240
•
tormoz kolodkalarini ushlovchi tayanch;
•
tormozni to`xtatish mexanizmi.
Ishlash printsipi
: haydovchi tormoz pedaliga bosishi bilan sistemada ishchi
bosim hosil qilinadi. Suyuqlik ishchi silindr porshenlariga ta’sir qiladi. Porshenlar
tortuvchi prujinalar kuchini yengib tormoz kolodkalarini harakatga keltiradi.
Kolodkalar barabanning ishchi yuzasiga yopishib uning aylanishini sekinlashtiradi.
Baraban ishchi yuzasi va kolodkalar orasida ishqalanish kuchi natijasida g`altakning
tormozlanishi yuzaga keladi. Tormoz pedalini bosmaganda
tortuvchi prujinalar
kolodkalarni birlamchi holatiga qaytaradi.
3.6.8-rasm. Barabanli tormoz qurilmasi detalirovkasi
Dasturlangan to`xtatish nuqtalariga va chiqish zvenosi (porshen yoki silindr)
tezligini rostlash imkoniga ega bo`lgan tormozlash qurilmalarini (pozitsionerlar)
yaratish uchun dvigatel ichida o`rnatilgan friktsion mexanizmlar qo`llaniladi. Ular
porshen yoki silindr ichida o`rnatilgan bo`lib, silindr, shtok yoki boshqa aylanma
detallar bilan o`zaro ta’sirlashadi.
241
Pozitsionerning chiqish zvenosini dasturiy to`xtatish uchun boshqariladigan
friktsion qurilmalar ishlatiladi. Ular o`zining shaxsiy yuritmasiga ega va boshqaruv
tizimi buyruq`iga muvofiq u tormozni yopadi yoki ochadi.
Dostları ilə paylaş: