28
qo‘ygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.
O‘quv materiali mumkin qadar qiziqarli va o‘qimishli qilin ganda,
u yaxshiroq egallanib, o‘quvchining qalbiga singadi va uni amalda
qo‘llash osonroq bo‘ladi.
Har bir o‘quvchidagi
qiziqish turlichadir, shunday ekan, o‘qi tishda
yakka tartibda yondashishni oshirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari
bir sinf, bir yoshdagi o‘quvchilarning rivoj langanlik darajasi
hamda
bilimlarni egallash tezligi turlichadir.
Darslarni to‘g‘ri tashkil etishda xar xil o‘zlashtiruvchi o‘quv chilar
bilan ishlashni oldindan o‘ylab qo‘yilgan tuzilishi bo‘lishi muhimdir.
Bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga ham, yaxshi o‘zlashtiradigan
o‘quvchilarga ham oldindan alohida topshiriqlar tayyorlab qo‘yish
kerak.
Har bir o‘qituvchiga o‘z uslubi, o‘z usulining o‘ziga xosligiga ega
bo‘lish huquqi berilgan, biroq shuni aytish kerakki, bularning barchasi
mustahkam bilim berish, mehnat sohasidagi malaka va ko‘nikmalarini
egallash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, bilimga qiziqishini o‘stirishga
yordam beradi.
O‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning
yangi shakl ham-
da metodlarini tadbiq qilish, o‘quvchilarda qiziqishni oshi rishga, dars-
lar ning samaradorligini kuchaytirishga, bilish faol ligini oshirish ga
yordam beradi. Bilish faolligini rivojlantirish o‘z
navbatida buyum-
ga, mazkur holatda – xizmat ko‘rsatuvchi meh natga qiziqishini rivoj-
lantirishda ko‘maklashadi.
Savollar
1. Mehnat ta’limini tashkil etish shakllari qanday?
2. Mehnat ta’limini tashkil etish usullari qanday?
3. Mehnat ta’limimni tashkil etish mazmuni nima?
4. Mehnat ta’limimni samaradorligini oshirish shartlari qanday?
Dostları ilə paylaş: