1. VALYUTA SIYOSATINING MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI
Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq
jarayonlarni boshqarishda, milliy
valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda
kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o’ynaydi.
U «ko’p kirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta'minlash,
ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to’lov
balansining aktivligini
saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi
o’rin egallaydi.
Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati,
jahon xo’jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o’rni bilan aniqlanadi.
Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, birinchi navbatda,
har qanday
valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagi shakllanib kelmoqda: valyutaviy
inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta'minlanganligi, valyutaviy
cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish
va boshqalar. Mamlakatlar-aro munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati:
hamkorlik va kelishuv, ya'ni rivojlanayotgan mamlakatlarni
ichki siyosatiga
moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko’mak berish.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga
solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat
ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan
munosabatlami
tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki
tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish
kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuv XVF nizomining o’zgartirishi bilan, yangi
jahon valyuta tizimi yo’nalishini aniqlab berdi.
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo’llaridan biri,
davlatning
xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo,
hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga
solishning bevosita yo’li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali
amalga
oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo’l bilan bozor agentlarining iqtisodiy
harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta'sir
etiladi.
Xo’jalik
aloqalari
umumiylashtirilishi,
davlatlararo
valyuta
boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo’ldi. U quyidagi maqsadlarni o’z oldiga
qo’yadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish,
kelishgan holda
valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining
boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy
integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: