«Go'zallik yuzda ermas, ey birodar,
So ‘zi shirin kishi har kimga yoqar.
So
‘zing oz bo Ыпи та ynoli bo Isun,
Eshitganlar qulog‘i durga to bun.
So *zing bo ‘Isa kumush
, Jim turmak oltin,
Misi chiqqay, so
‘zing ко ‘p bo ‘Isa, bir кип.
Ко ‘paygan so'z/ii b o ‘lg‘ay to ‘g ‘risi oz,
Shakarning ко (pidan ozi bo
‘lur soz.
Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni
eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o ‘qub, bilub,
o ‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak
va bu fano dunyodan yaxshilik otini olib ketmakdadur»2.
Tanishlar sonini ko‘paytirish va shaxslararo muvoffaqiyatli aloqa
o ‘m atish san’atini egallash uchun bosiladigan birinchi qadam bu
1 Iqtibos: Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т.: Yangi
asr avlodi. 2001.
2 Avloniy Abdulla. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 2-jild. Т.: Ma’naviyat.
1998. 304 b. 61b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
insonning borlig'i va uning haqiqiy m o h iy atin i an glashdir.
Awalambor, inson o‘zgaga emas, o‘ziga bo‘lgan qiziqishni namoyon
qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, uning o‘ziga bo‘lgan e’tibori
boshqalarga e’tiboridan ming marta ustun turadi. Insonlar aw al o‘z-
lari uchun g‘amxo‘rlik qilishadi» degan haqiqat alifbosi sizning boshqa
odamlar bilan munosabatingiz asosini tashkil etadi. Shuningdek, u
sizga boshqalar bilan muomala qilish uchun kuch va qobiliyat beradi.
Zardushtiylik falsafasida ta ’kidlanishicha, inson iym on-e’tiqo-
dining uchta yirik tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik
hamda faoliyatning insonparvarligi.
Zardushtiylik qoidalariga ko‘ra insonning barkamolligini belgilashda
uning nafaqat tashqi qiyofasi, balki m a’naviy dunyoqarashi ham
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham Axura Mazda
tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko‘proq qayg‘uring deydi.
O dam lar faqat jam iyatda inson bo‘lib shakllanadilar, axloqiy
mavjudot bo‘lib tarkib topadilar. Muomala madaniyatini ham jamiyatda
inson shakllantiradi. Demak, u axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Insonning insoniyligini ifodalovchi fazilatlar, xislatlar, ayniqsa,
inson ma’naviy qiyofasini ifodalochi asosiy m ezonlam i aniqlash
o‘rta asr musulmon falsafasining o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri edi.
Odobli-axloqli insonning m a’naviy madaniyati haqidagi ajoyib fikr-
mulohazalarni o‘rta asr Sharqining buyuk insonshunos olimlari
M ahmud az-Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
Pahlavon Mahmud qarashlarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Inson ma’naviy madaniyatining asosiy mezoni — axloqiy yetuk-
lik hisoblanadi. Axloqiy etuklik esa, o ‘zida - halollik, insoflilik,
vijdoniylik, saxovatpeshalik, shafqatlilik, m ehribonlik singari
axloqiy fazilatlarni mujasaam etadi. Shunday ekan, m uom ala
m adaniyatining asosiy mezonini yaxshi xulq va go‘zal fazilat
uyg‘unligi tashkil etadi.
Shuni qayd etish lozimki, insonni hayvondan farq qiladigan
eng muhim xususiyatlaridan biri, uning o ‘zini yashashi, turmush
uchun zarur bo‘lgan moddiy va m a’naviy boyliklami ishlab chiqarish
malakasiga ega ekanligidir. Bu malaka insonning insonlararo m uo
mala madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Xulqiy go‘zallikning estetik-axloqiy mohiyatiga ikki xil nuqtai
nazardan yondashish mumkin. 1. Mavjudligi muayyan ichki va tashqi
ta ’sirlarga, vositalarga bog‘liq bo‘lmagan go‘zallik. Bu ko‘proq
www.ziyouz.com kutubxonasi
insonning tashqi qiyofasiga daxldor xususiyat; insonning chinakam
go‘zal chehrasi har qanday soxta bejamalikdan, «yasama go‘zallikdan»
ustun turadi. 2. Muayyan ijobiy faoliyatlar, xatti-harakatlar, amallar,
botiniy tuyg‘ular orqali paydo bo‘ladigan go‘zallik. U ezgulik vositasida
xulqiy go'zallikni takomillashtiradi.
Shu o‘rinda e’tiborni adabiyotshunos olim Abdulla Ulug‘ovning
«Dunyoni ezgulik qutqaradi» nomli maqolasida («Jahon adabiyoti»
jurnali. 2000 yil yanvar soni-X.B.) ilgari surilgan fikr-mulohazalarga
qaratmoqchimiz. M uallif o ‘z maqolasida ulug‘ rus adibi Fyodor
Dostoevskiy (1821-188 l)ning «Telba» romanidagi knyaz Mishkin
tilidan «G o‘zallik dunyoni qutqaradi» degan fikrining mohiyatini
tahlil qiladi. Qisqasi, maqolada muallif dunyoni faqat go‘zallik orqali
qutqarib bo‘lmasligini, dunyoning taqdiri go‘zallikka emas, balki
insonning qalbiga bog‘liq ekanligini o‘zining mulohazalari orqali
isbotlashga harakat qilgan. Maqolada tabiatning ko‘rkam ko£rinishlari,
odam larning chiroyli yuz-ko‘zlari, libosu uy-joylari zaminning
qismat taqdiriga ta ’sir qila oladimi? Ular fisqu fasod, hasad, ig‘vo
girdobida qolgan dunyoni bu chohdan qutqara oladimi? Turli-tuman
gullar, sho‘x-sho‘x sayraydigan qushlar qabohatni qaytara oladimi?
Yoki «gulchehra» qiyofalar shunday qudratga egam i?-degan
savollami qo‘yib muallif ularga qat’iy «yo‘q» deb javob qaytaradi.
Muallif, «Cham an-cham an gullar yoki osmono‘par tog‘lar o ‘zicha
tubanlik botqog‘iga botgan dunyo taqdirini o ‘zgartirmaydi. Bu
chohdan dunyoni faqat pokiza qalb qutqara oladi. Negaki, u qalbdan
chiqqan riyo tufayli qabohatga k o ^ ilg a n » 1.
M azkur fikrlar g ‘oyatda o ‘rinli va asoslidir. Chunki inson
kamolotida go‘zallikning faqatgina bir tomonigagina e’tibor berish
unchalik ham to ‘g‘ri bo^avermaydi. Ammo maqolada ko‘tarilgan
masalaning ayrim jihatlarini toUdirishni o‘rinli, deb bilamiz. Biz-
ningcha, dunyoni qutqarishda go‘zallik va ezgulik bab-barobar xizmat
qiladi, deyish to ‘g‘ri bo‘lardi. Chunki;
Birinchidan - go‘zallik ezgulikka nisbatan keng qamrovli tu-
shuncha bo‘lib, u tabiatda, jamiyatda va insoniy munosabatlarda
nam oyon bo‘ladi. Ezgulik esa faqat insoniy munosabatlar orqali
yuzaga keladi.
1 Ulug'ov A. Dunyoni ezgulik qutqaradi. / / Jahon adabiyoti. 2000. № 3.
74 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikkinchidan - go‘zallik mohiyatan insonning ham tashqi, ham
ichki sifatlariga daxldor. Ezgulik esa insonning faqat botiniy
ko‘rinishinigina aks ettiradi.
Uchinchidan - go‘zallik biror-bir harakatsiz yohud aksincha,
muayyan xatti-harakat, faoliyat natijasida yuzaga keladi. Harakatsiz
go‘zallik ko‘proq tabiatdagi go‘zallikka daxldor bo‘lsa, harakat orqali
nam oyon b o ‘ladigan g o'zallik esa insonga xosdir. T o g ‘lar,
cham anzorlar, bog‘u rog‘lar turg‘un, biror-bir harakatsiz ham
go‘zallikni tarannum etishi mumkin. Bunday go‘zalliklar, odatda,
kishining ko‘zini quvontiradi, tuyg‘ulariga taskin beradi. Shu bois
maqolada ta ’kidlanganidek, go‘zallikni faqat ko‘zga ko‘rinuvchi
narsalar sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq emas. Inson o‘z
go‘zalligini faqat ezgulikka yo‘g‘rilgan xatti-harakatlar orqaligina
namoyon ettira oladi. Zero, ezgulik qilish faqat insonning zimmasida.
Bunday mas’uliyat insondan boshqa biror-bir mavjudotga yuklangan
emas, bu vazifani faqat va faqat inson bajara oladi. Shundan kelib
chiqadigan bo‘lsak, ezgulik bu - axloqning ijtimoiylik xususiyatiga
ega bo‘lgan, faqat ijobiy m a’no kasb etadigan o ‘z-o ‘zicha, turg‘un
tarzda vujudga kelmaydigan, aksincha, insonning ijobiy xatti-
harakatlari, faoliyatlari natijasida ro‘yobga chiqadigan hodisadir. Ana
shu hodisani ro‘yobga chiqaruvchisi ham ezgulik sohibi bo4gan inson
hisoblanadi. Bu borada, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig»
kitobida ezgu inson haqida Elig tilidan quyidagi fikrlar bayon etilgan:
«Oyto‘ldi: Ezgu o ‘zi kim? U qanday odam bo‘ladi? Ezguning fe’l
atvori qanaqa bo‘ladi?
Elig aytdi: Ezguning barcha qilmishi va yo‘riqlari xalqqa foyda va
manfaat beradigan bo‘ladi. Barchaga birdek yaxshilik qiladi, lekin
evaziga ulardan mukofot minnatini qilmaydi. Ezgu o ‘z manfaatini
ko‘zlamaydi, boshqalarning keltirgan foydasidan o‘ziga manfaat
tilamaydi»1.
Bundan tashqari, ezgulikningyaxshilikdan farqi pirovardida biror-
bir shaxsga yoki ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta ’sir ko‘rsatmasligi bilan
belgilanadi. Yaxshilik esa bir paytning o‘zida ham xursandchilik, ham
noxushlik keltirishi mumkin; bir insonga qilingan yaxshilik o‘zga bir
odam uchun yomonlikka aylangan hollar ko‘p boMgan.
1 Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. Т.: Fan, 1972. 70 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
T o ‘g ‘ri, chiroyli chehralar, xushmanzara bog‘lar, ko‘rkam
maskanlar tabiat falokatlariga qarshilik ko‘rsatolmasligi mumkin. Biroq
ular insonda qabohat, razillik, tubanlikning yuzaga kelishiga izn
bermaydi. Toki, inson go‘zallikka manfaatparastlik. xirsni qondiruvchi
vosita sifatida qaramasagina bunday salbiy hodisalar hech qachon
yuzaga kelmaydi. Biz go‘zallikni ezgulik bilan aynanlashuvi mana
shunday holatlar orqali yuz beradi, deb hisoblaymiz. G o ‘zallikni
ezgulikdan ajratib qo‘yish, ayniqsa, insoniy munosabatlarda go‘zallik
masalasiga e'tiborsiz bo‘lish uning mohiyatini bir tomonlama talqin
qilish ijobiy natija bermaydi.
Ezgulik va go‘zallik ham ohang tushunchalar ekanligiga doir
qarashlar g‘arb faylasuflarining ham diqqat markazida bo‘lgan.
Jum ladan, ingliz nafosatshunosi L.N.Skranton o ‘zining «Qadimgi
san ’atlarning estetik jihatlari» nom li kitobida go‘zallikni mifologik
tafakkur bilan bog‘liq tarzda tadqiq qildi. Uning fikriga ko‘ra, go‘zallik
ezgulikdan ajralmaydigan voqelik, inson kamolotida har ikkalasi
bir-biri bilan bog‘liq tarzda rivojlanadigan tushunchalardir1.
Ezgu o ‘y, ezgu niyat, ezgu sofcz, ezgu amal singari hodisalar
insonni kamolotga yetishuvi borasidagi muhim omillardir. Ularning
inson xulqini go‘zallashtirishdagi ahamiyati katta.
Ezgulikning go‘zallik bilan qiyosiy tahlili borasida ilmiy manbalarda
ko‘plab fikrlar uchraydi. Jumladan, «Avesto»da insoniy go‘zallikning
uch muhim asosi - ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal to ‘g‘risida ga-
piriladi. Zardushtiylik ta ’limotining axloqiy-estetik mohiyatini tash-
kil etuvchi mazkur uch asos ayni paytda inson xulqiy go‘zalligi-
ning mohiyati hamdir.
Shuningdek, xulqiy go‘zallik mohiyatida inson xatti-harakatining
sababi bo‘lgan niyatning ahamiyati katta. Niyat bu - insonni fao-
liyatga, harakatga undovchi, biroq haqiqatga aylanmagan va ayla-
nish ehtimoli b o ‘lgan axloqiy-estetik kechinma. Aytish lozimki, ni
yat insonning qalbida paydo bo‘lib, asta-sekin harakat orqali real-
likka aylanadi. Niyatning reallikka aylanishi uchun insonda avvalo,
istak, xohish, maqsad bo‘Ushi shart. Chunki kishi o ‘ylagan har bir
niyatiga erishishi uchun o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Shuningdek, niyat
individuallik xususiyatiga ega. Shu jihatdan qaraganda, niyat ijobiy
1 Qarang.: Scranton R. L. Aestetic Aspects of Ancient Art.-Chicaqo
and London, 1994. 14 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
va salbiy ma’noga ega bo‘ladi. ljobiylik kasb etuvchi niyatning asosida
go‘zallikka muhabbat, ezgulikka e’tiqod yotadi. Aksincha, salbiy
m a’nodagi niyat mohiyatan yovuzlikka daxldordir. Shu bois inson
ning oriyatli, nomusli ekani uning qilgan qilmishlari bilangina emas,
balki ko‘nglidagi niyati qandayligiga qarab ham belgilanadi. Zotan,
niyati buzuq kimsalarning qilgan ishlari yaxshilik bo‘lib ko‘rinsa-
da, mohiyatan yovuzlikka yo‘naltirilgan.
Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda, aytishimiz mumkinki,
so‘z, fikr, niyat, amal insonning axloqiy-estetik faoliyatida hamda
xulqiy go‘zallikka erishish yo‘lidagi maqsad va intilishlariga asos
bo‘ladigan, insonni to ‘g‘ri faoliyatga undaydigan m a’naviy omillardir.
Shuningdek, mazkur omillar xususiylik tabiatiga ega bo‘lib,
ularning har biri alohida holatlarda xulq go‘zalligining u yoki bu
tom onlarini aks ettiradi. Biroq insonning axloqiy-estetik m uno-
sabatlarida bular faqat bir-biri bilan chambarchas bog‘langandagina
chinakam go‘zallikka aylanadi. Mazkur jarayonni oqilona boshqa-
rilishi esa kishining iymoniga bog‘liq.
lymonga falsafiy-axloqiy tushuncha sifatida munosabat bildirib,
akademik E. Yusupov,-«Iymon shaxsning o ‘z e’tiqodiga tayangan
holda boshqalaming niyati, qilmish-qidirmishiga, o ‘zining ishlariga,
xatolariga munosabat bildirishidir. Iym on hayotda to fcg‘ri yo‘l
topishning mezoni hisoblanadi... Iymon e’tiqod asosida barqarorlashib
borgach, insonning jamiyatdagi mavqeini, maqsad va intilishlarining
yo‘nalishlarini belgilab beruvchi asosiy m a’naviy omilga aylanadi»1.
Ta’kidlash lozimki, iymonning xoh diniy, xoh dunyoviy talqini
bo‘lsin, ular mohiyatan insonda ijobiy fazilatlarni shakllantirishga
qaratilgan. Zotan, so‘z, fikr, niyat va qilingan chiroyli amallami
h ar ikki talqindagi iym on inkor etm aydi. A ksincha, iym on
kishilarning bir-biri bilan chiroyli so‘zlar orqali muomala qilishga,
chiroyli fikrlar bilan maqsadga intilishga, chiroyli niyat asosida
yashashga va ularni go‘zal amal orqali mujassam qilishga undaydi.
Bordi-yu inson chiroyli so‘zlasa-yu, iymoni bo‘lmasa, illat shuki
bu yolg‘onchilikka olib keladi; chiroyli fikrlarga ega bo ‘lsa-yu,
iymonsiz bo‘lsa, illat shundaki, bu ikkiyuzlamachilikka olib keladi;
chiroyli niyatlar qilsa-yu, iymon bo‘lmasa, illat shundaki, bu
boqimandalikka, dangasalikka olib keladi va hokazo.
1 Yusupov Erkin. Inson kamolotining ma’naviy asoslari.-T.: Universitet,
1998.51 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M a’lumki, har qanday jamiyat, davlat poydevorining mustah-
kamligi ma’naviy va moddiy asosla^ga bog‘liq. Biroq davlatning kuchi,
qudrati va hatto, iqtisodiy salohiyatini ma’naviy barkamol bo‘lgan
kishilar belgilaydi. Shuning uchun sog‘lom jamiyat deganda, awalo,
fuqarolarning aql-idrokli, dunyoqarashi keng, axloqiy jihatdan
etukligi nazarda tutiladi. Ijtimoiy hayot bilan ongli tarzda hamnafas
boMgan kishilar kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida - moddiy
n e ’m atlarga, kecha, bugun va ertaning m a’naviy qadriyatlari
to kg‘risida o‘ylaganda esa - ma’naviy ne’matlarga e’tibor qaratadilar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, inson paydo boMgandan buyon
unga doimo ikki ehtiyoj hamrohlik qilib kelgan: biri - moddiy,
ikkinchisi - m a’naviy. Agar moddiy ehtiyoj inson paydo boMgandan
keyingi davrlarda birlamchi ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, shunday
davrlar ham boMdiki, moddiyunlikka qaramlikdan ko‘ra ko‘proq
m a’naviy qadriyatlar oliy maqomda e ’tirof etildi. Bugungi kunga kelib,
hayotni faqat bir tomoninigina o ‘zgartirishga intilish, e’tiborni faqat
bir sohaga qaratish bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligi
ayon boMmoqda. Inson kamolotida xulqiy go‘zallikning estetik va
ahloqiy mohiyatini ham shunga qiyoslash mumkin. Zotan, insonning
faqat m a’naviy go‘zalligiga e’tibor berish, uning jismoniy go‘zalligiga
putur etkazadi. Ayni paytda, m a’naviy go‘zallik hisobiga jismoniy
go'zallikni ulug‘lash insoniyatni muqarrar tanazzulga olib keladi.
Biz hozirda insonning m a’naviy va jismoniy go‘zalligini uyg‘un-
lashtirish masalalari dolzarb bo‘lgan davrda yashayotganligimizni
unutmasligimiz kerak. Ana shuni teran his qilganimizdagina ko‘zla-
gan maqsadlarimizga etishishimiz mumkin bo‘ladi.
Hayot jadal rivojlanmoqda. Hayot sur’atining juda tez o ‘sib bo-
rishi — yangiliklar, kashfiyotlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.
Tarixiy tajriba yana shuni ko'rsatadiki, asrlar, mingyilliklar
almashish davrida odamlarga o ‘tmish, hozirgi kun va kelajak haqida
o ‘ylash uchun imkoniyat yaratilar ekan. Biz ham asrva mingyilliklar
alm ashinayotgan hozirgi davrda o ‘tm ishim izdan saboq olib,
istiqbolimiz haqida qayg‘urishimiz zarur.
Faylasuf olim U.Qoraboev madaniyat kelajagi haqida ilmiy
farazlarini o‘rtaga tashlar ekan, XXI asrda koinotni o ‘zlashtirish,
kosmik energiyadan foydalanish, tabiatni qadrlash, biosferani
saqlash, toza havo va ichimlik suvi muammosi kabi hodisalar inson
hayoti bilan birga, uning madaniyatiga jiddiy ta’sir qilishini uqtiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Jumladan, - deydi faylasuf,-fazoviy madaniyat, fazoviy kemalarda
va yangi sayyoralarda insonning o ‘zini tu tish odobi, kosm ik
energiyadan foydalanish madaniyati, asl tabiatni qadrlab, yangi
tabiiy muhit yaratish madaniyati, ona er, toza havo, ichimlik suvini
e’zozlash odatlari tiklanadi va uning yangi shakilari paydo bo^adi»1.
Takrorlash uchun savollar:
1. Axloqiylik va axloqsizlik holatlarini tahlil qiling?
2. Inson botiniy go‘zalligining mukammallashuvida m uhim
ahamiyatga ega bo‘lgan tushunchalami ko‘rsating?
3. Xulqning inson kamolotidagi o ‘m i nima bilan belgilanadi?
4. Barkamollik tushunchasining zamonaviy talqinini izohlang?
5. G o‘zallik va ezgulik tushunchalari o ‘rtasidagi o ‘xshash jihat-
lar nimada?
6. X ulqiy g o ‘zallikning ax lo q iy -estetik m oh iy atiga d o ir
yondashuvni tahlil qiling?
7. Inson tashqi ko‘rinishining shaxs kamolotidagi o ‘mi nima bilan
belgilanadi?
8. Niyat va iymonning axloqiy faoliyatdagi ahamiyati nimada?
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. Axloqiy fazilatlar va xulqiy go‘zallik.
2. Insonning axloqiy xatti-harakati va axloqiyligi.
3. Shaxs kamolotining axloqiy mohiyati.
4. Xulq va uning ko‘rinishlari.
5. “ Barkamol inson” tushunchasining mohiyati.
6. Inson go£zalligi va estetik tarbiya vositalari.
7. Qalb go‘zalligi va tashqi chiroy.
8. Xulqiy go‘zallik omillari.
1 Qoraboyev U. Madaniyat kelajagi yohud XXI asr madaniyati haqida
ilmiy farazlar. / / Ijtimoiy fikr, inson huquqlari, 2002. №2. 107 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
5-BOB. MUOMALA MADANIYATINING MILLIY
XUSUSIYATLARI
5.1. So‘zlashuv madaniyatining milliy xususiyatlari
M a’lumki, har bir talaffuz qilingan jumlada talaffuz qiluvchining
ruhiy-aqliy olami aks etib turadi. Ya’ni, u so‘zni qanday va qay
tarzda qo ‘llay olishi bilan suhbatdoshiga o ‘zi mansub bo‘lgan ichki
olam, uni qonun-qoidalari haqidagi xabar mazmunini ham, etkazadi.
A w alo, so‘zlovchi ongida olam haqidagi biror xabar, fakt mavjud
bo ‘ladi. Qaerda tovush obrazi talaffuz qilingan ongdagi tushuncha
bilan uyg‘unlashsa, o ‘sha erda ko‘ngildagidek muloqot yuzaga keladi.
Aksincha, tovush obrazi tinglovchi ongida biror tasaw ur-tushun-
chani uyg‘otmasa, bundan muvoffaqiyatsiz muloqot yuzaga keladi.
Shu bois nutqiy m uloqotda so‘zlovchi va tinglovchi o ‘rtasidagi
munosabat g‘oyatda m uhim hisoblanadi. Agar so‘zlovchining ham,
tinglovchining ham so‘zi ko‘cha-jargon so‘zlar bilan to ‘lib-toshgan
bo‘lsa, fikrini qiynalib, poyma-poy gapirsa, talaffiizi noto‘g‘ri bo‘lsa,
bu holatda eng m azm undor suhbat ham o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
So‘zlashuv madaniyati har bir til birligini sharoitga qarab, yillar
m obaynida qabul qilingan m e’yorlar asosida qo ‘llash san ’ati
hisoblanadi. Masalan, so‘rashish, salomlashish madaniyatini olaylik.
So‘rashish barcha xalqlaming muomala madaniyatidagi muhim vosita
bo‘lib, u har bir xalqning milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda o ‘ziga xos ko‘rinishga ega. T a’kidlash zarurki, so‘rashish bilan
salomlashish aynan bir tushunchalar emas. Salomlashish barcha
xalqlarda salom berish odobi qoidalariga asoslanadi, u faqatgina qo‘l
berib ko‘rishishdan iborat emas. So‘rashish esa so‘z, imo-ishora,
mimika va xatti-harakat orqali ham amalga oshiriladigan jarayon
bo‘lib, u inson madaniyatining barcha jihatlarini qamrab oladi.
So‘zlashuv madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan
olim F.Xolmurodova bir qator qiziqarli ma’lumotlami bayon etadi.
Xususan, mashhur so‘z ustasi V.Dal o‘zining «Rus xalqi maqollari»
deb nomlangan kitobida qadimda rus xalqida qo‘llanilgan salomlashish
www.ziyouz.com kutubxonasi
uslublariga ko‘plab misollar keltiradi. Masalan, qadimgi Rusiyada
salomlashish paytida nafaqat qarindoshlik aloqalari yoki jinsi, balki
kunning qaysi vaqti, suhbatdoshning kasbi va suhbat paytida
so‘zlashayotganlar, nima bilan mashg‘ul ekanligi ham nazarga olingan.
Jumladan, g‘alla yanchuvchilar bilan salomlashganda «Po stu na
den, po to ‘syache na nedelyu» («Kuniga yuzlab, haftasiga minglab»)
kabi so‘zlar bilan murojaat qilishgan1.
0 ‘zbeklarda ham nutqiy muomala m adaniyatida shu kabi
munosabat ko‘zga tashlanadi. Jumladan, jam oa, odam lar bilan
hamjihatlikda bajariladigan hashar, obodonlashtirish ishlarida ishtirok
etayotganlarga «Hormanglar» deyiladi va ular tom onidan «Salomat
bo‘ling» yoki «Bor bo‘ling» degan javob qaytariladi. Hosil yig‘im -
terimi paytida xirmon teppasida ko‘rishganda esa «Hirmonga baraka»
deyiladi va ular tom onidan «Umringizga baraka» degan javob
qaytariladi. Mazkur so‘rashish madaniyatiga e ’tibor bersangiz,
murojaat ohangi ham, javob ohangi ham mantiqiylik, nafosat hamda
kishiga xush yoqadigan tarzda ifoda etiladi. Bu so‘zlarning qudrati
shundaki, ulami jahl ustida, g‘azab bilan aytsangiz ham birovga
og‘ir botmaydi.
Tariximizga nazar solar ekanmiz, o ‘zbek tili o ‘tm ishda naqadar
boy, s o ‘rashish u slublari x ilm a-x il va k atta e ’tib o rg a ega
bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Masalan, ajdodlarimiz m ehm onni
«Hush kelibsiz, qadamlaringizga hasanot»! deb kutib oladi. Agar
m ehm on aziz, m uhtaram va orziqib kutilgan b o ‘lsa, u bilan
so‘rashganda nihoyatda latif va sog‘inch so‘zlarni ishlatishga harakat
qilingan. E’tiboringizni O ‘zbekiston xalq yozuvchisi M uham m ad
Alining «Ulug‘ saltanat» nomli tarixiy romanidagi Qutlug‘ Turkon
oqa xonadoniga tashrif buyurgan Sohibqiron Amir Tem ur va
temuriyzodalarni kutib olish jarayonidagi so‘zlashish madaniyatiga
qaratmoqchimiz. «Saroymulkxonim darvozadan kiigani ham on:
-
Assalomu aleykum, g‘amguzorim, mehribonim egachim! -
deya ta ’zim bajo ayladi va o ‘zini qutlug‘ Turkon oqaning quchogsiga
otdi.
Ollohga shukr! Ollohga shukr! - egachi ardoqli kelinini bag‘riga
bosgancha uzoq vaqt qo‘yib yubormadi...
1 Qarang: Xolmurodova F. So‘zlashuv madaniyati. / / Til va adabiy ta’lim.
2001. №2. 66 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umarshayx Mirzoning onasi To‘lun oqa, Mironshoh Mirzoning
onasi Mengli bika va Tog‘ay Turkon oqalar nim tabassum ila
muhtarama egachining katta xonim bilan ko‘rishishayotganini kuzatib
turardilar.
- M arhabo, xonadonimizga xush kelibsizlar! - uyga taklif etdi
egachi quvonchi cheksiz, mehmonlar bilan ko‘rishib bo‘lgach...
Malikalar shohona bezatilgan dasturxon atroflga tiz cho‘kishdi. Duoi
fotiha tortildi.
- Barchangizga podshohliq qutlug* bo‘lsun, ardoqli kelinlarim!-
dedi qutlug‘ Turkon oqa qoMlarini ko‘ksiga qo‘yib.
Kelinlar va kanizaklar o‘rinlaridan turdilarda tavoze bilan egachiga
bosh egdilar:
- 0 ‘zingizga ham qutlug4 b o ‘lg‘ay, ey bonuyi kubro hazrati
oliyalari
M azkur muloqotni so‘zlashuv madaniyatining o‘ziga xos namu-
riasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, “g‘amguzorim” , “mehri-
bonim ” , “m uhtaram a”, “ardoqli” , “qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib”, “bo
nuyi kubro” iboralari bilan qilinadigan har qanday murojaat o ‘zining
nafosati bilan kishi dilini xushnud qiladi, insonga xush yoqadi.
*
H ar qanday muloqotda so‘z asosiy vosita hisoblanadi. Ayniqsa,
bu so‘zlashuv madaniyatida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Salomlashish
ham* so ‘zlashuv m adaniyatining bir ko‘rinishi sifatida inson
odobining mahsulidir.
Salomlashish - insonga nisbatan hurmat belgisi boMib, и odamlar
orasidagi o ‘zaro m uom ala munosabatining boshlanishi hamda
m u lo q o tn in g deb ochasidir. Salom lashish odobini m azm un-
mohiyatiga ko‘ra turli xalqlarturlicha o ‘zlashtirganlar. Olaylik, Evropa
xalqlarida bosh kiyimni echib salomlashish madaniyatlilik belgisi
hisoblansa, Sharq xalqlarida qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salom berish
hurm at belgisi sanaladi.
H ar qanday axloqning, xulqning va odobning mezonlari davrlar
o ‘tishi bilan o ‘zgarib, takomillashib (yoki zaiflashib) boradi. Bu
jarayon muhit, munosabat, an'ana va odat kabi bashariyat tomonidan
shakllangan omillar bilan bog‘liq. Salomlashish ham bujarayonlardan
1 Qarang: Muhammad Ali. Ulug* saltanat. Tarixiy roman. Birinchi kitob.
Jahongir Mirzo. T. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh
tahririyati, 2003. 336 b. 174-177 betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
xoli emas: u ham o ‘zgaradi. Shuni aytish kerakki, salomlashish
faqat so‘z bilan emas, balki xatti-harakat orqali ham amalga oshiriladi.
Bunday holatni bugungi kunda turli xil ko‘rinishlari mavjud: qo‘l be
rib, quchoq ochib, o‘pishib, boshni boshga urib (bu, ayniqsa, o'smir
yoshdagilar o‘rtasida urf boklib bormoqda) ko‘rishib salomlashish
shular jumlasidandir. Biroq doimo «Kim birinchi bo‘lib salomlashishi
kerak?”, “Qo‘l berib so‘rash ish qoidalari qanday?” , “Salomlashganda
qanday murojaat qilinadi?” , “ Suhbatlashish qanday qoidalarga
asoslanadi?” degan savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz. Quyida
ushbu masalalarga tegishli ayrim qoidalarni bayon etamiz:
Salomlashish odobi.
Kichik yoshdagila rning katta yoshdagilaiga salom berishi odobdan
sanaladi.
Erkaklaming ayollaiga birinchi bo‘lib salom berishi ularga nisbatan
hurmat belgisidir.
Xonaga kirib kelgan odam xonada o ‘tiiganlarning barchasiga salom
berishi bugungi kundagi salom lashish o dobining o ‘ziga xos
ko‘rinishlaridandir.
0 ‘quv binolaridan farqli o ‘laroq ishlab chiqarish korxonalaridan,
zinadan chiqayotgan kishi zinadan tushayotgan kishiga salom berishi
lozim. Lekin ustozga shogird doimo salom berishi shart.
Yoshi va mansab lavozimiga ko‘ra teng mavqedagi kishilar
uchrashganda birinchi b o ‘lib salom bergan odam m adaniyatli
hisoblanadi.
Mehmonga kelgan odam eshikni ochgan mezbonga salom berishi
kerak.
Ko‘pchilik oldiga yaqinlashganda kamchilik salom berishi ham
go‘zal xulq namunasidir.
Q o i berib so‘rashish qoidalari.
Qo‘l berib salomlashish madaniyatning bir qismi sifatida shakl-
langan jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish, odatda, erkaklarga xos xusu-
siyat hisoblansada, hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar
uchun ham birdek amal qilmoqda. Chunki qo‘l berib so‘rashish
orqali inson insonning kayfiyatini, sog‘ligini, hatto fe'l-atvorini
ham bilib olishi mumkin. Q o‘l berib salom lashishning ushbu
xususiyatlari ikkitomonlama muloqotning boshlanish belgisidir. Qo‘l
berib so‘rashish, asosan, tanishish va tanishtirish marosimida,
shartnoma va bitim imzolaganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda,
www.ziyouz.com kutubxonasi
m innatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, xayrlashganda va
hokazo holatlarda qoMlaniladi. Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan
tavsiyalar qoM berib so‘rashishning odobiga tegishlidir:
1. Sizga uzatilgan qoM, albatta, olinishi shart. Muallaq qolgan
qoM insonning izzat-nafsini yerga urish bilan barobardir.
2. QoM berib so‘rashganda sherigingizning qo‘lini engil siqib
qo‘yishni unutmang. QoMni qattiq siqib, ozor berish madaniyatsizlik
va farosatsizlik belgisi sanaladi.
3. QoM berib so‘rashganda munosabatingizni “ Salomatmisiz”,
“Yaxshi yuribsizm i” , “ Ishlaringiz yaxshim i” , “ O m onm isiz” ,
“ Uydagilar salom atm i” kabi iliq so‘zlar orqali ifodalashga harakat
qiling.
4. QoM berib so‘rashish tez va qisqaboMishi lozim. Ayniqsa, ayol
kishi bilan so‘rashganda, lining qoMini uzoq ushlab turish mumkin
emas. Chunki bu holat ayol kishini noqulay vaziyatga solib qo‘yishi
mumkin.
5. QoM berib so‘rashganingizda ozgina egilib qo‘yishingiz
so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatingizni bildiradi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, qoM berib so‘rash jarayonidagi ayrim
illatlar kishining nafsoniyatiga tegishi, ulami ranjitishi, hatto oraga
sovuq munosabatni olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa:
- uzatilgan qoM muallaq qolganda;
- qoM uzatilganda teskari qarab q o l uzatilsa;
- qoM uchida so‘rashilsa;
- qoMni juda qattiq siqib yuborilsa;
- uzatilgan qoMni turli qiliqlar bilan qabul qilsa;
- qoM uzatganda uzrsiz bllak, tirsak, musht, barmoqlar uzatilsa
va hokazo.
Murojaat qilish odobi.
M urojaat insondan axloqiy, estetik, m adaniy m e’yorlarni
belgilangan qoidalar asosida amalga oshirishni talab qiladi. Murojaat
ijtim oiy-siyosiy, m a’naviy-tarbiyaviy aham iyatga ega boMgan
munosabat turi boMib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega.
Murojaat insonning qanday tarbiya ko‘rganligini, o ‘zgalaiga nisbatan
hurm atini, did-farosatini, izzat-nafsini bilish mumkin boMgan
axloqiy xatti-harakatlar majmuasidir. Murojaat qilib aytilayotgan
so‘zlar nafaqat hurm at belgisi, balki maqsadga erishish vositasi
hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo4ladi. Biroq barcha murojaatlar
axloq me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Murojaat qilish bir necha turlarga bo‘linadi. Ularni, asosan, ras-
miy murojaat va norasmiy murojaatlarga ajratish mumkin.
Rasmiy murojaatlar, asosan, qat’iy tartib va belgilangan qoidalar
asosida amalga oshiriladi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida
rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga,
ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot
organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat aham iyatiga molik
tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi.
Masalan, «Honimlar vajanoblar”, “Muhtaram elchi janobi oliylari” ,
“0 ‘rtoq boshliq yoki o ‘rtoq komandir” , “Janobi direktor», “Ustoz
Muzaffar Ahmedovich” va hokazo.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, rasmiy murojaatlarda faqat sizlab
murojaat etish maqsadga muvofiq. Chunki “sen” degan murojaat ora-
dagi munosabatlaming samarali natijasiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Odatda, zamonaviy muomala madaniyatida 9 yoshdan yuqoridagi-
larga nisbatan “siz” deb murojaat qilish maqsadga muvofiq sanala-
di. “Sen” deb murojaat etish esa, faqat oilada, yaqin qarindoshlar,
do‘stlar orasida aytilishi o ‘rinlidir.
Norasmiy murojaatlar rasmiy murojaatlarga nisbatan kengroq
va doimiy ravishda qollaniladi. Norasmiy murojaatlar, asosan, kun-
dalik hayotda, o ‘zaro muloqotda ishlatiladi. Murojaatning bu turini
umumiy ma’noda yaqin insonlarga qilinadigan murojaatlar, intim
murojaatlar hamda nomsiz murojaatlarga ajratish mumkin. Xususan:
Yaqin kishilarga qilinadigan murojaatlarda ishonchlilik, do‘stona
va samimiy munosabat ustuvor ahamiyatga ega. “ H amkasaba” ,
“Og‘ayni”, “Amaki” , “Xola», “Kelinoyi” , “ Og‘a ” kabi murojaatlar
bunga misoldir.
Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash
m a’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda, murojaat etiladi: “Azi-
zim”, “Mehribonim”, “Jonim ”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rnida va
samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va
farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so4zlami bemavrid
ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so‘zini
barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina
nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisba
tan ishlatilsa, maqsadga muvofiq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nomsiz murojaatlarda shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish
katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib,
biror nom a’lum obekt yoki subyektni aniqlash, u haqda muayyan
m a’lum ot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Nukus
k o ‘ch asin i k o ‘rsatib yuborsangiz?” “ M a’zur tutasiz, sizning
m anzilingiz m en boradigan joydan uzoqroqda ekan’\ “Xona-
doshingiz siz haqingizda yaxshi flkrlar bildirdi» singari murojaatlar
da shaxsning aniq ismi ko‘rsatilmasa-da, u haqdagi m a’lumotlar va
aytiladigan flkrlar tushunarli b o iad i.
Suhbatlashish odobi.
Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning m u
him vositalaridan biri sanaladi. H ar qanday suhbat, aw alo, m a’
lum otlar almashinuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir-birlari
bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida m a’lumotga ega
b o ‘ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar va muomala mada-
niyatlaridagi ayrim bo‘shliqlarni to ‘ldiradilar. Zero, shoir Chustiy
t a ’biri bilan aytganda:
Dostları ilə paylaş: |