Quvonsin Axura-M azda-
Eng loyiq haqning irodasi ro 'yobga chiqib,
Axriman d a f b o ‘Isin.
Ezgu о У, ezgu so (z va ezgu ishlarni alqayman,
О ‘zimni butkul ezgu о У, ezgu so ‘z va ezgu amallarga
baxshida etaman,
Qabih o y , yomon s o ez va yomon ishlardan tiyaman»1.
Shuni ta ’kidlash lozimki, mazkur fikrlar oddiy fikr, oddiy so‘z,
oddiy amal emas, balki tam om an xunuklikdan, yovuzlikdan xoli
b o ‘lgan ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amaldir. Bu holat «Avesto»da jon
va tana tafsiloti bilan bog‘liq bo‘lgan XXII Yashtda batafsil bayon
etiladi. Y a’ni, insonlarning bu dunyoda qilgan ezgu a ’mollari,
yaxshiliklari, ulug‘vor ishlari uning oxiratda go‘zal ruh timsolida
nam oyon bo‘lishini ta ’minlaydi. «Yorug‘ dunyoda yaxshi amallar
qilgan yigitning joni, ruhi go‘zaldir. Yigitning ruhi qiz siymosida
«Muloyim edim yanada muloyimroq qilding, chiroyli edim yanada
go‘zal qilding, baland edim, ezgu fikrat, ezgu kalom va ezgu amallar
bilan meni yanada balandroq ko‘tarding» deydi...» Gunohkor joni
hayot chog‘ida ko‘rmagan xunuk, badbashara bir qizni uchratadi.
«Ey qora yurak, zahar tilli munofiq gunohkor,-deydi u,- men qiz
em asm an, sen hayotda qilgan yomon amallaringman. Chunki sen
h ay o td a X udoga e ’tiqod q o ‘yganlarni ko‘rib turib, devlarga
1 Avesto. Asha alqovi / / SogMom avlod uchun jurnali. 1996. №5-6. 12-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
sig‘ingansan. Yaqin-uzoqdan kelgan musofir odamlarga boshpana
berganda, mehnat qilganda, xayr-sadaqa ulashganda yaxshi odamlami
kamsitib, haqorat qilgansan, eshigingni yopib qo‘ygansan. Haqqoniy
hukm chiqarilganda, pora olinmaganda, to ‘g‘ri guvohlik berilganda
va to ‘g‘ri gapirganda, sen ko‘rib turib, adolatsizlik, nohaqlik qilib,
yolg‘on so‘zlar aytgansan. Ol! Men sen o ‘ylagan, aytgan va qilgan
yomon fikrat, yomon kalom va yomon amallaringman. Nomussiz
edim, sen tufayli battar o‘mimni yo‘qotdim, jirkanch edim, yanada
nafratli bo‘ldim, sharmanda edim, battar rasvo bo^dim »1.
«Avesto»dagi mazkur fikrlar asotir (mifologiya) sifatida aks
etsa-da, uning inson xulq go‘zalligini kamol toptirishdagi ahamiyati
beqiyos. Bu borada faylasuf olim T. M ahmudov quyidagi fikmi
bildiradi: «Zaratushtra ta ’limotiga qanchalik chuqur kirib borsak,
unda inson go‘zalligi qanchalik yuksak axloqiy-estetik nuqtai nazardan
talqin etilganligini ko‘ramiz. Inson fikri, so‘zi va ishi bilan go‘zaldir
degan g‘oya «Avesto»ning boshdan oxirigacha asosiy falsafiy-estetik
g‘oya bo‘lib o‘tadi. Xuddi mana shu fazilatlaming mushtarakligi inson
qalbi va amallarining go‘zalligini belgilaydi»2.
So‘z kundalik hayotda fikr almashuv quroli hisoblanadi. Odatda,
o‘zimiz aytayotgan yoki eshitayotgan so‘zlaming butun mohiyati
haqida ko‘p o ‘ylab o ‘tirmaymiz. Bunga hojat ham yo‘q. Bizni gap
zamiridagi natija qiziqtiradi, xolos. Darhaqiqat, so‘z ham jonli narsa.
Uning qudrati insonda hayajon qo‘zg4ab, yuragida ezgu hislar
tug‘dirishida. Xalq bunday so‘zlami ardoqlab kutib oladi: u endi
ma’naviy boylikka aylanadi.
Olamga odamzod sara mavjudot sifatida keldi, u salohiyat, bilim
va zakovatga ega bo‘ldi. Unga tabiat aql va ong ato qildi, so4zlash
qobiliyatini berdi, uni andisha, xushxulq va go‘zal fe’l bilan ta ’minladi.
«So‘z san’atining sirli-sehrli mo‘’jizakor qudrati shundaki-deb
ta ’kidlaydi adabiyotshunos olim U .N o rm ato v ,-u faqat go‘zal
shaxslar, buyuk daho siymolar timsoli emas, oddiy odamlar, afandi
tabiat, dovdir, ziddiyatli kimsalar obrazi orqali ham milliy sha’ni,
dovrug‘ini olamga ko‘z-ko‘z qilaverishi mumkin»3.
1 lqtibos. T.Mahmudovning «Avesto» haqida risolasidan olingan.
2 Mahmudov T. Avesto haqida. Т.: Sharq, 2000. 41 b.
3 Normatov U. Tafakkuryog‘dusi (adabiy-tanqidiy esselar). Т.: 0 ‘zMU.
2005.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oilada yoki jamiyatda sodir bo‘ladigan katta-kichik janjallarni
diqqat bilan kuzatilsa, barchasining sababi, kc‘pincha, qo‘pol so‘z
yoki yomon muomalaga borib taqalishi muqarrar. Bir kishi o‘ylamasdan
gapirib qo‘ysa, boshqasiga shu gap yoqmaydi va natijada bekordan
bekoi^ga janjal kelib chiqadi. Shirinso‘z ko‘pgina muvoffaqiyatlarning
omilidir, aytish joiz bo isa, u taraqqiy etgan jamiyat tashkil etishning
asoslaridandir. Shuning uchun ham bu narsaga barcha tarbiyachilar va
islohchilar katta ahamiyat beradilar. Ular doimo boshqalarga yaxshi
so‘zlam i aytish, muloyim gaplarni tanlashga undaydilar. Yaxshi,
muloyim gapni ishlatish insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini
ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga sazovor qiladi.
Adabiy-tarixiy yodgorliklarimizning har bir zarvarag‘ida, keksa-
larimizning ikki gapining birida ibratli so‘zlarga duch kelaveramiz.
Chunki turmush tajribalari asosida shakllangan shirinso‘zlik, suhbat
ododi va tarbiya masalalarida hamisha muhim o‘rin tutgan. Bugun esa
qalin-qalin kitoblarda ham, zamondoshlarimiz nutqida ham ular juda
kam qo‘llaniladigan bo‘lib qolgan.
Amir Xusrav Dehlaviy suhbat odobiga ko‘p e’tibor qaratgan.
Shoir yom on niyatli, fikri buzuq, sovuq muomala odamlardan yiroq
yurishni maslahat beradi:
Suhbati on kass
, ki ba sidqu safost,
Domani о ‘gir kaz ahll vafost.
Y a’ni, sadoqatli, safoli odam bilan suhbat qur, vafo ahlidan
boMgan kishining etagini ushla, deydi shoir. Shuningdek, Amir
Xusrav manmanlik va takabburlikni qoralaydi. Birovga salom bersang,
am m o u alik olmasdan o ‘tib ketsa, unday odamlardan yaxshilik
chiqishi gumon: «Salomingga javob bermagan kishidan tosh yaxshi,
chunki toshni savob yo‘lida ishtlatish mumkin». Qo‘pol, qo‘rs odamni
shoir devga o‘xshatadi. 0 ‘z boyligi, shavkati bilan kerilib yurganlar
esa, bamisoli o ‘tkinchi sham ol/«sham ol miyani to ‘ldirgan bo‘lsa,
lin d an um id y o ‘q», u ni ham suhbat qilib b o ‘lm aydi - Amir
Xusravning pandi shunaqa. Ulug‘ shoir «Matla’ul anvor» dostonining
t o ‘q q izin ch i m aq olo tid a «boli takabbur» kallasini toMdirgan
kim salam ing ko‘pini ko‘rdim, ular vaysab-vaysab o‘tib ketdilar,
deydi. U m um an, Amir Xusrav bir tomondan, yaxshi xulq, odobni,
ezgulikni targ‘ib etadi, yaxshi xislatlami egallashga da’vat qiladi.
Boshqalarga lutf ko‘rgazish barobarida o‘z yaqinlariga — turmush
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘rtog4, farzandlariga ham mehribon, shirinso‘z bo‘lish zaruriy talab
ekanligini e ’tirof qiladi:
Lutf ba joest, hi do
‘re buy ad,
Bar zariu farzand zaruriy buvad.
Bugungi kunda insonlararo m uloqotda, o d am lar orasida
andishasiz so‘zlar, behayo gaplar, tuturuqsiz fikrlar, mantiqsiz
mulohazalar va shallaqilik ko‘payib borayotganligi achinarli holdir.
Ayniqsa, bozorlarda, jam oat transportlarida, ko‘cha-kuyda bunday
illatlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Eng achinarlisi shundaki,
yomon so‘zlar bilan murojaat qilish, so‘kinib gapirish ziyo mas-
kanlari hisoblanmish ta ’lim muassasalarida, m adaniyat o ‘chog‘i
bo‘lmish san’at saroylariga ham kirib borayotganligini kishini tash-
vishga soladi. Ayrim qizlarimiz va o‘g‘il bolalarim izning bir-biriga
aytayotgan gapini. muomalasini ko‘rib, dahshatga tushasan. H atto
shunday holatlar bo‘ladiki, biri ikkinchisini so‘kib (so‘tak, naynov,
tirroqi kabi so‘zlar) chaqiradi, u esa bunga beparvo. «Nega uning
gapiga m unosib javob berm aysan yoki ta n b e h qilm aysan!?»
desangiz, «Qo‘yavering u bolaning o‘zi shunaqa q o ‘rs, gapi sovuq»
deb javob beradi. Bunday beparvolik va g‘urursizlik sekin-asta jamiyat-
ga yoyilishi, insonlararo muomala m adaniyatida tobora om m a-
lashishiga olib keladi. Natijada inson ziynatiga putur etadi, so£z va
muomala go‘zalligi yo'qolib boradi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, shirinso‘zlik faqatgina chiroyli gap,
erkin fikr bilan belgilanmaydi, har qanday chiroyli so‘z va erkin
fikrda inson ziynati namoyon boiavermaydi. Gohida chiroyli so‘zlaiga
o'ralgan yolg‘onlar, erkin fikrga asoslangan riyolar ham mavjudligini
unutmaslik zarur. Shu bois qo‘yida shirinso‘zlikning ayrim shartlarini
e’tiboringizga havola etamiz.
1. Xushtabassum boyish lozim. Ya’ni boshqalar tasawurida yaxshi
taassurot qoldirishimiz uchun so‘zlashganda chehramizni ochiq qilish
g'oyatda zarur. Bu borada alloma Yusuf Xos Hojib shunday degan edi:
« 0 ‘zing seni sevuvchilar ko‘proq bo‘lishini istasang, tuz va non yedir,
chelirangni ochiq qil....Odamni maftun qiluvchi mana shu ikki qiliq-
dir, men bulardan bo‘lagini topmadim, topilsa, sen uni ista».
2. So‘zni obdon mushohada qilib, oxirini o ‘ylab, manmanlikka
berilmay, fikr qilib so‘zlash lozim. Aksariyat hollarda, o ‘ylamay
aytilgan har qanday m a’nili so‘z ham pirovardida xunuk oqibatlarga
www.ziyouz.com kutubxonasi
olib kelganligi barchamizga m a’lum. Masalan, o fczbek xalqi qahra-
m onlik dostoni «Alpomish»da o‘z ukasi Boybo‘rining huzuriga za-
kotchilam i jo ‘natib, «Zakot qilinglar, bersa zakotini olib kelinglar»,
deb yuboi^ani, bu so‘zni mahramlardan Boysari eshitib achchiq-
langani, ko‘ngli og‘rib ularga «Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha
zakot bo‘lmagan, endi akamiz o ‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning
molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da!» deydi. Manmanlik, kibr va
oxirini o ‘ylamay aytilgan so‘z natijada xalq boshiga qanchalik
tashvishlami keltirganligi m a’lum.
3. So‘z qo‘llash m arom ini bilmoq lozim. Shirinso‘zni o‘rnida
gapirish zarur, garchand u om m a tilida kam uchrasa ham. Zero,
topib gapirilgan so‘z jonga m alham bo‘ladi. Buyuk shoir, hazrat
N avoiy o ‘z ijodida I million 378 ming 660 ta so‘z, shu jum ladan
26 m ingta betakror so‘z ishlatganligi haqida m a’lumotlar qayd
etilgan1. Shoirning zabardastligi, xalqning unga bo‘lgan mehri ham
shunda bo‘lsa kerak.
4. Shirinso‘z mas’uliyatini anglamoq darkor. Busiz so£zning qad-
ri tushib ketishi, kishining ensasini qotirishi mumkin. Demakki,
shirinso^ning mas’uliyati ham boshqa so‘zlarning mas’uliyatidan
bir qadar ortiqroqdir. Zero, yaxshi gapirish, oddiy qilib aytganda,
ovoz chiqara turib, yaxshi o ‘ylash demakdir.
5. Shirinso‘zlik va muloyimlikning shartlaridan biri ovozni
pastlatib, mayin gapirishdir. Shirin so‘zda ohang va uning go‘zalligiga,
so‘zning ta ’sirchanligiga e ’tibor qaratish lozim. Zero, «azizim»,
«mehribonim», «suyanchig‘im», bo‘talog‘im» kabi erkalash, yupa-
tishga xos so‘zlar baland ovozda aytilsa, bunday so‘z o‘zining xusu-
siyatini yo‘qotadi. Bu borada Q ur’oni Karimning «Luqmon» surasi
39-oyatida ovozni pastroq qilib gapirishga chaqirib, qattiq, baqirib
gapirishni xuddi eshakning hangrashiga o ‘hshatiladi: «So‘zlagan-
da ovozingni pastroq tushirgin, zero, eng yomon ovoz — eshakning
ovozidir» - deyiladi.
6. So‘z aytishdan aw al, har daqiqada so‘z ortidan keladigan
oqibatni o ‘ylash kerak.
Xulosa qilib aytish mumkinki, shirinso‘zning inson kamolotidagi
o ‘m i va husni latofatidagi ahamiyati bisyordir.
*
1 Ma’lumotlar 0 ‘.Hoshimovning “Daftar xoshiyasidagi bitiklar”
kitobidari olindi. T. «Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh
tahririyati, 2006. 142 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
6.2. Chiroyli muomalaning qudrati
M uomala axloq ko‘rki sanaladi. H ar bir kishining qanday
dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan
muomalasidan ma’lum bo‘ladi. Shuni ta ’kidlash lozimki, muomala
insonlar o ‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi hisoblanadi. Bir-birimizga
bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning zamirida ham chiroyli
muomalaning shartlari yotadi.
Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til
aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli
bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e ’tibor topadi. Aksincha,
sergaplik hech qachon kishiga o b ro ‘ keltirm ayd i. A yniqsa,
mahmadonalik yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar uchun bu
qusur insonni doim o obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham
o‘tmishda yashab o ‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan
yondoshishni ta ’kidlaganlar.
D o‘st bilan dushmanga qiladigan eng chiroyli muomala yo‘li
shundayki, m uom aladan so‘ng do‘st dilida m uhabbat oshishi,
dushman dilidagi adovat susayishi lozim. Xalq og‘zaki ijodida,
ayniqsa, ertaklarda mushkulini oson qilish uchun panoh so‘rab,
huzuriga tashrif buyurgan odamning bir og‘iz salomi tufayli unga
bo‘lgan munosabat, yaxshi kutib olishi barobarida: «Gar saloming
bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutardim» jum lalari turli personajlar
tilidan bayon etilgan. «Muqbil toshotar», «Uch og‘ayni botirlar»,
«Urto‘qmoq» singari o ‘zbek xalq ertaklarida yaxshi so‘zning xislatiga
oid g‘oyalar yuksak badiiylik bilan ifodalangan.
Aytish lozimki, inson
0‘zining omonligini istasa, tilidan yaramas
so‘zlarni chiqarmasligi kerak. Chunki bilib, tushunib aytilgan so‘z
donolikdan dalolat beradi, aksincha, nodon-johilning so‘zi esa,
o‘z boshini eydi. Donishmandlarning «So‘zni ko‘p so‘zlashdan biroz
oz so‘zlagin, ming so‘zli chigalni bir so‘z bilan yechgin. Haddan
ortiq so‘zlaganlarni ezma deyiladi, shuningdek, hech so‘zlama-
ganlami gung deb ataladi», degan pandlari tarbiya jarayonida ijobiy
natija berib kelmoqda. Darhaqiqat, uzoq va ko‘p so‘zlash, gapirish
hech kimga foyda keltirmagan. So‘zning xayrlisi dalolati ko‘p
bo‘lganidir va eng yaxshi so‘z ko‘p bo‘lgani emas, balki foydalisidir.
Qur’oni Karimning 112-surasi 1-oyatida «U-Olloh birdir», deyiladi.
Ko‘rinishdan garchi bu suraning so‘zlari oz bo‘lsa-da, biroq uzun
www.ziyouz.com kutubxonasi
b o ‘lgan «Baqara» surasidan ifoda va bayon nuqtai nazaridan ustun.
N uh payg‘am bar insonlarni rosa ming yil dinga da’vat qildi va bor-
yo‘g‘i qirq kishi unga bo‘ysundi. Muhammad mustafo (sav)ning da’vat
vaqti va qancha odamning unga it oat etganligi m a’lum. Undan zuhur
etgan avliyolar sonining sanog‘iga yetish ham mushkul.
Sharqning buyuk notiqlaridan bin Husayn Voiz Koshifiy so‘z
qadri, kamgaplik to ‘g‘risida ibratli flkrlami bayon etgan: «Наг zabon
tig‘i haq g‘uzorlikda noqildur ango tez-tez tig‘ zaboni birla sazo
berm ak кегак» yoki «Haq vaqtiki so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin
b o ‘lakni aytmangizlar va ko‘p so‘zlamak ko‘ngilni qaro qilur, xor
aylar» yoki «Mumkin ersa, yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin
xo‘b yo‘qtur yodgor», «Nasihatni shirin so‘zu muloyimlik birla ibtido
qilgay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushho‘vlik ko‘rguzmayin
nasihat korga kelmas»,-deydi va inson har doim yaxshi so‘zni so‘zlashi
lozimligini uqtiradi. Koshifiy bunday kishilami hech bir so‘zida qadr-
qimmati yo‘q, og‘zidan nima chiqayotganini bilmaydigan kishilardir,
deb baholaydi. Ular e ’tiborsiz so‘z so‘zlovchilardir. Bu kishilar
jununga sherga ittifoqchi sanaladi.
Ko‘p gapirmaslik, so‘zni mensimaslik, qolaversa, faqat yaxshi
gapni aytib, yodgorlik qoldirish kerakligini ko‘p bor ta ’kidlaydi.
U lug‘ bobomiz Alisher Navoiy chiroyli muomalaning qudrati,
.. madaniyati hamda shirinso‘zlikning ahamiyati haqida purhikmat
- fik rla r b ay o n q ilg an k i, u la r bugungi k un im iz u ch u n ham
aham iyatini yo‘qotgan emas. «Til shirinligi - ko‘ngilga yoqimlidir,
muloyimlik esa foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi
totlidir»,-deydi hazrat Navoiy. Aksincha, voizning elga safsata so‘zlashi
uning g^filligidandir. Yomon, bem a’ni, qo‘pol so‘z kishini ranjitadi,
yoqmaydi, yuqusini keltiradi:
Fasona boisi g ‘aflatdur elge voizdin
,
Nedinki keltirur afsonavash kalom uyquK
Darhaqqat, so‘z inson qalbini ilitadi va jarohatlaydi ham. Shu
bois xalqimizda «Tigs yarasi ketar, so‘z yarasi ketmas», degan maqol
bekorga aytilgan emas. Chunki so‘zning qudrati benihoya katta. Husn
jamoli yo‘q odam shirin so‘z bo‘lsa, go‘zal va sliirin so‘zi bilan barchani
qo‘lga oladi, aksincha, tili yomon odam xalq ko‘nglini jarohatlaydi.
1 Alisher Navoiy. Shohbaytlar. Т.: Fan, 2007. 102 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Muomala» so‘zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam»
ekanligini e’tirof etgan adabiyotshunos olim N.Bekmirzaev muomala
va shirinso‘zlikning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati, qimmatiga
doir g'oyatda qiziqarli m a’lumotlarni keltiradi. Ayniqsa, sansirab
murojaat qilish odobsizlik ekanligi, do‘q-po‘pisa betayinlik vabeburdlik
nishonasi ekani haqida ta ’kidlab, «Har bir odam o ‘zining shaklu-
shamoyil go‘zalligiga vaqt va pul sarflash hisobiga erishadi. Agar
odamlardagi shakl go‘zhalligiga ma’naviy — axloqiy go‘zallik,
muomala madaniyati ham qo‘shilsa bormi, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
Bundaylarni komillikka intilish yo‘lidan borib, odamlarga shirin so‘zlari
bilan ruhiy madad beradiganlar safiga kiritish lozim»1 - deydi.
Darhaqiqat, chiroyli muomalaning qudrati inson bilimi bilan
ham belgilanadi. Zero, oqilonalik so‘z, nutq bevosita tafakkur
mahsuli, tafakkur esa bilimsiz vujudga kelmaydi. Shu bois, bilimsizlik
o ‘zaro muloqotda, insonlararo munosabatda pand berib qo‘yishi,
aksincha, oqil kishining tili so‘zda erkli, m ushohadali b o ‘lib,
ko‘plarga naf keltirganligi haqida pandnomalarda bitilgan. Chiroyli
muomalaning fazilatiga doir fikrlar va qarashlarimizning isboti sifatida
Y usuf Tovasliyning «H ikm atlar xazinasi» risolasidan olingan
qo‘yidagi hikoyada insondagi oqilonalik chiroyli muomala bilan
uyg‘unlashgan holda, o ‘zining yuksak qudratini namoyon etganligi
uchun ham to‘laligicha havola qilishni maqsadga muvofiq deb bildik.
«Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi o ‘rta yoshlardagi bir
zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu zotning
axloqi, go‘zal odati, tabiatini hamma yaxshi ko‘rar edi. Bui odam
dinni yaxshi bilardi. Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qat’iy, ilm-
irfon sohibi edi.
Awaliga yosh xonim xojasining fe’l-atvorini juda yaxshi ko‘rar,
unga qo‘lidan kelgan barcha hurmati, iltifotini ko‘rsatar, xojasiga
nisbatan o ‘z vazifalarini chiroyli bajarardi. Xojasiga oliy darajada
hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichida barcha qo‘shnilari
bilan tanishdi, qo‘shnilar uni, u esa qo‘shnilarni hurmat qilardi. Ammo
o ‘sha mahallada yomon fe’lli, hasadgo‘y bir xotin bor edi. Bu yosh
xonimning xojasiga nisbatan hurmati bo‘lgani va shirin turmushlari
ul xotinning rashkini keltiradi. Yosh xonim bilan qo‘shni bo‘lgan-
lardan biri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi:
1 BekmirzaevN. Notiqlik san’ati asoslari. T. Universitet. 2005. 14-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
- qizim, sen juda yoshsan, go‘zalsan, shunday katta yoshdagi
kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, o ‘zing kabi chiroyli yigitga
turm ushga chiqmabsan, - deb juvonning boshini aylantirardi. Yosh
xonim «men xojamdan juda mamnunman, fe’li, axloqini sevaman»
desa ham yomon ayoldan qutula olmaydi. Bir kun, ul juvon tash-
viqotlar ta ’siridanmi, «erimdan ajralishaman» deydi. Yomon fe’lli
hasadgo‘y ayol:
- qo‘lingdagi qimmatli ashyolaringni asta-sekin sotsang, xojang-
ga yom on ko‘rinasan, uning sendan ko‘ngli soviydi, - deb ko‘ngli-
ni buzadi.
Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarini bir-bir sota boshlaydi. Наг
kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli falon narsani,
ertasiga — bugun bunday qimmatli narsani sotdim deyaveradi, nihoyat
uyda hech narsa qolmadi. Ammo xushfe’l, chiroyli xulqli, ilm-irfon
sohibi bo‘lgan ul zot xotiniga: «joning sog‘ bo‘lsin, yangisini olarmiz»,
d er edi. X onim uyida sotiladigan ashyo qolm aganidan keyin,
hojatxonadagi har kuni foydalaniladigan, o‘ttiz yillik obdastani toshga
urib sindirdi. Kechqurun eri kelganida, ul xonim:
- Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parcha-parcha
qilib tashladim, - dedi.
- Ana xalos! Bu nimasi! - deb xojaning ko‘zlariga yosh keldi.
- M en sizga xayronman, - dedi xonim. — Uydagi shuncha qim
m atli narsalarni yo‘qotganimda jahlingiz chiqmay, «o‘zing sog‘
bo‘lsang bas», degan edingiz. Endi hojatxonadagi oddiy ko‘za singanida
ko‘zingizdan yosh to ‘kdingiz, nega?
- Xonim, ul ko‘za o ‘ttiz yildirki, mening eng mahram erlarimini
ko‘radi. Hozir yangi bir ko‘za olib unga mahram erlarimni qanday
ko‘rsataman? — deb javob berdi xoja yosh ayoliga.
Yosh xotin bir onda g‘aflatdan uyg‘ondi va kechirim so‘rab erining
qo^larini o ‘pdi, oyog‘i ostiga yiqildi. «Meni avf eting, sizning
amringizdan hech chiqmayman, sizga nisbatan ozgina bo‘lsa-da,
itoatsizlik qilmayman», deb yolbordi1.
Shuningdek, diniy adabiyotlarda axloq - «adab» tushunchasi
bilan uzviy bog‘langan. Biroq axloqdan farqli o‘laroq, adab nisbatan
tor, ya’ni xulq ma’nosida ishlatilgan. Uning ko‘pchilik shakli odobdir.
Qadim zamonlarda buddaviylarda ziyofatga taklif m a’nosini bildirgan
1 Yusuf Tovasliy. Hikmatlar xazinasi. T. Navro‘z, 1994. 16 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
adab so‘zi keyinchalik maxsus tushunchaga aylanib, shaxsiy va ijtimoiy
hayotdagi yaxshi xulq-odobli, xushmuomalalik m a’nolarini anglata
boshladi. Buning yaqqol misolini M uham m ad Ibn Ismoil al-
Buxoriyning «Hadis» kitobida ko'rishimiz mumkin. Jum ladan,
m azkur kitobning «Adab kitobi» deb nom langan b o iim id a
xushmuomalalik, m uruw at, m ehr-oqibat, sadaqa, yaxshilik va
yomonlik, badxulqlik, g‘iybatchilik, tuhm at, arazlashmoq, kibr,
rostgo‘ylik, g‘azablanish, sharm-hayo va bexayolik kabi ko‘plab axloq
tushunchalari xususida o ‘gitlar bayon qilingan1. Bu o‘gitlar maxsus
risola tarzida «Al-adab al-Mufrad» («Adab durdonalari») nomi bilan
mashxur. Hozirgi zamon arab tilida adab tushunchasi g‘oyat keng
m a’noda, asosan, diniy axloq kategoriyasi o ‘rnida ishlatilgan.
«Avesto», «Qutadg‘u bilig» va «Hadis»larda xushmuomilalikka
doir rivoyatlar ko‘p uchraydi. Bular shirinso‘z, shirinsuxan, yum-
shoq muomalalik kabi so‘zlar tarzida ifodalangan.
Xushmuomalalik — insonlar bilan munosabatlarda shirinso‘z,
chiroyli muomalali bo‘lish demakdir. Bunday fazilatga ega b o ‘lish
kishini madaniyatli va chiroyli xulqqa ega ekanligidan dalolat beradi.
Xushmuomilalik suhbatdoshlarning dilini ravshan qilish, kayfiyatini
xushnud qilish, ko‘ngliga taskin berish uchun xizmat qiladi: manzur
va ma’qbul muomala samimiylikning ifodasidir. Mavlono Navoiy
chuchuk (shirin) so‘z tavsifmi va qattiq (qo‘pol) so‘z ozorini
qo‘yidagicha ifodalagan edi:
Dostları ilə paylaş: |