26
2. To’g’ri investitsiyalarni jalb qilish;
3. Yangi hamkorlar bilan yaqin aloqalar o’rnatish;
4. Davlat tenderlarida ishtirok etish;
5. Yangi bozorlarga chiqish va h.k.
«Katta to’rtlik» kompaniyalarining mavqei bunday buyurtmalarni olishga
imkon beradi. Bunda kompaniya mavqeining o’ziga xos doiraviy aylanishi to’g’risida
fikr
yuritish
mumkin.
Yirik
transmilliy
kompaniyalar
«Katta to’rtlik»
kompaniyalarining mijozlari ro’yxatidan joy olishi bilan ularning mavqeini oshiradi,
bu esa yanada ko’proq mijoz orttirish imkonini beradi. Auditorlik kompaniyalari o’z
mavqeini
o’zining «kichik» byudjetli mijozlariga o’tkazadi. Auditorlik
kompaniyasining xodimlari ishdan bo’shaganda kompaniya mavqeining bir qismini
o’zlari bilan olib ketishadi. Ushbu doiraviy aylanishda, albatta sifatli tekshiruv sharti
bilan, kompaniya mavqei «eskirmaydi» va «amortizatsiyalanmaydi».
Ammo, uchinchi tomonlar kutadigan mustaqillik va ob’ektivlik printsiplaridan
har qanday og’ishishlar oqibatida auditorlik kompaniyalari mavqeiga katta putur
etishi ham hech gap emas. Buni tasdiqlash uchun «Katta to’rtlik» kompaniyalariga
qarshi butun dunyo bo’yicha berilayotgan sud da’volarini keltirib o’tish kifoya.
Bundan tashqari, «Katta to’rtlik» kompaniyalari o’rtasida farqlanishning tobora
kamayib borishi sezilmoqda. Bunda har bir mijoz uchun keskin kurash ketishini
kuzatish mumkin. Masalan, yirik transmilliy kompaniyalar tender asosida auditorlik
kompaniyasini tanlashi mumkin. Chunki, ko’pchilik kompaniyalar uchun aynan
PricewaterhouseCoopers yoki Deloitte ning emas, balki «Katta to’rtlik»
kompaniyalaridan birining xulosasi kerak.
Dostları ilə paylaş: