Har kimki chuchuk so *z elga izhor aylar,
''
Har nechani ag *yor durur yo r aylar
.
S o ‘z qattig‘i el k o ‘ngliga ozor aylar,
YumshogH k o ‘ngillami giriftor aylar.
Xushmuomalalikning aksi qo‘pollik, dag‘allik, badjahllik va
dilozorlikdir. Bunday nuqsonlar insonning axloqiy sifatlariga ko‘rk
bag‘ishlamaydi, aksincha, insonni yanada tubanlashtiradi. Shu bois
xushmuomalalikning insonlar, jumladan, mo‘minlar uchun qanchalik
ahamiyatga ega ekanligi Imom al-Buxoriyning «Hadislar» to‘plamida
keng va atroflicha tilga olinib, rivoyatlar orqali bayon qilingan.
Inson ko‘rinishidan hech narsa demasa ham, ichida hamisha
gapiradi. Bu hoi go‘yo loy qorishgan suv toshqiniga o ‘xshaydi.
1 Bu haqda qarang: Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy.
Hadis.4-jild. Т.: Qomuslar bosh taxririyati, 1997. 528 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
T o shqinning toza suvi insonning so‘zi (nutqi), balchig‘i esa
hayvonligidir. Biroq balchiq unda o ‘tkinchi bo‘lib, vaqt kelib ulardan
asar ham qolmaydi. Yaxshi yoki yomon boiishiga qaramay, so‘zlar,
hikoyalar va bilimlar qoladi...Odamlarning yomonliklariga sabr
qilmoq, go‘yo o ‘z nopokligini ularga surtib tozalangan kabidir. Se-
ning fe’li-xuying tahammul bilan yaxshilanadi. Ulamiki esa zulm va
yomon muomala sababli buziladi. Buni eslab olding va endi o ‘zingni
pokla»1 - deydilar Mavlono Jaloliddin Rumiy.
O iladagi va um um an , jam iyatdagi xatarli m uam m olarni
sin c h ik la b o ‘rganilsa, k o ‘p in c h a ularning kelib chiqishi —
o ‘ylamasdan, ehtiyotsizlik bilan aytilgan qo‘pol so‘zga borib taqaladi.
Chiroyli so‘z esa, yaxshi muomala, mehr-oqibat kalitidir.
Takrorlash uchun savollar:
1. Shirinso‘zlik va uning shartlarini ko‘rsating?
2. So‘zning kundalik hayotda fikr almashuv vositasi sifatidagi
aham iyati nimada
3. Yolg‘onning shaxs kamolotiga salbiy ta’siri nimalarda ko‘rinadi?
4. “Yaxshi gapirish'’ m a'nosini tushuntiring?
5. Chiroyli muomalaning qudrati nimada?
6. Axloq va odobning o ‘zaro bog‘liqligi nimada?
7. Xushmuomalalikning shaxs kamolotiga ta’siri nimalarda ko‘rinadi?
8. Xushmuomalalik va shirinso‘zlikning aksi bo‘lgan tushuncha-
lam i sharhlang?
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. Shirinso‘zlikning tarixiy-ilmiy manbalari.
2. Insonlararo muloqotda shirinso‘zlikning ahamiyati.
3. Andishasiz va behayo soczlar muomala madaniyatidagi illat
sifatida.
4. Shirinso^likning mas’uliyati.
5. Chiroyli muomala insoniy fazilat sifatida.
6. Chiroyli muomalani paydo qiluvchi omillar.
7. Muomalada bilimning ahamiyati.
8. Chiroyli muomalaning shaxs kamolotiga ta’siri.
1 Mavlono Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. T.Yozuvchi, 1997.
67 b
www.ziyouz.com kutubxonasi
7-BOB. NUTQ - INSONLARARO MULOQOTDA
MUOMALA MADANIYATINING
M UHIM VOSITASI
7.1. Yozma nutqda muomala madaniyatining
ahamiyati va zaruriyati
Jahonga Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiylarni bergan Mova-
rounnahr allomalari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lgan Muhammad
Abu Homid G ‘azzoliy o‘zining «Ixyou ulumid-din» asarining «Hasad
mazammati bayoni»da xat va noma orqali hasadning axloqiy illat
ekanligini bir rivoyat misolida ko‘rsatib bergan edi. Rivoyatda
keltirilishicha, podshohning oldiga kelib yuradigan bir kishi doimo
unga «Senga yaxshilik qilganga, yaxshilik qil, yomonlik qilguvchiga
esa, yomonlik qilma, chunki qilgan yomonligi o ‘ziga qaytgusidir»
der ekan. Bu kishining podshoh huzuridagi obro‘-e ’tiboriga bir
kimsaning hasadi kelib, uni podshohga yomonlaydi: «U odamlar
orasida «Podshohning og‘zi badbo‘y» degan gap tarqatib yuribdi:
Agar so‘zimga ishonmasangiz uni oldingizga chaqirib, yaqinroq
gapiring, shunda u og‘zini berkitadi» deb ig4vo qiladi. Hasadgo‘yning
gapiga ko‘ra, podshoh uni huzuriga chorlaydi va unga yaqinroq turib
gapiradi. Bir kun oldin to ‘yib sarimsoqpiyoz egan haligi odam, o ‘z
og‘zidan kelayotgan sassiq bo‘ydan uyalib, og‘zini berkitadi,
podshoh ig‘vogarning gapi «haqiqat» ekanligini anglaydi.
Bu shohning shunday odati bor edi: birovga hadya yoki mukofot
bermoqchi bo‘lsa, unga o‘z qo4li bilan xat yozib berardi. Bu gal ham
xuddi shunday qildi. Podshoh «Xatimni olib borgan kimsani so4yib,
terisini shil va ichiga somon tiqib, mening oldimga jo ‘nat» degan
mazmunda noma bitib, xatni u kishining qo‘liga tutqazadi. Xat esa
taqdir taqozosi bilan hasadgo‘yga hadya qilinadi va yaxshi odam qoilb,
hasadgo‘y o ‘limga mahkum bo‘ladi.
G archand qayg‘uli bo‘lsa-da, ushbu rivoyatni keltirishimizdan
maqsad shuki, noma va maktublar madaniy inson kashf etgan
muloqotlarning eng go‘zal, eng ta’sirchan va eng qulay vositasidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sharqda noma yozish Evropadagidek keng urf bo‘lmagan, lekin Sharq
adabiyoti nom aning g o ‘zal shakllarini yaratgan. 0 ‘rta Osiyo
adabiyotlarida nomalar garchi mustaqil janr sifatida shakllangan
bo ‘lsa-da, lekin um um an yozishmalar oddiy xalq o ‘rtasida keng
tarqalmadi. Noma, maktub va yozishmalarning jahon adabiyotida,
xususan, Sharq adabiyotidagi mavqei xususida g‘oyatda e’tiborli
fikrlarni ilgari surgan adabiyotshunos olim I.G ‘afurov deydiki,
«Yozishmalar ham davrlar, ham davr odamlarining qiyofalarini
kelajak nasllar oldida ravshan qiluvchi shahodatlardir. Xatlarda
yozuvchi, ijodkor, uning shaxsi ichki dunyosi shakllanadi. Sharq
adabiyotlari bu shahodatning inson hayotida qanchalar muhimligini
ham m adan ilgari angladi. Yozishmalami asarlar ichiga turli shakllar
va turli mundarija yo‘nalishlarida olib kirdi»1.
Maktub madaniyati — yozuv madaniyati, yozma madaniyatning
bebaho bo‘lagi. Maktub madaniyati e’tiborsiz joylarda yozma adabiyot
quloch yozib rivojlanmagan b o £ladi. Maktub, avvalo, fikrlashga,
atrofga razm solib qarashga, yaxshi-yomonni tanishga, har narsaga
mustaqil baho berishga, o ‘z flkriga ega bo‘lishga, kuzatuvchanlikka
o ‘rgatadi. Shular barobarida maktub yozish inson ijtimoiy faolligining
eng yorqin ko‘rinishlaridan biridir.
Kamolot keltirmagan, saodatni yaqinlashtirmagan, marhamat
tuyg‘usini uyg‘otmagan har qanday so‘z puch so‘zdir. Puch so‘zlarga
o‘rganib qolgan xalq qashshoqlik va razolatlardan qutulishda qiynaladi.
Puch so‘zlar har narsadan yomondir. Atrofimizga e ’tibor bersak,
o ‘zaro muloqotda siyqasi chiqqan, tuturuqsiz, bachkana so‘zlar bilan
to ‘lib-toshganligining guvohi bo‘lamiz.
D aholarning bir-birlari bilan bo‘lgan yozishmalariga nazar
tashlasak. Ular mazmun va mohiyat jihatidan yuksak darajadagi
insonparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘ularining g o ^ a l
madaniy namunasini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada Abu Rayhon
Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari, Ibn Sinoning Bahmanyor
al-O zorbayjoniyga bitgan maktublari va hokazo xiradmand va
donishmand kishilaming bir-birlari bilan ilmiy, m a’rifiy va maishiy
sohalarga doir maktublari xalqimizing madaniy yodgorligi sifatida
qadrlidir. Ayniqsa, Hazrat Navoiyning «Munshaot» deb nomlangan
1 G‘afurov 1. Hayo - xaloskor. T.:. Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompniyasi bosh tahririyati, 2006. 232 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
asariga jamlangan maktublar o ‘zining ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-
ma’rifiy hamda jamoatchilik manfaatlariga ko‘ra yuksak ahamiyatga
ega. Navoiyning maktublari ko‘proq saltanat valiahdlariga bitilganligi
qayd qilinadi. Xususan, Badiuzzamon Mirzoga yozgan insholaridan
Navoiyning o kz zamonasining fozil, hokisor va mehribon hukam o
kishisi bo‘lganligini ilg‘ash qiyin emas. Navoiyning shahzodalarga
maktublari bu — shaxzodalarga maktublargina emas, ular o ‘sha
davrning barcha yoshlariga, barcha el-yurt yo‘lida xizmat qiluvchilarga
qaratilgan pandlar, deb tushunmoq kerak. Navoiy o‘z xatlarida davr
nuqtai-nazaridan turib, bebosh shahzodalarni tartibga, shafqatga,
adolatga va hamkorlikka chaqiradi: bu xatlar Navoiyning ijtimoiy va
insoniy qarashlarini ifodalaydi.
Bu borada adabiyotshunos olim l.G‘afurovning yuqoridagi kitobiga
murojaat etmoqcliimiz. I.G ‘afurov Navoiy maktublarining mazmun-
mohiyati, maqsadi va uning ahamiyatini atroflicha ko‘rsatib bergan.
Jumladan, Navoiyning Badiuzzamon Mirzoga bitgan xatidagi «Bu
faqiri hoksor va hokivashi bee’tiborkim, bu davlatlig‘ eshik ostonasig‘a
tufrog‘dek tushib erdimu xayolimda bu erdikim, magar ajal sarsori
tufrog‘imni bo‘sag‘adin sovurg‘ay va o ‘lim sayli hoshokimni bu
eshikdin surgay va lekin xayol botil (bekorchi) ekandur va muddao
otil (behuda)» so‘zlardan Navoiy shoh xonadoni a ’zolarining fe’l-
atvorlari, xatti-harakatlari, el-yurtga, saltanatga m unosabat va
muomala yo‘llarini juda yaxshi bilishi va xatda shahzoda Badiuzzamonga
og‘ir botmaydigan so‘zlami topib yozishga harakat qilgan: « 0 ‘zini
davlatlik xonadon ostonasidagi tuproq deb tanitadi»1, shoh xona-
doniga eng yaqin kishi ekanligini ta’kidlaydi. Bunday munosabat
Navoiyning nafaqat buyuk shoir, so‘z ustasi, balki kim bilan qan-
day muomala qilishni o lrgatadigan, muomala madaniyatida o ‘ta no-
zik shaxs ekanligidan dalolatdir.
Buyuk alloma Mahmudxo‘ja Behbudiyning asrimiz boshlarida yozib
qoldirgan o ‘quvchilar uchun tuzilgan «Kitobal-ul atfol» darsligi va
unda bayon etilgan xat yozish shartlari va maktub odoblarini xalqimiz
muom ala m adaniyatining ziynati sifatida qadrlashi m um kin.
C h u n o n ch i, m azkur darslikning «Xat yozm oq sh artlari» d a
«Yozilaturgon so‘zlar ichig‘a har kim bilmayturgon lug‘at mumkin
1
G ‘afurov I. Hayo - xaloskor.
Т.:
Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompniyasi bosh tahririyati. 2006. 884 b. 235 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qadarincha yozmasg‘a va inchunin, avomcha va ko‘chagi iborat va ayb
sanalaturgon kalima va laqablarni yozmas»likni aytadi. Shuningdek,
«M aktubg‘a haqorat, ta’na, hazil, fisq va gunohga taluq so‘zlar aslo
yozilmasun» deb uqtiradi. Behbudiy taklif etgan maktub odobining
go‘zalligini qo‘yidagi m atnlar orqali bilishimiz mumkin:
Farzandning otaga yo‘llaydigan maktubida:
«Mehribon otajonim xizmatlarig'a!
Tangrim so yai davlatingizni boshimdin eksik etmagay, aziz
qiblagohiml
Bu aqshom u y g ‘a ja n o b i xalifamni ziyo ra tg‘a ta k lif qildim.
Onajonim dedilarki
, go ‘sht va birinjyo ‘qtur, marhamat aylab, taomg'a
kerakli nimasalami olib xizmatkordan yuborsalar, xursand bo ‘lur edim,
afandim.
qulingiz...»
deya murojaat qilish kerakligi uqtiradi.
Farzandning onaga yo‘llaydigan maktubida esa:
«Sevikli onam huzuri sharifalarina!
Parvardigorim doim sizni eson saqlasun.
Onajon!
Mehribon opamni uyig'a borganingizga o il кип b o ‘Idi. Men sizni
ко Ъ sog ‘indim. Boray desam, maktabdan qolurman
. Ani uchun iltimos
qilarm anki, em di u y g ‘a kelsangiz
, y o ‘lingizg‘a k o ‘z tutarman,
volidajonimf
M ushfiq opam g'a salom aytarmen.»
degan samimiy fikrlar
bildirilishi maqsadga muvofiq.
Shogirdning ustoziga yoMlaydigan maktubining odobi quyidagicha
aks etishi talab etiladi:
«Janobi ustodi kiromim huzuri anvorlarina!
Parvardigorim fa yzu muhabbatu ustodonalarini bizdin eksik
etmagay.
Boisi donish va saodatim, janobi mavlom!
H azrati vohib-al-atoyi о ‘tgan aqshom bandangizg'a bir o ‘g ‘ul
birodar ato etdi. Shul sababli bukun janobi volidam xizmatlariga
www.ziyouz.com kutubxonasi
turmog‘im lozim b o ‘ldiki, maktabg‘a borolmag‘animga janobingizdan
afu tilarman, afandim!»1.
Mavlono M ahmudxo‘ja Behbudiyning mazkur qaydlari xalqimiz
azaldan so‘zga, matnga, matn mazmuniga jiddiy e ’tibor bilan
qaraganligidan dalolatdir. Afsuski, keyingi paytlarda, yozayotgan
maktublarimizda poyintar-soyintar so'zlarning ko£pligi, bachkana,
mantiqsiz iboralarning uchrashi, xato va savodsizlarcha qarashlaming
m avjudligini k o ‘rib, yozm a nutqda saviyam iz o £tm aslash ib
borayotganligidan taajjubga tushasan kishi. Vaholangki, nutqni yozma
ravishda bayon etish qadimdan qo'llanib kelingan: munshiylar,
kotiblar va ailomalar bu san’atni yuqori darajaga ko'targanlar. Yozma
va og‘zaki nutqning yuksakligi tafakkumi go£zallashtirgan. Og‘zaki
va yozma nutqning uyg‘unligi xususida so£z yuritib, adabiyotshunos
olim Nusratullo Atoulloh o‘g‘li Jumaxo'ja yozadi: «Yozma nutq bilan
shug£ullanmagan notiq nutqining rivoji sust, sayqal topishi qiyin
kechadi. Uning so£z boyligi, ifoda imkoniyatlari cheklangan bo£ladi»2.
Hozirgi kunda kompyuter taxnikasining imkoniyatlari qog'oz
orqali maktublar yozish uchun deyarU ehtiyoj qoldirmadi. Endilikda
bir-birimizga qiladigan yozma muloqotimiz elektron pochta, E.mail,
SMS orqali amalga oshirilmoqda. Ammo texnikaning bunday
imkoniyati insonning yozma nutq madaniyatini yuksaltirdi, desak
biroz mubolag‘a qilgan bo‘lamiz. Chunki bugungi kunga kelib,
kundalik faoliyatimizda ishlatilayotgan so‘z boyligimiz shunchalik
nochorki, yozma matn haqida gapirmasa ham bo£ladi. Vaholangki,
yozma nutq madaniyatimizga ta’sir ko'rsatuvchi vosita va omillaming
o‘zi tahrirga muhtoj. Ko‘chadalarda yoki OAV orqali aytilayotgan
ayrim reklama roliklarining matni tushunarsiz va mantiqsiz. Hatto
oilaviy, jamoaviy o ‘tkazadigan tadbirlarimiz uchun chiqaradigan
taklifnomalarimizning matnidagi pala-partish so£zlarga e ’tiborsiz
bo£ lib borayapmiz.
Shuni ta ’kidlash lozimki, yozma m atndan ommaviy axborot
vositalari xodimlari, o'qituvchi-muallimlar o'rinli foydalana bilishlari
lozim. Q achon m atnga qarash va q ach o n m ustaqil gapirish
1 Ushbu matnlar Begali Qosimovning «Karvonboshi» nomli maqolasida
keltirilgan m atndan ko'chirib olindi. / / Yoshlik, 1990. №1. 66 b.
2 Qarang: Nusratullo Atoulloh o‘g‘li Jum axo£ja. Istiqlol va ona tilimiz.
Т.: Sharq, 1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi
mumkinligini yaxshi o ‘zlashtirishlari zarur. Shu bois yozma nutqning
samarali bo‘lishi va uning og‘zaki nutqda ifodali bayon etilishi uchun
q o ‘yidagilarni inobatga olish zarur:
1. Yozmoqchi bo‘lgan narsangizning maqsadini tushunib, aniqlab
oling. Yo‘qsa nim adan boshlashni bilmay, boshingiz qotadi.
2. N om ani imkon darajasida o ‘zingiz yaxshi tushunadigan,
layoqatingiz yetadigan tilda bayon eting. Zero, tushunmasdan
qo ‘llangan bitta so‘z ham qator noqulayliklar olib kelishi mumkin.
3. Tushunilishi qiyin va murakkab bo‘lgan so‘zlardan kamroq
foydalaning. Toki, xat borib yetadigan kishi nim a dem oqchi
ekaningizni tushunishi oson bo‘lsin.
4. Xatning mazmuni va kimga yo‘nalayotganligini his qiling. Sof
ilmiy asosga qurilgan nom a o ‘quvchini zeriktirib qo‘yishi mumkin.
5. Xatda iloji boricha latif, chiroyli va madh etuvchi so‘zlardan
foydalanish maqsadga muvofiq.
6. Xatni qisqa, lo‘nda va mazmunli yozishga harakat qiling. Bu
sizning qanday saviyaga ega ekaningizni ko‘rsatadi.
7. Maktubingizda haqorat, so‘kinish va jargon so‘zlarni ish-
latishdan tiyiling. Bu sizga nafaqat foyda keltiradi, balki bu dush-
m aningizni sizga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o ‘zgartiri-
shi ham mumkin.
8. Xatda fikringizni (agar o ‘rni bo‘lsa) hayotiy misollar orqali
bayon eting. Shunda yozgan maktubingiz tushunarli boMadi.
7.2. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati
Bir vaqtlar nutq yuksak san’atlar qatoriga ko‘tarilgan, uning
sirlarini maxsus maktablarda yillar mobaynida o‘rganishgan. Notiqlik
san’atining mashaqqati shu darajada bo‘lganki, nutqidagi nuqsonni
yo‘qotish uchun, hatto quduqlarga tushib o ‘tirib nutqni mashq
qilishgan. Buyuk notiqlar Demosfen va Sitseronning hayoti bunga
misoldir.
M a’lumki, madaniy meros, ya’ni o‘tmish darvlar madaniyati
keyingi avlodlar madaniyatiga asos bolib, uni rivojlantiradigan qismi
hisoblanadi. Shu jihatdan olganda mustabid davrda qadrsizlantirib
yuborilgan insonparvarlik axloqi xalqlarimizning adolatsizlarcha va
takabburlarcha nazardan chetda qoldirilgan o‘tmishi, ilg‘or axloqiy
merosining yutuqlari, qadriyatlari, afzalliklari bilan boyitilishi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ayniqsa, muhim. Zero, 0 ‘rta Osiyo xalqlarining tarixdagi o‘rni, o‘ziga
xosligi, ulami jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan hissasi bag‘oyat
ulug‘. Notiqlik va notiqlik san’ati borasida ham Sharq, xususan,
M av o ro u n n ah r va X uroson m aktabi n a m o y o n d a la ri ja h o n
madaniyatining gultojisi sifatida ajralib turadi. Bu borada notiqlik
san’atida o‘ziga xos maktab yaratgan Husayn Voiz Koshifiy (1440-
1505) bu tu n X uroson diyorida H usayn B ayqaroning voizi,
ta ’birchisi, m aslahatchisi sifatida m ashhur edi. U m usulm on
xalqlariing m u qad d as kito bi Q u r’o n i K arim g a o d d iy xalq
tushunadigan qilib, soddalashtirib, to ‘rt kitobdan iborat sharh
yozgan. Koshifiy o ‘z zamondoshlaridan farqli o ‘laroq, yuzni o'qish
san’ati bo‘yicha ham ibratli fikrlami bayon qilgan. Voiz Koshifiy
insonning chehra, soch, quloq, tishiga qarab axloqini, fe’l-xuyini
aytib berish iste’dodiga ega bo‘lgan ajoyib xislat sohibi edi. Uning
nomi, ismi hozir ham tillardan tushmaydi.
Notiqlik san’atining nodir namunalarini yaratishda yozuvchi,
shoir, san’atkor va boshqa m adaniy-m a’rifiy soha vakillarining
xizmatlari katta. Hatto Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid
Olimjon, G ‘afur G ‘ulom, Shayhzoda kabi allomalarning ayrim
nutqlari teran mazmuni, ijtimoiy salmog‘i, emotsional ko‘tarinkiligi
bilan m a’naviyatim iz tarix id a ch u q u r iz qo ld irg an . G ‘afu r
G ‘ulomning qozon shahrida o‘tgan Abdulla T o‘qay yubileyida
so‘zlagan nutqining dovrug‘i Tataristonnning eng olis ovullarigacha
borib yetgandi. Abdulla Qahhoming 60 yillik tavallud kunida so‘zlagan
nutqini eslaylik. Adibning «men partiyaning soldati emas, ongli
a’zosiman, to ‘g‘ri kelgan har bir kimsaga chest bermayman» degan
so‘zlari bir zumda «katta og‘alaming» qulog'iga yetib borgan va katta
idoralarda o‘tirganlarni zir titratgandi.
Shuni alohida aytish kerakki, notiqlik faqat chiroyli so‘zlarni
qo‘llay olishdangina iborat emas, balki notiq so‘zning ta ’siri, uning
ijtimoiy ahamiyatiga ham katta e’tibor berishi kerak. Zero, notiqning
saviyasi, iqtidori, salohiyati va insoniyligi u so£zlagan matnning
nechog£li ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Ayrim nutqlar badiiy tafakkur rivojiga ta ’sir ko‘rsatibgina qolmay,
ijtimoiy taraqqiyotning ham muhim omiliga aylanishi mumkin.
0 ‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Y oqubovning SSSR xalq
d ep utatlari qurultoyining m inbaridan tu rib aytilgan nu tq id a
«...o‘zbeklarga ham beqiyos baxtu saodat, farovonlik, to ‘qlik bahsh
www.ziyouz.com kutubxonasi
etgani, har chorrahada ayyuhannos urib maqtanuvchi kommunistik
partiya va sho‘ro hukumatining riyokorligi, munoflqligi, tili boshqa-
yu dili boshqa ekanligini ayovsiz fosh qilingan»ligi o ‘zbekning
chinakam qahramonligi edi. Bu ba’zan katta-katta kitoblar qilolmagan
ishni kichkina va qisqagina bir nutq qilishi mumkinligiga, minbardan
turib aytilgan so‘z yurakdan otilib chiqsa, boshqa odamlar qalbida
ham unutilmas iz qoldirishi mumkinligini isbotlaydi Bu kabi nutqlar
nafaqat badiiy tafakkur rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, ijtimoiy
taraqqiyotning ham muhim omiliga aylanishi mumkin. Kommunistik
partiyaning m unofiqligini, am alda avvalgilarning ham masidan
mudhishroq va shafqatsizroq mustamlaka siyosati yurgizganini baralla
aytgan Odil Yoqubov nutqini akademik Andrey Saxarov o ‘sha
qurultoyda o ‘midan turib olqishlagan, qurultoy deputatlari o‘zbeklar
ichida haqgo‘y, adolatparvar, erksevar odamlar borligidan, ularni
yuksak darajada tafakkur qila olishlariga yana bir bor amin bolgandilar.
«Xudo haqi, Odilning shu nutqidan keyin, - deya xotirlagan edi
qahram on munaqqidimiz Ozod Sharafuddinov,- men olis-yaqin
yurtlarga borganimda qaddimni g‘oz tutib, bo‘ynimni egmay, indamay,
qisinmay «men o‘zbek ziyolisiman» deydigan boMdim..., Odil o‘sha
nutqi bilan o ‘zbek publitsistikasini rekord yuksaklikka ko‘tardi»'.
Sobiq Sho4rolar davrida majlislarda, katta-kichik yig4inlarda
gapiriladigan nutqlarning ichki qurilishi muayyan qolipga tushib
qolgandi. N utq n in g m uqaddim asi partiyaga ham du sanodan
boshlanishi, aw alo partiyaga ta ’zim, shon-sharaf va qulluq qilinar,
so‘ng erishilgan yutuqlarning olamshumulligi haqida gapirish talab
qilinar edi. Shulardan keyingina, agar vaqt qolsa, asosiy masalaga
o ‘tilar edi.
N utq qaysi mavzu doirasida b o‘lishidan qat’iy nazar nutqda no-
tiqning hayot yo‘li, yillar mobaynida kechirgan jamiki murak-
kabliklari, chekilgan iztiroblar aks etmog‘i va shunga o ‘xshash
hodisalar hayajon bilan bayon etilmog‘i kerak. Shuning uchun ham
odam lar yubileyini nishonlayotgan insonga oxirida so‘z berganlarida
uning so‘zini butun vujudlari bilan eshitishga harakat qiladilar, nutqni
gulduros qarsaklar bilan olqishlaydilar. Boisi, yubilyarning nutqida
uning hayoti, hayajoni va samimiy mulohazasi aks etgan bo‘ladi.
1 Sharafuddinov O. Ijodni anglash baxti. T. «Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2000.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Uzoq davrlardan buyon kishilarning o ‘zaro munosabatlarida,
ular bir-birlarini tushunishlarida, fikr almashishlarida nutq, nutqiy
munosabatlar hamisha muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bugun
zam on talabiga mos ravishda tilning kom m unikativ-funksional
tamoyiliga, asosan, nutqiy faoliyatga e ’tibor kuchaydi. Nutqiy fao-
liyat til va nutq dialektikasiga muvofiq tarzda ro‘yobga chiquvchi ho-
disa bo£lib, uning har qanday turi so‘zlovchi va tinglovchi o'rtasi-
dagi o£zaro munosabat vositasi hisoblanadi.
Nutqning mohiyati uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy
qimmati bilan belgilanadi. «Madaniy nutq», «nutq madaniyati»,
«notiqlik» degan iboralar bor. Nutqning xarakteri ana shularning
mohiyatini bilish bilan izohlanadi. U laming lingvistik birlik sifatida
o ‘z xususiyatlari mavjud bo £lib, ular insonlarning o £zaro flkr
almashishdagi nutqiy jarayonning bosqichli shakllari deyish mumkin.
Anashu shakllar to £g£ri nutq, nutq madaniyati - notiqlikdir.
Dostları ilə paylaş: |