Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

olam haqida shartli tasavvur
– dunyoning yaxlit manzarasi, bolaning olingan 
bilimlarga shaxsiy munosabati, shuningdek, ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash 
malakalarini shakllantirish; 

variativlik
– bolalarda variativ fikrlash, ya’ni masalani hal qilishning turli 
variantlari mavjudligini tushunish, qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash, yechimi 
bo‘lmagan vaziyatlar yo‘qligini tushunishni rivojlantirish;
- bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish. 
Mazkur prinsiplar tizimli ravishda qo‘llanadi. 
Bolalar 
bilan 
teatrlashtirilgan 
faoliyat 
yo‘nalishlari
.
Teatrlashtirilgan faoliyat madaniy hordiq faoliyatiga uiradi va bolalar bilan olib 
boriladigan faoliyatda ustuvor o‘rin egallaydi. U bolalar bilan muloqotning yangi 
shakllarini realizatsiyalash, har bir bolaga yakka tartibda yondashish, oila bilan 
o‘zaro hamkorlikning noan’anaviy yo‘llarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.


13 
Bolalar bilan teatrlashtirilgan faoliyat quyidagi yo‘nalishlardagi ishni o‘z 
ichiga oladi: 
- teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun 
sharoit yaratish; 
- bolalarning ijrochilik ijodini (turli sahna va postanovlkalarda rol o‘ynash, 
mashg‘ulotlarda ifodali o‘qish va sh.k.) rag‘batlantirish;
- bolalarda individual xususiyatlariga muvofiq kattalar va tengdoshlari oldida 
chiqish vaqtida o‘zini erkin tutish qobiliyatini rivojlantirish (jumladan, uyatchan 
bolalarga bosh rollarni berish, nutqiy qiyinchiliklari bo‘lgan bolalarni spektakllarga 
jalb qilish, har bir bolaning spektakl va boshqa chiqishlarda faol ishtirokini 
ta’minlash); 
- bolalarni (turli personajlarning xarakterli xususiyatlarini, o‘zining hissiy 
kechinmalari, emotsional holatini ifodalashda) mimika, pantomima, ifodali harakat 
va intonatsiya yordamida improvizatsiyalashga undash;
- bolalarni dramalashtirishning turli vositalari orqali ifodalanadigan 
personajlarning kayfiyati, emotsional holatini farqlashga o‘rgatish (mimika va 
harakatlar yordamida quvonch, qayg‘u, jahl, hayrat va sh.k. ni namoyish qilish va 
personajning holatini aniqlashni taklif qilish; qo‘g‘irchon personajdan foydalanib, 
boladan aynan bitta jumlani turlicha intonatsiya bilan aytishni so‘rash va qolgan 
bolalardan personajning xarakteri va kayfiyatini topishni so‘rash). 
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo‘yicha 
vazifalarni hal qilishda ular va ota-onalar bilan ishlarning zarur shakllari 
belgilangan bo‘lib, ular uchta: tashkiliy, amaliy va yakunlovchi bosqichni o‘z 
ichiga oladi. 
Tashkiliy bosqichda: 
- mavzuga oid metodik adabiyotlar o‘rganiladi; 
- bolalar bilan teatr haqida suhbat o‘tkaziladi; 
- “Ijodkor bola qanday bo‘ladi?” mavzusida ota-onalar bilan so‘rov o‘tkaziladi; 
- “Ijodkor bola o‘zida qaysi fazilatlarni rivojlantiradi?” mavzusida ota-onalar 
bilan so‘rov o‘tkaziladi; 


14 
- bolalarni teatrlashtirilgan faoliyatga jalb qilish bo‘yicha rejalar tahlil qilinadi; 
- “Teatrlashtirilgan faoliyat nutqning ifodaliligi vositasi” mavzusida ota-onalar 
uchun maslahat o‘tkaziladi; 
- bolalar va ota-onalarning xalq ertaklari bo‘yicha ishlangan rasmlar “Ertak 
huzurida mehmonda” ko‘rgazmasida ishtiroki ta’minlanadi.
Amaliy bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi: 
- bevosita ta’limiy faoliyat. “Kommunikatsiya” sohasi. “—“ nomli xalq ertagini 
sahnalashtirish; 
- “Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq” ertaklarini ilk, kichik va o‘rta maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun, shuningdek, ota-onalar majlisida namoyish qilish; 
- bolalar bilan “---” spektalini tomosha qilish;
- badiiy adabiyotlar mutolaasi va xalq ertaklariga illyustratsiyalarni ko‘rib 
chiqish; 
- xalq ertaklari aks ettirilgan audioyozuvlarni tinglash, videomateriallarni 
tomosha qilish; 
- niqob va kostyumlardan foydalangan hola “ayyor tulki”, “kuchukchalar va 
mushukchalar” inssenirovkasi; 
- “sehrli tovushlar” o‘yini; 
- mustaqil ijodiy o‘yinlar; 
- xalq ertaklarini namoyish qilish uchun qo‘g‘irchoq teatrini tayyorlash. 
Ishning yakunlovchi bosqichi: 
- bolalarning ijodiy improvizatsiyalash qobiliyatini aniqlash; 
- ota-onalar yordamida rivojlantiruvchi muhitni to‘ldirish; 
- ma’ruza (doklad) shaklida qilingan ish natijalari haqida hisobotni o‘z ichiga 
oladi. 
Teatrlashtirilgan faoliyat bo‘yicha ish shakllari bosqichlari ilovada 
keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin