X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mavzu: Boshlang

ich sinflarda 
mehnat darsining olib borilishi
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ijtimoiy-foydali meh nat-
ning turlari xilma-xildir. O‘quvchilarning ijtimoiy foydali ish lari aso-
O‘quvchilarning ijtimoiy foydali ish lari aso-
san sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiladi. 
O‘quvchilarning ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy foyda li meh-
natlari ta’lim muassasasi binosi va hovlisini ozoda saq lash, ta’lim 
muassasasi o‘quv anjomlarini ta’mirlash, ko‘kalam zor lash tirish va 
obodonlashtirish ishlarini, jonli tabiat burchaklarini tashkil etishdan 
boshlanadi.
O‘quvchilar boshlang‘ich sinflardanoq ijtimoiy foydali meh natga 
jalb etiladilar. Biroq, bu vaqtlarda ular asosan o‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatadilar. Shunga qaramay, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham 
o‘zlarining mehnatlari umum foydasiga qaratilganligini, ijtimoiy aha-
miyat kasb etishini anglay boshlaydilar.
Ta‘limning keyingi bosqichlarida o‘quvchilar ijtimoiy foydali meh-
natining motivi, ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari ancha chuqurroq bo‘ladi. 
Ya‘ni ijtimoiy-foydali mehnat rag‘bati jamiyat oldidagi ijtimoiy bur-
chni his etishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ja mi yat ravnaqi, el-
yurt, xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilish o‘smir va o‘s-
pirin o‘quvchilar mehnatining ijtimo iy-g‘o yaviy asosidir.
Mazkur faoliyatga o‘quvchilarni jalb etishda ularning qiziqishlari, im-
koniyatlari, yosh xususiyatlari hamda jismoniy quvvati hisobga olinadi.
Ijtimoiy foydali mehnat yosh avlodni jamiyat hayotini tashkil etish 
jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limiga tayyorlash das turi bolalarni 
har tomonlama kamol toptirishga, aqliy va jismoniy, ax lo qiy va estetik, 
iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakl lantirishga va tarbiyalashga 
qaratilgan bo‘lib, o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:


34
a) o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmasi va malakalarini oshi rish, 
ularda kishilarning ishlab chiqarish faoliyati to‘g‘risidagi bilimlarni 
kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga man-
sub lik ruhida tarbiyalash;
b) mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, o‘z ishi va o‘r-
toq lari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivoj lan ti rish 
vazifalarini qo‘yadi;
Boshlang‘ich sinf mehnat darslarida o‘quvchilarda buyumlarni 
yasash tartibi, ishlov berish, xato va kamchiliklarni yo‘qotish, ish o‘r-
nini tashkil qilish va boshqalar to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi.
Mehnat ta’limi dasturi talablari amaliy ishlar jarayonida quyi da gi-
larni o‘z ichiga oladi:
1. Tayyorlanadigan buyumlarni kundalik uchun zarurligi.
2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida dasturda ko‘r-
satilgan bilim va malakalarning mazmundorligi.
3. Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyatidan foy da -
la nish.
Mehnat ta’limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakl -
lari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madani yati-
ning malaka va ko‘nikmalari aks ettirilgan bo‘lib, unga qarab maktab 
o‘quvchisi, o‘qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining
tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat ta’limi yo‘nalishlaridan birinchisi bolada va o‘smirda inson 
mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar 
to‘g‘risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish 
texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar 
hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.
Mehnat ta’limi yo‘nalishining ikkinchisi, o‘quvchilarda oila dagi va 
turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to‘g‘ ri s idagi tasv-
vurlarni shakllantirish.
Mehnat ta’limi yo‘nalishining uchinchisi esa hozirgi zamon o‘quv -
chisi tabiatga ekologik munosabatda bo‘lishini shakllantirish, uni 
qishloq xo‘jaligi sohasidagi malaka va ko‘nikmalari bilan qurol lan-
tirish kerak.


35
Mehnat ta’limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malaka va ko‘nik-
malar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga 
bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin