Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Asosiy vazifalari:

Qahramonlarni to‘g‘ri baholash, e’tiborli bo‘lish, ijobiy idealni 
tarbiyalash. 

Teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatiga kuchli qiziqishni rivojlantirib 
borish. 

Bolalarning nutq, qo‘shiq, mimika, jest, harakat va shu kabi boshqa 
holatlarni erkin ko‘rsata olishlariga erishish.

O‘yin, qo‘shiq va raqs san’ati orqali ijodiy obraz va ijro etish 
ko‘nikmalariga erishish. 

Bolalarning narsa va hodisa, tabiat va haqiqat, kelajak va o‘tgan 
zamon, an’nalar va boshqa narsalar haqidagi tushunchalarini kengaytirish 

Bolalarda stol teatri, dramatizatsiya, yerda ijro etiladigan teatr kabi 
teatrning turli yo‘nalishlari haqida tushunchalarini mustahkamlashga yordam 
beriladi.

Bolalar so‘z boyligini boyitish, to‘g‘ri talaffuz etish qoidalariga etibor 
berishlariga erishish. 

Bolalarda o‘zlari yaxshi biladigan hikoya, ertaklarni improvizatsiya 
qilish, mustaqil yoki tarbiyachi ko‘magida turli hikoyalar tuzishga yo‘naltirish.

Bolalarda ong, fikrlash, diqqatni shakllantirish.


20 

Bolalarda o‘zini va o‘rtoqlarini harakatlarini to‘g‘ri baholashga 
o‘rgatish. 

Bolalarda turli harakatlarni bajarish, raqs tushish, yorqi n obraz 
yaratish istagini kuchaytirish. 

Rol o‘ynash, ya’ni akterlik mahoratini ko‘rsatish ko‘nikmalarini 
tarbiyalash. 

Qo‘shiq, raqs, o‘yin improvizatsiyalaridan mustaqil faoliyatda to‘g‘ri 
foydalanishga erishish.
 
O‘rta guruh 
Bu yoshda bolalarda teatrlashtirilgan o‘yinga nisbatan qiziqishlari kuchayadi. 
Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinga qiziqishlari ortadi. Teatrlashtirilgan o‘yin 
ko‘nikmalari bolalarda drammatizatsiyalashgan o‘yin haqidagi bilimlarni 
kengayishi hisobiga amalga oshadi. Bola 4-5 yoshida yumshoq o‘yinchoqlar, 
yog‘ochli teatr, konusli taetr, xalq o‘yinchoqlari teatri kabi stol teatrining turli 
ko‘rinishlarini o‘rganadi. Bolalar «Tulki va turna», «Bo‘g‘irsoq», «G‘ozlar va 
turnalar» va shu kabi ertaklar asosida qiska tomoshalar taqdim etishadilar. 
Barmoqlar teatri ko‘proq mustaqil faoliyatda foydalanilib, ular she’r va kichik 
ertaklarni barmoqlari yordamida improvizatsiya qilib ko‘rsatib berishga harakat 
qilishida («Jili u babusi»; S.Mixalkov «Mushukchalar», 3ubkova «Mы delili 
apelsin»).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin