36
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo‘llaniladi. Bola
muayyan yoshga to‘lgach, kattalarga yordamlashadi, o‘z imkoniyatla-
rini anglab yetadi va o‘quv (ta’lim) mehnatiga muntazam tayyorlanib
boradi.
Maktabda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga doir quyidagi mehnat
ko‘rinishlari davom ettiriladi: sinf xonalari va maktab binosi hovli-
sini ozoda saqlash,
tartib-qoidalarga rioya qilish, xonadagi gullarga
qarash, ularni parvarish qilish, gulxonalarda gullarni o‘stirish, maktab
oshxonasida, sport zali va suv havzalari (basseyn)da o‘z-o‘ziga xiz-
mat ko‘rsatish kabi yumushlarga o‘quvchilar jalb etiladilar. Maishiy
mehnat yoki o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish mehnatida mehnatsevarlik,
qat’iylik,
tashabbuskorlik, olg‘a intilish singari fazilatlar tarbiyalanadi.
O‘quv (ta’lim) mehnati o‘quvchilarning asosiy mehnat turi hiso-
blanadi. U boladan katta axloqiy, irodaviy va jismoniy zo‘r berishni,
kuchni talab qiladi. O‘quv mehnati faqat bilim olishni, bilish ga oid
ko‘nikmalarni qaror toptirib qolmay, balki bolada ishtiyoq va betar-
tiblilikni tarbiyalashga, o‘qishga qiziqishni rivojlantirishga ko‘mak-
lashadi, o‘qishga bo‘lgan qiziqish, istak, hamda o‘qishdagi muvaffaqi-
yatlardan xursand bo‘lishni his etish aynan maktab partasidan tarbi-
yalanib boriladi.
Mehnat ko‘nikmalariga bu kabi murakkab vazifalar o‘quvchi lar-
ning mustaqil bilim olish ko‘nikmalariga erishish, ularda faol bilish
faoliyatini tashkil etish layoqatini hosil qilish orqali hal etiladi. Shu
maqsadda ta’lim-tarbiyaning quyidagi metod va vositalardan keng
foydalaniladi: kuzatish, ta’sir choralarini qo‘llash, rag‘batlantiruvchi
ishlari,
amaliy va ijodiy ishlar, namuna ko‘rsatish, uchrashuv, ekskur-
siya, ommaviy axborot vositalari xizmatidan foydalanish va hokazo-
lar.
O‘quvchining aqliy va jismoniy mehnati turli darslarda turli tartibda
tashkil etiladi. Xususan, jismoniy tarbiya hamda texnik mehnat darslar-
ida jismoniy mashqlar mazkur darslarning asosini tashkil etsa, matema-
tika darslarida aqliy faoliyat-mantiqiy fikrlar asosiy o‘rin tutadi.
Maktab o‘quv rejasiga o‘quvchilarning yosh
va psixologik xususiyat-
larini inobatga olish asosida shunday fanlar kiritilganki, ularning asosiy
vazifasi o‘quvchilarga mehnat ta’limi va tarbiyasini berishdan iborat.
37
O‘quvchilar boshlang‘ich ta’lim davrida mehnat ta’limi dars larida
qo‘l mehnati sirlarini o‘rganadilar, turli materiallar bilan tanishadilar,
dastlabki mehnatga ega bo‘ladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim davrida o‘quv ustaxonalarida, maktabga te-
gishli o‘quv-tajriba maydonlarida, otaliq korxonalari sexlarida mehnat
faoliyati turlari bilan tanisha boshlaydilar. Bunday sharoit mehnat qil-
ishga oid egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish im-
koniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: