 
tahlil qiladi.  Qisqasi,  maqolada muallif dunyoni faqat go‘zallik orqali 
qutqarib  bo‘lmasligini,  dunyoning  taqdiri  go‘zallikka  emas,  balki 
insonning  qalbiga  bog‘liq  ekanligini  o‘zining  mulohazalari  orqali 
isbotlashga harakat qilgan.  Maqolada tabiatning ko‘rkam ko£rinishlari, 
odam larning  chiroyli  yuz-ko‘zlari,  libosu  uy-joylari  zaminning 
qismat  taqdiriga  ta ’sir  qila  oladimi?  Ular  fisqu  fasod,  hasad,  ig‘vo 
girdobida qolgan dunyoni bu chohdan qutqara oladimi? Turli-tuman 
gullar,  sho‘x-sho‘x sayraydigan qushlar qabohatni  qaytara oladimi? 
Yoki  «gulchehra»  qiyofalar  shunday  qudratga  egam i?-degan 
savollami  qo‘yib  muallif ularga  qat’iy  «yo‘q»  deb javob  qaytaradi. 
Muallif,  «Cham an-cham an gullar yoki osmono‘par tog‘lar o ‘zicha 
tubanlik  botqog‘iga  botgan  dunyo  taqdirini  o ‘zgartirmaydi.  Bu 
chohdan dunyoni faqat pokiza qalb qutqara oladi.  Negaki,  u qalbdan 
chiqqan riyo tufayli qabohatga k o ^ ilg a n » 1.
M azkur  fikrlar  g ‘oyatda  o ‘rinli  va  asoslidir.  Chunki  inson 
kamolotida  go‘zallikning  faqatgina  bir tomonigagina  e’tibor berish 
unchalik  ham  to ‘g‘ri  bo^avermaydi.  Ammo  maqolada  ko‘tarilgan 
masalaning  ayrim  jihatlarini  toUdirishni  o‘rinli,  deb  bilamiz.  Biz- 
ningcha, dunyoni qutqarishda go‘zallik va ezgulik bab-barobar xizmat 
qiladi,  deyish  to ‘g‘ri  bo‘lardi.  Chunki;
Birinchidan  -  go‘zallik  ezgulikka  nisbatan  keng  qamrovli  tu- 
shuncha  bo‘lib,  u  tabiatda,  jamiyatda  va  insoniy  munosabatlarda 
nam oyon  bo‘ladi.  Ezgulik  esa  faqat  insoniy  munosabatlar  orqali 
yuzaga keladi.
1 Ulug'ov A.  Dunyoni ezgulik qutqaradi. / /  Jahon adabiyoti. 2000. № 3. 
74 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ikkinchidan  -  go‘zallik  mohiyatan  insonning  ham  tashqi,  ham 
ichki  sifatlariga  daxldor.  Ezgulik  esa  insonning  faqat  botiniy 
ko‘rinishinigina aks ettiradi.
Uchinchidan  -  go‘zallik  biror-bir  harakatsiz  yohud  aksincha, 
muayyan xatti-harakat,  faoliyat  natijasida yuzaga keladi.  Harakatsiz 
go‘zallik ko‘proq tabiatdagi go‘zallikka daxldor bo‘lsa,  harakat orqali 
nam oyon  b o ‘ladigan  g o'zallik   esa  insonga  xosdir.  T o g ‘lar, 
cham anzorlar,  bog‘u  rog‘lar  turg‘un,  biror-bir  harakatsiz  ham 
go‘zallikni  tarannum  etishi  mumkin.  Bunday  go‘zalliklar,  odatda, 
kishining  ko‘zini  quvontiradi,  tuyg‘ulariga  taskin  beradi.  Shu  bois 
maqolada  ta ’kidlanganidek,  go‘zallikni  faqat  ko‘zga  ko‘rinuvchi 
narsalar  sifatida  talqin  qilish  maqsadga  muvofiq  emas.  Inson  o‘z 
go‘zalligini  faqat  ezgulikka  yo‘g‘rilgan  xatti-harakatlar  orqaligina 
namoyon ettira oladi.  Zero, ezgulik qilish faqat  insonning zimmasida. 
Bunday mas’uliyat  insondan boshqa biror-bir mavjudotga yuklangan 
emas,  bu  vazifani  faqat  va  faqat  inson  bajara  oladi.  Shundan  kelib 
chiqadigan  bo‘lsak,  ezgulik  bu  -  axloqning  ijtimoiylik  xususiyatiga 
ega  bo‘lgan,  faqat  ijobiy  m a’no  kasb  etadigan  o ‘z-o ‘zicha,  turg‘un 
tarzda  vujudga  kelmaydigan,  aksincha,  insonning  ijobiy  xatti- 
harakatlari, faoliyatlari natijasida ro‘yobga chiqadigan  hodisadir. Ana 
shu hodisani ro‘yobga chiqaruvchisi ham ezgulik sohibi bo4gan inson 
hisoblanadi.  Bu  borada,  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig» 
kitobida ezgu  inson  haqida Elig tilidan quyidagi fikrlar bayon etilgan: 
«Oyto‘ldi:  Ezgu  o ‘zi  kim?  U  qanday  odam  bo‘ladi?  Ezguning  fe’l 
atvori qanaqa bo‘ladi?
Elig aytdi:  Ezguning barcha qilmishi va yo‘riqlari xalqqa foyda va 
manfaat  beradigan  bo‘ladi.  Barchaga  birdek  yaxshilik  qiladi,  lekin 
evaziga  ulardan  mukofot  minnatini  qilmaydi.  Ezgu  o ‘z  manfaatini 
ko‘zlamaydi,  boshqalarning  keltirgan  foydasidan  o‘ziga  manfaat 
tilamaydi»1.
Bundan tashqari, ezgulikningyaxshilikdan farqi pirovardida biror- 
bir shaxsga yoki  ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta ’sir ko‘rsatmasligi bilan 
belgilanadi. Yaxshilik esa bir paytning o‘zida ham xursandchilik, ham 
noxushlik keltirishi  mumkin;  bir insonga qilingan  yaxshilik o‘zga bir 
odam  uchun  yomonlikka  aylangan  hollar  ko‘p  boMgan.
1 Yusuf Xos  Hojib.  Qutadg‘u bilig. Т.:  Fan,  1972.  70 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

T o ‘g ‘ri,  chiroyli  chehralar,  xushmanzara  bog‘lar,  ko‘rkam 
maskanlar tabiat falokatlariga qarshilik ko‘rsatolmasligi mumkin.  Biroq 
ular  insonda  qabohat,  razillik,  tubanlikning  yuzaga  kelishiga  izn 
bermaydi. Toki, inson go‘zallikka manfaatparastlik. xirsni qondiruvchi 
vosita  sifatida  qaramasagina  bunday  salbiy  hodisalar  hech  qachon 
yuzaga  kelmaydi.  Biz  go‘zallikni  ezgulik  bilan  aynanlashuvi  mana 
shunday  holatlar  orqali  yuz  beradi,  deb  hisoblaymiz.  G o ‘zallikni 
ezgulikdan ajratib qo‘yish, ayniqsa,  insoniy munosabatlarda go‘zallik 
masalasiga e'tiborsiz bo‘lish uning mohiyatini bir tomonlama talqin 
qilish ijobiy natija bermaydi.
Ezgulik  va  go‘zallik  ham ohang  tushunchalar  ekanligiga  doir 
qarashlar  g‘arb  faylasuflarining  ham   diqqat  markazida  bo‘lgan. 
Jum ladan,  ingliz  nafosatshunosi  L.N.Skranton  o ‘zining  «Qadimgi 
san ’atlarning  estetik jihatlari»  nom li  kitobida  go‘zallikni  mifologik 
tafakkur bilan bog‘liq tarzda tadqiq qildi. Uning fikriga ko‘ra, go‘zallik 
ezgulikdan  ajralmaydigan  voqelik,  inson  kamolotida  har  ikkalasi 
bir-biri bilan bog‘liq tarzda  rivojlanadigan tushunchalardir1.
Ezgu  o ‘y,  ezgu  niyat,  ezgu  sofcz,  ezgu  amal  singari  hodisalar 
insonni kamolotga yetishuvi borasidagi muhim omillardir.  Ularning 
inson  xulqini  go‘zallashtirishdagi  ahamiyati  katta.
Ezgulikning go‘zallik bilan qiyosiy tahlili borasida ilmiy manbalarda 
ko‘plab fikrlar uchraydi. Jumladan,  «Avesto»da insoniy go‘zallikning 
uch  muhim  asosi  -  ezgu  fikr,  ezgu  so‘z,  ezgu  amal  to ‘g‘risida  ga- 
piriladi.  Zardushtiylik ta ’limotining axloqiy-estetik mohiyatini tash- 
kil  etuvchi  mazkur  uch  asos  ayni  paytda  inson  xulqiy  go‘zalligi- 
ning  mohiyati  hamdir.
Shuningdek, xulqiy go‘zallik mohiyatida inson xatti-harakatining 
sababi  bo‘lgan  niyatning  ahamiyati  katta.  Niyat  bu  -  insonni  fao- 
liyatga,  harakatga  undovchi,  biroq  haqiqatga  aylanmagan  va  ayla- 
nish ehtimoli b o ‘lgan axloqiy-estetik kechinma. Aytish lozimki,  ni­
yat  insonning  qalbida  paydo  bo‘lib,  asta-sekin  harakat  orqali  real- 
likka aylanadi.  Niyatning  reallikka aylanishi uchun insonda avvalo, 
istak,  xohish,  maqsad  bo‘Ushi  shart.  Chunki  kishi  o ‘ylagan  har bir 
niyatiga erishishi uchun o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Shuningdek, niyat 
individuallik xususiyatiga  ega.  Shu jihatdan qaraganda,  niyat  ijobiy
1  Qarang.:  Scranton  R.  L.  Aestetic  Aspects  of Ancient  Art.-Chicaqo 
and  London,  1994.  14 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

va salbiy ma’noga ega bo‘ladi.  ljobiylik kasb etuvchi niyatning asosida 
go‘zallikka  muhabbat,  ezgulikka  e’tiqod  yotadi.  Aksincha,  salbiy 
m a’nodagi niyat  mohiyatan yovuzlikka  daxldordir.  Shu bois inson­
ning oriyatli,  nomusli ekani uning qilgan qilmishlari bilangina emas, 
balki ko‘nglidagi niyati qandayligiga qarab  ham  belgilanadi.  Zotan, 
niyati  buzuq  kimsalarning  qilgan  ishlari  yaxshilik  bo‘lib  ko‘rinsa- 
da,  mohiyatan yovuzlikka  yo‘naltirilgan.
Mazkur  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda,  aytishimiz  mumkinki, 
so‘z,  fikr,  niyat,  amal  insonning  axloqiy-estetik  faoliyatida  hamda 
xulqiy  go‘zallikka  erishish  yo‘lidagi  maqsad  va  intilishlariga  asos 
bo‘ladigan, insonni to ‘g‘ri faoliyatga undaydigan m a’naviy omillardir.
Shuningdek,  mazkur  omillar  xususiylik  tabiatiga  ega  bo‘lib, 
ularning  har  biri  alohida  holatlarda  xulq  go‘zalligining  u  yoki  bu 
tom onlarini  aks  ettiradi.  Biroq  insonning  axloqiy-estetik  m uno- 
sabatlarida bular faqat bir-biri bilan chambarchas bog‘langandagina 
chinakam go‘zallikka  aylanadi.  Mazkur jarayonni  oqilona  boshqa- 
rilishi esa kishining  iymoniga bog‘liq.
lymonga falsafiy-axloqiy tushuncha sifatida munosabat bildirib, 
akademik  E.  Yusupov,-«Iymon  shaxsning  o ‘z  e’tiqodiga  tayangan 
holda boshqalaming niyati,  qilmish-qidirmishiga,  o ‘zining ishlariga, 
xatolariga  munosabat  bildirishidir.  Iym on  hayotda  to fcg‘ri  yo‘l 
topishning mezoni hisoblanadi... Iymon e’tiqod asosida barqarorlashib 
borgach,  insonning jamiyatdagi mavqeini,  maqsad va intilishlarining 
yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy m a’naviy omilga aylanadi»1.
Ta’kidlash lozimki,  iymonning xoh  diniy,  xoh  dunyoviy talqini 
bo‘lsin,  ular  mohiyatan  insonda  ijobiy  fazilatlarni  shakllantirishga 
qaratilgan.  Zotan,  so‘z,  fikr,  niyat  va  qilingan  chiroyli  amallami 
h ar  ikki  talqindagi  iym on  inkor  etm aydi.  A ksincha,  iym on 
kishilarning  bir-biri bilan  chiroyli so‘zlar orqali  muomala  qilishga, 
chiroyli  fikrlar  bilan  maqsadga  intilishga,  chiroyli  niyat  asosida 
yashashga  va  ularni go‘zal amal  orqali  mujassam  qilishga  undaydi. 
Bordi-yu  inson  chiroyli  so‘zlasa-yu,  iymoni  bo‘lmasa,  illat  shuki 
bu  yolg‘onchilikka  olib  keladi;  chiroyli  fikrlarga  ega  bo ‘lsa-yu, 
iymonsiz bo‘lsa,  illat  shundaki,  bu ikkiyuzlamachilikka  olib  keladi; 
chiroyli  niyatlar  qilsa-yu,  iymon  bo‘lmasa,  illat  shundaki,  bu 
boqimandalikka, dangasalikka olib keladi va hokazo.
1 Yusupov Erkin. Inson kamolotining ma’naviy asoslari.-T.: Universitet, 
1998.51 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

M a’lumki,  har  qanday jamiyat,  davlat  poydevorining  mustah- 
kamligi  ma’naviy va moddiy asosla^ga bog‘liq.  Biroq davlatning kuchi, 
qudrati  va  hatto,  iqtisodiy  salohiyatini  ma’naviy  barkamol  bo‘lgan 
kishilar belgilaydi.  Shuning uchun sog‘lom jamiyat deganda, awalo, 
fuqarolarning  aql-idrokli,  dunyoqarashi  keng,  axloqiy  jihatdan 
etukligi  nazarda tutiladi.  Ijtimoiy hayot bilan ongli  tarzda hamnafas 
boMgan  kishilar kundalik ehtiyojlarini qondirish  maqsadida -  moddiy 
n e ’m atlarga,  kecha,  bugun  va  ertaning  m a’naviy  qadriyatlari 
to kg‘risida o‘ylaganda esa  -  ma’naviy ne’matlarga e’tibor qaratadilar.
Shuni alohida ta’kidlash  lozimki,  inson  paydo boMgandan buyon 
unga  doimo  ikki  ehtiyoj  hamrohlik  qilib  kelgan:  biri  -  moddiy, 
ikkinchisi  -  m a’naviy. Agar moddiy ehtiyoj  inson paydo boMgandan 
keyingi  davrlarda  birlamchi  ahamiyat  kasb  etgan  bo‘lsa,  shunday 
davrlar  ham  boMdiki,  moddiyunlikka  qaramlikdan  ko‘ra  ko‘proq 
m a’naviy qadriyatlar oliy maqomda e ’tirof etildi.  Bugungi kunga kelib, 
hayotni faqat bir tomoninigina o ‘zgartirishga intilish, e’tiborni faqat 
bir  sohaga  qaratish  bilan  ko‘zlangan  maqsadga  erishib  bo‘lmasligi 
ayon  boMmoqda.  Inson  kamolotida  xulqiy  go‘zallikning  estetik  va 
ahloqiy mohiyatini  ham shunga qiyoslash  mumkin.  Zotan,  insonning 
faqat m a’naviy go‘zalligiga e’tibor berish, uning jismoniy go‘zalligiga 
putur  etkazadi.  Ayni  paytda,  m a’naviy  go‘zallik  hisobiga jismoniy 
go'zallikni  ulug‘lash  insoniyatni  muqarrar  tanazzulga  olib  keladi. 
Biz  hozirda  insonning  m a’naviy  va  jismoniy  go‘zalligini  uyg‘un- 
lashtirish  masalalari  dolzarb  bo‘lgan  davrda  yashayotganligimizni 
unutmasligimiz kerak. Ana shuni  teran  his qilganimizdagina ko‘zla- 
gan  maqsadlarimizga  etishishimiz  mumkin  bo‘ladi.
Hayot jadal  rivojlanmoqda.  Hayot sur’atining juda  tez o ‘sib bo- 
rishi  —  yangiliklar,  kashfiyotlarning  ko‘payishiga  olib  kelmoqda.
Tarixiy  tajriba  yana  shuni  ko'rsatadiki,  asrlar,  mingyilliklar 
almashish  davrida odamlarga o ‘tmish,  hozirgi  kun va kelajak haqida 
o ‘ylash uchun  imkoniyat yaratilar ekan.  Biz ham asrva  mingyilliklar 
alm ashinayotgan  hozirgi  davrda  o ‘tm ishim izdan  saboq  olib, 
istiqbolimiz  haqida qayg‘urishimiz zarur.
Faylasuf  olim  U.Qoraboev  madaniyat  kelajagi  haqida  ilmiy 
farazlarini  o‘rtaga  tashlar  ekan,  XXI  asrda  koinotni  o ‘zlashtirish, 
kosmik  energiyadan  foydalanish,  tabiatni  qadrlash,  biosferani 
saqlash,  toza  havo va  ichimlik suvi  muammosi  kabi  hodisalar inson 
hayoti bilan birga,  uning madaniyatiga jiddiy ta’sir qilishini uqtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

«Jumladan,  -  deydi faylasuf,-fazoviy madaniyat,  fazoviy kemalarda 
va  yangi  sayyoralarda  insonning  o ‘zini  tu tish   odobi,  kosm ik 
energiyadan  foydalanish  madaniyati,  asl  tabiatni  qadrlab,  yangi 
tabiiy muhit  yaratish madaniyati,  ona er, toza  havo,  ichimlik suvini 
e’zozlash odatlari tiklanadi va uning yangi shakilari paydo bo^adi»1.
Takrorlash  uchun  savollar:
1. Axloqiylik va axloqsizlik holatlarini tahlil qiling?
2.  Inson  botiniy  go‘zalligining  mukammallashuvida  m uhim  
ahamiyatga ega bo‘lgan tushunchalami ko‘rsating?
3.  Xulqning inson kamolotidagi o ‘m i nima bilan belgilanadi?
4.  Barkamollik tushunchasining zamonaviy talqinini izohlang?
5.  G o‘zallik va ezgulik tushunchalari o ‘rtasidagi o ‘xshash jihat- 
lar  nimada?
6.  X ulqiy  g o ‘zallikning  ax lo q iy -estetik   m oh iy atiga  d o ir 
yondashuvni  tahlil  qiling?
7.  Inson tashqi ko‘rinishining shaxs kamolotidagi o ‘mi nima bilan 
belgilanadi?
8.  Niyat va iymonning axloqiy faoliyatdagi ahamiyati nimada?
Amaliy  mashg‘ulot  savollari:
1. Axloqiy fazilatlar va xulqiy go‘zallik.
2.  Insonning axloqiy xatti-harakati va axloqiyligi.
3.  Shaxs kamolotining axloqiy mohiyati.
4. Xulq va uning ko‘rinishlari.
5.  “ Barkamol inson”  tushunchasining  mohiyati.
6.  Inson go£zalligi va estetik tarbiya vositalari.
7.  Qalb go‘zalligi va tashqi chiroy.
8. Xulqiy go‘zallik omillari.
1 Qoraboyev  U.  Madaniyat kelajagi yohud XXI  asr madaniyati haqida 
ilmiy farazlar. / /  Ijtimoiy fikr,  inson huquqlari,  2002.  №2.  107 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

5-BOB.  MUOMALA  MADANIYATINING  MILLIY 
XUSUSIYATLARI
5.1.  So‘zlashuv  madaniyatining  milliy  xususiyatlari
M a’lumki,  har bir talaffuz qilingan jumlada talaffuz qiluvchining 
ruhiy-aqliy  olami  aks  etib  turadi.  Ya’ni,  u  so‘zni  qanday  va  qay 
tarzda qo ‘llay olishi  bilan  suhbatdoshiga o ‘zi  mansub  bo‘lgan  ichki 
olam, uni qonun-qoidalari haqidagi xabar mazmunini ham, etkazadi. 
A w alo,  so‘zlovchi  ongida  olam  haqidagi  biror  xabar,  fakt  mavjud 
bo ‘ladi.  Qaerda  tovush  obrazi  talaffuz  qilingan  ongdagi  tushuncha 
bilan uyg‘unlashsa, o ‘sha erda ko‘ngildagidek muloqot yuzaga keladi. 
Aksincha,  tovush  obrazi  tinglovchi  ongida  biror  tasaw ur-tushun- 
chani uyg‘otmasa,  bundan  muvoffaqiyatsiz  muloqot  yuzaga  keladi. 
Shu  bois  nutqiy  m uloqotda  so‘zlovchi  va  tinglovchi  o ‘rtasidagi 
munosabat g‘oyatda m uhim  hisoblanadi.  Agar so‘zlovchining  ham, 
tinglovchining ham  so‘zi ko‘cha-jargon  so‘zlar bilan  to ‘lib-toshgan 
bo‘lsa, fikrini qiynalib, poyma-poy gapirsa, talaffiizi noto‘g‘ri bo‘lsa, 
bu  holatda  eng  m azm undor suhbat  ham  o‘z  mohiyatini  yo‘qotadi.
So‘zlashuv madaniyati  har bir til  birligini sharoitga  qarab,  yillar 
m obaynida  qabul  qilingan  m e’yorlar  asosida  qo ‘llash  san ’ati 
hisoblanadi.  Masalan,  so‘rashish, salomlashish  madaniyatini olaylik. 
So‘rashish barcha xalqlaming muomala madaniyatidagi  muhim vosita 
bo‘lib,  u  har  bir  xalqning  milliy  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan 
holda o ‘ziga xos ko‘rinishga ega. T a’kidlash zarurki,  so‘rashish bilan 
salomlashish  aynan  bir  tushunchalar  emas.  Salomlashish  barcha 
xalqlarda salom berish odobi qoidalariga asoslanadi, u faqatgina qo‘l 
berib  ko‘rishishdan  iborat  emas.  So‘rashish  esa  so‘z,  imo-ishora, 
mimika  va  xatti-harakat  orqali  ham  amalga  oshiriladigan  jarayon 
bo‘lib,  u  inson  madaniyatining barcha jihatlarini  qamrab oladi.
So‘zlashuv madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan 
olim  F.Xolmurodova bir qator qiziqarli ma’lumotlami bayon etadi. 
Xususan,  mashhur so‘z ustasi V.Dal o‘zining «Rus xalqi  maqollari» 
deb nomlangan kitobida qadimda rus xalqida qo‘llanilgan salomlashish
www.ziyouz.com kutubxonasi

uslublariga  ko‘plab  misollar  keltiradi.  Masalan,  qadimgi  Rusiyada 
salomlashish paytida nafaqat  qarindoshlik aloqalari yoki jinsi, balki 
kunning  qaysi  vaqti,  suhbatdoshning  kasbi  va  suhbat  paytida 
so‘zlashayotganlar, nima bilan mashg‘ul ekanligi ham nazarga olingan. 
Jumladan,  g‘alla  yanchuvchilar  bilan  salomlashganda  «Po  stu  na 
den,  po to ‘syache na nedelyu»  («Kuniga yuzlab,  haftasiga minglab») 
kabi  so‘zlar  bilan  murojaat  qilishgan1.
0 ‘zbeklarda  ham  nutqiy  muomala  m adaniyatida  shu  kabi 
munosabat  ko‘zga  tashlanadi.  Jumladan,  jam oa,  odam lar  bilan 
hamjihatlikda bajariladigan hashar, obodonlashtirish ishlarida ishtirok 
etayotganlarga  «Hormanglar»  deyiladi va  ular tom onidan «Salomat 
bo‘ling»  yoki  «Bor  bo‘ling»  degan javob  qaytariladi.  Hosil  yig‘im - 
terimi paytida xirmon teppasida ko‘rishganda esa «Hirmonga baraka» 
deyiladi  va  ular  tom onidan  «Umringizga  baraka»  degan  javob 
qaytariladi.  Mazkur  so‘rashish  madaniyatiga  e ’tibor  bersangiz, 
murojaat ohangi ham, javob ohangi ham mantiqiylik, nafosat hamda 
kishiga  xush  yoqadigan tarzda  ifoda  etiladi.  Bu so‘zlarning  qudrati 
shundaki,  ulami  jahl  ustida,  g‘azab  bilan  aytsangiz  ham   birovga 
og‘ir  botmaydi.
Tariximizga nazar solar ekanmiz,  o ‘zbek tili o ‘tm ishda naqadar 
boy,  s o ‘rashish  u slublari  x ilm a-x il  va  k atta  e ’tib o rg a  ega 
bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz.  Masalan,  ajdodlarimiz m ehm onni 
«Hush  kelibsiz,  qadamlaringizga  hasanot»!  deb  kutib  oladi.  Agar 
m ehm on  aziz,  m uhtaram   va  orziqib  kutilgan  b o ‘lsa,  u  bilan 
so‘rashganda nihoyatda latif va sog‘inch so‘zlarni ishlatishga harakat 
qilingan.  E’tiboringizni  O ‘zbekiston  xalq  yozuvchisi  M uham m ad 
Alining «Ulug‘  saltanat»  nomli tarixiy romanidagi Qutlug‘  Turkon 
oqa  xonadoniga  tashrif  buyurgan  Sohibqiron  Amir  Tem ur  va 
temuriyzodalarni kutib olish jarayonidagi so‘zlashish madaniyatiga 
qaratmoqchimiz.  «Saroymulkxonim darvozadan kiigani ham on:

Assalomu  aleykum,  g‘amguzorim,  mehribonim  egachim!  - 
deya ta ’zim bajo ayladi va o ‘zini qutlug‘  Turkon oqaning quchogsiga 
otdi.
Ollohga shukr!  Ollohga  shukr!  -  egachi ardoqli kelinini bag‘riga 
bosgancha  uzoq vaqt qo‘yib yubormadi...
1 Qarang: Xolmurodova F. So‘zlashuv madaniyati. / /  Til va adabiy ta’lim. 
2001. №2. 66 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Umarshayx  Mirzoning onasi To‘lun oqa,  Mironshoh  Mirzoning 
onasi  Mengli  bika  va  Tog‘ay  Turkon  oqalar  nim  tabassum  ila 
muhtarama egachining katta xonim bilan ko‘rishishayotganini kuzatib 
turardilar.
-  M arhabo,  xonadonimizga  xush  kelibsizlar!  -   uyga  taklif etdi 
egachi  quvonchi  cheksiz,  mehmonlar  bilan  ko‘rishib  bo‘lgach... 
Malikalar shohona bezatilgan dasturxon atroflga tiz cho‘kishdi.  Duoi 
fotiha tortildi.
-  Barchangizga podshohliq qutlug* bo‘lsun,  ardoqli kelinlarim!- 
dedi  qutlug‘  Turkon oqa qoMlarini ko‘ksiga qo‘yib.
Kelinlar va kanizaklar o‘rinlaridan turdilarda tavoze bilan egachiga 
bosh  egdilar:
- 0 ‘zingizga  ham  qutlug4  b o ‘lg‘ay,  ey  bonuyi  kubro  hazrati 
oliyalari
M azkur  muloqotni  so‘zlashuv  madaniyatining o‘ziga xos  namu- 
riasi  desak  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Zero,  “g‘amguzorim” ,  “mehri- 
bonim ” ,  “m uhtaram a”,  “ardoqli” ,  “qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib”,  “bo­
nuyi  kubro”  iboralari bilan qilinadigan har qanday murojaat o ‘zining 
nafosati  bilan  kishi  dilini xushnud  qiladi,  insonga xush yoqadi.

H ar qanday  muloqotda  so‘z  asosiy vosita  hisoblanadi.  Ayniqsa, 
bu so‘zlashuv madaniyatida ko‘proq namoyon bo‘ladi.  Salomlashish 
ham* so ‘zlashuv  m adaniyatining  bir  ko‘rinishi  sifatida  inson 
odobining  mahsulidir.
Salomlashish  -  insonga nisbatan hurmat belgisi boMib, и odamlar 
orasidagi  o ‘zaro  m uom ala  munosabatining  boshlanishi  hamda 
m u lo q o tn in g   deb ochasidir.  Salom lashish  odobini  m azm un- 
mohiyatiga ko‘ra turli xalqlarturlicha o ‘zlashtirganlar. Olaylik,  Evropa 
xalqlarida  bosh  kiyimni  echib  salomlashish  madaniyatlilik  belgisi 
hisoblansa,  Sharq  xalqlarida  qo‘lni  ko‘ksiga  qo‘yib  salom  berish 
hurm at belgisi sanaladi.
H ar qanday axloqning,  xulqning va odobning mezonlari  davrlar 
o ‘tishi  bilan  o ‘zgarib,  takomillashib  (yoki  zaiflashib)  boradi.  Bu 
jarayon muhit, munosabat, an'ana va odat kabi bashariyat tomonidan 
shakllangan omillar bilan bog‘liq.  Salomlashish ham bujarayonlardan
1 Qarang:  Muhammad Ali.  Ulug* saltanat. Tarixiy roman.  Birinchi kitob. 
Jahongir Mirzo. T. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh 
tahririyati,  2003.  336 b.  174-177 betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

xoli  emas:  u  ham  o ‘zgaradi.  Shuni  aytish  kerakki,  salomlashish 
faqat so‘z bilan emas, balki xatti-harakat orqali ham amalga oshiriladi. 
Bunday holatni bugungi  kunda  turli xil ko‘rinishlari  mavjud:  qo‘l be­
rib,  quchoq  ochib,  o‘pishib,  boshni boshga  urib  (bu,  ayniqsa,  o'smir 
yoshdagilar  o‘rtasida  urf boklib  bormoqda)  ko‘rishib  salomlashish 
shular jumlasidandir.  Biroq doimo «Kim birinchi bo‘lib salomlashishi 
kerak?”,  “Qo‘l berib so‘rash ish qoidalari qanday?” ,  “Salomlashganda 
qanday  murojaat  qilinadi?” ,  “ Suhbatlashish  qanday  qoidalarga 
asoslanadi?” degan savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz.  Quyida 
ushbu  masalalarga tegishli ayrim qoidalarni bayon etamiz:
Salomlashish  odobi.
Kichik yoshdagila rning katta yoshdagilaiga salom berishi odobdan 
sanaladi.
Erkaklaming ayollaiga birinchi bo‘lib salom berishi ularga nisbatan 
hurmat  belgisidir.
Xonaga kirib kelgan odam xonada o ‘tiiganlarning barchasiga salom 
berishi  bugungi  kundagi  salom lashish  o dobining  o ‘ziga  xos 
ko‘rinishlaridandir.
0 ‘quv binolaridan farqli o ‘laroq ishlab chiqarish korxonalaridan, 
zinadan chiqayotgan kishi zinadan tushayotgan kishiga salom berishi 
lozim.  Lekin ustozga shogird  doimo salom berishi shart.
Yoshi  va  mansab  lavozimiga  ko‘ra  teng  mavqedagi  kishilar 
uchrashganda  birinchi  b o ‘lib  salom  bergan  odam   m adaniyatli 
hisoblanadi.
Mehmonga kelgan odam eshikni ochgan mezbonga salom berishi 
kerak.
Ko‘pchilik oldiga  yaqinlashganda kamchilik  salom  berishi  ham 
go‘zal  xulq  namunasidir.
Q o i  berib  so‘rashish  qoidalari.
Qo‘l berib  salomlashish  madaniyatning bir qismi sifatida  shakl- 
langan jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish, odatda, erkaklarga xos xusu- 
siyat  hisoblansada,  hozirda  u  barcha  yoshdagi  va jinsdagi  insonlar 
uchun  ham  birdek  amal  qilmoqda.  Chunki  qo‘l  berib  so‘rashish 
orqali  inson  insonning  kayfiyatini,  sog‘ligini,  hatto  fe'l-atvorini 
ham   bilib  olishi  mumkin.  Q o‘l  berib  salom lashishning  ushbu 
xususiyatlari ikkitomonlama muloqotning boshlanish belgisidir.  Qo‘l 
berib  so‘rashish,  asosan,  tanishish  va  tanishtirish  marosimida, 
shartnoma va bitim imzolaganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda,
www.ziyouz.com kutubxonasi

m innatdorchilik  izhor  etganda,  tabriklaganda,  xayrlashganda  va 
hokazo holatlarda qoMlaniladi. Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan 
tavsiyalar qoM  berib  so‘rashishning  odobiga  tegishlidir:
1.  Sizga  uzatilgan  qoM,  albatta,  olinishi  shart.  Muallaq  qolgan 
qoM  insonning  izzat-nafsini  yerga  urish  bilan  barobardir.
2.  QoM  berib  so‘rashganda  sherigingizning  qo‘lini  engil  siqib 
qo‘yishni unutmang.  QoMni qattiq siqib, ozor berish madaniyatsizlik 
va farosatsizlik belgisi sanaladi.
3.  QoM  berib  so‘rashganda  munosabatingizni  “ Salomatmisiz”, 
“Yaxshi  yuribsizm i” ,  “ Ishlaringiz  yaxshim i” ,  “ O m onm isiz” , 
“ Uydagilar  salom atm i”  kabi  iliq  so‘zlar  orqali  ifodalashga  harakat 
qiling.
4.  QoM berib so‘rashish tez va qisqaboMishi lozim.  Ayniqsa, ayol 
kishi  bilan  so‘rashganda,  lining  qoMini uzoq  ushlab  turish  mumkin 
emas.  Chunki bu holat  ayol  kishini  noqulay vaziyatga solib qo‘yishi 
mumkin.
5.  QoM  berib  so‘rashganingizda  ozgina  egilib  qo‘yishingiz 
so‘rashayotgan  insonga  nisbatan  hurmatingizni  bildiradi.
Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  qoM  berib  so‘rash jarayonidagi  ayrim 
illatlar  kishining  nafsoniyatiga  tegishi,  ulami  ranjitishi,  hatto  oraga 
sovuq  munosabatni  olib  kelishi  mumkin.  Bu  ayniqsa:
-  uzatilgan  qoM  muallaq  qolganda;
-  qoM  uzatilganda  teskari  qarab  q o l  uzatilsa;
-  qoM  uchida so‘rashilsa;
-  qoMni juda  qattiq  siqib yuborilsa;
-  uzatilgan  qoMni  turli  qiliqlar  bilan  qabul  qilsa;
-  qoM  uzatganda  uzrsiz bllak,  tirsak,  musht,  barmoqlar uzatilsa 
va hokazo.
Murojaat  qilish  odobi.
M urojaat  insondan  axloqiy,  estetik,  m adaniy  m e’yorlarni 
belgilangan qoidalar asosida amalga oshirishni talab qiladi.  Murojaat 
ijtim oiy-siyosiy,  m a’naviy-tarbiyaviy  aham iyatga  ega  boMgan 
munosabat  turi  boMib,  ular  og‘zaki  yoki  yozma  ko‘rinishga  ega. 
Murojaat insonning qanday tarbiya ko‘rganligini, o ‘zgalaiga nisbatan 
hurm atini,  did-farosatini,  izzat-nafsini  bilish  mumkin  boMgan 
axloqiy  xatti-harakatlar  majmuasidir.  Murojaat  qilib  aytilayotgan 
so‘zlar  nafaqat  hurm at  belgisi,  balki  maqsadga  erishish  vositasi 
hamdir.  Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga,  muhitga qarab yakka
www.ziyouz.com kutubxonasi

shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo4ladi.  Biroq barcha murojaatlar 
axloq  me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Murojaat qilish bir necha turlarga bo‘linadi.  Ularni,  asosan,  ras- 
miy murojaat va norasmiy murojaatlarga ajratish  mumkin.
Rasmiy murojaatlar, asosan, qat’iy tartib va belgilangan qoidalar 
asosida  amalga  oshiriladi.  Rasmiy  murojaatlar  mehnat  jamoasida 
rahbarga,  ishlab  chiqarish  korxonalarida  yetakchi  mutaxassisga, 
ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot 
organlarida  unvoni  katta  zobitlarga,  davlat  aham iyatiga  molik 
tadbirlarda  jinsga  qarab  yoki  barchaga  rasmiy  murojaat  qilinadi. 
Masalan, «Honimlar vajanoblar”,  “Muhtaram elchi janobi oliylari” , 
“0 ‘rtoq boshliq yoki  o ‘rtoq  komandir” ,  “Janobi direktor»,  “Ustoz 
Muzaffar Ahmedovich” va hokazo.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki,  rasmiy murojaatlarda faqat sizlab 
murojaat etish maqsadga muvofiq. Chunki “sen” degan murojaat ora- 
dagi  munosabatlaming  samarali  natijasiga  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatadi. 
Odatda,  zamonaviy muomala  madaniyatida  9 yoshdan yuqoridagi- 
larga nisbatan  “siz”  deb murojaat qilish maqsadga muvofiq sanala- 
di.  “Sen”  deb  murojaat  etish  esa,  faqat  oilada,  yaqin  qarindoshlar, 
do‘stlar orasida  aytilishi  o ‘rinlidir.
Norasmiy  murojaatlar  rasmiy  murojaatlarga  nisbatan  kengroq 
va doimiy ravishda qollaniladi. Norasmiy murojaatlar, asosan,  kun- 
dalik hayotda, o ‘zaro muloqotda ishlatiladi.  Murojaatning bu turini 
umumiy  ma’noda  yaqin  insonlarga  qilinadigan  murojaatlar,  intim 
murojaatlar hamda nomsiz murojaatlarga ajratish mumkin. Xususan:
Yaqin kishilarga qilinadigan murojaatlarda ishonchlilik,  do‘stona 
va  samimiy  munosabat  ustuvor  ahamiyatga  ega.  “ H amkasaba” , 
“Og‘ayni”,  “Amaki” ,  “Xola»,  “Kelinoyi” ,  “ Og‘a ”  kabi  murojaatlar 
bunga misoldir.
Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, yoqimli,  erkalash 
m a’nosidagi  so‘zlardan  foydalangan  holda,  murojaat  etiladi:  “Azi- 
zim”,  “Mehribonim”,  “Jonim ”,  “Begim”  kabi so‘zlardan o‘rnida va 
samarali foydalanish zarur.  Murojaatning bu turi  insonning didli va 
farosatli  ekanligini  ham  belgilaydi.  Biroq ushbu  so4zlami bemavrid 
ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa,  «jonim” so‘zini 
barchaga  nisbatan  ishlatish  aslo  mumkin  emas,  bu  so‘z  faqatgina 
nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisba­
tan  ishlatilsa,  maqsadga  muvofiq.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Nomsiz  murojaatlarda  shaxsni  kim  ekanligini  yaqindan  bilish 
katta ahamiyatga ega emas.  Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, 
biror  nom a’lum  obekt  yoki  subyektni  aniqlash,  u  haqda  muayyan 
m a’lum ot  olish  uchun  qo‘llaniladi.  Masalan,  “Kechirasiz,  Nukus 
k o ‘ch asin i  k o ‘rsatib  yuborsangiz?”  “ M a’zur  tutasiz,  sizning 
m anzilingiz  m en  boradigan  joydan  uzoqroqda  ekan’\   “Xona- 
doshingiz siz haqingizda yaxshi flkrlar bildirdi» singari  murojaatlar­
da  shaxsning  aniq ismi  ko‘rsatilmasa-da,  u  haqdagi  m a’lumotlar va 
aytiladigan  flkrlar tushunarli  b o iad i.
Suhbatlashish  odobi.
Suhbatlashish  muomala  madaniyatini  shakllantirishning  m u­
him   vositalaridan  biri  sanaladi.  H ar  qanday  suhbat,  aw alo,  m a’­
lum otlar  almashinuvidir.  Suhbatlashish  orqali  insonlar  bir-birlari 
bilan  muloqotga  kirishadilar,  bir-birlari  haqida  m a’lumotga  ega 
b o ‘ladilar,  bir-birlarini  tushunib  boradilar  va  muomala  mada- 
niyatlaridagi  ayrim bo‘shliqlarni to ‘ldiradilar.  Zero,  shoir Chustiy 
t a ’biri  bilan  aytganda:

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin