Vzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi b. Husanov, V. G‘ulomov muomala madaniyati


Umumiy  tadbir  uchun  olinadigan  so vg ‘alar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix22.05.2020
ölçüsü5,34 Mb.
#31384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muomala madaniyati (B.Husanov, V.G'ulomov)

Umumiy  tadbir  uchun  olinadigan  so vg ‘alar.
  Bularga  -  gullar, 
suvenirlar,  kitoblar,  soat  kabi  narsa va  buyumlar  kiradi.
Gastronomik  sovg‘alar.
  Bu  turdagi  sovg‘alar  sirasiga  -  tort,  oliy 
navli  choy,  kofe,  shokolad,  uy  murabbolari  kiradi.
Pardoz-andoz (parfyumeriya) anjomlariga —
 xushbo‘y odekolon, 
loson,  atir,  upa,  pardoz  idish,  yuz  bo‘yoqlari  to ‘plami,  kamyob 
shampun  va  hokazolar shular jumlasidandir.
Kiyim -kechak  va  aksessuar  sovg‘alar
.  Bu  turdagi  sovg‘alar 
tarkibini  sharf,  qo lq o p ,  erkaklar ko‘ylagi,  sumka,  paypoq,  ro‘mol, 
yengga  taqiladigan  bezakli  tugm achalar,  bijuteriya,  m anikyur 
to ‘plami,  kichik  hamyon,  bo‘yinbog‘  kabilar  tashkil  etadi.
Jonivorlar  hadya  etiladigan  sovg‘alar.
  Bu  turdagi  sovg‘alar,  aso- 
san,  yosh  bolalarga  yoki  sovg‘a  qilinadigan  kishining  jonivorlarga 
qiziqishini inobatga olgan holda ularning roziligi bilan tuhfa etiladi.  Bu­
larga  -  mushuk bolasi,  kuchuk bolasi,  sayroqi  qushlar,  baliqlar kiradi.
R o‘z g ‘orbop  sovg'alar.
  Bu  turdagi  sovg‘alar,  asosan,  yangi 
turmush  qurgan  kelin-kuyovlar,  yangi  uyga  ko‘chib  o ‘tgan  yoshlar 
uchun  tuhfa  etiladi.  Dazmol,  termos,  choynak,  serviz,  sochiqlar, 
dasturxon,  idish-tovoqlar  to ‘plami  shular jumlasidandir.
Uzoq muddatli xiztnat safari yoki sayohatdan qaytishda olinadigan 
sovg'alar
  o ‘sha  hududning  tabiati,  xalqlarining  a n ’anasi,  xalq
www.ziyouz.com kutubxonasi

hunarm andchiligi,  osori-atiqalariga  mansub  bo‘lgan  buyumlardan 
iborat  b o ‘lishi  lozim.
B erad ig a n   sovg‘an g izd a  g ‘arazli  m aq sad n i  k o ‘zlam ang. 
Sovg‘aning  qiym ati  etiketga  ko‘ra  muhim  ahamiyatga  ega  emas. 
G ap   sovg‘a  kishini  qanchalik  xursand  qilishidadir.  Bu  borada 
a y n iq sa ,  b o la la rn i  x u rsan d   qilish  o so n ro q   kech adi.  Biroq 
“A ldagani bola  yaxshi”  qabilida  ish tutish ham yaxshi emas.  Zero, 
bolalarga  sovg‘a  olishingizda  sovg‘angiz  bolangizni  kelajakdagi 
um idlarini ro ‘yobga chiqarishi,  kasbga  yo‘naltirishi,  qiziqishlarini 
rivojlantirishi,  xayolot  dunyosini  o‘stirishga  yordam   berishini 
o ‘ylab  ish  tuting.  Bu  borada  globus,  dunyo  xaritasi,  qiziqarli 
kitoblar,  shaxm at-shashka,  m arkalar  to ‘plami,  tennis  raketkasi 
kabilar bolalarning ko‘nglini shod  etadi.  Masalan, globus bolaning 
d u n y o   m a n z a ra sin i,  m a m lak a tla rn in g   h u d u d i  va  geografik 
joylashishini  o ‘rganishi  uchun  foydali.  Rasmli  kitoblar  bolaning 
badiiy  tafakkur  qilish  qobiliyatini  o‘stiradi.  M arkalar  to ‘plami 
uning didi va tanlash iqtidorini takomillashtiradi.  Sport  anjomlari 
esa bolaning sportga b o ‘lgan qiziqishini orttiradi va hokazo.  Biroq 
m ard,  q o ‘rqmas,  jasur  b o ‘lsin,  deb  qilich,  xanjar,  pichoq,  mil- 
tiq,  avtom at, to ‘pponcha va boshqa shu kabi o ‘yinchoq qurollarni 
sovg‘a qilish yaramaydi.  Bu  sovg‘alar kelajakda bolaning tarbiya- 
siga  salbiy ta ’sir  etishi  m um kin.
Er-xotinlar  turli  xil  sabablar  bilan  bir-biriga  tez-tez  sovg‘alar 
qilishni yoddan chiqarmasliklari lozim. Beriladigan sovg‘alar ulaming 
oila,  ro ‘zg‘or,  ish faoliyatlarida  doimiy zarur bo‘ladigan anjomlami 
tashkil etgani m a’qul.  Va,  albatta,  bular qatorida guldastaning bo‘li- 
shi  shart.
Sovg‘ani  qay  tartibda,  qanday  qilib  berish  ham  etiketning 
nihoyatda  nozik  talablaridan  biri  sanaladi.  Zero,  sovg‘ani  taqdim 
qilish  uni  qabul  qiliuvchi  shaxsga  muayyan  ta ’sir  ko‘rsatishini 
unutm ang.  Sovg‘ani  im kon  darajasida  o'zingiz  taqdim   qiling. 
Haydovchingiz,  yordamchingiz,  kotibangiz,  turmush  0 ‘rtog‘ingiz, 
farzandingiz yoki hamkasabangizdan berib  yuborilgan sovg‘a o ‘zini 
madaniyatli deb bilgan kishilarga og‘ir botadi.  Bunday holatlar sizning 
xizmat safarida bo‘lishingizda, tadbirga uzrli sababga ko‘ra yetib kela 
olmasligingizda  yoki  bem or  b o ‘lib  qolganingizda  kechirimlidir. 
Sovg‘angizni o ‘z vaqtida berishni odat qiling:  “ Hechdan ko‘ra kech” 
tam oyili  bu jarayon  uchun  qo‘llanilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Sovg‘ani  olar  ekansiz,  albatta,  m innatdorchilik  bildirish  va 
chiroyli  tabassum  izhor  etish  yodingizdan  chiqmasin.
Muomala  etiketi. 
Insonning  o ‘zi  uchun  qayg‘urishiga  doir  bir 
qancha  usullar  mavjud.  Ularning  ichida  eng  asosiysi  —  kishilarga 
o ‘zi  haqida gapirib  berishini  so‘rab,  murojaat  etishdir.  Shunda  siz 
odam lar biror  masalani  muhokama  qilishdan  ko‘ra  o ‘zlari  haqida 
g apirish,  d ardlarin i  aytishga,  ko‘n g illarini  och ishg a  tash n a 
ekanliklarini  bilib olasiz.  Agar insonni gapirishga ko‘ndira olsangiz 
va  unga  taskin  bera  olsangiz,  bilingki,  siz  unga  yoqib  qolasiz.  Bu 
borada «Janob,  hayot tashvishlari barchamizning chekimizda bor” , 
“Janob,  bu  siz  yoqtirgan  kuy!»,  “D o‘stim ,  sizning  fikrlaringiz 
meni  o ‘ylashga  majbur  qildi»,  “ Biz  birgalikda  hayotning  ko‘p 
qiyinchiliklarini  yengib  o ‘tganmiz”  va  hokazo  taskinlarni  berib 
ko‘rish  mumkin.
Shuni  aytish  lozimki,  ko‘pchiligimiz  boshqalarga  ta ’sir  qila 
olmaymiz, chunki biz doim o ‘zimiz haqimizda o ‘ylash va fikr yuritish 
bilan bandmiz.  Shu narsani  unutmaslik kerakki, siz suhbatga qiziqish 
yoki qiziqmasligingiz muhim emas,  muhimi  suhbatdoshlaringizning 
bu  suhbatga  qiziqishi.  Shuning  uchun  siz  qachon,  kim  bilan 
gaplashsangiz  ham,  u  bilan  fikr  almashing  va  unga  o ‘zi  haqida 
gapirishga  imkon  bering.  Shunday  y o i   bilan  siz  eng  yaxshi 
suhbatdoshga aylanasiz.
Boshqalami o‘zlarining ahamiyatga ega ekanliklarini his qilishga 
undash usullari ham g‘oyatda muhimdir.  Boshqalar tomonidan e’tirof 
etilishi barchaga xushkayfiyat bag‘ishlaydigan xususiyatdir.  Bu holat 
kishini  hayotga qiziqishga, Yangi  narsalarni  kashf etishga,  mehnatga 
yangicha munosabatga, tashabbuskorlikka undaydi.
Shaxslararo  munosabatlarda  siz  o ‘zingizni  juda  ham  erkin  his 
etishingiz uchun  iloji boricha boshqalarni  suhbat  davomida muhim 
o ‘rinlari borligini tushunishlariga  majbur qiling.  Yodingizda tuting, 
siz  boshqalarni  ahamiyatli  inson  ekanliklariga  ishontira  olsangiz, 
ular  sizdan  minnatdor  boladilar.
Har  bir  inson  yirik  bir  shaxs  bo‘lishini  chin  dildan  xohlaydi. 
Boshqalaming o ‘ziga munosabati va sizning o‘zingizga munosabatingiz 
bir xil darajada  muhim.  Ushbu usulni samarali qo‘llash,  shaxslararo 
muvoffaqiyatli  aloqalar  o ‘rnatish  yoMidagi  asosiy  tam al  toshi 
hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Taqdimot  marosimi  etiketi.
Bugungi  kunga  kelib,  tafakkur  madaniyatining  sifati,  zamo- 
naviyligi, qamrovining kengligi, ta ’birjoiz bo‘lsa, jahon andozalariga 
mos kelishi haqida  ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Tafakkur — inson- 
ning  noyob  xususiyati,  m iyaning  mahsuli,  obektiv  olam ning 
tushunchalar,  muhokamalar,  nazariyalar  va  hokazolardagi  in’iko- 
sining  faol jarayoni b o ‘lib,  amaliy faoliyatga  bog‘liq bo‘lgan  inson 
faoliyatining alohida  m a’naviy shaklidir.  Shu bois tafakkur  m ada­
niyati  insonni jam iyatda  mavjud  b o ‘lgan,  ajdodlar va  avlodlar to ­
m onidan yaratilgan qadriyatlami o ‘zlashtirish darajasini,  insonning 
ongi  bilan  faoliyati  orasidagi  o ‘zaro  aloqadorlikning  mustahkam- 
ligini,  m a’naviy intellektual faoliyatining o‘ziga xos shakli,  ko‘rini- 
shini  ifodalaydi
Tafakkur  madaniyati  inson  ijtimoiy  qiyofasining  muhim  ta ’rifi 
bo‘lib,  uning  sivilizatsiyalashgan  holati,  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlarini  o ‘zlashtirish  darajasini  ifodalaydi,  insonning  ongli- 
ligi,  bilimdonligi,  madaniyatliligidan dalolat  beradi.  Har bir shaxs- 
ning tafakkur madaniyati ijtimoiy muhit,  uning sharoitlari,  mehnati 
va  turm ush  tarzi,  boshqalar  bilan  munosabatda  bo‘lishi  zaminida 
shakllanadi,  mustahkamlanadi.
Taqdimot  marosimi  etiketi  ushbu  masalalarni  qo‘llay  bilish, 
ulardan  foydalanish  va  tafakkurga  asoslanib  o ‘tkaziladigan  ta ’lim 
yoki  m a’lumot  berishning  zamonaviy  ko‘rinishidir.
Taqdimot  —
  bu  o ‘zlashtirish,  m a’lumotlarni  ko‘pchilik  oldida 
ochiq  taqdim   etishdir.  Taqdimot  turlari  hisobot,  m a’lumotnoma, 
press-relliz, dayjest, axborot,  reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq 
taqdim ot  deganda,  odatda,  loyihalar,  mahsulotlar,  dasturlarning 
ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim etilayotgan 
narsaning u yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini ko‘rsatib berish 
tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda, ma’rifat 
va  madaniyatda,  ta ’lim  va  tarbiyada  keng  qo‘llanilayotgan  maro- 
sim lardan  biridir.
Taqdimot yo‘nalishlariga qarabtijoriy (kommersiya), boshqaruv, 
reklamali,  ilmiy,  siyosiy,  pablik  rileyshnz  kabi  turlarga  bo‘linadi. 
Shunga  ko‘ra  taqdim ot  o ‘z  oldiga  tinglovchilar  muomalasi  va 
muloqotiga ta ’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad  qilib  oladi.
Tijoriy  taqdimot.
  Savdo  xodimlari  o ‘zlarining  tijoratga  doir 
takliflari va ko‘rgazmalarini seminar yoki muloqot jarayonlari orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi

taqdim   qiladilar.  M asalan,  tibbiyot  m ahsulotlari  bilan  savdo 
qiluvchilar esa,  yangi farmuskunalar va farmmahsulotlami taqdimot 
qiladilar.
Boshqaruvchi  taqdimoti.
  Bunda  rahbar  o ‘z  xodimlariga  korxo- 
naning  kelajakdagi vazifalari va global  m uam m olarini  miting,  maj- 
lisni va  yig‘ilish  ko‘rinishida  taqdim etadi.  M enedjerlar o‘zlarining 
g‘oyalari,  loyihalari va  erishgan natijalarini yuqori tabaqa hisoblan- 
gan rahbariyatga taqdim qiladilar.
Pablik rileyshnz va reklama taqdimoti.
  Mazkur soha mutaxassislari 
k o m p an iy alarn in g   ax bo rot  alm ashish  strateg iy asi  va  yan g i 
tarmoqlaming istiqbollariga doir masalalarni ilgari suradilar. Jamoat 
arboblari  m adaniy  va  ijtimoiy  dasturlarni  moliyaviy  q o ‘llab- 
quvvatlashga  doir olib  boriladigan  ishlami  taqdimot  qiladilar.
Ilmiy taqdimot.
  Bunda olimlar o‘zlarining ilmiy g‘oyalarini, tad- 
qiqot  o ‘tkazishga  oid  ilmiy  zaxiralar  m anbaini  taqdimot  qiladilar.
Ijtimoiy-siyosiy  taqdimot.
  Bunday  taqdim ot  marosimi  ko‘proq 
siyosatchilar hamda ijtimoiy soha mutaxassislari tom onidan amalga 
oshiriladi.  Bunday taqdimot davra suhbati, debat, breyn ring, yuzma- 
yuz muloqot hamda matbuot konferensiyasi ko‘rinishida o ‘tkazilishi 
mumkin.  Masalan,  deputatlar  o‘zlarining  saylovoldi  dasturlarini 
saylovchilarga taqdim etadilar,  davlat  arboblari esa taqdim ot  orqali 
o ‘z  konsepsiyalarini  bayon  qiladilar.  Tashabbuskorlik,  tadbirkorlik 
va liderlikning elementlari mavjud bo‘lgan barcha sohalarda taqdimot 
eng samarali vosita vazifasini bajaradi.
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda,  taqdimot  marosimi  - 
shaxs va jamoat fikrini, g‘oyasini, qarashlari va konsepsiyalarini omma 
oldida  ko‘rsatish,  isbotlash  va  ishontirishga  asoslangan  axborot 
almashuvning vositasidir.
Taqdimot marosimi paytida taqdim qiluvchi o‘zi ilgari surayotgan 
g‘oyalaridan tinglovchilar xulosa qilish son bo4ishi uchun muayyan 
imkoniyatlarni tashkil  qilishi  lozimki,  toki  ilgari  surayotgan g‘oya- 
laringizni tinglovchilar amalda tatbiq eta olishlari,  o ‘z faoliyatlari- 
ga qo‘llay bilishlari tezlashsin.  Shuning uchun ham  taqdimot  marosi- 
mini axborot uzatishning boshqa vositalaridan farq qiluvchi jihatlari 
talaygina.  Shulardan  eng  muhimi  bilim  va  m a’lum otlami  uzatish 
usullaridir.
Awalo,  m a’lumot  nimadan  iborat  b o ‘lishi  lozimligini  aniqlab 
olish  kerak.  Bir  qarashda  bu jarayon juda  oddiy  ishdek  ko‘rinadi,
www.ziyouz.com kutubxonasi

aslida  esa  m a’lum otni  tushunish,  uni  o ‘zlashtirish  bir  qadar 
murakkab jarayondir. Zero,  hech qachon bilmagan,  hayotda to‘qnash 
kelmagan  narsalarni odamlarga tushuntirish  muayan  mahorat, bilim 
va  aniqlikni  talab  etadi.  Shuning  uchun  ma’lumotlarni  yetkazishda 
ayrim  to ‘siqlarga  duch  kelishiniiz,  shubhasiz.
1-to‘siq.  M a ’lumotda  xatoga  y o ‘l  qo'yish.  Oddiygina  bo‘lib 
ko'ringan  xato  ham  aytayotgan  flkringizning  mazmunini  tubdan 
o ‘zgartirib  yuborishi  mumkin.  Olaylik,  mehnat  bozori  shaklla- 
nishining 0 ‘zbekistonga xos xususiyatlariga doir m a’lumotni taqdim 
qilmoqdasiz.  M a’lumki, Andijon viloyati aholisining zichligi bo‘yicha 
vodiydagina  emas,  respublikada  ham  birinchi  o ‘rinda turadi.  Biroq 
1  kv.  km  ga  nechta odam  to ‘g‘ri  kelishi  haqida  xatoga  y o l  qo‘yish, 
u larn in g   raqam ini  xato  k o ‘rsatish  taqdim   etayotgan  m a’lu- 
motingizning  m azm un-mohiyatini  o ‘zgartiradi.  Natijada,  fikringiz 
tinglovchilarda  shubha  uyg‘otishi  mumkin.  Bunday holatlar tarixiy 
sanalar,  raqamlar,  term inlar  bilan  bog‘liq  m a’lumotlarda  ko‘proq 
uchraydi.
2-to ‘siq.  Ma ’lumotingiz ikki ma ’noni aks ettirishi mumkin.  Ayrim 
so‘zlar  ikki  xil  m a’noni  anglatishini  bilamiz.  So‘zlardan  o ‘rinli 
foydalanmaslik  natijasida  taqdim  etilayotgan  m a’lumotda  jiddiy 
o'zgarish  yuzaga  kelishi,  ilgari  surayotgan  g‘oyangiz  samarasiz 
yakunlanishi  m um kin.  Bunday  so ‘zlar,  odatda  gazeta,  jurnal 
sarlavhalarida va su’ratga berilgan  izohlarda uchrab turadi.
3 -to ‘siq.  Ma ’lumotingizdagi tayanch so \la r  noto ‘g ‘ri talqin etilishi 
mumkin.
  M a’lumki,  o ‘quvchi  kitob o ‘qiyotib,  biror-bir ma’lumotga 
shubha  bildirsa,  awalgi  betlarni  ochib,  ularni  taqqoslash  va  fikrini 
to 'g 'ri  yo‘naltirish  imkoniyatiga  ega.  0 ‘quvchidan  farqli  olaro q , 
tinglovchida bunday  imkoniyat yo‘q:  “Aytilgan so‘z -  otilgan  o‘q” . 
Berilgan  m a’lum otni  tezlik  bilan  tahlil  qiluvchi,  taqqoslovchi 
tinglovchilar  kamchilikni  tashkil  etadi.  Shunday  ekan,  ma’lumot 
yetkazilayotganda  so‘zning  mazmuniga,  vaziyatning  mohiyatiga, 
jarayonni  talqin  etishga  jiddiy  e’tibor  berish  talab  qilinadi.  Zero, 
n o to ‘g‘ri  talqin  etish  natijasida  qilingan  qatiy  hukm  kelajakda 
insonning  taqdirini  salbiy tom onga  o ‘zgartirib  yuborishi  mumkin.
4 -to ‘siq.  Ma'lumotingizdagi muhim holatlar noto‘g ‘ri tushunilishi 
mumkin.
  Shunday  holatlar  bo‘ladiki,  ma’lumotning  ko‘pligidan 
tinglovchi  ularni  bir-biri  bilan  chalkashtirib  yuboradi.  Chunki 
tinglovchiga  m a’ruzachi  to ‘xtash,  ma’lum otlarni  tahlil  qilish
www.ziyouz.com kutubxonasi

im koniyatini  berm aydi.  Shuning  u ch u n   ta q d im   qilinayotgan 
m a’lumot  tushunarli  bo‘lishi  uchun  gohida  mavzu  doirasiga  mos 
qiziqarli voqealar,  latifalar, kayfiyatni ko‘taruvchi hodisalami aytish, 
mavzudan  chetlashib  ketmagan  holda,  tinglovchilarni  biroz  chal- 
g4tish tavsiya etiladi.
5-to‘siq.  M a ’lumotingizga  tegishli  muhim  jihatlar  esdan  chiqib 
ketishi mumkin
.  Tadqiqotlarga  ko‘ra,  axborotni odam lam ing  -  83% 
ko‘rish  orqali,  11%  eshitish  orqali,  35%  hidlash  orqali,  15% 
paypaslash  orqali,  1%  tatib  ko‘rish  orqali  yaxshi  qabul  qiladi. 
Shuningdek,  agar  tinglovchiga  m a’lumotlar  yozib  olish  yoki  ko‘z 
bilan  ko‘rish  imkoniyatlarisiz  faqat  og‘zaki  taqdim   qilinsa,  uch 
kundan so‘ng tinglovchining esida taqdim etilgan m a’lumotning  10 
foizigina  saqlanib  qolishi  mumkin  ekan.  Bunga  m a’lumotlardagi 
muhim  jihatlarning  o‘rinli  joylashtirilmasligi,  yo‘nalishni  to ‘g‘ri 
belgilanmasligi asosiy sabablardandir.  Shu sabab taqdim  etilayotgan 
m a’lum otlarning  m uhim   jih atlarin i  yozib  olish,  ta q d im o td a 
ko‘rgazmali vositalar — slaydlar,  proektorlar,  plakatlar,  kompyuter 
grafikasi,  shuningdek,  tarqatma  materiallardan  foydalanish  yaxshi 
samara beradi.
6-to‘siq. Axborotning subyektini talqin  etish.  M azkur to ‘siq doim 
ham  ko‘zga  tashlanavermaydi,  gohida  m a’lum otni  mensishmay 
tinglashadi. Yuqoridagi to ‘siqlarni bartaraf etganingizda ham mazkur 
to ‘siq  o ‘zini  u  yoki  bu  ko‘rinishda  nam oyish  etadi.  M asalan, 
tinglovchi ko‘zingizga tik qarab turadi,  lekin e’tibori boshqa narsada. 
Yoki so‘zlaringizni miyigLida kulib turib tinglayveradi, doimo kallasini 
inkor m a’nosida qimirlatib turadi va  hokazo.  Bu toifa tinglovchilar 
aytilgan  fikrni  tinglash  haqida  emas,  balki  o ‘ylangan  fikmi  aytish 
paytini  poylaydilar.  Bunday  paytlarda  ular  taqdimotchiga  qaltis 
savollar,  qitm irona  luqm alar,  keskin  e ’tirozlar  bilan  m urojaat 
qiladilar...
Ishbilarmonlik muloqotidan farqli o‘laroq,  muloqotning taqdimot 
shaklida taqdimotchi auditoriya uchun ajratilgan vaqtning aksariyat 
qismida gapiradi, auditoriyani esa jim tinglay olishiga erishishi lozim. 
Bu taqdimotchidan yuksak muomala san’ati va etiket  madaniyatini 
talab  etadi.  Shu  bois taqdimotchi amal  qilishi  lozim  bo‘lgan  ayrim 
holatlami e’tiboringizga tavsiya etamiz.
1. 
Taqdimot  marosimining  mas’uliyatini  his  etish. 
Bunda  siz, 
aw alo,  taqdimot  o ‘tkazish  sizga  nasib  etganligini,  bunday  vazifa
www.ziyouz.com kutubxonasi

sizga  bildirilgan  yuksak  ishonch  ekanligini  ichdan  his  eting.  Zero, 
o ‘zining  g‘oya  va  qarashlariga  ishontirish  iqtidori  so‘z,  ilm  va 
muom alada  “ pishib yetilgan”  inson la rgagina  nasib etadi.
2.  Taqdim  qiluvchi  bilan  auditoriya  o'rtasida  o‘zaro  hamkorlik. 
Bunda «Men sizlarsiz, sizlar esa mensiz biror natijaga erisha olmaymiz» 
tamoyili ustuvor ahamiyatga ega.  Chunki auditoriya ma’ruzachi yoki 
taqdim  qiluvchidan  o ‘zi  uchun  zarur  bo‘ladigan  nimanidir  kutadi. 
Anashu  narsa yoki g‘oyani taqdimotchi ayta olishi  mumkin.
3. 
Taqdimot matnini tayyorlash. 
Aytmoqchi bolgan fikrlaringizni 
dastlab  qog‘ozga  tushirishingiz,  so‘ngra  matndagi  har  bir  jumla, 
har bir g‘oyani  mukammal  o ‘zlashtirib  olishingiz  zarur.  Bu  borada 
qisqacha tarqatm a material,  ko‘rgazmali vositalar tayyorlash  hamda 
turli  rasmlar,  su’ratlar  va  chizmalardan  foydalanish,  mavzuning 
asosiy  g‘oyasini  tashkil  etadigan  jihatlarga  alohida  urg‘u  berish 
maqsadga muvofiq.
4. 
Taqdimotga  tayyorgarlik. 
H ar  bir  taqdimot  yuksak  saviyada 
o ‘tishiga,  kelajakda samarali hamkorlikni yoMga qo‘yilishini  istasangiz 
kattami  kichikmi  har bir taqdimotga jiddiy tayyorgarlik  ko‘ring,  fik- 
ru xayolingiz taqdimot  marosmini o ‘tkazish haqida bo‘lsin.  Do‘stingiz 
yoki  yaqin  hamkasabangizdan  sizni  tinglab  ko‘rishini  iltimos  qiling, 
m a’mzangizni diktafon yoki magnit  lentasiga yozib olib,  so‘ngra uni 
bir necha bor eshiting,  ortiqcha fikrlar bo‘lsa qisqartiring.
5. 
Taqdimot marosimi vositalari. 
Odatda,  taqdimot  marosimlari 
uchun  katta zal yoki kichik auditoriya tanlanadi.  Zalda sahna,  minbar 
va shu  kabi jihozlarning bolishi tabiiy.  Siz,  iloji boricha,  minbardan 
kamroq  foydalanishga harakat qiling.  Chunki  minbar:
A)  muloqot jarayonida  sizni  auditoriya  bilan  ajratib  qo‘yadi;
B) minbardan auditoriyani chalg‘ituvchi va keraksiz  ma’lumotlar 
aytib  yuboriladi;
V)  ko‘pchilik  nazdida  minbar juda baland joy  hisoblanadi...
Agar minbardan  foydalanish  talab etilsa, undan zinhor o ‘zingiz- 
dan  oldin  chiqqan  m a’ruzachilarni  tanqid  qilish  uchun  foydalan- 
mang.  Minbarga  chiqingda  bir-ikki  minutdan  so‘ng  uni  tark  eting: 
tinglovchilar  bu  holatga,  albatta,  baho  beradilar.
Taqdimotchining sahnada harakatlanishi:  birinchidan  - o‘zining 
jonli  muloqot  jarayonida  ekanligini  eslatib  turadi,  ikkinchidan  - 
kuchli  hayajonlanishning  oldini  oladi,  u chinchidan  -   ting- 
lovchilarning  diqqatini jalb  etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6. 
Taqdimotda  vaqt  masalasi. 
Hamma  vaziyatda  bo‘lgani  kabi 
taqdimotga ham vaqt  o ‘z hukmini oktkazadi:  har bir daqiqa  hisobli. 
Dastlabki  90  soniyani  tinglovchilaming  ko‘ngliga  yoqadigan  gap- 
larni  aytish  bilan  boshlang,  g‘oyangizni  ular  bilan  o ‘rtoqlasha- 
yotganligingizdan  va  m uloqot  qilayotganligingizdan  xursand 
ekanligingizni  bildiring.  Aks  holda,  barcha  “ m ug‘om birliklarin- 
giz”  befoyda.
Taqdimotda  auditoriya  bo‘ylab  harakatlanish,  tashqi  ko‘rinish, 
imo-ishora o ‘zining samarali natijasini beradi.
8. 
Taqdimotda hayajonning kuchi. 
Bu ijobiy holat,  chunki haya- 
jon  mas’uliyatni  oshiradi.  Biroq  hayajonga  qarshi  kurashish  m um ­
kin  emas,  aksincha,  uni  yo‘naltira  bilish  lozim.  Hayajonni  bosish 
uchun  esa:
-  so'zga  chiqish  oldidan  2-3  daqiqa  tez-tez  yuring,  bu  mus- 
kullarning  zo‘riqishining  oldini  oladi;
-  so‘zga  chiqish  oldidan  oyog‘ingizni  chalishtirib  o ‘tirmang;
-  qo‘llaringizni  pastga  tushirib,  o‘zingizni  erkin  tuting;
-  boshning  kalla,  jag‘,  og‘iz  qismini  qattiq-qattiq  harakatlan- 
tiring;
-  chuqur  nafas  olish  va  sehrli  so‘zlarni  aytish  kabi  hayot  si- 
novlaridan  o ‘tgan  vositalarni  rad  etmang.
9. 
Tmglovchilarni  qiziqtirish. 
Dastlab  tinglovchilaming  ayrim 
alohida urg‘u berib,  iltifot ko‘rsatishingiz «Sizning ishtirok etishingiz, 
taqdimotning samarali o ‘tishini ta ’minlashidan umidvorman»,  “ Siz 
qatnashsangiz  o"zimni doimo  himoyachim bordek his  qilam an”  va 
hokazo kabi munosabat tinglovchilaming sizga nisbatan munosabati 
va  qiziqishini  orttiradi.  Agar  notanish  auditoriya  bilan  muloqot 
qilishingizga to ‘g‘ri kelsa, awalo,  auditoriyaning holati,  kontengenti, 
imkoniyatlarini  obdon  o ‘rganing.  N oqulay  vaziyatdan  chiqish 
maqsadida  tinglovchilaming  manfaatlariga  mos  keluvchi  hazil- 
mutoyiba so‘zlardan foydalaning.
10. 
Omma  — taqdimotchi  uchun  oyna  vositasi. 
Taqdimotingiz 
qanday  chiqqanligini  auditoriyada  o ‘tirgan  yoki  sizni  eshitgan 
ommagina  xolis  baholaydi.  Agar  taqdimot  natijasi  qay  holatda 
ketayotganligini  bilishni  istasangiz  tanaffusni  kutib  turishning  yoki 
ishtirokchilar  bilan  suhbatlashishning  hojati  yo‘q:  siz  tinglov- 
chilarning  ko‘zlariga  qarang,  vassalom.  Agar  yuz  o ‘qish  san’atidan 
xabardor  bo‘lsangiz,  ularning  harakatlari,  qiyofalaridan  taqdim ot- 
ni  qanday  o'tkazganligingizni  bilib  olasiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi

11. 
Taqdimotda  savol-javob. 
Taqdimotni  yakunlar  ekanmiz, 
uning  natijasi  bilan,  albatta,  qiziqib  ko‘ramiz.  Buni  bevosita  savol- 
ja v o b   ja ra y o n i  o rq ali  bilib  olish  m um kin.  B iroq  savolning 
bo‘lmasligini  tadqiqotni  ko‘ngildagidek  chiqmaganligiga  yo'yish 
mum kin.  Chunki savolning  bo‘lmasligi:
-  taqdim ot  hech  kimga foyda bermaganligini;
-  taqdimotdagi  muammolar  bir-biri  bilan  bog‘lanmaganligi  va 
fikrlar  ch o ‘zilib  ketganligini;
-  siz tinglovchilarning “og‘riq  nuqtalari”ga tegib ketganligingizni 
va  ular  bu  og‘riqni  qaytalanmasligini  xohlaganlarini;
-  sizni  tushunmaganligini;
- taqdimotingizning tizginini yo‘qotib qo'yganligingizni bildiradi.
Biroq  savollarning  hammasi  ham  kishini  quvontira  olmaydi. 
M uallif savol  va javob  variantlarini  turlarga  ajratar  ekan,  ularning 
hayotda uchrashi va, aksincha,  mutlaqo uchramasligini tushuntirishga 
harakat qiladi.  Shunga ko‘ra savol berilganda:
-  savollami  yozib  oling.  Chunki  yozishingiz  bilan  bir  paytda 
javobni  o ‘ylab  olish  uchun  imkoniyat  yaratiladi.
-  agar  savolga  javob  berishga  qiynalsangiz,  tinglovchilarga  bu 
savolga javob topib,  ularga,  albatta,  etkazishga va’da bering.  Buning 
uchun  esa  tinglovchilarga  yana  bir  bor  o ‘zingizni  tanishtirib,  ish 
joyingiz  manzilini  berishni  unutmang.
U m um an olganda,  taqdimot marosimi etiketiga doir yuqorida 
qayd etilgan fikr va tavsiyalarga rioya qilish  taqdimot  marosimining 
samarali yakunlanishiga olib keladi.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  Etiketning  axloqiy  madaniyatdagi  o ‘rnini  tahlil  qiling?
2.  Etiketdagi  muomala qoidalarini ko‘rsating?
3.  Etiket turlarini sharhlang?
4. Ayollar va erkaklarga xos etiket xususiyatlari nimalardan iborat?
5.  Sovg‘alarni  tanlashda  e ’tibor  berish  lozim  bo‘lgan  jihatlar 
nim alardan  iborat?
6.  Taqdimot turlarini sharhlang?
7.  Taqdim otda m a’lumot  uzatish xususiyatlarini aniqlang?
8. Taqdimotchi bilan auditoriya o‘rtasidagi hamkorlik nimalardan 
iborat?
www.ziyouz.com kutubxonasi

1.  Etiket  muomala madaniyatinig zamonaviy ko‘rinishi sifatida.
2. Axloqiy madaniyat va etiket.
3.  Etiket  turlarining axloqiy xususiyatlari.
4.  Zamonaviy tarbiya va etiket
5.  Etiketning axloqiy mohiyati.
6. Taqdimot marosimi hamkorlikni yo4ga qo‘yuvchi vosita sifatida.
7.  Taqdimotchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar.
8.  T aq d im o t  o ‘tk azish   qoidalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi

XOTIMA
M a ’lu m k i,  h a r  q a n d a y   ja m iy a t,  d av lat  p o y d ev o rin in g  
mustahkamligi  m a’naviy  va  moddiy  asoslarga  bog‘liq.  Davlatning 
kuchi,  qudrati  va  hatto,  iqtisodiy  salohiyatini  m a’naviy  barkamol 
bo‘lgan kishilar belgilaydi.  Shuning uchun sog‘lom jamiyat deganda, 
a w a lo ,  fuqarolarning  aql-idrokli,  dunyoqarashi  keng,  axloqiy 
jihatdan etukligi va madaniyatliligi nazarda tutiladi.
Bugungi  kunda  m a’naviy va jismoniy barkamol  avlodni  voyaga 
yetkazish  masalasi  umummilliy,  umumdavlat  miqyosidagi  vazifaga 
aylangan.  Chunki butun  dunyoda globallashuv jarayoni  ketayotgan 
hozirgi  davrda turli xil mafkuraviy kuchlaming ta ’siriga berilish,  bu 
kuchlarning  g‘arazli,  g‘ayriinsoniy  maqsadlarini  amalga  oshirish 
jarayonida bilib-bilmay ishtirok etish holatlari tez-tez uchrab turibdi. 
Endilikda mazkur bo‘shliqni to ‘ldirish, xalqni turli xil tajovuzlardan 
himoya  qilish  zaruriy  holga  aylandi.  Yosh  avlodni  ana  shunday 
tajovuzlardan himoya qilish uchun xalqimizning azaliy an’analariga, 
dunyoqarashi  va  tafakkuriga  asoslanish  hamda  umuminsoniy  va 
zamonaviy yutuqlarga tayanish zarur.
Ayniqsa,  insonlararo  muomala  madaniyatini  shakllantirish,  til 
sofligi, muloqot go‘zalligiga erishish, yoshlaiga insonlarning ulugVor 
va  bunyodkor  ishlarini  nam una  qilib  ko‘rsatish,  ularga  chiroyli 
m uom ala  va  yaxshi  ishlarning  foydalarini  tushuntirish,  qo‘pollik, 
farosatsizlik,  q o ‘rslik,  dilozorlik,  bachkanalik  kabi  illatlarning 
zararlarini eslatish g‘oyatda  muhimdir.
Darsligimizda e ’tiboringizga  havola etilgan  fikrlar,  qarashlar va 
tavsiyalardan  chiqaradigan  umumiy  xulosa  quyidagilar  orqali  o4z 
aksini  topadi:
Birinchidan  —
  m uom ala  madaniyati  maqsadli  yo‘naltirilgan 
tarbiyani va muayyan tarbiya mayllarini shakllantirishni talab etadi. 
M ayllar maqsadga muvofiq tarbiyalansa,  farzand  ham shu  mayllar 
yordam ida yaxshi amallarni  onglaridagi muhokama paytida foydali 
ishlarni  ko‘proq  o ‘ylaydilar va xayrli  ish qilishga  intiladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ikkinchidan
  -  shaxs  erki  va  huquqini  mutlaqlashtirib,  ijtimoiy 
uyg‘unlik  ham da  jamoaviylikni  rad  etib  kelgan  individualizm, 
ma’naviy hayotni sayqallashtirish,  rang-barang turm ush tarzi orqali 
boshqarishga  intilgan  texnokratizm  ijtim oiy-siyosiy,  iqtisodiy, 
ma’naviy  inqirozlarni  keltirib chiqardi.  Endi  insoniyat  taraqqiyotni 
insonning  o 4zidan,  uning  ma’naviy-ruhiy  olamidan,  axloqi,  xulq- 
atvori va subyektiv borlig‘idan izlashga o‘tmoqda.  Bu borliqning bir 
qismi insonning insonga bolgan munosabati orqali  namoyon bo‘ladi. 
Bunday  munosabat  insonlararo  muomala,  muloqot,  so‘zlashuv  va 
boshqa shu  singari  madaniyatga  daxldor vositalar bilan  bogMiq.  Bu 
jarayonni yo‘lga qo‘yish  bilan  bevosita jamiyat  va  inson  o‘rtasidagi 
munosabatni  barqarorlashtirgan  bo‘lamiz.
Uchinchidan
  -  fan-texnika  ravnaqidan  kelib  chiqadigan  juda 
katta  moddiy  istiqbollar  har  qancha  muhim  va  zarur  bo‘lsa  ham, 
har holda, shuning o‘zi  insoniyat taqdirini hal etolmaydi.  Insoniyat 
hayotida ijtimoiy,  m a’naviy va madaniy sohalarda tub o ‘zgarishlami 
amalga oshirmay turib,  fan-texnika ravnaqidan baxtni kutish befoyda 
ekanligi  m a’lum  boMib  bormoqda.  Odamlarning  ruhiy  olamidagi 
o ‘zgarishlarni,  ulam ing ichki dunyosidagi  faollikni  bashorat  qilish 
qiyinroq, ammo insoniyat taraqqiyoti oqibatida dunyoning halokatga 
uchrashi  ham, falokatlardan xalos bo‘lishi  ham xuddi shu m a’naviy 
rivojlanishga  bogMiq.  Chunki  odamning  muammosini  odam ning 
o ‘zisiz  bartaraf  qilish  mumkin  emas.  Shunday  ekan,  insonlarga 
xos  m u n o sab atlarn i  m u stah kam lash ,  m u o m alan in g   yuksak 
koT inishlarini  jam iyatdagi  ijtimoiy  o ‘zgarishlarga  jo riy   etish 
maqsadga muvofiq.
To ‘rrinchidan
 - hozirgi kunda insoniyatga xavf solib turgan holatlar 
sirasiga shaxslar va davlatlarning axloqidagi  tanazzulni  ham  kiritish 
mumkin.  Turli  mamlakatlarda  bu  hodisalarning  sabablari  turlicha 
b o ‘lsa-da,  bizningcha,  uning  bosh  sababi  insonlardagi  ichki 
ruhiyatning  yo‘qolishidadir.  Zero,  ichki  ruhiyat  yo‘qolganida 
insonning shaxsiy axloqi va mas’uliyati o‘mini mavhum va mohiyatan 
g‘ayriinsoniy  shaxs  qiyofasidan  ajralgan  kimsalar  egallaydi.  Bunda 
m uom ala  m adaniyatining  o ‘rnini,  zo ‘ravonlik,  tajovuzkorlik, 
vayronkorlik  singari  g‘ayriinsoniy  illatlar  egallaydi.  Axborot  olish 
osonlashib  borayotgan  XXI  asrda  m u o m ala  m adaniyatining 
ko‘rinishlari ham o‘zgarib bormoqda.  Ammo badiiy adabiyot, san’at 
asarlari  hamda  milliy  qadriyatlardan  keng  xabardor  boTish  inson
www.ziyouz.com kutubxonasi

shaxsini  madaniyatli  qilishda  muhim tarbiya  vositasi  bo‘lib  xizmat 
qilishini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.
Beshinchidan
 - so‘z jamiyat hayotida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. 
U  m uom ala  m adaniyatida  shaxslararo  aloqa  vositasi  ham da 
m ulohazalarining  shakllanishi,  tuyg‘u  va  kechinm alar  ifodala- 
nishining asosiy vositasi bo‘lib xizmat  qiladi.  Bundan tashqari,  so‘z 
fikmi ifodalashning eng jonli tizimi sifatida inson ongi va tajribasining 
b u tu n   tuzilishini  o ‘zida  jam lash  xususiyatiga  ega.  Shuningdek, 
so‘zlashuv tilning cheksiz imkoniyatlariga ega bo‘lib, adabiyot, san’at 
singari madaniy me’rosga voqelikning turU tomonlarini keng qamrab 
olish  im konini  beradi.  Bir  so£z  bilan  aytganda,  so‘z  vositasida 
muomala shakllanadi,  muloqotning ilg‘or ko‘rinishlari qaror topadi, 
insonlararo  munosabatning nozik va go‘zal jihatlari paydo bo‘ladi.
Oltinchidan  -
  odatda,  sovuq  urushlar,  informatsion  xurujlar, 
giyohvandlik, terrorizm,  ekologik vaziyatlar insoniyatga xavf soluvchi 
katta tahdidlar sifatida e'tirof etiladi.  Lekin insonning botiniy olamini 
tashkil  etuvchi  tizimlarning  yemirilishi  ulardan  qolishmaydigan, 
ehtimol, yanada fojialiroq xavf soluvchi tahdidlardir. Ushbu jarayonni 
chetda qoldirmaslik doimo jamiyat va inson uchun naf keltirgan.
Ettinchidan  —
  hozirgi paytda  behayolik,  andishasizlik,  surbetlik 
singari illatlar bilan tez-tez to ‘qnashishiga to ‘g‘ri kelmoqdamiz. Agar 
hayotdan m a’naviyat, axloq va nafosat siqib chiqarilsa,  shirinso‘zlik, 
xushmuomalalik, andishalilik singari fazilatlar mayda tushunchalarga 
aylansa,  u  yerda  madaniyat  uchun  ham joy qolmaydi.
Sakkizinchidan  -
  muomalaning  barqarorligini,  go‘zal  va  badiiy 
m u k am m allig in i  t a ’m in lo v ch i,  uning  m avjudlik  m oh iyatin i 
belgilovclii asosiy manba bo‘lgan so‘z va tilning mas’uliyatini oshirishga 
e ’tibor  qaratish.  Zero,  so‘z  va  til  — madaniyatdir.  Shu  madaniyat 
yordamida  kishilar  biri-ikkinchisi  bilan  aloqa  qiladi,  muloqotda 
bo ‘lishadi,  til tufayli  inson amaliy  faoliyati  m a’lum  maqsad tom on 
yo‘naltiriladi.  Ular moddiy va m a’naviy madaniyat vujudga kelishida 
ham  ulkan ahamiyatga egadir.
“ B olalarni  shunday  tarbiya  qilish  kerakki,  baxtga  b o ‘lgan 
in tilish lari  h ech   q ach o n   xazon  b o im a sin ,  so‘nm asin,  balki 
ko‘karsin,  -  deb  ko‘rsatgan  edi  professor Abdurauf Fitrat  o'zining 
«Axloqiy tarbiya”  kitobida, bolaning baxt mayliga doir qarashlarida,
-  Boladan  biror  yaxshi  ish  sodir  bo‘lsa,  uni  maqtashlari,  maqtab 
mukofot  berishlari  yaxshi.  Agarda  farzand  yomon  ish  qilsa,  shu
www.ziyouz.com kutubxonasi

qilmishining qabohati va alamini tushuntirish lozim, toki u bu ishdan 
nafratlanib,  o‘zini keyingi safar tiysin”.  “ Faoliyat  mayli”  borasida 
esa,  “Bolaning  izzat  nafsini  so‘ndirmay,  uni  rivojlantirish  kerak. 
Bolaga «ahmoq», «eshshak»... deb haqoratlamaslik, odamlar orasida 
so‘kmaslik kerak. Bola bunda tahqirlangan hisoblanib, o‘ziga mehr va 
ishonchiniyo‘qotadi...Uchta odam oldida so‘zlolmaymiz,  da’vomiz 
isbotida  ojiz  qolasiz...  Bularning  sababi  bolalarimiz  ota-ona, 
muallimlarimizdan  haqorat  eshitib,  tahqir  k o ^an im izd ir”  degan 
edi.  Bu  fikr  o‘sha  davr  sharoitidan  kelib  chiqqan  holda,  aytilgan 
haq gap. Zero, eski maktablarning tartibi kaltak, so‘kish va haqoratga 
izn bergan  edi.
Xalqimizda bolalami faqat ota-onagina emas,  balki qarindosh- 
urug‘lar,  qo‘ni-qo‘shnilar,  mahalla-kuy  ham  tarbiyalaydi,  degan 
gap bor. Yoshlaming axloqiy qiyofasi shakllanishiga hamma davrda 
ham  atrof-muhit  katta  ta’sir  ko‘rsatib  kelgan.  Kattadir,  kichikdir 
uchrashganlarida bir-birlariga salom berib,  hol-ahvol so‘rashi ham 
yuksak axloqiy fazilat hisoblangan. Qo‘ni-qo‘shniternmg uyida biror 
marosim bo‘lganida, yoshlarning o‘zlari chiqib ko‘maklashishi ham 
milliy  tarbiya  natijasidir.  Qizlar  ibo,  andisha,  kamtarlik,  sharmu- 
hayo, or-nomus nima ekanini kitoblardan o‘qib emas, balki birinchi 
navbatda,  ota-onadan,  qo‘ni-qo‘shnidan o‘rganganlar.
Endilikda davr, zamon,  sharoit o‘zgardi va o‘zgarmoqda.  Bizlar 
muomalada  ajdodlarimizning  yaxshi  an’analarini  davom  ettirishi- 
miz,  ularning  go‘zal  amallarini  zamonaviy  talablarda  o‘zlashtiri- 
shimiz lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi

MUOMALA MADANIYATIGA DOIR HIKMAT 
DURDONALARI
0 ‘z fflcrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda 
eta olmaydigan mutaxassisni, awalambor, rahbar kursisida o'tirganlami 
bugun  tushunish  ham,  oqlash  ham  qiyin.
Islom Karimov
Foydasiz tortishuvlardan inson o‘zini tiyishi kerak.  Bu tortishuvlar 
ulug'larni g‘azabga keltirsa,  kichiklarinng xulqini buzadi.
Ahmad Yugnakiy
Har narsaning o'lchovi, har ishning o‘ziga yarasha odobi bo‘lganga 
o‘xshash, so‘zning ham olchovi, odobi bordur. So‘zga yolg'on qo‘shmak, 
kishini  aybini  so‘zlamak,  kishining  nomusiga  tegadigan  so'zlar 
so‘zlamak,  shunga  o'xshash,  yaramas  so‘zlaming  zarari  tegmasdan 
qolmas.
Qori  Nizomiddin  bln  Mulla  Hasan
Tillar  qanchalik g‘oyalar  bilan  boyigan  bo‘Isa,  zarur so‘zlar  bilan 
ham shu darajada boyigan bo'ladi.
J.Bemarden
Til madaniyat bilan biigalikda yuksaladi.
N. Karamzin
Kishilarga ulardan awalroq salom berishga shoshil,  bu ulug‘ kishi- 
laming fazilatlaridan bo‘lib,  kamtarinlik natijasidir.
Muhammad  Husayn
Har  kim  insonlar  bilan  muomala  etarkan  — ulaiga  zulm  etmasa, 
ular  bilan  hamkorlik  qilarkan,  yolg'on  so‘zlamasa,  ularga  bergan 
va’dasini o‘rniga keltirar bo‘lsa, muruwati mukammal,  adolati ochiq, 
do‘stligi vojib bo‘lur.
Muhammad  (s.a.v.)
Fikringizga ehtiyot  bo‘ling -  ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
Lao  Szi
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tinglash  va  sukut  saqlash  seni  donolikka  yetaklaydi.  Sukut  — 
donolikning boshlanishi.
Pifagor
Ba’zilar bir umr so‘zlaydilar-u,  hech narsa aytolmaydilar.  Ba’zilar 
esa bir umr sukutda bo£ladilar-u,  ammo  aytilmagan so‘z qolmaydi.
Chjuan  Szi.
So‘zamollik — aqlga sayqal beruvchi nur.
Sitseron  Mark Tulliy
Hech bir aytilgan so‘z aytilmay qolgan so‘zehalik foyda keltirmagan.
Plutarx
Fuqarolar bilan  muloqot usullari  va ularga ta’sir o‘tkazish  yoMlari 
soddava tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Forobiy
Yovuzlik hukmron bolgan saroyning qonuni shunday: yo sen egarda 
o‘ltirursan,  yo senga egar o‘rnaturlar.
Firdavsiy
Hakimning uch  quroli  bor:  so‘z, giyoh  va tig*.
Ibn  Sino
i
Haqiqat va yolg‘on aslida narsalaming emas,  so‘zning mohiyatiga 
xos xususiyatlardir. So‘z yo‘q joyda haqiqat ham, yolg£on ham boTomas  Gobbs
Hech qachon  o‘z haqiiigda gapirma!  Chunki yo  o ‘zingni  maqtash 
yohiid yomonlashga to‘g‘ri keladi. 0 ‘zi haqida so‘zlamoqlik, aqlga qarshi 
ish  tutmoqlikdir.  Bundan  tashqari,  sen  tinglovchini  ham  zeriktirib 
qo‘yasan.
Baltasar
Asl  notiqlik  barcha  kerakli  narsalarni  m e’yori  bilan  ayta  olish 
san’atidir.
Fransua  de  Laroshftika
Agar hikmatli so'zda izohga muhtojlik sezilsa, demak bu so‘z tobiga 
yetmagan.
Vovenarg  Lyuk  de  Юаре
Mutolaa  -   kallang  o ‘miga  boshqaning  kallasi  bilan  o ‘ylamoq 
demakdir.
Artur  Shopenxauer
www.ziyouz.com kutubxonasi

So‘z buyuk narsa. Shuning uchun ham buyukki, so‘z bilan odamlami 
birlashtirish, socz orqali ularni bir-birlari bilan yuz ko‘rmas qilib yuborish 
mumkin. So‘z bilan mehr qozonish, so‘z bilan nafiat va adovatga yo'liqish 
mumkin.  Odamlami bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlan!
Lev Tolstoy
So‘zni ko‘ngilda pishqormaguncha tilga kelturma,
Har nekim ko‘ngilda bor tilga surma.
Alisher Navoiy
So‘z aytishdan awal, har daqigada so‘z ortidan keladigan oqibatni 
o‘yla
I.P.Pavlov
Tilingdan  chiqqan  sadaqa  (ya’ni,  pandu-nasihating  va  mavizayu 
hasanang)  ba’zan  qo‘lingdan  (mol-dunyodan)  chiqqan  sadaqangdan 
ko‘ra xayiliroqdir.
Mahmud az-Zamaxshariy
Yaxshi  odam  yuragming yaxshilik xazinasidan  yaxshilik chiqarur. 
Yomon odam yuragimng yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur. «Men 
sizga deymanki:  insonlar aytadigan har bir bekor so‘zi uchun qiyomat 
kunida  hisob beradilar.  Sen o‘z so‘zlaring asosida yo  oqlanasan,  yoki 
ayblanasan.
IiVildan
Qulim meni qanday tanisa, uning-la shunday muomala qilaman.
Hadisdan
Nodonning  nodonligini  ikki  xislat  aytib  turadi:  birinchidan,  gapi 
tuturuqsiz,  ikkinchidan, javobi  poyma-poy bo‘ladi.
Aflotun
Qay  bir  so£zniki  bilsang  joyini  o‘tkarmay  aytg‘il,  vaqtni  zoe 
qilmag‘il, yo‘q ersa donishga sitam qilg‘on bo‘lg‘aysan.  Har so‘z desang 
rost deg‘il va bema’nilikni da’vo qilg‘uvchi bo‘lmag‘il.
Abu  Homid  Muhammad al-G‘azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR
Karimov I A.
 Asarlar.  1-13 tom. Т.: O‘zbekiston,  1996-2006.
Abdulla Avloniy.
 Tanlangan asarlar. 2-tom. Т.: Ma’naviyat,  1998.
Abdulla  Sher
. Axloqshunoslik.  0 ‘quv qo‘llanma.  Т.: Yangi asr avlodi, 
2003.
Abdurauf Fitrat.
  Oila yoki oilani boshqarish tartiblari. Т.:  Ma’naviyat, 
1998.
Abu NasrForvbiy.
 Fazilat, baxt, saodat va kamolot haqida. Т.: Yozuvchi, 
2002.
Агсроньян A C .
 Культура поведения. Т.: Узбекистан,  1979.
Ahmadjon Bobomurod.
 Kamolot sari. Т.: Cho‘lpon, 2000.
Bekmirzoyev Norqul.
 Notiqlik asoslari. Т.: Fan, 2006.
Голубь И.В.,  Розенталь Д.Е.
  Секреты хороший речи.  М.:  Между­
народные  отношения,  1993.
Donolar xazinasidan. Т.: 0 ‘qituvchi,  1999.
Jubron Xalil.
 Donishmand hikmatlari Т.: 0 ‘zbekiston Faylasuflari milliy 
jamiyati,  2006.
Jumaniyozov R.
 Nutqiy mahorat. Т.: Adolat, 2005.
Ibratli hikmatlar. Т.:  0 ‘zbekiston,  2006.
Интерактивные методы обучения и навыки презентации. Т., 2007.
Kaykovus.
  Qobusnoma.  Т.:  Istiqlol,  1994.
Karimova  F.
  Nutqiy  muloqotda  so‘zlovchi  va  tinglovchi  munosabati 
maqolasidan.
Кузин  ФА.
  Культура делового общения.  М.:  Ос-89,  1996.
Луис Д..
 Язык эффективного общения. М.: Ид-во «Эксмо», 2005.
Mahmudov Ravshanbek.
 Degonimni ulusqa maig‘ub et. Т.: 0 ‘zbekiston, 
1992.
Musulmonnoma.  Т.:  Qomuslar  Bosh  tahririyati,  1992.
Ma’naviy kamolot omillarL  Т.:  Universitet,  1995.
Mavlono  Jaloliddin  Rumiy.
  Ichingdagi  ichingdadir.  Falsafiy  asar.  Т.: 
Yozuvchi,  1997.
Махмудов  Т.
  Эстетика и духовные  ценности.  Т.:  Главная редак­
ция  издательско-полиграфического  концерна  «Шарк»,  1993.
Mahmudov Karim
. Mehmonnoma. Т.: «Yosh gvardiya” nashriyoti,  1989.
Mahmudov Ravshanbek.
 Degonimni ulusqa maig‘ub et. Т.: 0 ‘zbekiston, 
1992.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Mahmud Sattor.
  0 ‘zbek udumlari. Т.: Adolat,  2004.
Normatov Umarali.
 Tafakkur yog‘dusi (adabiy-tanqidiy esselar). T. 2005.
Olimat ul — Banot.  Muosharat odobi. Т.:  Mehnat,  1991.
Rustamova  M.
  Yoshlarda  yangicha  tafakkur  madaniyatini  shakllanti- 
rishning falsafiy jihatlari. Т.: Mehnat,  2000.  19 b.
Сафаров P.
  Культура поведения.  Т.: Главная редакция издательс­
ко-полиграфического  концерна  «Шарк»,  1998.
S a ’diy  Sheroziy
.  Guliston.  Т.:  A.Qodiriy nomidagi xalq merosi.nash- 
riyoti,  1993.
Сопер П.
  Основы искусства речи. М.: Прогресс; Прогресс-акаде­
мия,  1992.
Sodiqova Ncflsa.
 0 ‘zbek milliy kiyimlari. XIX — XX asarlar. Т.: “Sharq” 
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,  2003.
Falsafa asoslari. Т.: « 0 ‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005.
Xolmurodova  F.
  So‘zlashuv madaniyati maqolasidan.
Чалдини P.
 Влияние: Психология убеждения. Мн. Поппури, 2006.
Chen  Chjan.
  Muvoffaqiyatga  eltuvchi muomala san’ati.  Т.:  Yangi asr 
avlodi,  2006.
Choriye
  Inson falsafasi.  Т.:  Chinor ENK,  1998.
Shayx  Muhammad  Sodiq  Muhammad  Yusuf.
  Iymon.  Т.:  «Sharq» 
nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati,  2006.
Sharcfiddinov Ozod
. Ijodni anglash baxti. Т.: «Sharq» nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati,  2000.
Шепеяь  В.
  Секреты  личного  обояния.  М.:  Культура  и  спорт, 
ЮНИТИ,  1994.
Yusuf Tovasliy.
  Hikmatlar xazinasi. Т.:  Navro'z,  1994.
Yusupov E.
 Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Т.: Yangi asr avlodi, 
2001
.
Qur’oni  Karim. Т.:  Cho‘lpon,  1992  .
G'azzoliy.
  Oxiratnoma. Т.: Yozuvchi,  1994.
G'aybulloh  as-Salom,  Saydi  Umr.
  Tolibnoma.  Т.:  «Sharq»  nashriyot- 
matbaa  konsemining  Bosh tahririyati,  1997.
Hikmat durdonalari. Т.:  Mehnat,  1993.
Hikmatlar xazinasi. Т.:  Navro‘z,  1994.
Hoshimov  0 ‘tkir.
  Daftar hoshiyasidagi bitiklar.  Т.:  «Sharq»  nashriyot- 
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,  2006.
www.ziyouz.com kutubxonasi

MUNDARIJA
Muqaddima.........................................................................................
3
1-BOB.  MUOMALA MADANIYATI JAMIYAT 
TARAQQIYOTINING  MUHIM  OMILI  SIFATIDA
1.1.  Muomalaning ilmiy-tadqiqot obekti..................................................7
1.2. Muomala madaniyatining asosiy tushunehalari va tuzilishi.............  14
2-BOB.  MUOMALA MADANIYATI VA INSON
FE’L-ATVORI
2.1. Axloqiy me’yorlar muomala madaniyatining asosi sifatida............23
2.2. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va inson fe’l-atvori........ 25
3-BOB.  MUOMALA  MADANIYATINING 
DINIY-AXLOQIY ASOSLARI
3.1. Budda va xristianlik dinida muomala madaniyatining xususiyatlari......... 41
3.2. Qur’on va Hadis musulmon muomala madaniyatining 
diniy-axloqiy asosi  sifatida.................................................................... 45
4-BOB.  SHAXS  KAMOLOTINING AXLOQIY YA ESTETIK 
XUSUSIYATLARI
4.1. Axloqiy fazilat va xulqiy go‘zallik muomala madaniyatining
muhim omili sifatida............................................................................. 53
4.2. Shaxs kamolotida qalb go‘zalligi va tashqi chiroy uyg‘unligi...........65
5-BOB.  MUOMALA MADANIYATINING  MILLIY 
XUSUSIYATLARI
5.1.  So'zlashuv madaniyatining milliy xususiyatlari..............................76
5.2. Turmush tarzi madaniyatining milliy xususiyatlari.......................... 84
www.ziyouz.com kutubxonasi

6-BOB.  SHIRIN  SO‘Z VA  CHIROYLI  MUOMALA  INSON 
KO‘RKI  SIFATIDA
6.1  Shirinso‘zlik va uning shartlari........................................................ 92
6.2. Chiroyli muomalaning qudrati....................................................... 97
7-BOB.  NUTQ  -  INSONLARARO  MULOQOTDA MUOMALA 
MADANIYATINING  MUHIM  VOSITASI
7.1. Yozma nutqda muomala madaniyatining ahamiyati va zamriyati........ 103
7.2. Nutq madaniyati va notiqlik san’a ti................................................108
8-BOB.  ETIKET -   MUOMALA MADANIYATINING 
ZAMONAYIY  KO'RINISHI  SIFATIDA
8.1. 
Etiket turlari
........................................................................... .  118
Xotima.............................................................................................144
Muomala  madaniyatiga doir hikmat durdonalari..............................148
Foydalanilgan  adabiyotlar................................................................151
www.ziyouz.com kutubxonasi

HUSANOV BAHODIR,  G‘ULOMOV VALIJON 
MUOMALA MADANIYATI
Darslik
Muharrir 
E.Bozorov 
Texnik muharrir 
M.Alimov 
Kompyuterda sahifalovchi 
A.Ro ‘ziyev
Bosishga ruxsat etildi 09.07.2009. Qog‘oz bichimi 60x84  / , 6. 
Hisob-nashr tabog‘i 9,75. Adadi  1000.
Buyurtma №22
«Ta’lim nashriyoti»  MChJ.
100060,  Toshkent,  Ya.G‘ulomov  ko‘chasi,  74-uy
«IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi. 
100084,  Toshkent,  HAsomov  ko'chasi,  7-uy. 
Hisob-shartnoma №42-2009.
«HUMOYUNBEK -  ISTIQLOL MO'JIZASb bosmaxonasi 
100000,  Toshkent,  Qori-Niyoziy  ko‘chasi,  39-uy.
www.ziyouz.com kutubxonasi

QAYDLAR  UCHUN
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin