27
Ekskursiya bilishga qiziqishni avj oldirishda, o‘quvchilarga mus-
ta qillik tuyg‘larini singdirish va hayotni bilishda muhim o‘rinni
egal laydi. Agarda ekskursiyalarni o‘tkazishda ishlab chiqarish vakil-
lari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo‘ladi. Ekskursiya jara-
yonida o‘quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan
tanishadilar. Ekskursiyani o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar oldiga aniq
maqsadlar qo‘yish, ekskursiyadan so‘ng savol-javob o‘tkazish lozim.
Masalan, to‘qimachilik kombinatiga ekskursiya uyushtirishdan oldin
o‘quvchilarga guruhlar bo‘yicha topshiriqlar berish mumkin.
Kitob bilan ishlash. Hozirgi kunda mehnat ta’limi bo‘yicha 1–4-
sinflarga mo‘ljallangan “Mehnat” darsliklari asosida o‘qituvchidan
o‘quv chilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatish talab qilinadi. Bu maq-
sadda quyidagi kitoblardan qo‘shimcha foydalanish tavsiya etiladi:
X.Sanakulov, D.Xodiyeva. “Boshlang’ich sinflarda qo g
‘oz dan amaliy
ish lar”, metodik qo‘llanma; Sanakulov X.R, Xodiyeva D.P, Rustamova
M. “Mehnat va uni o’qitish metodikasi darslarida modulli figuralar
yasash texnologiyasi”, metodik qo‘ llanma.
O‘quvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin o‘qituvchining
o‘zi bu kitobni puxta o‘rganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish
mumkinligini belgilab chiqishi lozim. O‘quvchilarni kitob bilan
mustaqil ishlashga asta-sekin o‘rgatib borish kerak.
Texnik vositalar.
Dostları ilə paylaş: