Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#166466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Burxonova Malika.(1)

Dunyodagi eng qimmat valyutasi: 
Quveyt dinari
Valyuta 
va 
tashqi 
savdo 
bozorini 
erkinlashtirish 
iqtisodiyotni 
liberallashtirishning muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, davlat pul-kredit siyosatiga 
jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Monetar siyosat davlat yoki uning 
Markaziy banki tomonidan makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 
muomaladagi pul massasini oshirish yoki pasaytirish orqali amalga oshiriladigan 
vositadir. Bu siyosat foiz stavkasi va ayirboshlash kursi, to‘lov balansi, ustidan 
nazorat, inflyatsiyani jilovlash, umumiy bandlikni oshirish, baholar darajasini 
me’yorlash va boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Monetar siyosat bir 


amerikalik tili bilan aytganda, “bir tanga ustida umbaloq oshish”dir. Harakatlar 
strategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Valyuta siyosatini erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Undan 
asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit yaratish bo‘lib, 
bozordagi turli-tuman valyuta kurslari o‘rniga yagona rasmiy kurs bir dollarga 
8100 so‘m miqdorida belgilandi. Korxona va aholida chet el valyutasini erkin sotib 
olish imkoni paydo bo‘ldi. Bu qadar radikal yondashuv hatto ancha bilimdon 
bo‘lgan iqtisodchilarni ham xavotirga solib: endi nima bo‘ladi, milliy valyuta 
kursining roppa-rosa ikki baravarga pasaytirilishi inflyatsiyaning yangi xalqasini 
keltirib chiqarmaydimi, degan mulohazalarni tug‘dirgan edi. Lekin fevralda bir 
dollar 8188,33 so‘mga ko‘tarilgan bo‘lsa, keyin asta-sekin so‘m mustahkamlana 
boshladi va iyun oxiriga kelib, bir dollar 7813 so‘mga tushdi. Endilikda aholida 
«dollarlashtirishdan» birmuncha qaytish tendentsiyasi, pul o‘tkazmalarini milliy 
valyutada olishni afzal ko‘rayotgani kuzatila boshladi. 
Bu tendentsiya bundan keyin ham davom etishi, so‘m o‘z qadrini ko‘tarib 
borishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun so‘m bugun o‘z pozitsiyasini 
mustahkamlayapti, giperinflyatsiya yo‘q. Chunki, birinchidan, dollar kursi 
pasayishida Markaziy bankning valyuta birjasidagi interventsiyasining ham roli 
bor. Bu vosita ham ko‘pchilik mamlakatlar amaliyotida uchrab turadigan valyuta 
ayirboshlash kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishdir. Bu holat “betaraf” 
xarakterga ega bo‘lib, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining keskin kamayib 
ketishiga olib kelmaydi. Ikkinchidan, asosiysi, valyuta bozoridagi noaniqlik, 
nufuzli valyuta kurslarining har kuni, har soatda o‘ynab turishi aholida ajiotaj, 
ya’ni shov-shuv talabni kuchaytirayotgan edi. Endi esa Prezident va Markaziy 
bank kafolati ostida valyuta bozoriga aniqlik va shaffoflik kiritildi. Bugun 
o‘zbekistonlik turist, biznesmen, talaba yoki davolanuvchi chet elda turib 
konversion kartasidagi valyutani bankomatdan xohlagan miqdorda naqd mablag‘
sifatida yechib olishi mumkin. Ikki yil oldin buni faqat orzu qilish mumkin edi. 
Uchinchidan, liberallashtirish iqtisodiyotning qaysi sohasida kechmasin, 
kompleks xarakterga ega bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarni taqozo etadi. Ayni 


paytda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik saqlanib 
turibdi, iqtisodiy o‘sish bo‘yicha davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarish jadal 
bormoqda. Soliq va bank tizimi islohotlari ketmoqda, biznesni yuritish va eksport 
sohasidagi ma’muriy to‘siqlar olib tashlanmoqda. Bular hammasi pul-kredit 
tizimini takomillashtirish, sohani liberallashtirishga xizmat qiladi. 
Valyuta bozori liberallashuvi tashqi savdoga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Bu sohada raqobatbardoshlikni oshirish, eksport korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, 
fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport 
faoliyatini rag‘batlantirish, ularga imtiyozlar tizimini takomillashtirish, bojxona 
tartib-qoidalarini soddalashtirish va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish 
muddatlarini keskin qisqartirish, tashqi savdo tariflarini pasaytirishga oid 
hujjatlarni rasmiylashtirishlarning elektron shakliga o‘tish va boshqa chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda. 
Rasmiy valyuta kursi qiymatini yuqori darajada ma’muriy yo‘l bilan sun’iy 
ushlab turilishi milliy tovar va xizmatlar eksporti rivojining asosiy to‘siqlaridan 
biri edi. Boshqacha aytganda, valyuta bozori erkinlashmagani milliy tovar va 
xizmatlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirar, eksportda 
xomashyo hissasi yuqori qolishiga olib kelardi. Endi esa mamlakat eksporti 
tarkibida noxomashyo tovarlari hissasi oshirish, sohada institutsional qayta 
qurishlar, 
oxir-oqibatda 
import 
o‘rnini bosadigan modeldan eksportga 
yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy modelga o‘tilmoqda. Tinch okeani havzasidagi 
Osiyo yangi industrial mamlakatlari rivojlanish tajribasi xuddi shunday. Ammo 
eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish raqobatbardosh mahsulotlarni taqozo 
qiladi. Bu esa chetdan mashina va asbob uskunalar, yangi texnika va texnologiya 
kiritishni talab qiladi. Tashqaridan kirmasa, tashqariga chiqarib ham bo‘lmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti tartibi shunday. Milliy iqtisodiyot go‘yo ikki tomonlama 
qatnovli katta magistral yo‘lga o‘xshaydi. 
2017 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi 
qarori qabul qilindi. Qarorda tashqaridan kiritiladigan tovarlarga boj to‘lovlari 


o‘rtacha 14,5 foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, tashqi 
savdoni keyingi erkinlashtirgunga qadar O‘zbekistonda noqishloq xo‘jalik 
mahsulotlariga import stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga 
esa yaqingacha import bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha 
past edi. O‘tgan yil oktyabr oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import 
bojlari o‘rtacha 2,5 martaga pasaytirildi. Tashqi savdoning liberallashuvi eksport-
import operatsiyalari kuchayishiga, milliy iqtisodiyotning dunyo bozoridan o‘rin 
olishini osonlashtirishga, asosiysi mamlakatimizning qo‘shimcha qiymat global 
zanjiriga integratsiyalashuviga xizmat qilishi shubhasiz. 
Iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini, jumladan, valyuta bozorini 
liberallashtirish, davlatning xalqaro imiji bilan bog‘liq katta voqea. Lekin ular 
ustidan, shuningdek, emissiya, chet eldan pul ko‘chirmalari ustidan qat’iy nazorat 
o‘rnatilmasa, iqtisodiyotning real o‘sishi va muomaladagi pul miqdori o‘sish 
sur’atlari o‘rtasidagi farq sifatida doimo paydo bo‘ladigan inflyatsiyani keltirib 
chiqarishi hech gap emas. Monetar siyosat bilan fiskal siyosatni qo‘shib olib borish 
bunday holatlarning oldini olish imkonini beradi. 
Umuman olganda, barcha xavflarni bartaraf etadigan yagona yo‘l iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishdir. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin