XULOSA
Valyuta siyosati va liberallashtirish iqtisodiyotga katta ta'sir ko'rsatadi.
Valyuta
siyosati, mamlakatning valyuta kursini tartibga solish yoki o'zgartirish
yoki valyutani sotib olish yoki sotish orqali valyutani tartibga solishni o'z ichiga
oladi. Bu siyosat, mamlakatning eksport-import faoliyati bilan bog'liq bo'lgan
xarajatlarni va daromadlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.
Liberallashtirish esa, iqtisodiyotda erkinlikni oshirish va mamlakatning
iqtisodiy tizimida rivojlanishni rag'batlantirish maqsadida
amalga oshiriladigan
iqtisodiy islohotlar jamlanmasidir. Bu islohotlar orasida tijoratning erkinligi, tashqi
investitsiyalar, kapitalni kengaytirish va boshqa iqtisodiy faoliyatlar uchun qulay
sharoitlar yaratish kabi muhim qadamlar ko'rsatiladi.
Valyuta siyosati va liberallashtirishning birgalikda amalga oshirilishi,
mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanishiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Valyuta
siyosati orqali valyuta kursi tartibga solinib, tijorat erkinligi oshiriladi va kapitalni
kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Liberallashtirish esa, iqtisodiyotda
erkinlikni oshirish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish yordamida mamlakatning
iqtisodiy tizimida rivojlanishni rag'batlantirishga ma'sul
Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
uchun zarur bolgan barcha asoslarga ega.
Shu narsani alohida ta'kidlab
otish joizki, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining
Markaziy bank balansida turishi, mamlakat Markaziy bankining moliyaviy jihatdan
barqarorligini namoyon qiladi. Chunki, odatda, Markaziy bank davlatning tashqi
qarzini tolash bilan bogliq barcha operatsiyalarga oz vaqtida xizmat korsatish,
shuningdek, xalqaro operatsiyalar boyicha hisob-kitoblarni ta'minlash
uchun
ma'sul.
Valyuta siyosatini amalga oshirish uchun ob'ektiv asos bolib, tashqi savdo,
kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimotining
yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga
va takomillashishiga asosiy sabab boladi.
Valyuta operatsiyalarining keng kolamda rivojlanishi markaziy banklarga ushbu
bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni
tartibga solishga imkon
yaratdi.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi.
Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat ichkarisida va
mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan boladigan munosabatlami
tartibga solish, yana valyutaviy muammolar boyicha
ikki tomonlama va kop
tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi. Yamayka
valyutaviy kelishuv XVF nizomining ozgartirishi bilan, yangi jahon valyuta tizimi
yonalishini aniqlab berdi.
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yollaridan biri, davlatning
xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini
boshqarish va milliy, mamlakatlararo,
hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga
solishning bevosita yoli qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali
amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yol bilan bozor
agentlarining iqtisodiy
harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta'sir
etiladi.
Xojalik
aloqalari
umumiylashtirilishi,
davlatlararo
valyuta
boshqarilishining rivojlanishiga sabab boldi. U quyidagi maqsadlarni oz oldiga
qoyadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish,
kelishgan holda
valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining
boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy
integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: