Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


VALYUTA SIYOSATINING ASOSIY USULLARI VA



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#166466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Burxonova Malika.(1)

2.VALYUTA SIYOSATINING ASOSIY USULLARI VA
INSTRUMENTLARI 
Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar 
bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir. Nominal va real ayirboshlash kursi kabi 
ikkita ayirboshlash kursi mavjud. Nominal ayirboshlash kursi - bu ikki mamlakat 
valyutasining nisbiy narxidir. Real ayirboshlash kursi - bu ikkita mamlakatda 
ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs 
va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula 
bo’yicha hisoblanadi: 
R = e • P / P* 
Bunda,
e - nominal ayirboshlash kursi,
P - bitta mamlakatdagi narxlar darajasi,
P* - esa boshqa mamlakatdagi narxlar darajasini ifodalaydi.
Bunda : 
e = R • P* / P 


Erkin suzib yuruvchi ayirboshlash kursi shart-sharoitidagi valyuta bozorini 
ko’rib chikamiz. Bunda masalan, real ayirboshlash kursi 1 ga teng bo’ladi, chunki 
valyutaga bo’lgan talab va taklif erkin raqobat qonunlari hisobiga tartibga solinadi. 
Ushbu modelning sofligi uchun xalqaro kreditlash, xorijdan mablag’ jalb qilish va 
shuningdek, valyuta chayqovchiligi mavjud emas, deb tasavvur kilaylik. 
Ushbu talab, xorijiy valyutadan faqat tovar va xizmatlarni eksport va import 
qilishga oid savdo bitimlarida foydalanilishini nazarda tutadi. Maxsulot import 
qiluvchilar o’zlarining xorijdagi to’lovnomalari bo’yicha to’lovni amalga oshirish 
uchun chet el valyutasini olishlari lozim. Xususan, import, xorijiy valyutaga 
bo’lgan talab manbai bo’ladi. Eksport esa, bundan farqli ravishda uni taklif etish 
manbaidir. Bozorda eksport tomonidan bo’lgan taklif, importga bo’lgan talab bilan 
tuknashadi. Bunga asosan, ayirboshlash kurslari o’rnatiladi. 3-chizmada chet el 
valyutasi bozorining muvozanat holati ko’rsatilgan. 
Y o`qi bo’yicha biz ayirboshlash kursini ko’rsatamiz. Yoki, xorijiy valyutaning
ushbu holatda AQSH dollarining sumdagi narxini ko’rsatamiz. Tegishli tarzda, 
ushbu chizmadagi ayirboshlash kursining o’sishi milliy valyutaning arzonlashuvi, 
kursning pasayishi esa, milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. 
X - o`qi chet el valyutasi miqdorini aks ettiradi. 
S - uning taklifi esa, eksportdan tushgan milliy valyutadagi daromadlarning 
umumiy qiymatini aks ettiradi. 
M - talab esa, importning milliy valyutadagi umumiy qiymatini aks ettiradi. 


Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi - valyuta bozorini muvozanat holatiga 
keltiruvchi narx bo’ladi (3-chizmadagi E nuqta). 
Ichki va tashqi narxlar darajasi doimiy bo’lsa, mamlakat valyutasi arzonlashgan 
holda xorijda mamlakatning mahsulotlariga bo’lgan narxlar tushib ketadi va ularga 
bo’lgan talab oshadi. Tegishli ravishda eksport xarajatlari ham oshib ketadi. Import 
xarajatlari esa, kamayadi. Xususan, milliy valyuta kursining boshqa mamlakatlar 
valyutalariga nisbatan kursining pasayishi mahsulot eksport qiluvchilar uchun 
foydalidir, kursning oshishi esa, import qiluvchilarga foydali bo’ladi. 
Mamlakatning YAIM hajmi o’sib borayapti, deb tasavvur kilaylik. Bu esa, aholi 
daromadlari miqdori va shu bilan birga importga bo’lgan talabning ham oshishiga 
olib keladi. Bunda M egri chizigi Ml holatiga o’zgaradi (4-chizma). Ushbu holatda 
boshlangich ayirboshlash kursida importga bo’lgan talab EI nuqtasiga o’tadi. 
Ammo, eksportdan kelayotgan daromadlar xali ham E nuqtasiga muvofiq 
keladi. Import xarajatlari va eksportdan olingan daromadlar E2 o’rtasidagi farqlar 
chet el valyutasiga bo’lgan talabning ortiqchasini aks ettiradi. Agarda, Markaziy 
bank ushbu jarayonga aralashmasa, bu holda valyuta kursi mustaqil ravishda 
tartibga solinadi. U o’sib borgan holda E2 nuqtasida yangi muvozanatga keladi. 
Valyuta siyosati valyuta kurslari tizimini tanlash va valyuta operatsiyalari 
amalga
oshiriladigan kursni belgilashdan iboratdir. Mamlakatda amalga oshiriladigan 


valyuta siyosati, unda mavjud bo’lgan mahalliy valyutada ifodalangan narxlar 
tashqi bozorlarda sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar (eksport mahsulotlari) va ichki 
bozor ehtiyojlariga (eksportga mo’ljallanmagan tovarlar)ni ishlab chiqarish uchun 
mo’ljallangan tovarlar o’rtasidagi narxlar nisbatiga ta'sir ko’rsatadi. Bundan 
tashqari, ushbu siyosat ichki bozordagi narxlarning umumiy darajasiga ta'sir 
ko’rsatadi. Shu tufayli, tanlangan valyuta kurslari tizimi va belgilangan valyuta 
kursi narxlarni rag’batlantiruvchi omil sifatida mamlakat iqtisodiyotiga keng 
darajada ta'sir ko’rsatadi. 
Valyuta siyosatini belgilashda mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi va unda 
mavjud tizimlarning o’ziga xos xususiyatiga katta e'tibor qaratilishi lozim. Shu 
tufayli, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda Markaziy banklar valyuta kurslari 
tartibining quyidagi turlaridan foydalanishadi: 
qat’iy belgilab qo’yilgan valyuta kursi (yagona valyuta yoki valyuta savatchasi 
asosida aniqlanadi); 
talab va taklif ta'siri ostida sun'iy (stixiyali) ravishda vujudga keladigan erkin 
suzub yuruvchi valyuta kursi; 
«pogonali» valyuta kursi; 
ko’p xilli valyuta kurslari tizimi; 
ikkiyoqlama valyuta kursi. 
1993 yilning noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi muomalaga sum-kupon 
- o’z milliy valyutasiga o’tilish davrida foydalanishga mo’ljallangan oraliq pul 
birligini kiritdi. Muomalaga sum-kupon kiritilishi bilan valyuta kursi siyosatini 
amalga oshirish zaruriyati tugildi. Iqtisodiy islohotlaming boshlangich davrida va 
usha vaqtda mavjud bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda 
boshqariladigan suzib yuruvchi tartibotda bosqichma-bosqich devalvatsiya qilish 
varianti O’zbekiston uchun eng optimal usul deb topilgan edi. Ayirboshlash kursini 
belgilashda muomaladagi pul massasi hajmi va boshqa makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar hisobga olingan edi. 
Hozirgi kunda, valyuta kurslarini tartibga solishda bir qancha muammolar 
mavjud bo’lib, ular yagona valyuta kursining mavjud emasligi bilan bog’liqdir. 


Jumladan, chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishda quyidagi 
kurslar yuzaga kelganligini ko’rish mumkin: 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi. Buxgalteriya hisobi, 
bojxona va va boshqa to’lovlar maqsadida, shu jumladan, mahsulot eksport 
qiluvchi korxonalar tomonidan Markaziy bankka va vakolatli banklarga chet el 
valyutasidagi tushumdan majburiy tarzda sotuvni amaga oshirishga doir 
operatsiyalarda qo’llaniladi. 
O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi savdolarida belgilanadigan birja 
kursi. Ushbu kurs bo’yicha markazlashgan valyuta manbalari hisobidan
hukumatning valyuta kreditlari va hukumat kafolati ostida olingan chet el 
valyutasidagi kreditlarni to’lash, elchixonalarga sarflanadigan xarajatlar, xalqaro
tashkilotlarga a'zolik badallarini to’lash, hukumat topshiriqlari bilan chet elga 
xizmat safari xarajatlari uchun so’m mablag’larini erkin ayirboshlanadigan 
valyutaga konvertirlashishi ta'minlanadi 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin