7
1.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA
SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI.
Reja:
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining
asosiy maqsadi
2.
Teatr - saxnalashtirish faoliyatining shakllari.
3.
Teatr - saxnalashtirish faoliyati tamoyillari
Tayanch
tushunchalar
:
teatr
,
spektakl,
improvizatsiya,
sahnalashtirish,
artist, inssenirovka
.
8
Maktabgacha ta’lim muassasasida teatrlashtirish faoliyati.
Teatr bola
uchun katta ahamiyatga ega, bolalar u bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutadi!
Teatr hamma (yoki deyarli hamma) narsaga qodir. U mo‘jiza yaratadi: quvontiradi,
o‘rgatdi, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi,
ularning xulqini korreksiyalaydi, emotsional namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi,
bolalarning nutqi, notiqlik qobiliyatlarini rivojlantiradi, o‘ziga ishonchini oshiradi,
omma oldida chiqish ko‘nikmalarini egallashida yordam beradi. Teatr san’ati bola
shaxsining har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashadi. Teatr san’ati bilan kun
sayin muloqot qilib borar ekan, bolalar bir-biriga nisbatan toqatli, kelishuvchan,
og‘ir-bosiq bo‘lib, o‘zini tartibga solib oladi. Teatr maktabgacha yoshdagi
bolalarning his-tuyg‘ulari va kayfiyati (ruhiyati) ga kuchli emotsional ta’sir
o‘tkazadi, ularning fikrlash doirasini kengaytirib, nutqini boyitadi, axloqiy-
ma’naviy tasavvurini shakllantiradi, aqliy tasavvurlarini rivojlantiradi, intellektual
qobiliyatlarini oshiradi.
Teatr bolani ma’naviy tarbiyalaydi. Teatr – sehrli olam, unda bola o‘ynab,
quvonadi, o‘ynab atrof olamni o‘rganadi, ya’ni uning emotsional olami boyiydi.
Bolada ijodga e’tibor, qiziqish, intilishning namoyon bo‘lishi uning taasssurotlarini
yangilaydigan emotsional undovlarni talab qiladi. Bu borada teatrlashtirish
faoliyatining juda katta ijobiy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Pedagogik
jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan bu kabi faoliyat bola hayotiga yangi qimmatli
mazmun olib kiradi, quvonch hissini uyg‘otadi, barcha kuch va qobiliyatlari,
jumladan nutqiy rivojlanish qobiliyatlarini faoliyatga safarbar qilishga undaydi.
Hamma bolalar spektakllarni yaxshi ko‘radi. Ularga nafaqat tomosha qilish, balki
artist bo‘lish yoqadi. Teatr san’ati bolalarga yaqin va tushunarli, chunki uning
asosida o‘yin yotadi. Teatrda o‘ynash va bolalar o‘yini aynan bir xil shartlilikdan
kelib chiqadi va o‘zida voqelikni har bir inson ko‘ra oladigan va ifodalay oladigan
darajada fokuslaydi.
Bolalarda o‘yinga bo‘lgan ehtiyoj, shubhasiz, katta va u juda erta namoyon
bo‘ladi. Ikki-uch yoshidayoq kichkintoylar sakrayotgan quyoncha va ona-tovuqqa
ergashayotgan jo‘jachalarni tasvirlaydi. Ular jon-dili bilan kuchukcha, mushukcha,
9
uloqchalar qiyofasiga kiradi. Ular imitatsiyalash va taqlidiy haprakatlarni bajaradi,
bu harakatlar hamisha rejali, ammo favqulodda boy va shu sababli o‘zida katta
emotsional quvvatni jamlaydi.
Dostları ilə paylaş: |