Orttirur mehringni hardam mehribonlar suhbati,
Jonga jon bahsh aylagandek, jonajonlar suhbati.
Sira oson bo ‘Imagan mushkul tugunlarni echar,
Fikr qiling qirq yoruvchi nuktadonlar suhbatil.
Suhbatlashish odobida quyidagilarga e ’tibor qaratish maqsadga
muvofiq:
* suhbatlashayotgan kishilarning gapini bo‘lmaslik lozim. Agar
zarurati bo‘lsa, albatta, uzr so‘rab, murojaat etish kishining mada-
niyatli ekanligini bildiradi;
* suhbat mavzui haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmay turib,
suhbatga aslo aralashmang, zero, oqibatda bemavrid fikringiz uchun
uyalib qolishingiz ehtimoli mavjud;
* suhbatlashayotganlarga qarata luqma tashlamang. Bu o‘rinsiz
qilig‘ingiz suhbatlashayotganlardan birini ranjitishi mumkin;
* suhbatdoshga og‘ir botadigan, uni xafa qiladigan, noqulay
vaziyatga solib qo4yadigan hamda suhbatdoshingiz xohlamaydigan
1 Chustiy. Ko‘ngil tilagi. Chust matlubotjamiyati uyushmasi. 1994. 37-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
mavzu bo‘yicha suhbat qurmang. Bu borada zehnli va farosatli bo‘lish
kishi uchun doimo muvofTaqiyat olib kelgan;
* suhbatdoshingizni haddan ziyod m aqtab yubormang. 0 ‘rin-
siz maqtov do‘stona munosabatga putur yetkazadi. Shuningdek,
suhbatlashayotganda “m en”ingizni markaziy o ‘ringa qo‘ymang.
Chunki bunday suhbatlar aksariyat hollarda zerikarli bo‘ladi;
* suhbatdoshingizning kimligi, mavqei, qiziqishi, ijtimoiy kelib
chiqishi va hokazo shu singari xususiyatlarini aw aldan bilishga
harakat qiling. Shunda u bilan boMadigan suhbatingiz m azm un-
liroq bo‘ladi;
* suhbatdoshingizni hurmat qilishga o ‘rganing, hatto uni fikrini
siz noto‘g‘ri deb bilganingizda ham oxirigicha eshiting;
* tanim agan yoki endi tanishgan o dam lar bilan suhbatla-
shishdagi asosiy mavzular, albatta, sport yoki seriallar bo‘ladi.
Biroq bunday suhbatlarda oilaviy masalalar, shaxsiy hayotdagi
kelishmovchiliklar, ish joyidagi muammolar haqida suhbatlashish
o ‘rinsizdir. Shuningdek, suhbatlashayotganlar uch va undan ortiq
kishini tashkil qilsa-da, ikki tanish odam bir-biri bilan o ‘zlari
bilgan mavzuda suhbatlashishlari boshqalarga nisbatan hurmatsizlikni
bildiradi;
* suhbatga qo‘shilishni istasangiz, albatta, suhbat mavzusini,
suhbatlashayotganlaming kayfiyatini hisobga oling. Yaxshi kayfiyatda
suhbatlashayotganlarga qo‘rqinchli, vahimali, ko‘ngilsiz holatlar
haqida gapirmang. Ayniqsa, bemor bilan suhbatlashganda juda
ehtiyotkor bo‘ling, bemornining ko‘nglini yaxshi, muloyim hamda
kasalligidan biroz bo‘lsa-da, chalg‘ituvchi so‘zlam i topib gapirish
maqsadga muvofiq;
* suhbatlashishning asosi faqat gapirishdan iborat emas, balki
tinglash hamdir. Ammo tinglash faqat eshitib o ‘tirish degani ham
emas. Yaxshi suhbatdosh suhbatdoshining fikrini tinglaydi, gapining
mag‘zini chaqishga harakat qiladi, fikrlaridan mantiqiy xulosalar
chiqaradi, qo‘shilmagan taqdirda “Darhaqiqat, manabu fikringizda
jon bor, biroq awalgi gapingiz biroz mubolag‘ali» yoki “ Kechirasiz,
menimcha shu fikringizni boshqacharoq ifoda etganingizda yanada
tushunarliroq bo‘lar edi», yoki “Fikringizni b o ‘lganligim uchun
uzr, lekin men buni boshqacha tasawur qilaman» va hokazo. Zinhor
“BoMishi mumkin emas” , “Gapingiz mutlaqo n o to ^ r i”, “ Bu haqda
hech narsani bilmaysiz” , “Siz aytayotgan gaplami yosh bola ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
biladi” degan iboralami ishlatmangki, bu suhbatdoshingizning izzati,
nafsoniyatiga tegadi;
*
suhbat paytida hadeb soatga qarash, yon-atrofga alanglash,
boshqa birovga pichirlab gapirish hurmatsizlik va madaniyatsizlik
belgisi sanaladi. Bu holat suhbat olib borayotgan kishiga nihoyatda
salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. N atijada suhbat samarasiz yakunlanadi.
Bugungi voqelik olamning ko‘p ishlari va haqiqatlariga yangicha
qarash, ularni butun murakkabliklarini yangicha idrok qilish va
yangicha siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy mezonlarda baholashni talab
etadi.
Milliy m a’naviyatimiz va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi,
o ‘zligimizni anglay boshlaganimiz tufayli bugun har birimizning
ongim iz, tafakkur tarzim izda muhim ijobiy o ‘zgarishlar ro ‘y
bermoqda. Hayotiy o ‘zgarishlar odamlarimiz qalbi va ongiga singib,
ularda kelajakka ishonch tuyg‘usini, Vatanga muhabbat, erkinlik hissini
tarb iy alam oq da. M azkur jaray o n lar so‘zlashuv m adaniyatini
takomillashtirishda, uni yanada go‘zallashtirishda har bir kishidan
e ’tiborli bo‘lishni talab etadi.
5.2. Turmush tarzi madaniyatining milliy
xususiyatlari
Jahonning m a’naviy-m a’rifiy, ijtimoiy-madaniy sohalaridagi
chuqur o ‘zgarishlar hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Olib
borilayotgan tub islohotlar dunyoning awalgi manzarasini o ‘zgartirib
yubormoqda. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, mustaqillikka
erish g an h ar bir m am lak at o ‘z taraqqiyot yo ‘lini, davlatni
m u stah k am lash n in g in so n p arv ar asoslarini izlaydi, shuning
barobarida yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasi, o ‘ziga xos va
o'ziga mos yo‘lni tanlaydi. Zero, ijtimoiy-madaniy va m a’naviy
vaziyat, odamlar o ‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning
dunyoqarashi, jum ladan, turm ush madaniyati, axloq m e’yorlari,
milliy an ’analari shuni taqozo etadi.
Mamlakatimizning chinakam mustaqillikka erishishdan iborat
o ‘z y o ‘li respublikani rivojlantirishning bir q ator o ‘ziga xos
xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga
asoslanishini ta ’kidlab, Islom Karimov «Awalo, u aholining milliy-
tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’nalari va urf-odatlari-
www.ziyouz.com kutubxonasi
dan kelib chiqadi” , - degan fikrni aytgan edi1. Darhaqiqat, chuqur
ildizi o‘tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan
jamoaviylik asoslari 0 ‘zbekiston xalqiga tarixan xosdir. Bu borada
xalqimizdagi m ehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, millatidan qat’iy
nazar odamlarga xayrixohlik, mehr-muruwatlilik, o‘zgalar qayg‘usi-
ga hamdard boMish, o ‘zaro yordam tuyg‘usi, kishilar o ‘rtasidagi
madaniy-axloqiy munosabatlaming asosiy me’yorlaridan hisoblanadi.
Respublikamizda amalga oshiralayotgan islohotlarning asosida ham ,
shuningdek, odam larning turmush tarzida, kundalik hayotida,
ruhiyatida hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda ana
shunday ma’naviy omillar sezilarli ta’siiga ega. Zero, mamlakatimizda
boshlanadigan har bir yil insonni har tom onlam a rivojlantirishga
qaratilgan nom bilan atalayotganligi “ Inson islohot uchun emas,
islohot inson uchun” tamoyiling amaldagi ifodasi bo‘lib bormoqda.
Shuni ta ’kidlash zarurki, so‘nggi yillar mobaynida kishilarning
ijtimoiy ongida muayyan o ‘zgarishlar sodir b o ‘ldi. E ndilikda
qadriyatlami yangicha baholash, ularni takomillashtirish, ilg‘or milliy
an ’analarni saqlagan holda umuminsoniy qadriyatlami hurmatlash
tuyg‘usi shakllanmoqda. Respublikamizning yangilanish va ijtimoiy
taraqqiyot yo‘li ijtimoiy tumiushining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
m a’rifiy, m a’naviy-madaniy va boshqa sohalarini qamrab oladi. Bu
y o l mustaqil 0 ‘zbekiston ichki va tashqi siyosatining um um iy
strategiyasini belgilab beradi. Shu bois yangilangan jamiyatning siyosiy
va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush
tarzini erkin tanlab olishini kafolatlaydi. Shu bois, mamlakatimizning
ijtimoiy-ma’naviy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda
ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, m a’naviy-madaniy merosga
ijobiy munosabatda bo‘lish, xalqning milliy madaniyati va o ‘ziga
xosligini ifoda etuvchi an ’analarni rivojlantirish, uning go‘zalligini
ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Kishilarning turmush tarzi va madaniyatini, maishiy hayotini
takomillashtirish, shaxsni har tomonlama kamol toptirish ham m a
vaqt jamiyatning muhim va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Axloqiy
fazilatlar, ularni shakllantirishning milliy jihatlari har doim saqlanib
qoladi va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga moyil bo‘ladi.
’ Karimov l.A. 0 ‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.
T. 0 ‘zbekiston, 1993. 40 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
X alqim izning milliy m a’naviyati, o‘ziga xos axloqiy fazilatlari,
turm ush tarzi madaniyati bugungi kundagi jamiyat taraqqiyotining
m uhim omillaridandir. Shuningdek, turmush tarzi madaniyatining
milliylik xususiyatlari xalqning a n ’analari va urf-odatlarida, kundalik
hayoti va m a’naviy turmush sohalarida o‘z aksini topadi. Ana shular
d an biri bo‘lgan m ehm ondo‘stlik va uning xalqimiz madaniy hayo-
tida tutgan o ‘rni haqida fikr yuritamiz.
M ehm ondo‘stlik xalqimiz turmush tarzining bir qismi bo‘lib,
ko‘p asrlar davomida tarkib topib, hayot tajribasidan o ‘tgan axloq
va nafosat maktabidir. M ehm ondo‘stliktushunchasi umumiy ma’noga
ega b o iib , m ehmondorchilik, mehmonnavozlik, mezbonnavozlik,
m ehm on bo‘lmoq kabilar mazkur tushunchaning tarkibiy qismiga
k irad i. S h un ingdek, m e h m o n d o rch ilik insoniy fazilatlardan
hisoblanadi. Chunki mehmondorchilik nafaqat ulfatchilik, qorin to‘y-
dirish yoki dasturxon bezatib, tansiq taomlarni odamlarga berish,
balki kishining holidan xabar olish, ulug‘ insonlami ziyorat qilish
maqsadida, ularning uyiga borish ham mehmondo‘stlikning bir ko‘ri-
nishidir. Zero, mehmon “atoyi X udo” sifatida qadrli ekan, uyingizga
ochiq ko‘ngil va yaxshi niyat bilan qadam ranjida qilgan har bir
kishi siz uchun m ehm on kabi azizdir. Mehmondorchilik o‘ta nozik
fazilat b o ‘lib, u insondan yuksak did, farosatni va axloqiylikni talab
etadi. Bu jarayon gohida oriyatga ham aylanadi.
Mehmondorchilik - ko‘rishuv, muloqot, muomala uchun subyekt
vazifasini bajaradi. U nda takalluf, mulozamat, hurmat, tavoze kabi
k o ‘rinishlar ustuvor b o ‘lib, ular mehmonning kayfiyatini ko‘-
tarishga, ko‘nglini olishga yo‘naltiriladi. M ehm ondo‘stlikning
ijtim oiy-m a’rifiy, m a’naviy-tarbiyaviy ahamiyatiga doir ilmiy tad-
qiqot ishlarini olib boigan faylasuf olim Karim Mahmudov bu borada
g‘oyatda qimmatli m a’lum otlarni to ‘plagan. Xususan, olimning
«M ehm onnom a” kitobida mehmondorchilik marosimining odobi,
fazilati, qoidalari, tartibi va milliy xususiyatlari bayon etilgan. Olim
mazkur kitobda mehmondorchilikni qadriyat darajasida talqin etishi
barobarida, uning nazariy va amaliy tomonlarini ham e ’tibordan
chiqarmaydi. Ayniqsa, m ehmon va mezbon odobiga doir nasihatlar,
mehm ondorchilik qoidalari, m ehmon toifalari, mehmonga m uno
sabat, mehmonga taklif, mehmondorchilik turlari kabi mavzularda
mehm ondorchilik nafaqat marosim, ayni paytda, milliy madaniyat
ko‘rki sifatida gavdalantirilgan. Mehmondorchilikning chiroyli o‘tishi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
asosan, mezbonning kayfiyati, fe’l-atvori, axloqiy tarbiyasi hamda
m ehm onga nisbatan boMadigan m u n o sab atig a b o g ‘liqligini
K.Mahmudov bir necha hayotiy misollar va rivoyatlar orqali ko‘r-
satib beradi. Ayniqsa, “ Uyiga mehmon kelmay qolsa, odam lardan
o ‘pkalay bermay, har kim o ‘ziga, odob-axloqiga nazar tashlamog‘i
joiz” , “ Mezbonning ko‘pchilikka malol keladigan odati bo‘lsa,
bundaylardan ham mehmon yuz o‘giradi”, “ M ehmonni malol ko‘ra-
digan odam o‘zi ham mehmon bo‘lganda, malol kelishini o ‘ylashi
kerak”1, - degan fikrlari mehmondorchilik marosimi botin va zohiriga
ko‘ra axloqiy-estetik jarayon ekanligidan dalolatdir.
Shuni alohida ta ’kidlash o 4rinliki, Sharqni deyarli barcha
allomalarining axloqiy-tarbiyaviy pandnom alarida xalq turm ush
tarziga oid o‘gitlar, kundalik faoliyatiga doir nasihatlar davr nuqtai-
nazaridan tahlil qilingan. “Qutadg‘u bilig” , “ Devoni lug‘atit turk” ,
“Qobusnoma” , “Axloqi Muxsiniy”, “Makorim ul-axloq” , “G u-
liston”, “Bo‘ston” , “ Mahbub ul qulub” kabi pandnom alarda inson
ning jamiyatdagi o ‘rni, turmushdagi kechmishi, kundalik faoliya-
tidagi harakatlar axloqiy-estetik tizim orqali ifodalanadi. Jumladan,
Kaykovus qalamiga mansub “ Qobusnoma”ning “ M ehm on olmoq
va mehmon bo‘lmoq zikrida” deb nomlangan bobini o ‘qir ekansiz,
mehmondorchilik qoidalari, fazilat va illatlari nimalarga bog‘liq va
nimalarda ko4rinishini anglab etasiz2.
Bu borada chiqargan xulosalarimiz shundan dalolat beradiki,
mehmondorchilik qoidasi va fazilatlari ushbulardir:
* har kuni mehmon chaqirgandan ko‘ra, ularni bir marta cha-
qirish lozim, toki dasturxonga qo‘yilgan n e’m atlar bodastir va ayb-
siz bo‘ladi.
* uyingizga qadam ranjida qilgan odamning oldiga peshvoz chiqing
va ular bilan chiroyli muomala qilingki, ular sizning duoingizni qilsin.
* zinhor mehmondan yuqoriga o‘tirmang. Agar mehmon sizni
o ‘tirishingizga rozilik bildirsagina ular bilan birga boMing. Yo‘qsa,
uzringizni so‘rab, «mezbonlik» ishlaringizni davom ettiring.
* mehmonga «Undan oling, bundan oling. Nega hech nima
emayapsiz, bulaming bari sizlar uchun qo‘yilgan. Agar dasturxonda
1 Mahmudov Karim. Mehmonnoma. . Т.: “Yosh gvardiya” nashriyoti,
1989. 26 b.
2 Qarang: Kaykovus. Qobusnoma. Т.: Istilol, 1994. 53 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
etishmovchilik bo‘lsa, uzr, boshqa kelganlaringizda batafsil qilamiz»,
degan m ulozam atni hadeb aytayvermang. Bunday so‘zlar, ayniqsa,
tarbiyali insonlaiga yarashmaydi.
* m ehm on garchand og‘ir botadigan so‘zlarni gapirsa ham,
unga qattiq gapirmaslik, uni hurm at qilish zarur.
‘ M ehmondorchilikdagi illatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
* mehmonga ta ’na qilish, dasturxondagi ne’matlar va taomlami
maqtayverish;
* huda-behuda kulaverish;
* ochko‘zlik qilib, oldidagi narsalami eb tugatish;
* m ehm onlar oldida xonadon a ’zolariga (xotini, farzandlari va
xizmatkorini) tanbeh berish, ularni so‘kish va haqoratlash.
Biz «Qobusnoma»da keltirilgan o‘gitlarning m atnini sodda-
lashtirib, ushbu holatda tavsiya etishimizdan maqsad, ulaming
bugungi kundagi aham iy ati biroz bo‘lsa-da, kam aym aganini
ko‘rsatish hamda uning m azmuni hozirgi mehmonlik martabasi va
m ezbonlik am allaridagi go‘zallikni namuna qilib ko‘rsatishdan
iboratdir.
M ehmondorchilikning o ‘zbek xalqiga xos xususiyatlarini ilmiy
— aksiologik - axloqiy - estetik tizimda ко‘rib chiqish mumkin. Ya’ni,
mehmonnavozlik - fazilat sifatida, mehmon - hurmatli kishi sifatida,
m ehm ondo‘stlik — qadriyat sifatida, mehmondo‘stlik — go‘zal san’ati
sifatida o ‘rganish maqsadga muvofiq.
Mehmonnavozlik fa zila t sifatida.
Bu insonning fe’l-atvori, xulqi,
odobi bilan bog‘liq jarayondir. E’tibor bersangiz, ochiq ko‘ngil,
keng fe’lli, xushm uom ala, samimiy insonlarning uyidan odam
arimaydi. Ular biror-bir tadbir qilsalar eshigini tagida xizmatiga
kamarbasta kishilar ko‘plashib turishadi. Aksincha, yomonlarning
uyiga mehmon bormaydiki, bu o ‘sha kishi fe’lining yomonligidandir.
M ehm on h u r m a tli k is h i sifa tid a .
X alq im iz m e h m o n n i
e ’zozlashining sababi shundaki, mehmonning kelishi yaxshiliklar
ramzi ekanligi, m ehm on dilxushliklarni keltiruvchi, araz va ginalarga
barham beruvchi ekanligidadir. Darhaqiqat, mehmon kelganda, er-
xotin o ‘rtasidagi janjal ham , bolalaming harxashasi ham to ‘xtaydi,
ovozim iz o ‘z - o ‘zidan sekinlashib, m uloyim b o ‘lib qolam iz.
Shuningdek, uyimizga m ehm on kelishi ozodalik va pokizalik
sababchisi ham dir. Shundan bo‘lsa kerak, onalarning «Qizim,
o ‘tirishingni qara, uyni supurib qo‘ysang bo‘lmaydimi. Shu holatda
www.ziyouz.com kutubxonasi
biror kishi kelib qolsa, o ‘ylamaydimi isqirt yashar ekan deb?!”
koyiishlari shundan bo‘lsa kerak. Hatto uyimizda yotgan bemor ham
biroz bo‘lsa-da, kasalini unutib mehmon bilan suhbat quigisi keladi.
Mehmondo ‘stlik qadriyat sifatida.
0 ‘zbek xalqi o ‘zining og‘zaki
ijodi bilan dunyo adabiyotida munosib o ‘ringa ega. “ G o ‘ro ‘g‘li” ,
“Alpomish” , “ Kuntug‘mish” , “ Ravshan” kabi qahram onlikning
gultojisi sanalgan dostonlami yaratib, madaniyat xazinasiga salmoqli
hissa qo‘shgan millatmiz. Xalqimiz og‘zaki ijodiga mansub, asrlar
davomida yaratilgan m ehm ondo‘stlik va mezbonnavozlik to ‘g‘risi-
dagi hikmatli so‘zlar, iboralar, maqol-matallar, rivoyatlarda oda-
miylik fazilatlaiga undovchijihatlartalaygina. Jumladan, «Alpomish”
d o stonidan olingan quyidagi m uloqot flk rim izni isbotlaydi:
“Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o ‘tirib, baxildan, saxiydan
gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o fig‘li Alpo'mishdan: - Kishi
nimadan baxil bo‘ladi, nimadan saxiy b o ‘ladi?-deb so‘radi. U nda
o‘g‘li turib aytdi: vaqti-bevaqt birovnikiga m ehm on kelsa, otini
ushlab, joyi bor bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo ‘natsa, bul ham saxiy;
agar joyi bor turib, joy yo‘q, deb qo‘ndirm ay jo ‘natsa bul odam
baxil” 1.
Bulardan tashqari, « 0 ‘zi kelgan m ehm on Atoyi Xudo, Chaqirib
kelingan mehmon baloyi Xudo” , Baxil m ezbon m ehm onini o ‘g‘ri
ko‘rar, Berganini minnat qilib yuzga urar” , “ Mehmon kelsa o ‘tqazgil
hordiq olsin, Oti ham arpa-bug‘doy, som onga to ‘ysin” kabi
hikmatlar donishmand xalqimiz ijodiga tegishli.
Mehmondo'stlik
- g o ‘zal sa n ’ati sifatida. Yuqorida ta ’kidla-
ganimizdek, mehmondorchilik mezbondan o‘ta nozik did va farosatni
talab etadi. M ehm on kutishdan to rtib , uni k u zatish g ach a,
dasturxonni bezashdan to rtib , narsalarni jo y lash tirish g ach a,
taomlarning mazasidan tortib, mehmon bilan b o‘ladigan suhbatga-
cha - barcha-barchasi gotzallik qonuniyatlari asosida bo‘lishi zarur.
Ju m la d an , m eh m o n d o rch ilik n in g m u h im su b y ek ti b o ‘lg an
pazandalik san’atida taom tayyorlash jarayoni, uni bezash, taom lam i
tartib bilan tortiq qilishning o ‘ziga xos xususitlari bor. M illiy
xususiyatlarim izdan kelib chiqqan h o ld a , bugungi k u n d ag i
mehmondorchiliklaming aksariyatida dasturxonga yengil taom lar
1 Qarang: Alpomish. Т.: Sharq nashriyot-matbaa konsemi Bosh tahri
riyati, 1998. 18 b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
(somsa, go'shtli salatlar), so‘ngra birinchi va ikkinchi taomlar tortiladi.
Birinchi taom suyuq (sho‘rva, mampar, lag‘mon, tiftil va h.k),
ikkinchi taom quyuq (palov, qovurdoq, dimlama, rnanti, norin va
h.k)lardan iborat bo‘ladi. M azkur jarayonni go‘zal tashkil etishdagi
asosiy u n su rlar - idishlarning chiroyliligi, tozaligi, qulayligi,
joylashtirishning nafosati hamda taomning mehmonga xush yoqadigan
xilini tanlay bilishdadir. Zero, mehmonga xush yoqmagan taomni
taqdim qilish m ehm ondorchilikdagi nafosat mezonlarini buzib
yuborishi mumkin. Shuni ta ’kidlash zarurki, ko‘nglimiz tilamagan
taomni mehmon dasturxoniga qo‘yish yoki o ‘zimizga ravo ko‘rmagan
narsani mehmonga sovg‘a qilish - mehmonni mensimaslikdir.
H ar bir inson o‘z turmushini rohat-farog‘atda o ‘tkazishni, umrni
zoe ketm aslikni istaydi. Agar o ‘tkazgan umrimiz oz bo‘lsa-yu
ko‘rkam bo‘lsa, bunday um r uzoq umr ko‘rgan kibidir. Ko‘rkam
turm ush esa, insonning xulqi, odobi, madaniyati, o ‘ziga e’tibor
berishi bilan bog‘lanadi. Chiroyli xulq va go‘zal muomalaga ega bo‘lgan
kishilarning turmush tarzi ham go‘zal bo‘lishini hayotimizda ko‘p
uchratganmiz. Shu boisdan turmush tarzi madaniyati insondan hayot
bilan hamnafas boMishni, ilg‘or a n ’analarni turmushga joriy etish-
ni, m aishiy turm ushni doim o o ‘zgartirib, yangilab borishni ham
da chiroyli turm ushdan ibrat olishni talab etadigan jarayondir. Zero,
M irzo Abdulqodir Bedilning quyidagi hikmatli ruboiysi yuqoridagi
fikrlarimizni xulosalash uchun kifoya qiladi:
Наг ко ‘zki, agar olmasa ibrat, ко ‘rdir,
Har luqma, agar bermasa lazzat, sho ‘rdir.
Har to ‘n, agar о ‘zgarmasa, to
‘nmas, и kafan,
Har xonaki, birdek turaversa, go 'rdir.
Takrorlash uchun savollar:
1. So‘zlashuv madaniyatining milliy xususiyatlarini ko‘rsating?
2. So‘zlashuv madaniyati ko‘rinishlarini izohlang?
3. Nutqiy muomala qanday m a’noga ega?
4. M uloqotda so‘z asosiy vosita ekanligini isbotlang.
5. Salomshashish odobi qoidalarini sharhlang?
6. Murojaat qanday turlarga bo‘linadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
7. Turmush tarzi madaniyatida an’analaming o ‘m i nimalarda
ko‘rinadi?
8. Turmush tarzi madaniyatining milliy xususiyatlari nimada?
Amaliy mashg‘ulot savollari:
1. So‘zlashuv madaniyatida qabul qilingan m e’yorlar.
2. So‘rashish muomala madaniyatining m uhim vositasi sifatida.
3. Salomlashish va uning axloqiy mohiyati.
4. Murojaat qilish va uning turlari.
5. Turmush tarzi tushunchasi.
6. Turmush tarzi madaniyatining ijtim oiy-ma’naviy sohalardagi
o‘mi.
7. M ehmondo‘stlik milliy madaniy at imizning m uhim qismi si
fatida.
8. Turmush tarzi madaniyatinig shaxs kamolotidagi o ‘mi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
6-BOB. SHIRIN SO ‘Z VA CHIROYLI
MUOMALA - INSON KO‘RKI SIFATIDA
6.1 Shirinso‘zIik va uning shartlari
M a’lumki, «Avesto»da Axura-Mazda dunyoga haqiqat, go‘zallik va
ezgulikni o‘matish uchun kelgan Iloh sifatida ulugManadi. Buni «Asha
alqovi»dan o ‘rin olgan quyidagi misralarda yaqqol ko‘rish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |