X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Savollar
1. Boshlang‘ich sinflarda qanday ish turlari mavjud?
2.Qaysi metod boshlang‘ich sinflarda keng qo‘llanadi va shu 
bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos sanaladi?
3. Ish unumini oshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Mustaqil ish bosqichlarini ayting.
Mavzu: Mehnat darslarida o’quv jarayonini tashkil etish
Mehnat darslarida o‘quv jarayonini tashkil qilish o‘quv chi larni 
muayyan mehnat malakasi va ko‘nikmalari bilan qurol lan tirishgagina 
xizmat qilib qolmay, balki ularning aqliy va ijo diy qobiliyatlarini 
o‘stirish va ularni mehnatga munosabatini tarbiyalashda ham juda 
mu him ahamiyatga ega bo‘lgan mehnat darslari g‘oyat zarurdir. O‘qi-
tuvchining o‘z fanini yaxshi bilishi o‘quvchilarni muvaffaqiyat bilan 
o‘qitishning eng muhim shart laridan biridir.
O‘z fanini yaxshi bilgan o‘qituvchi biror buyum narsani tay-
yorlash usulini mahorat bilan tushuntirib va ko‘rsatib bera oladi, bu 
esa mehnat amallarini o‘quvchi to‘g‘ri idrok etishni ta’minlaydi. 
O‘qituvchi shu munosabat bilan darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, 
bolalarga ko‘rsatadigan buyum-narsani o‘qituvchining o‘zi oldindan 
tayyorlab ko‘rishi lozim, chunki buyum-narsani tayyorlash davomida 
qiyin ish usullarini qo‘llashga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Agar 
o‘qituvchining o‘zi narsalarni oldindan tayyorlasa o‘quvchilarga uni 
tayyorlashning metod va usullarini ko‘zda tutgan bo‘ladi.
Har bir dars o‘quvchilarning bilim va malaka doiralarini ken gay -
tirishi hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy ko‘nikma va 


38
odatlar hosil qilishga yordam berishi lozim. Dars vazifasini faqat bilim 
berish va ko‘nikma hosil qilishdan iborat qilib qo‘ymasligi, balki
tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari bilan bog‘lab olib borish 
ham zarur. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘zi o‘qitayotgan bilimini 
bilishi lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib, o‘qituvchi 
mazkur dars materiali asosida o‘quvchilarning axloqiylikning qanday 
g‘oyalarini ang lash ga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, 
irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini 
qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog‘i lozim.
Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan 
qo‘pol, og‘ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda 
yomon ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat madaniyati malakalari ko‘p marotaba 
takrorlanadigan mashqlar natijasida hosil bo‘ladi, bunda mashqlar 
davomida har bir mashq jarayonida o‘rnatiladigan tartib va ish 
harakati izchilligini tushuntirib berish zaruriyati bilan birga qo‘shib 
olib boriladi.
Mehnat fanining yangi dasturi “taqlid qilish” metodikasini meh nat 
darsida rad etadi, tajriba shuni ko‘rsatadiki, bolalar butun buyumning 
tuzilishini yaxshi tasavvur etsalargina ish jarayonini va asboblar bilan 
ishlash usullarini tezroq va puxtaroq his qilib oladilar. Ayniqsa, birinchi 
sinf o‘quvchisi o‘qituvchiga taqlid qilishga intiladi. Shu sababli 
o‘quvchi boshidanoq faqat to‘g‘ri usullarni ko‘rishi va eslab qolishi 
lozim. Bordi-yu, o‘qituvchi qo‘llamasligi lozim bo‘lgan noto‘g‘ri ish 
usulini har doim ta’kidlab ko‘rsataversa o‘quvchi shuni eslab qolishi 
mumkin, u o‘quvchilar ongiga singib qolib, keyin uni tuzatish ancha 
qiyin bo‘ladi.
Mehnat darslarida birinchi sinf o‘quvchilarining ishlarini ku zatish 
natijasida o‘quvchilarni topshiriqlarni olib, buyum-nar sani xuddi 
namu nadagidek yasash uchun namunaning qurilishini sinchiklab qa-
rab chiqib, buyumni yasash yo‘llarini qunt bilan izlaydilar.
Birinchi sinf mehnat darslarida, odatda tayyorlanishi kerak bo‘l-
gan buyumning namunasi ko‘rsatiladi. Bunda birinchi sinf o‘quvchilari 
uchun real buyum narsa, buyumning namunasi zarurligi nazarda tutiladi, 
bolalar unga qarab mazkur buyum narsa qanday qilinganligini, qanday 
qilib xuddi mana shunday tayyorlash mumikinligini o‘ylab oladilar. 


39
O‘qituvchi yangi mavzuga metodik jihatdan qanchalik to‘g‘ri 
yon dashmasin, uni suhbat va ko‘rsatmada qanchalik tushunarli qilib 
izohlamasin, baribir o‘quvchilar dastlabki vaqtlarda mehnat usullarini 
har doim ham to‘g‘ri qo‘llayvermaydilar. O‘quvchi ko‘p savollarni 
mustaqil hal qilishi kerak. O‘quvchilar mustaqil, faol fikrlash qobi-
lyati ni, tashabbusni, uchragan qiyinchiliklarni yengishini, avval hosil 
qi lin gan mehnat bilimi va malakalarini oqilona va ijodiy qo‘llay 
bilishni o‘rganishi lozim.
Mustaqil ish faoliyatida asosiy faol shaxs o‘quvchidir. Lekin shun-
ga qaramay darsning bu bosqichida o‘qituvchining vazifasi be ni hoyat 
katta va ma’suliyatlidir. Bunday mashg‘ulotlarda maq sadni aytib, 
ish usullarini ko‘rsatib qo‘ya qolish kifoya, o‘quvchilarni erkin ish-
lashi kerak deb o‘ylash katta xato bo‘ladi. O‘qituvchi mumkin qadar 
kamroq so‘zlashni, sekin ohista ovoz bilan gapirishni odat qilishi
o‘quv chilarga sezdirmay ularning xarakterini kuzatishi, ularga yaqin-
lashish va uzoqlashishni, o‘rniga qo‘yib gapirishni yoki jim tu rishni 
o‘rganish lozim. Qoloq o‘quvchini yaxshi o‘zlashtiralidgan o‘quv-
chiga biriktirib qo‘yish kerak. Masalan tikishda o‘g‘il bolalar odatda 
orqa da qoladilar ularga qizlar yordamini biriktirib qo‘yish, aksincha 
tex nikaviy modellashda o‘quv tajriba hovlisidagi ishlarda o‘g‘il bola-
lar qizlarga yordamlashishlari kerak.
Shu tarzda o‘quvchilarda o‘zaro do‘stona yordam hissi tarbiya-
lanadi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining imkoniyatlarini hisobga 
olib bolalarni ruhlantirish lozim. Bolalar mustaqil ishlayotganda 
o‘qituvchining mehnati oson emas, balki yanada qiyinroq, biroq ijodiy 
mehnat singari huzurbaxshdir.
O‘quvchilar mustaqil ishlayotganda o‘qituvchi nofaoldek ko‘rinadi, 
lekin aslida o‘qituvchi oldida u rahbarlik qilish lozim bo‘lgan xilma-
xil xarakterli o‘ttiz-qirq o‘quvchi bor. Ayrim o‘quv chi larni butun 
dars davomida bezovta qilmaslik lozim, ayrimlariga ko‘rsatma be-
rish kifoya, qolganlari yordamga muhtojdir. Mustaqil mashg‘ulot 
vaqtida bolalar qo‘ng‘iroqni ham sezmay qoladilar, hatto ishini davom 
ettirishga ruxsat etilsa quvonadigan hollar ham bo‘ladi. O‘zlariga 
yoqqan ishga sho‘ng‘ib ketib va tez ishlaydigan o‘rtoqlarini ko‘rib 
o‘quvchilar bora-bora o‘zlarining ish su’ratini tezlashtirishni odat 


40
qilib oladilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy ishini o‘z vaqtida 
tek shirmaslik o‘quvchining ishga qizi qishini kamaytiradi. Ishni tek-
shirish va baholashga o‘quv chi larning o‘zlarini jalb qilish kerak. 
Bu bilan ular mehnatga ongli muno sabatda bo‘lishlik, faollik va ta-
shabbuskorlik xislatlari rivoj lanadi. Mehnat natijalarini birgalikda tek-
shirish va baholash o‘quvchilarning xotiralarida ma’lum bir buyumni 
tay yorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga top-
shiriq berish dars ning muhim bosqichidir. Mehnatdan uyga bajarib 
ke lish uchun beriladigan vazifani avvalo darsda ishni yaxshi uddalay 
olmagan o‘quvchilarga berish zarur.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin