Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#166466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Burxonova Malika.(1)

4-jadval 
Oltin-valyuta zahiralari yirik hajmda bo’lgan ba'zi bir davlatlar ro’yxati
(mlrd. AQSH dollarida) 
Chet el valyutasi
Valyuta va oltin 
1990 
1996 
1997 
1990 
1996 
1997 
Rivojlangan 
mamlakatlar: 
589,1 
789,2 
777,2 
895 
1065,5 
1023,4 
Yaponiya 
78,5 
216,6 
221,1 
87,8 
225,6 
229,2 
AQSH 
72,3 
64,0 
56,8 
173,1 
160,7 
144,3 
Germaniya 
67,9 
83,2 
80,8 
104,5 
118,3 
112,6 
Ispaniya 
51,2 
57,9 
63,4 
57,2 
63,7 
68,6 
Italiya 
62,9 
45,9 
42,2 
88,6 
70,6 
64,5 
Shveytsariya 
29,2 
38,4 
35,0 
61,3 
69,2 
62,9 
Frantsiya 
36,8 
26,8 
29,0 
68,3 
57,0 
56,4 
Gollandiya 
17,5 
26,8 
27,7 
34,4 
39,6 
36,1 
Norvegiya 
15,3 
26,5 
28,5 
15,8 
27,0 
28,8 
Avstriya 
9,4 
22,9 
20,6 
17,2 
26,8 
24,0 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlar: 
318,2 
780,1 
842,4 
373,3 
838,6 
895,0 
Xitoy 
29,6 
107,0 
122,8 
34,5 
111,7 
127,1 
Tayvan 
72,4 
88,0 
90,0 
77,7 
93,0 
94,6 
Singapur 
27,7 
76,8 
80,7 
27,7 
76,8 
80,7 
Gonkong 
24,6 
63,8 
67,6 
24,6 
63,8 
67,6 
Braziliya 
7,4 
58,3 
55,8 
9,2 
59,7 
57,2 
Janubiy Koreya 
14,8 
34,0 
34,0 
14,9 
34,2 
34,2 
Tailand 
13,3 
37,7 
31,4 
14,3 
38,6 
32,2 
Indiya 
1,5 
20,2 
25,7 
5,6 
24,9 
30,0 
Malayziya 
9,8 
27,0 
26,6 
10,7 
27,9 
27,4 
Meksika 
9,9 
19,4 
23,8 
10,2 
19,5 
23,9 


«Luvr kelishuvi» iqtisodiyot va pul-kredit siyosatini muvofiqlashishiga olib 
kelmadi, chunki unda hisob stavkasini o’zgartirish kelishuvi doirasidan chetga 
chiqilmadi hamda AQSH davlat byudjeti taqchilligi muammosini hal etish 
masalasi va xalqaro to’lovlarni balanslashtirilmaganligiga erishilgani yo’q. 
 
3. Valyuta siyosatini liberallashtirishning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri
Iqtisodiyotni 
liberallashtirish 
2017–2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. 
Strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat 
idoralarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkini 
xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav 
jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan 
ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning 
ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozor munosabatlarini 
chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning 
barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‘jalikda tarkibiy o‘zgarishlarni 
jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
bo‘lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida 
mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqaror turibdi. Jumladan, o‘tgan yili yalpi ichki 
mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foizni tashkil etdi. 
O‘zbekistonda 
iqtisodiyotni 
liberallashtirish 
korxonalarni 
davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. 
Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib 


boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini 
rivojlantirish, «Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning 
kafolati bo‘la oladi. Ayrim davrlarda davlat “charchagan” xususiy va jamoa mulki 
ob’ektlarini “jonlantirib”, keyin ularni xususiy qo‘llarga sotishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga 
ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida 
ishlab chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari, chakana savdo va 
umumiy ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. 
Ish bilan band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichida chakana savdo va 
umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob’ektlari xususiy 
qo‘llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‘nikmalarini 
hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‘rta va yirik 
korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aktsiyadorlik jamiyatlari, davlat 
ulushi bo‘lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi. 
Bozor qanchalik mukammal vosita bo‘lmasin, barcha muammolarni hal 
etishga qodir emas. U davlat aralashuvisiz iqtisodiy muvozanatni ta’minlay 
olmaydi. 2007-2008 yillarda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz 
saboqlari buni yaqqol ko‘rsatdi. Bozor o‘zicha barchaga barobar foiz stavkasi, 
baho va daromadlar mexanizmini yarata olmaydi. Iste’mol va jamg‘arish 
o‘rtasidagi nisbatni saqlash mikrodarajada davlat ishtiroki va nazorati bilangina 
ta’minlanishi mumkin. Xuddi mana shu ikki narsada ishlab chiqarish va aholi 
daromadlarini o‘stirishning beqiyos imkoniyati mujassam. 
Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‘tish davrining o‘zidayoq o‘zining 
ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‘rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, 
keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi 
darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda 
o‘sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, 
xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini 


bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. 
Mamlakatimizda har yili 30 mingdan ziyod kichik biznes sub’ektlari barpo 
etilmoqda. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi 56,9 foizga, sanoat
ishlab chiqarishida esa 45 foizga yetkazildi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan 
daromadlar ulushi 52 foizni tashkil etdi. 
Keyingi ikki yilda 378 aktsiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi savdoga 
qo‘yildi. Qayd etish lozimki, nisbatan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 
«Navoiyazot», «Farg‘onaazot», «Urganchekskavator», «Qizilqumtsement», 
«Jizzax akkumulyator zavodi», «Qo‘qon yog‘-moy zavodi» kabi aktsiyadorlik 
jamiyatlari, «Aloqabank», «Turonbank» kabi banklar, «O‘zagrosug‘urta» 
kompaniyasidagi davlatga tegishli aktsiyalar savdoga qo‘yildi. Bu nima beradi? 
Birinchidan, aktsiyadorlik jamiyatlari davlatga tegishli qismining sotilishi davlat 
g‘aznasiga mo‘may mablag‘ keltiradi. Ikkinchidan, davlatning qo‘li xo‘jalik 
yumushlaridan birmuncha bo‘shaydi. Uchinchidan, mamlakatda tadbirkorlik 
muhiti kengayadi. Bundan ham davlat, ham mulkdorlar va oddiy kishilar yutadi. 
Asosiysi, bozor islohotlarini chuqurlashtirish shuni talab qiladi. 
Davlatning monopol mavqei uglevodorod xomashyosi, rangli metallar, uran 
qazib olish, temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiyasi ishlab 
chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarda saqlanib qolishi lozim. Boshqa 
sohalardagi davlat aktivlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
davom etadi. Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’ektlari chet ellik investorlarga 
sotilmoqda. Jumladan, yuzlab mulk majmualari tanlov asosida investitsiya kiritish 
sharti bilan «0» qiymatda yangi mulkdorlarga sotildi. Ular esa investitsiya kiritish, 
minglab ishchi o‘rinlarini yaratish majburiyatini oldi. 
Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni pirovard maqsad bo‘lmasligi kerak. 
Agar erkinlashtirish sur’atlari, iqtisodiyotning o‘sish sifat ko‘rsatkichlari, aholi 
turmush darajasi barobarida kechsa yanada yaxshi bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiy 
o‘sish prognozlariga ko‘ra, dunyodagi tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan 
joy oldi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun oziq-ovqat 
xavfsizligini ta’minlash borasida ham oldingi o‘rinlarga chiqdi. Ushbu 


ko‘rsatkichlar hozirgi sharoitda ancha yuqori hisoblanadi. Chunki jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi hali to‘la barham topgani yo‘q, davlatlarning bir-biriga sanktsiya 
va embargolar qo‘llashi avj olmoqda. Qolaversa, muhim tovarlarga tashqi talab 
kamayib, narxlar pasayib bormoqda, talabga nisbatan taklif ustunroq. Bu kabi 
tashqi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik milliy iqtisodiyotga o‘zining salbiy ta’sirini 
o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta. 
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun davlat mulkini 
xususiylashtirish bo‘yicha Dasturida to‘la quvvat bilan ishlamayotgan davlat 
korxonalarini tugatish va ochiq savdolar orqali yangi xususiy mulkdorlar ixtiyoriga 
o‘tkazish, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan va foydalanilmayotgan davlat 
ulushini to‘la sotish, qator korxonalardagi davlat ulushi aktsiyalarini fond bozorida 
sotish orqali 51 foizgacha tushirish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shu 
bilan birga, bu tadbirlarni o‘tkazish mexanizmlari ham takomillashtirildi. 
Jumladan, davlat aktivlarini sotish muddatlari qisqartirildi, savdolardagi davlat 
aktivlariga ikki oy muddatda talab tushmagan taqdirda, ularning bahosini 50 
foizgacha, har 15 kunda esa 10 foizga pasaytirish, shunda ham sotilmasa 
investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan «0» qiymatda 
sotish, Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma 
berish, davlat ob’ektlarini qismlarga bo‘lib sotish, xarid to‘lovlariga imtiyoz 
berish, davlat ob’ektlarini ijarachilarga sotilishga ustunlik berish, xo‘jalik 
organlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar 
korxonalarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi mumkinligi va boshqalar 
belgilab qo‘yildi. 



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin