3-jadval
O’zbekiston Respublikasida mavjud valyuta ayirboshlash kurslari o’rtasidagi
nisbat va uning o’zgarishi
Yillar, oylar
1 AQSH dollarining sumdagi o’rtacha kursi
Kurslar o’rtasidagi
nisbat,
marta
rasmiy
parallel bozor
yillik o’rtacha
yillik o’rtacha
yillik o’rtacha
1994y.
10,15
23,94
2,36
1995y.
29,86
40,2
1,35
1996y.
40,35
61,6
1,53
1997y.
66,36
146,3
2,21
1998y.
94,50
271,1
2,30
1999y.
124,51
513,2
4,12
2000y.
237,24
769,82
3,24
2001y.
423,96
1069,73
2,52
2002y.
oylik
choraklik
oylik
choraklik
oylik
choraklik
Yanvar
689,40
692,39
1521,90
1477,69
2,21
2,13
Fevral
693,55
1492,14
2,15
Mart
694,23
1419,03
2,04
Aprel
701,38
720,22
1433,33
1325,65
2,04
1,84
May
718,87
1381,61
1,92
Iyun
740,41
1162,00
1,57
Iyul
756,11
111,92
1197,10
1177,77
1,58
1,53
Avgust
767,39
1219,10
1,59
Sentyabr
792,27
1117,10
1,41
Oktyabr
847,34
1159,03
1,37
10
oylik
o’rtacha
740,10
1310,23
1,77
Shuningdek, korxonalar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan
bog’liq zamonaviy chet el texnologiyalari, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va
extiyot qismlarni sotib olish ham shunga kiradi.
Vakolatli banklar tomonidan o’rnatiladigan ayirboshlash kursi. Ushbu kurs
bo’yicha birjadan tashqari valyuta bozorida bush valyuta resurslarining sotuvi
amalga oshiriladi. Markaziy bank litsenziyalari egalari bo’lgan - korxonalar
va ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslarga chet el valyutasi sotuvi
ham ushbu kurs bo’yicha amalga oshiriladi.
Parallel bozordagi
- nazorat qilinmaydigan bozorda jismoniy shaxslar
tomonidan valyuta-ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilganda qo’llaniladigan
norasmiy kurs.
Valyuta kurslari o’rtasidagi farq katta bo’lsa, ko’p xilli valyuta kurslari
tartiboti (rasmiy, tijorat, parallel) valyuta daromadlarini notekis tarzda qayta
taqsimlanishiga olib keladi (ayni paytda respublikada amalda yuqoridagi
kurslarning uchtasi mavjud). Yuqorida keltirilgan 3-jadval ma'lumotlarida
O’zbekistondagi rasmiy valyuta kursi bilan parallel bozor kursi farqi aks etirilgan.
Ushbu muammoning bir qator masalalar bilan bog’liqligi va uni hal etishning
murakkabligi shu bilan ifodalanadiki, unga ko’ra rasmiy kursni devalvatsiya qilish
asosida ko’p xilli valyuta kurslarini tugatish texnikaviy qayta qurish va qayta
tashkil etish vaqtida asbob-uskuna, butlovchi qismlar va xom-ashyo importiga
qattiq bog’lanib qolgan korxonalarning moliyaviy ahvolini qiyinlashtirib kuyishi
mumkin. Ushbu xol sanoatlashish va qisqa hamda uzoq muddatli istiqbolda
kutilayotgan iqtisodiy o’sish sur’atlarini susaytirib kuyishi mumkin. Ayirboshlash
siyosatining tutgan o’rni shuningdek, bozor tizimlari va moliyaviy bozorlaming
rivojlanganligiga bog’liqdir. Agarda, moliyaviy bozorlar yaxshi rivojlanmagan
bo’lsa, ushbu holda chet el valyutasi bozorlari ham kutilgan darajada samarali
faoliyat ko’rsata olmaydi va yirik dilerlarning manipulyatsiyalarga ta'sirchan
bo’ladi. Natijada, Markaziy bank interventsiya siyosatini amalga oshirishga majbur
bo’ladi va oxir-oqibatda oltin-valyuta zahiralari kamayishi xavfi tug`iladi. Ushbu
shart-sharoitlarda tartibga solina-digan ayirboshlash kursi doirasidagi makrosiyosat
yuritish, valyuta bozorini erkinlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarni
ko’rish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda, valyuta kursining birxillashtirilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy valyuta konvertirlanishini joriy etish va
mamlakat eksport saloxiyatini oshirish nuqtai-nazaridan ushbu vazifa muhim
ahamiyatga egadir.
Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari
Xalqaro joriy operatsiyalar bo`yicha milliy valyutani konvertirlanishi
talablari
Xalqaro valyuta fondi haqidagi Kelishuvining VIII moddasi ushbu tashkilot
azolariga quyidagi talablarni qo’yadi:
XVFga a'zo birorta mamlakat, Fondning tasdig’isiz, xalqaro joriy
operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha to’lovlarga cheklov
o`rnatmaydi;
har qanday a'zo-mamlakat valyutasini ishlatish bilan amalga oshiriladigan
valyuta shartnomalari, mamlakat valyuta operatsiyalari qoidalariga zid bo’lsa,
mazkur Kelishuvga ko’ra, XVFga a'zo-mamlakatlarining hech biri hududida
bunday operatsiyalarni amalga oshirish ta'minlanmaydi;
XVFga a'zo birorta mamlakat va uning fiskal agentlari hech qanaqa
diskriminatsion valyuta kelishuvlarida ishtirok etmaydi hamda turli xil almashuv
kurslari amaliyotini qo’llashga ruxsat bermaydi; fond XVFga a'zo-mamlakatdan
o’z
ishini
yuritishda
zarur
bo’lgan
axborotlarni talab qilishi mumkin. Jumladan, mamlakat haqida quyidagi
minimum pozitsiyalar bo’yicha ma'lumotlarni:
1. mamlakat va xorijdagi rasmiy avuarlar (oltin va xorijiy valyutadagi);
2. oltinni qazib olish, olinadigan va yo`naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha
eksport va importi;
3. olinadigan va yo’naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va import
umumiy hajmi;
4. tashqi to’lov balansi va boshqalar.
XVFga a'zo-mamlakatlar ishtirokida o’zaro manfaatdor tuzatishlar kiritish
maqsadida konsultatsiya qilish orqali, XVFga a'zo-mamlakat alohida olingan, yoki
vaqtincha yuzaga kelgan ayrim holatlarda, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
bo’yicha cheklovlarni kiritish yoki saqlash vakolatini kulga kiritishi mumkin; har
bir
a'zo-mamlakat
Fond
va
boshqa
a'zo-mamlakatlar
bilan,
mazkur mamlakatning zahira aktivlari nisbatan siyosati, xalqaro holatini,
xalqaro nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish vazifalariga zid
kelmasligini ta'minlash bo’yicha majburiyat oladi;
Joriy to’lovlar bo’yicha konvertirlash majburiyatini olgan mamlakat, kapital
o’tkazmalaridan farqlanuvchi quyidagi maqsadlarda o’tkaziladigan to’lovlar
bo’yicha ta’qiqlarni o’rnatish huquqiga ega emas (fond tasdig’isiz): tashqi savdoni
amalga
oshirish
bo’yicha
barcha
to’lovlar,
boshqa
joriy
faoliyat, shu jumladan, xizmatlar, shuningdek, qisqa muddatli bank mexanizmlari
bilan bog’liq odatiy ishlar; ssudalar bo’yicha foiz ko’rinishidagi to’lovlar
va boshqa investitsiyalardan sof daromadlar ko’rinishidagi to’lovlar; ssudalarni
qaytarish hisobvaragi bo’yicha me'yoriy summalar, yoki to’g’ri investitsiyalarning
amortizatsiya hisobvaragiga to’lovlar; xorijdan oilaning joriy xarajatlari uchun
me'yoriy xususiy o’tkazmalar summasi.
Manfaatdor a'zo-mamlakatlar bilan o’tkaziladigan konsultattsiyalardan
so’ng, Fond ma'him operatsiyalarni joriy operatsiyalarga, yoki kapital bilan bog’liq
operatsiyalarga tegishliligini o’rnatadi.
XVFga a'zo-mamlakatlar VIII modda bo’yicha majburiyatlarni olmasdan
oldin, XIV modda bo’yicha imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Unga muvofiq,
mamlakat Fondga a'zo bo’lib kirgunga kadar, o’zgaruvchan holatga muvofiq
ravishda xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha, mablag’lami o’tkazish va to’lash
bo’yicha cheklovlarni saqlab qolishlari mumkin. Bunday holatlarda, mamlakat
valyuta tartibini yomonlashtirmaslik va qo’shimcha valyuta cheklovlarini joriy
kilmaslik majburiyatini oladi.
Manba: ekonomicheskoe obozrenie, avgust 2002. WWW.CER.UZ (doklad
TsEI "Analiz sostoyaniya valyutnogo rinka i perexod k tekushchey
konvertiruemosti natsionalnoy valyuti").
Dostları ilə paylaş: |