242
Kremniyorganik yoki mineral moylarda joylashtirilgan ferromagnit
kukunlar magnit maydonida o`zining qovushqoqligini o`zgartiradi, va shu sababli u
drossellenganda o`zgaruvchan gidravlik qarshilik xususiyati paydo bo`ladi.
Kukunli elektromagnit tormozning ishlash printsipi va tuzilishini ko`rib
chiqamiz (3.6.9-rasm).
Uning korpusi
1,
serdechniki
2
va qopqog`i
4
po`latdan
yasalgan. Yupqadevorli kam inertsiyali po`lat rotori
9
podshipniklar
6
ga qotirilgan
chiqish valiga ulangan. Serdechnikka qo`zg`alish cho`lg`ami
3
o`ralgan. Korpus va
serdechnik oralig`idagi rotor joylashgan bo`shliq ferromagnit kukun bilan
to`ldirilgan. Podshipniklar ichiga kukun kirib qolishini
oldini olish uchun tiqin
sifatida kremniyorganik suyuqligi bilan to`yintirilgan fetr xalqasi
7
va doimiy xalqa
magniti
8
ishlatilgan. MMning harakatlanuvchi elementlari bilan tormoz shesternya
5
yordamida bog`langan.
Dostları ilə paylaş: