Takrorlash uchun savollar:
1. U m u m jahon iy dinlarn in g m a’naviy m adaniyat sifatidagi
m ohiyatini tahlil qiling?
2. Buddaviylik dinining yuzaga kelishiga sabab b o ‘lgan om illarni
sanang?
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Buddizm falsafasida diniy aqidalarning m a’naviy asaslari
nim alarga tayanadi?
4. Injilda m uom ala m adaniyatiga doir fiJkrlami izohlang?
5. Islom dinida chiroyli m uom ala tarbiya asosi ekanligini bayon
qiling?
6. Shirinso‘zlik Islom dinida qanday talqin etiladi?
7. U m um jahoniy dinlarda m uomala m adaniyatining umumiy
jih a tla ri nim ada?
Amaliy m ashg‘ulot savollari:
1. D in - m a ’naviy m adaniyatning m uhim b o ‘lagi sifatida.
2. Buddizmda m uom alaning maqsadi.
3. Xristianlikda cherkov aqidalari.
4. Injilda so‘zning qudrati.
5. Islom dinida m uom ala m adaniyatining diniy-axloqiy asoslari.
6. Shirinso‘zlik, m o ‘m inlik - m uhim xususiyatlar sifatida.
7. Q u r'o n va Hadisda yolg‘onchilik, chaqim chilik, la ’natlash va
h aqoratn ing inkor etilishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4-BOB. SHAXS KAMOLOTINING AXLOQIY VA ESTETIK
XUSUSIYATLARI
4.1. Axloqiy fazilat va xulqiy go‘zallik muomala madaniyatining
muhim omili sifatida
Ma’lumki, eng qadimgi zamonlarda inson mohiyatini anglashga
intilish haqidagi ilk tasaw urlar kosmologik yondashuv bilan bog‘liq
holda rivojlangan. Keyinchalik yuzaga kelgan antropologik ta’limotlar
insonni o‘rganish uchun e ’tiborni aw alo, uning o‘ziga, amaliy
xatti-harakatiga, axloqiyligiga qaratdi. Natijada fanda insonni biologik,
fiziologik hamda ijtimoiy mohiyat sifatida o‘rganishga doir nazariyalar,
g‘oyalar, qarashlar yuzaga keldi.
Insonning amaliy xatti-harakati, axloqiyligi, nafosatga m uno-
sabati ayni paytda uning botiniy tuyg‘ulariga, qalb kechinmalariga
bogMiq. Bu kechinmalar, yuqoridagi bo‘limlarda qayd etilganidek,
fazilatlar va illatlarga bo‘linadi. Inson mohiyatidagi bu xususiyatlar
Mavlono Jaloliddin Rumiy ta ’kidlaganidek, «Inson gapiruvchi
hayvondir. Uning xususiyati hayvonlikdan va gapirishdan iborat.
Hayvonlik unda doimiydir, ayrilmasdir. So‘z ham shundoq. Inson
ko‘rinishdan hech narsa demasa ham, ichida hamisha gapiradi. Bu
hoi go‘yo loy qorishgan suv toshqiniga o ‘xshaydi. Toshqinning toza
suvi insonning so‘zi (nutqi), balchig‘i esa hayvonligidir. Biroq balchiq
unda o‘tkinchi bo lib, vaqt kelib ulardan asar ham qolmaydi. Yaxshi
yoki yomon bo‘lishiga qaramay so‘zlar, hikoyalar va bilimlar qoladi»1.
Mavlono Rumiyning inson mohiyatiga doir ushbu fikrlari achchiq
bo‘lsa-da, haqiqatdir. Chunki inson faqat ko‘rinib turuvchi narsa
emaski, uni bir qarashda fazilat yoki illat egasi ekanligi ayon bo‘lsa.
Zero, inson o‘z borlig‘i yordamida chinakam lazzatga intiluvchi aql,
ixtiyor, tuyg‘u sohibidir. U o ‘z maqsadiga chinakam haqiqatni
anglash, muhabbatga to ‘g‘ri munosabatda bo‘lish, real voqelikni
1 R um iy Jalo lid d in . Ichingdagi ichingdadir. - Т . : Y ozuvchi, 1997. 73 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘zlashtirish yo‘llari orqali erishadi. Har bir risoladagidek odam
yovuzlik bilan kurashishga, o ‘zidagi mavjud illatlarni bartaraf
qilishga, tuyg‘u va ehtiroslarini jilovlashga harakat qiladi; go‘zallikni
chinakamiga sevishga, haqiqatni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rishga, aqli bilan
mushohada qilishga, uni chin qalbdan ulug‘lashga intiladi.
A xloqshunoslikda inson xatti-harakatlarining ikki qutbi -
axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik
— fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon b o ‘ladi. Bu ikki
qutb — tushuncha kun-tun, oq qora singari bir-birini inkor va ayni
paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Fazilat va illat shunday yirik
ham da qamrovli atamalarki, ularning har biri o ‘z ichiga bir necha
emas, o ‘nlab emas, balki yuzlab tushunchalami oladi. Shu jihatdan
axloqshunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalaming ko‘pligi
va xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi.
Insonning botiniy olam iga daxldor b o ‘lgan g o ‘zallik bevosi-
ta axloqiy fazilatlar va axloqiy m unosabatlar bilan bog‘liq holda
nam oyon b o ‘ladi. B undan tashqari, xuiq tushunchasi axloqning
tarkibiy qismi sifatida inson kam olotida m uhim ahamiyat kasb
etadi.
Shuningdek, m ohiyatan axloqqa daxldor b o ‘lgan bir qator
tu sh u nch alar ham inson botiniy go‘zalligini m ukam m allashu-
vida yuksak aham iyatga ega. M uhabbat ana shu tu sh u n ch alar-
ning ibtidosidir. M uhabbat bu-bilishning mahsuli bo‘lib, inson
bilgan, anglagan narsasiga o‘zini butkul bag‘ishlashi va undan
lazzatlanishidir. G o‘zallik kabi muhabbatning mohiyatida ham lazzat
yotadi. Shu bois muhabbat go‘zallik barobarida ulug‘lanadi. Zotan,
muhabbat Vatanga, Ollohga, yorga, o ‘ziga nisbatan yaxshilik qilgan
odam larga, o ‘z kam olotini ta ’minlovchi narsalar (buyumlar)ga
nisbatan qo‘llaniladi. Biroq o ‘zining shahvoniy xirsini, g£ayriaxloqiy
istaklarini qondiradigan lazzatni muhabbat sifatida qabul qilish
mum kin emas. Bunday tuyg‘ular mohiyatan manfaatparastlikka
qaratilgan bo‘lib, yuksak tuyg‘u sifatida e’tiro f etishga arzimaydi.
M uhabbatga ana shu jihatdan yondashilsa, uning insoniy go‘zallik
uchun g4oyatda dolzarb bo‘lgan tushuncha ekanligi yaqqol namoyon
b o ‘ladi.
Insonda axloqiy fazilatni takomillashuviga muhabbat bilan bir
qatorda ezgulik ham ko‘mak beradi. Ezgulik-ijtimoiy xususiyat kasb
etuvchi axloqiy fazilat bo‘lib, yuksak axloqiy tamoyillar darajasini
www.ziyouz.com kutubxonasi
belgilaydigan hamda mohiyatan mutlaq ijobiylikka daxldor bo‘lgan
tushuncha. Shuningdek, ezgulik yaxshilik tushunchasiga nisbatan keng
qamrovli va undan farqli oMaroq, hech qachon yovuzlikka aylan-
maydigan axloqiy hodisadir.
Bu borada tasaw ufdagi «Mavlaviya» tariqatining asoschisi
Mavlono Jaloliddin Rumiyning inson va uning mohiyatiga doir fikriari
diqqatga sazovor. Rumiy jamiki «yaratiqlar»ni uch qismga bo‘ladi.
Birinchisi - malaklar; ular faqat aql egalaridir. Parvardigorga ibodat
qilish, Unga qul bo‘lish va Uni doimo zikr qilish ularning tabiatida
mavjud. Ikkinchisi - hayvonlar; ularda shahvoniylik kuchli b o iib ,
ularni yomonlikdan qaytaruvchi aqllari yo‘q. Uchinchisi - inson.
Inson yuqoridagi ikki yaratiqlikning xususiyatlarini, ya’ni, aql va
shahvatni mujassam qilgan zavolli zot. Biroq Rumiy insonni
malaklardan ham, hayvonlardan ham ustun, deb biladi. Chunki
insonda ikki yaratiqlikda mavjud bo‘lmagan ixtiyor erkinligi bor.
Aytish lozimki, aynan ana shu ixtiyor erkinligi sabab inson fazilat
va illat egasidir. Negaki, Malaklar aql egalari b o ‘lsalar-da, o ‘z
xohishlaricha biror-bir faoliyatni amalga oshira olmaydilar; ular faqat
Xudoning buyrug‘inigina bajaradilar. Hayvonlar o ‘z faoliyatini aql
bilan boshqarishdan ko‘ra, ko‘proq, mayllar (instinktlar), shartli
va sharsiz reflekslar orqali amalga oshiradi. Inson esa ixtiyor erkinligi
yordamida goh malaklarga, gohida hayvonga tenglashadi. Demakki,
inson ikki qutbdan iborat: shahvat qo‘zg‘atuvchi narsalar uning
hayvonlik tarafining oziqasi bo‘lsa, insonlik tarafining oziqasi esa
bilim, aqldir.
M a’lumki, insonning botiniy go^zalligi bevosita axloqiy fazilatlar
va axloqiy munosabatlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki
axloq, aw alo, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida inson kamolotida
muhim ahamiyatga ega. Bu xususda akademik E.Yusupov: «Axloq
insonning konkret sharoitlarda bo‘layotgan voqea va hodisalarga
mustaqil baho berishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi
hamdir, - deydi. - Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida
alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o ‘z-o‘zini idora
qilish shakllari va m e’yori, o ‘zaro muloqot va munosabatda ularga
xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir.
Axloq yo‘q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat
yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va maqsadi,
jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va
www.ziyouz.com kutubxonasi
yom onlik, yovuzlik, haqlilik va nohaqlikka nisbatan muayyan
munosabat shakllanadi»1.
Ana shu jihatdan xuiq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida
insonlararo muomala madaniyatining muhim mezonini tashkil eta
di. Biroq xulq ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisi - yaxshi,
chiroyli xulqlar. В unga shirinsuxanlik, muloyimlik, halollik. iffat,
diyonat, or-nom us, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik,
g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik,
vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy
tuyg‘ular kiradi. Bular o ‘z navbatida insonda xulq go‘zalligini na
moyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan yuksaltiradi.
Ikkinchisi - yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik,
ta'm agirlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, badnafslik,
badniyatlik, badjahllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik,
bevafolik, berahmlik, tovlamachilik, bexayolik singari illatlar kiradi.
Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi va m a’naviyatini qash-
shoqlashtiradi. Mazkur illatlami odat qilgan kishilar umum tasav-
vurida jirkanchtaassurot qoldiradi. Bu xususda ma’rifatparvar alloma
Abdulla Avloniy shunday degan edi: «Bu sanagan yomon xulqlaming
fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof
muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, yaxshilarini
tinglab, amal qilmak, yomonlarini anglab, hazar qilmak lozimdur.
Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlami eshitub
va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o ‘qub, bilub, o ‘zini
tiymak, q o id a n kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu
fano dunyodan yaxshilik otini olub ketmakdadur»2.
Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o ‘zingizga
loyiq so‘z so'zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash
barobarida o ‘z og‘zimiz orasidagi tilni «ehtiyot» bo£lib, o ‘ylab
ishlatish kerak demakdir. Chunki so‘z insonning daraja va kamolini,
ilm va fazlini ko‘rsatadigan mezon boMib, aql sohiblari kishining
dihdagi fikr va niyatini, ilm va quwatini, qadr va qiymatini so‘zlagan
so‘zidan biladilar. Zero, so‘z insonning qiymati qadar qadrlidir.
1 Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Т.: Yangi asr
avlodi, 1998. 116 b.
2 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 tomlik. 2-t. Т.: Ma’naviyat, 1998
71 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shirin so‘z ilonni inidan chiqarganidek, muloyim so‘z vahshiylarni
ulfatga aylantiradi. Shuning uchun do‘stu dushman bilan muomalada
ehson yo‘lini tutish lozimki, bunda do‘stlaming m ehru-m uhabbati
ortadi, dushmanlarning adovati kamayadi.
Sharq hikmatlari durdonalarida yaxshi xulqning o ‘nta belgisi
alohida ko‘rsatib o ‘tiladi. Bular: 1. Bo‘lar-bo‘lmasga odam lar bilan
janjallashmaslik. 2. Insoflilik. 3. Birovning aybini qidirmaslik. 4. Biror
kishidan noloyiq ish sodir b o ‘lsa, uni yaxshilik yo‘liga solib
yuborishlik. 5. Agar aybdor o ‘z aybini bo‘yniga olsa, uni kechirish.
6. Muhtojlarning hojatini chiqarish. 7. Boshqalarga yordam qo‘lini
cho‘zish. 0 ‘z nafsini tiya bilishlik. Boshqalarga ochiq chehra bilan
muomala qilishlik. 10. Doimo yaxshi so‘zlash.
Ushbu yaxshi xulqlar ichidagi uchta belgi ya’ni, «Bo£lar-bo‘lmasga
odamlar bilan janjallashmaslik», «Boshqalarga ochiq chehra bilan
muomala qilishlik», «Doimo yaxshi so‘zlash» insonning xatti-harakati
bilan emas, balki chiroyli, shirin so‘zi natijasida amalga oshadigan
axloqiy hodisalardir.
Shuningdek, boshqaruvda, muloqotda so‘zga, ayniqsa, shirin-
so‘zga e’tibor Sharq odobining ziynati sanaladi. Bu borada «Qobus-
noma»dagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Har so‘zni haloyiqqa zohir
qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul bo‘lsun va haloyiq
sening so‘z bila baland martabaga egalig‘ingni bilsunlar. Nedinkim,
kishining martabasini so‘z bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini
kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o ‘z so‘zining ostida
pinhondur, ya’ni bir so‘zni bir iborat bila aytsa bo‘lur, eshitg‘on
kishining esa ko‘ngli undin tiyra bo‘lgkay va yana o ‘shal so‘zni bir
ibrat bila aytsa bo‘lurkim, eshitg‘on kishining oni undin rohatda
bo‘lg‘ay»1. Shuning uchun odamlaiga achchiq va dag£al so‘zlamaslik
lozim. Zero, dag‘allik misli olov, kuydirguvchi yo‘ldir.
Umuman olganda, sharq xalqlari pandnom alarida, hikmatla-
rida shirinso‘zlikning inson hayotidagi o ‘m i beqiyos ekanligi m uta-
fakkirlar nazaridan chetda qolgan emas. Biz ana shu a n ’analam i
davom ettirishimiz, ulardan tegishli xulosalar chiqarishimiz m aq
sadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirda «barkamollik» iborasi kundalik hayotimizda tez-tez tilga
olinmoqda; «barkamol jamiyat», «barkamol inson», «barkamol
1 Kaykovus. Qobusnoma. Т.: Istiqlol, 1994. 98 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
oila», «barkamol farzand» kabi iboralarshularjumlasidandir. Insonga
nisbatan qoilaniladigan barkamollik ko‘z o ‘ngimizda ham ma’nan
ham jism onan kamolotga yetgan, o‘zida yetuk axloqiy fazilatlarni
mujassam qilgan, zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan shaxsning si-
fati tarzida gavdalanadi.
Aytish kerakki, inson barkamolligi nisbiy bo‘lib, zamon bilan
h a m n a fa s o ‘z g a rib , y a n g ila n ib bo rad i. Ja m iy a t va inson
munosabatlaridagi eng go‘zal axloqiy fazilat o‘sha davr uchun dolzarb
bo‘lgan muammo darajasiga ko4ariladi. Xususan, 0 ‘rta asrlarda
barkamol inson diniy e ’tiqodi mustahkam shaxs sifatida tasvirlanadi.
Jum ladan, tasaw u f nuqtai nazariga ko‘ra, komil inson dunyoning
foniy ekanligini anglagan va shunga yarasha turmush tarzini yaratgan,
zebu ziynat, molu dunyoga xirs qo‘ymaydigan, aksincha, ilohiy
fazilatlarni suyuvchi va Ollohga ko‘ngil bergan kishidir. Ana shunday
martabaga erishgan kishilar esa «Valiulloh», «qibla», «g‘avs», «qutb»,
«Avtod», «Abdol» deya ulug‘langanlar. Bu borada, Aziziddin Nasafiy
komil insonga ta ’rif berib yozadi; «Bilgilki, komil inson deb shariat
va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu
iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin; bilgilki, komil
inson shunday insondirkim, unda quyidagi to ‘rt narsa kamolga yet
gan boUsin; yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif»1.
Ayniqsa, Jaloliddin Rumiyning insoniyatni ezgu amallar qilishga
undovchi «M a’naviy masnaviy» nomli falsafiy asarida komil insonga
qo‘yiladigan talablar, bajarilajak vazifalar, inson buyukligining siri
nimada ekanligiga doir qarashlari chiroyli tashbehlar orqali bayon
qilinadi. Jumladan, Mavlono nay vositasi orqali komil inson shaxsiga
e’tiborni qaratadi2. Zero, nay ruhiyatga oro berishi, insonni iztirob,
g‘ashlikdan xalos etishi va o ‘zi ham bu borada beg‘araz ekaniigi
bilan komil insonga o ‘hshashdir.
XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib, mamlakatimizda erkin
fuqaro m a’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish oldimizda turgan
muhim vazifaga aylandi. Shuning barobarida inson barkamolligi degan
tushuncha ham yangicha ma’no kasb etmoqda. Shu bois milliy istiqlol
1 Iqtibos.: Kornilov N. Tasawuf. (Birinchi kitob). Т.: Yozuvchi, 1996. b.
147 b.
2 Qarang.: Rumiy Jaloliddin. Ma’naviy masnaviy. Т.: «Sharq» nashriyot-
matbaa konsernining bosh tahririyati, 1999. b. 35 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
mafkurasida komil inson g‘oyasiga jiddiy e ’tibor qaratilganligi bejiz
emas. Chunki «Komil inson g‘oyasi nafaqat alohida shaxslami, balki
butun-butun xalqlarni yuksak taraqqiyot sari yetaklagan, ularni
m a’naviy va m a’rifiy sohasida tengsiz yutuqqa ilhomlantirgan»1.
Bugungi kunda inson barkamolligi deganda aw alo, o‘z haq-
huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan,
tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil m uno-
sabat bilan yondashadigan, o ‘z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va
xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, o ‘zini jamiyatning
ajralmas qismi deb his etadigan, zamonaviy bilimlarni mukammal
egallagan, m a’naviy jihatdan yuksak, jism onan baquvvat erkin shaxs
tushuniladi.
Ta’kidlash o ‘rinliki, inson barkamolligi barcha davrlarda dolzarb
masala bo4lib kelgan. Bu borada faylasuflar tom onidan turlicha fikrlar
bildirilgan. Xususan, Ovro‘pa falsafasida barkamol inson iborasi «A’lo
odam» iborasi tarzida qo‘llanilib, u inson ruhiy olamida paydo bo‘luv-
chi turli xil kechinmalarga qiyoslanadi.
Jumladan, rus m a’naviyotchi faylasufi Vladimir Solovyov (1853-
1900) «A’lo odam» («Sverx chelovek») mohiyatini o ‘lim hodisasi
orqali izohlashga harakat qiladi. A’lo odam mutafakkir nazdida,
o ‘lim oldida ojiz qolmaydigan, o ‘limga tik boqadigan, uni bardosh
bilan enga olishga qodir bo‘lgan shaxsdir. Faylasufning nazarida,
insonning mana shu holatga nisbatan jasorati, o ‘z navbatida uni
hayvonot dunyosidan farq qilishini ham anglatadi. Negaki, hayvon
o ‘lim bilan ongli tarzda kurasha olmaydi, o ‘limga qarshi borishga
hayvonning qudrati yetmaydi. Chunki hayvon hayoti davomida o'limi
haqida emas, balki o ‘z ehtiyojini qondirish haqida ko‘proq
o ‘y la y d i.
Shu bois o £lim uning uchun azob emas. Biroq inson mohiyatan tirik
banda. U bu dunyoda abadiy qolmasligini biladi. Bilgani uchun ham
o ‘limni engishga, unga chap berishga harakat qiladi. Shunday ekan,
A’lo odam o ‘lim qarshisida ham o‘zini yo‘qotmasligi, uni mag‘lub
eta oladigan kishi bo‘lishi lozim, degan g‘oyani ilgari suradi, faylasuP.
Mutafakkiming mazkur fikri insonda hayotga nisbatan chuqur
ehtirom, qiziqish hissini uyg‘otadi. Zero, a ’lo odam yohud barkamol
1 Iqtibos.: Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar kitobidan
olindi. Т.: Yangi asr avlodi, 2001.
2 Qarang.: Соловьев В. Сочинение. М.: Мысль, 1990. Т.2. 225 с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
inson deganda mohiyatan tirik, real inson tushuniladi; inson tirik
holidagina o ‘zining a’lo ekanligini, go‘zalligini ko‘proq namoyon
qiladi. G o ‘zallikni yaratish uchun esa insonda aw alo, xotirjamlik,
biror bir narsadan hadiksiramay yashash imkoni boklishi lozim.
OMim insonning ana shu imkoniyatiga xavf soladi.
Biroq boshqa insonlardan farqli o‘laroq, go4zal fazilatli odam
o ‘1im xavfini buyuk falokat deb emas, balki tabiiy holat sifatida qabul
qiladi. Chunki o ‘lim undan hech narsani tortib ololmaydi; a ’lo
odam ning achinishga arziydigan moddiy boyligidan ko‘ra ma’naviy
boyligi bisyor. U о lim qarshisida faqat bir holat uchun cho‘chiydi,
biroq talmovsiramaydi, u ham boMsa, o‘lim tufayli go‘zalliklar yara
tish im k o n iy ati tugaganiga achinadi. M a’rifatparvar allom a
M ah m u d x o ‘ja Behbudiyning qatl oldidagi holati ana shunday
a ’lolikning yorqin timsolidir. U o ‘limi oldidan aytgan edi: «Biz o‘z
qismatim izni bilamiz, am m o bechora xalqimizga o ‘z hayotimizda
nim a qilishimiz mumkin bo ‘lsa, shuni qilganimizni his etish bilan
faxrlanganimizdan o‘limni xotiijam kutmoqdamiz... agar bizning
hayotimiz hurriyat va xalqning baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida
kerak b o ‘lsa, biz o ‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz...
M um kin qadar ko‘proq maktablar ochish, shuningdek, maorif va
xalq saodatini ta ’minlash sohasida tinmay ishlash bizga eng yaxshi
haykal bo‘ladi»‘.
XX asr G ‘arb falsafasi «A’lo odam» tushunchasini o‘ziga xos
tarzda talqin qildi. Jumladan, ruhiy tahlil falsafasining asoschisi
Zigm und Freyd (1856-1936) inson ongi qa’ridagi kechinmalarni
tahlil qilib, insonning «men»iga doir yangicha qarashlarni ilgari
surdi. U inson ongining tubida yashiringan sirli dardini topishga va
inson ruhiyatidagi juda ko‘p mayda-chuyda farazlar, gumonlar,
kechinm alarning «siniq» parchalarini birlashtirib, hosil bo‘lgan
tasvirda insonning yashirin ruhiy olamini ko‘rishga intildi.
Inson faoliyatida «men»ning boshqaruvchilik ahamiyatini Freyd
muayyan sharoitlarda insonning o ‘z istaklari ustidan hukmron
b o ‘lishga intilishi, vaziyatga qarab xulosa chiqarish va baho berish
xususiyatiga ega ekanligi bilan belgilaydi. Freyd «Men»ni xuddi asov
ot mingan chavandozga o‘xshatadi, ya’ni «Men» o ‘z xirslarini jilovlay
1 Iqtibos: Qosimov B. Maslakdoshlar. Т.: «Sharq» nashriyot-matbaa
konsernining bosh tahririyati, 1994. 39 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
olishi va o‘ziga bo‘ysundirishi kerak. Shundagina «Men» o‘z faoliyati
orqali o ‘zga bir «U»ning ixtiyorini ham o ‘zlashtiradi. Bu xususda u,
shunday deydi: «Agarda «Men» faqat «U»ning idrok tizimida muhim
ta ’sirga ega hamda «U»ning biror bo‘lagi yohud qalb olami tubida
turib, zohiriy olamning rahnamosi bo‘lganidami, unda barchasi oddiy
tarzda kechardi. Biroq bu erda o‘zga bir tushuncha paydo bo‘ladi. Ana
shu tushuncha «A’lo Men» deb ataladi»1 (tarjima bizniki).
Freydning «A’lo Men»i insonni doimiy tarzda o ‘z ishiga ongli
munosabatda boiishiga talabchanligi bilan ahamiyatlidir. Zotan,
insonda boshqalar faoliyatini baholash va tahlil qilish barobarida
o‘z-o‘zini ham tanqid qilish imkoni mavjud. Insonni o ‘z-o ‘ziga
nisbatan bu tariqa yondashuvi doimo uni «zo‘rlar zo‘ri» bo‘lishga
undaydi. Bu, pirovardida, insonni o ‘z hayotini go‘zallashtirishga
mas’ul ekanligini hamda xunuklikdan xavotirlanish tuygcularini
shakllantiradi. Havotirlanishtuyg‘ulari esa, inson kamolotida xulqiy
go‘zallikning qaror topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni aytish lozimki, biz nazarda tutayotgan xavotir, avvalo
qo‘rquv, biror bir qilingan nojo‘ya ishdan hadiksirash emas, balki
o‘z-o‘zini so‘roqlash, tanqid qilish va baholash natijasida yuzaga
keladigan holatdir. Shuningdek, xavotir insonni inson uchun mas’ul
ekanligini eslatib turadi. Ana shularni to ‘g‘ri anglash orqali shaxs
o ‘zini takomillashtirib boradi.
Inson dunyosini moddiy dunyodan farqlanadigan qadriyatlar
yig‘indisidan tashkil topgan dunyo sifatida talqin qilgan hayotbaxsh
ta ’limot - ekzistensiyachilik aynan ana shunday xavotiming inson
uchun zarurligini qat’iy himoya qiladi. Bu borada mazkur ta ’limot-
ning yetakchi namoyandasi Jan Pol Sartr (1905-1980) insondagi
«xavotir», «umidsizlik», «o‘z holiga tashlab qo‘yilganlik» tushuncha-
lari zamirida insonni buyuk maqsadlarga da’vat etish mavjudligini
o‘zining «Ekzistensializm to kg‘risida» asari orqali bayon qilib beradi.
Insonni xavotir deb bilgan Sartr, nimagadir qaror qilgan inson
o‘z xususiy mavjudligini tanlamasligini, balki u ayni paytda o ‘zi
bilan birga butun insoniyatni ham tanlaydigan qonun chiqaruvchi
zot ekanligini, to ‘liq va teran javobgarlik hissidan qochib qutula
olmasligini xavotir tushunchasi orqali izohlashga harakat qiladi.
1 Фрейд 3. Психология бессознательного. М.: Просвещение, 1990.
439 с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
D arhaqiqat, xavotir har bir insonda mavjud. Biroq inson uni
yolg‘on bilan xaspo‘shlashga urinadi. Kim bo‘lishidan va qanday
vazifani bajarishidan qat’iy nazar, har bir inson o‘z xavotiri haqida
qayg‘ursa edi, u kimlar uchun m as’ul ekanligini, qanday odamlar
unga um id ko‘zi bilan tikilib turganligini his etgan, o ‘zidagi mavjud
xunukliklardan tezroq xalos bo‘lishga harakat qilgan bo‘lur edi.
Sartrning m ana bu fikri esa biz aytgan gaplami tasdiqlaydi; «Har
bir inson uchun ham m a narsa shunday sodir boMadiki, go‘yoki
butun insoniyatning nigohi unga qaratilgandek, go‘yo hamma o p i
ning harakatini uning qilmishlariga moslayotgandek. Zotan, har
bir inson o ‘z-o ‘ziga: «Haqiqatan ham qilmishlarimdan butun in
soniyat nam una oladigan tarzda harakat qilishga mening haqqim
bormi?», deyishi kerak. Agar u shu gapni aytmasa, demak, u o ‘z
xavotirini o ‘zidan yashirgan bo‘ladi. Gap bu yerda kvietchilikka*,
harakatsizlikka olib boradigan tuyg‘u haqida ketayotgani yo‘q. Bu
qay darajadadir m as’uliyatni o ‘z bo*yniga olgan har bir kishiga
m a’lum b o ‘lgan xavotirdir»1.
Sartrning mazkur fikri bugungi kunning eng dolzarb vazifasi
darajasiga ko‘tarilgan: «Menga jamiyat nima berdi, deb emas, balki
men jamiyat uchun nima qilyapman?» degan ichki talabni hayotning
mazmuniga aylantirish borasidagi buyuk maqsad bilan hamohangdir.
Inson xavotiri borasida g‘arb faylasufi Erix Fromm (1900-1985)
ham o ‘ziga xos fikrlarni o ‘rtaga tashladi. Sartrdan farqli o ‘laroq,
From m xavotir masalasida e ’tiborni texnogensivilizatsiyaga qaratdi;
odamni robotga aylanib qolishidan xavotiiiandi. Frommning nazarida,
hozirgi zam on kishisi o ‘zi Ь аф о etgan ijtimoiy va iqtisodiy kuchlar
qarshisida ojiz, u o‘z qo‘li bilan Ь аф о etgan narsalarga sajda qiladi.
Darhaqiqat, jahon urushlari va mintaqaviy mojarolarning guvohi
b o ‘lgan XX asrda yadroviy sinovlar, k o in o tn i o ‘zlashtirish,
kom pyuter texnologiyalari va shu kabi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot
ro‘y berdi. Biroq XX asrda ajdodlarimizning ming yillik tajribalari
* Izoh. XVIII asrdan shakllana boshlagan diniy-axloqiy ta’limot. Ezgulikka
xam yovuzlikka ham Xudoning irodasidan, takdiri azaldan degan qarashni
targ‘ib etgan va faollikdan chekinishga, ijtimoiy aloqalarni nihoyatda
kamaytirish vositasida axlokiy poklikni saqlab qolishga chaqirgan.
1 Sartr Jan Pol. Ekzistensiyalizm to‘g‘risida / / Jahon adabiyoti jumali.
1995. №5.
www.ziyouz.com kutubxonasi
natijasida sayqal topgan m a’naviy-axloqiy q ad riy atlar m isli
ko‘rilmagan darajada e’tiborsizlikka mahkum etilganini, muhabbat,
ezgulik, go‘zallik deb atalgan buyuk tuyg‘ular m a’lum m a’noda
ermakka aylanib qolganini, ularga to ‘laqonli jiddiy m unosabat
boim ayotganini e’tibordan soqit qilmaslik zarur. Bunday holat
m a’naviy inqiroz degani. Ana shu ma’naviy inqirozlar tufayli inson
bir-biridan begonalashdi. Fromm esa bularni tahlil qilib, o ‘z oldiga
«Inson kelajakdan nimani kutishi mumkin? Urushga va robotga
qarama-qarshi qo‘ysa bo‘ladigan qanday muqobil narsa bor?» degan
savolni o‘rtaga tashlaydi. Bunga javoban: «U (inson-X.B) yangidan
o ‘z-o ‘zini anglab olmog‘i, yangidan sevishga o ‘rganm ogci, o ‘z
faoliyatini mazmunga to ‘ldirib, aniqlashtirmog‘i talab qilinadi. U
moddiyunlikka qaramlik chegaralarini tark etib, shunday bir darajaga
ko‘tarilmog‘i lozimki, bunda muhabbat, haqiqat va adolat kabi
m a’naviy qadriyatlar uning uchun chindan-da oliy m a’no kasb etadi.
Ammo bizning hayotimizni xoh moddiy bo‘lsin, xoh m a’naviy-
faqat bitta tomoninigina o ‘zgartirishga intilish m uqarrar tarzda
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Darhaqiqat, faqat bir sohadagina
taraqqiyot yuz bersa, bu boshqa sohalardagi taraqqiyotni xarob
etadi.., sotsializm esa faqat iqtisodiy rivojlanish to ‘g‘risidagina
o ‘ylagani uchun stalinizmni maydonga keltirdi»1.
Ko‘rinib turibdiki, texnogensivilizatsiyaning markazi hisoblan-
gan, faqat ko‘zga ko‘rinib turgan, aql va idrokka asoslangan
borliqnigina tan olgan G ‘arbning ikki mutafakkiri ham inson xulqiy
go4zalligini takom illashtirishda ko‘h n a Sharqning allaqachon
tajribasidan o‘tgan axloqiy muhit muammosiga e ’tibomi qaratmoqda.
Shu bois ular insoning tubanlashuvidan qutilish yo‘lini axloqiy
muhit — etikosferani yaratishdan iborat, deb bildilar.
H o‘sh, turli davlatlar, turli siyosiy kuchlarning bir-biriga zid
bo‘lgan manfaatlari o‘zaro to £qnash kelayotgan bugungi murakkab
jarayonda bu kabi muammolami qanday hal qilish mumkin?
Biz, insoniy go‘zallikni takom illashtirish yo‘lida quyidagi
tavsiyalami maqsadga muvofiq, deb bilamiz;
B irinchidan, inson g o ‘zalligining m a ’naviy va jism o n iy
tomonlarini uyg‘unlashtirishga erishish.
1 Fromm Erix. Insonning hozirgi holati. / / Jahon adabiyoti jumali. 2000.
№ 1.-109 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunda har ikki tomonning eng ilg‘or qadriyatlariga e’tibor qara-
tilib, ular turli xil tadbirlar orqali insonning turmush tarziga sing-
diriladi.
Ikkinchidan, tarbiyaning axloqiy, pedagogik, huquqiy, siyo-
siy, iqtisodiy shakllarini tarbiyaning oliy shakli boMgan estetik tar
biya bilan hamohang tarzda olib borish.
Estetik tarbiya yohud tuyg‘ular tarbiyasi shu m a’noda tarbiya
ning eng oliy ko‘rinishiki, inson tug‘ilganidan boshlab, umrining
so‘nggi pallasigacha unga ehtiyoj sezib yashaydi. Chunki estetik tarbiya
o ‘zining keng qamrovliligi bilan inson hayotiga san’at, adabiyot,
m atbuot, reklama, mehnat vositalari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur
ta ’sirning to 4g‘ri yo‘naltirilishi o ‘z navbatida insonni;
- tug‘ilib o ‘sgan ona zam inini sevishga, uning qismatini o‘z
qismati deb bilishi, unga sidqidildan xizmat qilishga;
- mustaqil 0 ‘zbekistonning kelajagi buyuk ekanligiga va o ‘zbek
nom ini yanada keng tarannum etishga;
- taraqqiyotning umum bashariy qonuniyatlari va ularning ijobiy
natijalarini o ‘zlashtirishga;
- jism onan va ruhan sog‘lom bo‘lish barobarida ilm -m a’rifatga,
hunar va san’atga m ehr qo‘yishga;
- zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
voris bo ‘lgan tafakkuri ozod insonlar bo‘lishga undaydi.
U chinchidan, insonlarning estetik tafakkurini tubdan o ‘zgar-
tirish, ijodiy fikrlashni shakllantirish, bunyodkorlikka intilish tuy-
g‘ularini o ‘stirish lozim.
T o krtinchidan, har bir insonda tinchlik, osoyishtalik, ogohlik
tuyg‘ularini hayotiy zaruriyatga aylantirish, jamiyat rivoji uchun
m as’ullik hissini uyg‘otish zarur.
Bularning barchasi jamiyat hayotida, inson faoliyatida «yo hayot
yo mamot» hisoblangan tarbiya masalasi bilan bog‘liq tarzda amal
ga oshadi.
Bugungi kunda m a’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga
yetkazish masalasi umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifaga
aylangan. C hunki butun dunyoda globallashuv jarayoni ketayot-
gan hozirgi davrda turli xil mafkuraviy kuchlarning ta ’siriga
berilish, bu kuchlarning g‘arazli, g‘ayriinsoniy maqsadlarni amalga
oshirish jarayonida bilib-bilm ay ishtirok etish holatlari tez-tez
uchrab turibdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Endilikda mazkur bo‘shliqni toMdirish, xalqni turli xil tajovuz-
lardan himoya qilish zaruriy holga aylandi. Yosh avlodni ana shun
day tajovuzlardan himoya qilish uchun xalqimizning azaliy an ’-
analariga, dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanish ham da um um in-
soniy va zamonaviy yutuqlarga tayanish zarur.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, go‘zallik m a’naviy
qadriyatlar tizimida muhim ahamiyat kasb etadigan va jamiyat hayoti
uchun zarur bo‘lgan dolzarb muammo sanaladi. Shuni inobatga
olgan holda, m a’naviy qadriyatlar tizimida go‘zallikning o ‘rnini-
xalqimizning azaliy an ’analariga, udumlariga, ruhiyatiga asoslanib
kelajakka ishonch va m a’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirish bilan
belgilashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Zero, qadriyatlarsiz
inson, jamiyat, tuzum boMmaganidek, ular go‘zalliksiz ham yashay
olmaydi. Qadriyatlaming go‘zalligi inson barkamolligiga, jamiyat
ravnaqiga, tuzumning insonparvarligiga xizmat qiladi. Aksincha,
m ohiyatan go‘zallikka xizmat qilmaydigan qadriyatlar ustuvor
bo‘lgan jamiyat, inson, tuzum asta-sekin inqirozga yuz tutadi. Zo-
tan, I.A.Karimov ta ’kidlaganlaridek, «Biz Ьаф о etayotgan yangi
jamiyat yuksak m a’naviyat va axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni
rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g‘oyasi
va mafkurasiga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga
asoslanadi. Jamiyatni ma’naviy yanglishdan ko‘zlangan bosh maqsad
- yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligiga va farovonligiga
erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo
totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘p-ko‘p masalalardan iborat»1.
4.2. Shaxs kamolotida qalb go‘zalligi va tashqi
chiroy uyg‘unligi
XX asr bo‘sag‘asiga kelib, dunyoning siyosiy manzarasi tubdan
o ‘zgardi. Bashariyat XX asr oxirida, qator muammolarga duch keldi:
o ‘zaro nizolar, m a’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm ,
ekologik bo‘hronlar shular jumlasidandir. Shuning bilan birga, ki-
shilik jamiyati insonda oliyjanob fazilatlarni shakllantirdi, rivojlan-
tirdi, ayni paytda g‘ayriinsoniylikning turli xil ko‘rinishlarini ham o ‘z
1 Karimov I. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga isho-
naman.-T.: 0 ‘zbekiston. 2000. 10-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshidan o‘tkazdi. Afsuslar bo‘lsinki, insoniyatning butun tarixi davo-
mida bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi va kelmoqda. Bugungi
kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotganligiga
e ’tibor qaratgan holda aytishmiz mumkinki, insoniy go‘zallikka do
ir estetik ideallarni yaratish masalasi hayotiy zaruriyatga aylandi.
Endilikda dunyo afkor omm asi inson go‘zalligini mukam-
mallashtirishda o kziga xos yo‘ldan bormoqda. Shulardan eng muhimi
insoniy go‘zallik masalasidir.
Yuqorida ta ’kidlaganimizdek, inson va go‘zallik masalasi azaldan
jam iyatning diqqat markazida turgan masalalardan hisoblanadi. Bu
borada ilmiy manbalarda talaygina mulohazalar bildirilgan. Ayrimlar
inson go‘zalligini belgilashda uning tashqi qiyofasiga qarab baho be
rish kerakligini uqtirsalar, ikkinchi qarash tarafdorlari-inson go‘-
zalligi uning axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi, degan g‘oyani ilgari
suradilar. Shulardan ikkinchi g‘oya tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil
qiladi. Biz esa mazkur ikki qarashni inkor etmagan holda, uchinchi
qarashni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Ya’ni, inson kamolotida
go‘zallik zohiriy yoki botiniy tomonlardan birining ustuvorligi bilan
em as, balki ikkala tom o nn in g uyg‘unligiga asoslanadi; birini
ikkinchisidan ajratish inson go‘zalligi haqida to ‘laqonli tasaw urni
bermaydi. Zotan, axloqiy fazilatlar insonning botiniy go^alligini
m ustahkam lasa, zohiriy (tashqi) ko‘rinish ham insonga ijobiy
tuyg‘ular bahsh etadi.
Aksariyat hollarda insonning tashqi go‘zalligiga nisbatan yuzaki
munosabat bildiriladi; tashqi go‘zallik shaxsning chinakam «Men»ini
namoyon qilisliiga to ‘sqinlik qiluvchi, o‘tkinchi hodisa sifatida qaraladi.
Jum ladan, qadim gi hind hikm atnom asi «Kalila va Dimna»da
yoshlarning go‘zalligi dunyoda o ‘tkinchi bo‘lgan narsalar sirasiga
kiritilsa, XX asr turk m utasaw if allomasi Muhammad Zohid Qutqu
esa «Tasaw uf axloqi» nomli asarida «Shubhasizki, ko‘ngil go‘zalli-
gi, vujud go^alligidan bag‘oyat a ’lo va afzaldir.» -deb uqtiradi1. Ko4r-
kam xulqning go‘zal yuz fazilatiga nisbatan ustuvorligini mazkur
fikrlar orqali bilib olish qiyin emas.
Ammo bu fikrlar bir oz bahsli. Chunki insonning tashqi go‘zalligi
muayyan holatlarda shaxsning o‘zigagina emas, balki boshqalaming
1
Qutqu Muhammad Zohid. Tasavvufi ahlak. Kirilay-Ankara. SEHA.
1982. 154 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada buyuk donishmand
G ‘iyosiddin Abulfath U m ar Xayyomning «Navro‘znoma» asarida
bayon etilgan mana bu fikrlar diqqatga sazovordir: «Go‘za!lik barcha
tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi. Dunyoda yaxshi
narsalar ko‘p, ularni ko4rib bahramand bo‘lish odam larni shod
etadi va tabiatlarini pokiza qiladi, ammo hech narsa go‘zal yuz o ‘rnini
bosa olmaydi, chunki go‘zal yuz shunday quvonch bahsh etadiki,
boshqa hech qanday quvonch unga teng kelolmaydi. Aytadilarki,
go‘zal yuz dunyoga saodat sababchisidir. Agar go4zal yuz yana yaxshi
xulq bilan uyg‘unlashsa, baxt-saodatning eng yuqori darajasi bo‘ladi.
Agar odam ham tashqi ko‘rinishdan, ham tabiati bilan yaxshi bo‘l-
sa, Xudo va odamlar uchun sevimlidir. G o ‘zal yuz to ‘rt fazilatga
egadir. Ulardan biri shuki, go‘zal yuz uni ko‘rgan odamning shu
kunini xayrli etadi, ikkinchisi, hayotdan bahram and bo‘lish onla-
rini shirin qiladi, uchinchisi, u odamni ochiq ko‘ngilli va oliyjanob
etadi, to £rtinchisi, boylikni ko‘paytiradi va yuqori mansab ato qiladi»1.
Allomaning mazkur fikri insonning zohiriy go‘zalligiga doir mav-
jud munozaralarga oydinlik kiritadi.
Shuningdek, tashqi jamol va ichki jamolning uyg‘unligi natijasida
yuzaga keladigan ijobiy holatni alloma A.Fitrat «Oila» risolasida sodda
qilib quyidagicha ifodalagan edi: «...Yuqorida zikr etilgan go‘zallik
(jamol) haqidagi so'zlarimiz zohiriy (tashqi) jamoldir. Agarda u botiniy
(ichki) jamol bilan, ya’ni yaxshi xulq bilan bogMiq bo‘lmasa, bir
tiyinga qimmat. Kimki o ‘z ixtiyori tizginini hayvoniy shahvat qo‘liga
bermagan ekan, doimo ichki jamolini tashqi go‘zalligi bilan, ya’ni
husni ahloqini qora ko‘zlar va kamon qoshlar bilan ziynatlaydi»2.
Bir so‘z bilan aytganda, tashqi go‘zallik inson go‘zalligining
mukammallashuvida o ‘ziga xos ahamiyatga ega. Biroq xunuklikning
shunday unsurlari mavjudki (fikrimiz xunuk yuzga daxldor emas-
X.B.), ular bevosita go‘zal yuz fazilatlarining takomillashuviga sal
biy ta ’sir ko‘rsatadi. Mazkur unsurlarni yuzaga kelishiga tashqi
ta ’sirdan ko‘ra, ko‘proq shaxsning o ‘zi sababchi bo‘lib qoladi:
bachkanalik, kaltabinlik, q o ‘rslik, hu sn ni su iste’mol qilish,
manmanlik, riyokorlik kabilar insonning tashqi go‘zalligiga rahna
soluvchi xunuklik unsurlari sanaladi.
1 UmarXayyom. Navro‘znoma. Т.: Mehnat. 1990. 54 b.
2 Fitrat Abdurauf. Oila yoki oilani boshqarish tartiblari.-T.: Ma’naviyat.
1998. 24 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M azkur fikrlardan kelib chiqqan holda, aytishimiz mumkinki,
so‘z, fikr, niyat, amal insonning axloqiy-estetik faoliyatida hamda
xulqiy go‘zallikka erishish yo‘lidagi maqsad va intilishlariga asos
bo‘ladigan, insonni to ‘g‘ri faoliyatga undaydigan ma’naviy omillardir.
Bugungi kunda erkin fuqaro m a’naviyatini, ozod shaxsni
shakllantirish masalasi oldimizda turgan muhim vazifaga aylandi.
Shuning barobarida inson barkamolligi degan tushuncha ham yangicha
m a’no kasb etmoqda. Shu bois milliy istiqlol mafkurasida komil
inson g‘oyasi muhim g‘oyalardan biri sifatida e’tirof yetilganligi bejiz
emas. Chunki “Komil inson g‘oyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki
b u tu n -b u tu n xalqlarni yuksak taraqqiyot sari etaklagan, ularni
m a’naviy va m a’rifiy sohasida tengsiz yutuqqa ilhomlantirgan»1.
U m um an olganda, yaxshi so‘z, shirin kalom, chiroyli muomala
inson go‘zalligining sifatlaridan hisoblanadi. Aksincha, tili yomon
odam xalq ko‘nglini jarohatlaydi, o ‘z boshiga ham ofat keltiradi.
So‘zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham
aytadilarki: «nafasning joni bor». O'zi xunuk, gapi bem a’ni, ovozi
yoqimsiz odam dan yaxshilikni umid qilish befoydadir. Bu xususda
M avlono Avloniy deydilar:
Dostları ilə paylaş: |