X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Turli asboblardan foydalanishda 
texnika xavfsizligi qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang. 
2.Qaychining uchini yuqoriga qilib ushlamang. 
3. Qaychini ochiq holda qoldirmang. 
4. Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingiza uza-
ting. 
6. Qaychini ushlatayotganda kesilishning yo‘nalishi va materialni 
ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing. 
7. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchiga topshiring.
Bigizdan foydalanish qoidalari
1. Bigizni o‘rinsiz ishlatmang. 
2. Sirti silliq, sirg‘anchiq qattiq predmetlarni bigiz bilan tesh mang.
3.Teshiladigan predmetni qo‘lingizda ushlamang, uni stol, tag lik 
ustiga qo‘yib teshing.
Pichoq bilan ishlash qoidalari
1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalaning. 
2. Pichoqni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ishlating, kesganda qat tiq 
bosmang. 
Nina bilan ishlash qoidalari.
1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina qadaydigan yostiq cha ga 
sanchib qo‘ying. 
2. Ninani hech qachon og‘zingizga olmang.
3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqlang. 
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko‘ring, yo‘ qolgan 
bo‘lsa yo‘qolgan ninalarni albatta toping. 
5. Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni 
albatta bigiz bilan teshib oling. 
Ko‘rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz hodisa ro‘y bersa, 
o‘qituvchi birinchi yordamni ko‘rsatishi va maktab vrachini chaqirishi 
lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo‘lishi shart.


33
Savollar
1. Qo‘l mehnatining qanday turlari mavjud?
2. Ish joyini tashkil etishda nimalardan foydalaniladi?
3. Qaychidan foydalanish qoidalarini sanab bering.
4. Ninadan foydalanish qoidalarini sanab bering.
5. Sanitariya-gigiyena talablari nimalardan iborat?

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin