17
dek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kas biy ko‘nikma va mala-
kalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan peda go gik jarayondir.
Mehnat tarbiyasining maqsadi shaxsda
mehnat va mehnat faoli-
yatiga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishda quyidagi
vazifalar
hal qilinadi:
1. Shaxsga mehnatning
mohiyatini chuqur anglatish;
2. O‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
3. O‘quvchilarni turli mazmunga ega mehnat ko‘nikma va
mala ka-
lari bilan qurollantirish;
4. O‘quvchilarda mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakl lan-
tirish;
5. O‘quvchilarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rga -
tish;
6. O‘quvchilarda mehnatga muhabbat uyg‘otish,
ularni meh nat se-
var likka, tejamkorlikka o‘rgatish.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan
bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo‘lib,
yakuniy natijada ularning mehnat qurollari,
vositalari va jarayonlari
haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish meh -
natini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarni egal lash-
lariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va
shaxs faro-
vonligi yo‘lida mehnat faoliyatida ko‘nikishlariga imkon beruvchi
shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv
fanidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat fanini o‘qitishning maq-
sadi: O‘quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jara yonlari
bi lan tanishtirish. Kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Dast
labki mehnat ko‘nikmalari va malakalarini shakl
lantirish.
Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakl lantirish. Mehnat va
kasblarni
qadrlash, ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatish.
Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi uchun uzviy bog‘lanishni yara-
tish kerak. Bular ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maq sadlar hi-
sob lanadi.
Ta’limiy maqsad
– o‘quvchilarning barkamol shaxslar bo‘lib shakl-
lanishlari uchun
ularga mehnat jarayonlari, qo‘l mehnatiga o‘rgatish,
18
ularni kasblar haqida ma’lumotlar berish bilan birga uyg‘un lash tirish
orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: