Valyuta siyosati
- valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar
tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini
tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:
xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok
etayotgan va yirik valyuta mablag’lariga ega bo’lgan milliy va xalqaro banklar
hamda
korporatsiyalar kiradi;
xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank,
valyuta nazorati tashkilotlari).
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi
sabablar bilan shakllangan:
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga
o`zaro bog’liqligi.
2. Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat
boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.
3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy
kuch hisoblangan AQSH o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-
qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya.
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya'ni suzib yuruvchi
kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror
emasligi.
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga
o`zaro bog’liq bo’lmagan va ularning xalqaro xo’jalikdagi integratsiyalashuvi.
Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi.
O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha
yig’ilishlar bo’lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi
mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida;
1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin.
Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko’ra tarkibiy va joriyga bo’linadi. Tarkibiy
valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq
muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to’g’ri
keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari
orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z
ta'sirini ko’rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi,
valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan
boshqarishdir.
Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning
ko’rinishlari - valyuta interventsiyasi, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish,
valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta
kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi - ssuda kapitalining yillik
daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
Foiz o’zining iqtisodiy ma'nosi bo’yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik
uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me'yori
orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga
bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha
fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya'ni: davr bosqichidan,
inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan,
Markaziy
bank
siyosati
va
boshqalardan.
O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari
Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan, O’zbekiston Respublikasi oldida
inflyatsiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor
talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta va
savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo’ldi. Ushbu ko’rsatkichlarga
erishishni ta'minlashda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy
o’rinlardan birini egallamoqda. Chunki, pul muomalasini tartibga solish, kredit-
bank sohasini nazorat qilish, qat’iy pul-kredit va valyuta siyosatini amalga oshirish
uning funktsiyalariga kiradi. Valyuta tartibotlari, xalqaro valyuta bozorlari,
rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan valyuta
kurslarini qo’llash uslublari masalalariga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlar
mavjud. Bu esa, ma'muriy-buyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish
jarayoni kabi o’ziga xos bir hodisani boshidan kechirayotgan O’zbekiston
Respublikasi uchun katta kizikish uygotadi.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita
hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib
borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir
mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo’yicha chora-tadbirlarni
kurgan holda - davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu
shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga
yo’naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo’lmoqda. Shu
tarzda, davlat islohotlarning murakkab bosqichlarida islohotlarni amalga oshirishga
kodir bo’lgan yetakchi kuch ekanligini ko’rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator
maxsus davlat organlarini tashkil etish yo’li bilan islohotlarni tartibga solishni
amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada
muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi
qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan,
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirda
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi (TIAA)), Davlat soliq qo’mitasi va Davlat
bojxona qo’mitalaridir. Ularning har biri o’z vazifa va funktsiyalariga egadir.
Vakolatli banklar esa, valyuta nazorati agentlari hisoblanadi.
Valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Lekin,
ularning nisbatini belgilash juda murakkabdir. Klassik iqtisodiyotning zamonaviy
iqtisodiyotdan farqlaridan biri, zamonaviy iqtisodiyotda valyuta siyosati iqtisodiy
islohotlarning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli, respublika
hukumati ushbu masalaga juda katta e'tibor qaratmoqda.
Valyuta siyosati O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit
siyosati bilan uzviy bog’liqdir. Ularning ikkalasi ham davlat iqtisodiy siyosatning
ajralmas
qismidir.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlatning
makroiqtisodiy maqsadlarining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda,
valyuta siyosatini tartibga solish va valyuta siyosatini muvaffakiyatli amalga
oshirish uchun barcha tegishli huquqiy asoslar va shart-sharoitlarga egadir.
Shu tarzda, O’zbekiston Respublikasi hukumati, Markaziy bank va valyuta
nazoratining boshqa organlari tomonidan iqtisodiy islohotlar mobaynida kurilgan
chora-tadbirlar quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi:
valyuta siyosatining huquqiy asosini vujudga keltirish;
samarali valyuta nazorati va tartibga solish tizimini tashkil etish;
iqtisodiy agentlar o’rtasida chet el valyutasini samarali qayta taqsimlash
mexanizmlarini tashkil etish;
to’lov balansini tartibga solishning zamonaviy uslublarini qo’llash;
birja va birjadan tashqari valyuta bozorlari faoliyatini yanada takomillashtirish;
naqd va naqd pulsiz tarzda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini,
valyuta risklari oldini olishning savdo va nosavdo operatsiyalari mexanizmini
belgilash;
xorijdan mablag’ jalb qilishning taktika va strategiyasini belgilash;
davlatning oltin-valyuta zahiralarini samarali boshqarish;
xalqaro moliya tashkilotlari bilan o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish;
valyuta kursini samarali tartibga solish;
milliy valyutaning ichki konvertirlanishini ta'minlash;
respublikamiz to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha milliy
valyuta konvertirlanishini bosqichma-bosqich joriy etilishi bo’yicha chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |