Tashkiliy vazifalar:
Mehnat ta’limi bo‘yicha nazariy amaliy
mashg‘ulotlar uchun o‘quv xonalari hamda unda maxsus ish joyi tashkil
qilish, xavfsiz va qulay mehnat sharoitini yaratish zarur. Xomashyo
materiallar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlash. Sanitariya-gigiena,
mehnat xavfsizligi bo‘yicha belgilangan talablarning to‘liq bajarilishini
ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish. Mehnat korxonalari,
tashkilotlar, kasb-hunar kollej lari bilan uzviy aloqa o‘rnatish, o‘quv
xonada ishlash qoidalari bilan tanishtirish, sinf jurnallarini, rasmiy
hujjatlarni, ish rejalarini yuritish.
Uslubiy vazifalar:
Mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik ish reja-
lar ini tuzish, bunda mahalliy sharoit va ehtiyojlar va imko niyatlarni hi-
sob ga olib, o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish mum kin bo‘lgan kasb
turlarini tanlash, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘z lariga xos mehnat mash-
g‘ulotlarini amalga oshira borish, mashg‘ulotlarda zamonaviy ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish,
mehnat ta’lim va tar biyasining birligini ta’minlash.
O‘quvchilarda mehnat malaka va ko‘nikmalarini, mehnatga qizi-
qish va mehnatsevarlikni shakllantirish.
Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan
rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlari, shaxsiy ruhiy va
fiziologik sifatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish
ishlarini olib borish.
20
Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy
vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim
maktablarining boshlang‘ich sinflarida qo‘l meh natiga o‘rgatish,
kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar berish, davlat ta’lim standartlari talabi
bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib
yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishdan, mehnat madaniyatini
shakllantirishdan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo
bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda
joy lashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan
tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori
va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda
olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli
qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham
mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan
o‘quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushma gan liklari tufayli
o‘qituvchining ko‘p vaqti bekorga sarf bo‘ladi: biri qaychisini,
ikkinchisi qog‘ozini olib kelmasdan, mashg‘ulotlarga qatnashib ish qi-
la yotgan o‘rtog‘ini narsa so‘rab chalg‘itadi. Shuning uchun o‘qituv chi
dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o‘quvchilar o‘rta-
sidagi o‘zaro do‘stona yordamga tayanib o‘z vaqtida choralar ko‘rishi
lozim. Biroq har qanday holat da ham o‘quvchini uyga jo‘natmaslik
yoki jazo berish tar tibida o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aq liy
rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo‘llashni talab qil may-
digan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobi-
liyat larni o‘stirmaydi.
Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tar tibda va
harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini munta zam tushuntirib
borish bilan birga bo‘ladigan ko‘p marta mashq qilish lar natijasida
tarkib topadi.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning ma-
shaq qati uchun astoydil kurashish, o‘sib kamol topayotgan yosh av-
lod ga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini
21
shakl lantirish zarur bo‘lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o‘z
bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo‘shishlari pedagog tarbi-
yachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |