157
muayyan ishga
belgilash
xodim etarli texnik tayyorgarlik va
tajribaga ega bo’lishi kerak.
tomonidan belgilanadi va bu ish 2 oy
oldin amalga oshiriladi.
Maslahat
berish
Bosh auditor va auditda
qatnashayotgan xodimlar
Auditorlik firmasining direktori bilan
maslahat.
Yuqorida keltirilgan muammolar bozor iqtisodiyoti
sharoitida mulkchilikning
turli xil shakllari mavjud bo’lgan holatda nazoratni to’g’ri tashkil qilish uchun o’z
echimini topishi, keltirilgan takliflarga amal qilinishi esa bu echimni xal qilishda
muhim omil bo’ladi, deb qylaymiz. Yangi sharoitlardagi o’zgarishlar hisob va
nazoratga qo’yilayotgan talablarni prof. H.N.Musaev quyidagicha ifodalaydi:
«Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy islohotlar natijasida,
audit muammolarining yangi iqtisodiy tizimi vujudga kelmoqda.
Ushbu tizim
boshqaruv, hisob-kitob va nazoratga ham yangicha talab qo’ymoqda. Ikkinchi toifali
shaxs hisoblangan korxona bosh hisobchilarining endilikda huquqlari kengaygan.
Turlari, faoliyat yo’nalishlari tubdan o’zgargan korxonalarda hisob va nazoratning
yangi ob’ektlari vujudga keldi
1
.
Ushbu muammolar korxonalarda mavjud resurslardan samarali foydalanish,
ularni hisobi va nazoratini bozor talablari asosida tashkil qilish qta dolzarb
hisoblanadi. Auditorlik standartlari auditorlik tekshiruvlarining
barcha jihatlarini
belgilab beradi. Jumladan, auditorlik tekshiruvi vaqtida dallillarni to’plash, ularni
xulosa tuzish vaqtida isbot sifatida ko’rsatish jarayonida auditorlik standartlari
muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, auditorlik standartlari tekshiruvda mavjud haqiqiy
axborot va audit protsedurasini belgilashga xizmat qiladi.
Auditorlik standartlari
nafaqat dalillar yig’ish, balki, o’sha dalillarni yig’ish paytida auditordan talab
qilinadigan malaka va axloq qoidalarini, tekshiruv paytida qo’llanilishi mumkin
bo’lgan auditorlik protseduralarini (taomillarini),
shuningdek ushbu dalillarni
to’plashda qo’llaniladigan usullarni ham belgilab beradi. Demak, auditorlik
standartlari mijoz korxonada auditorlik tekshiruvi o’tkazilish vaqtida butun bir
jarayonni boshqarib turishga samarali xizmat ko’rsatadi.
1
Ҳ. Мусаев Иқтисодий ислоҳотлар шароитида-аудит. //Бозор, пул ва кредит, 1998 №5. 56-бет
158
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning so’ng o’n
yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit turi shakllandi.
Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng ko’lamda
tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda
auditorlik kompaniyalarini
guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik kompaniyasi
bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish holatini kuzatib boradi.
Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va
misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi.
Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning
ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor
kasbi nufuzining ortishiga
ko’maklashadi.
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la
borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar, xususan, AQShda 20-
asrning so’ng o’n yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit
turi shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng
ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga
kredit berishda auditorlik
kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik
kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish holatini
kuzatib boradi.
Auditorlik xizmatining ushbu turini tartibga solish uchun AQShda maxsus
standartlar ishlab chiqildi. AICPA tomonidan ishlab
chiqilgan ushbu standartlar
auditning umumqabul qilingan standartlariga mos kelishi lozim.
Quyidagi jadvallarda guvohlik beruvchi auditorlik standartlari bilan auditning
umumqabul qilingan standartlarining o’zaro taqqoslanishi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: