Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 


15 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA 
TURLI YOSH GURUXLARIDA SAXNALASHTIRISH 
FAOLIYATINING ASOSIY VAZIFALARI 
Режа: 
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining 
axamiyati. 
2.
Turli yosh guruxlarda saxnalashtirish faoliyatining vazifalari 
Tayanch tushunchalar

dekorator

akter

rejisser

fantaziya

janr

integratsiya

motorika, koordinatsiya, tembr
.
 


16 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyat olib borishning 
asosiy vazifalari. 
Har bir insonning bolaligi rolli o‘yinlar asosida o‘tadi, u bolada 
kattalarning hayotiy qonun-qoidalarni anglashni o‘rgatadi. Har bir bola o‘zi 
bilganicha o‘ynaydi, lekin bu o‘yinlar asosan kattalar, sevimli qahramonlardan 
o‘rganib yoki ularga taqlid qilgan holda amalga oshiriladi. Bolalar o‘yinlariga 
improvizatsiya qilingan teatrlashtirilgan tomosha sifatida qarash mumkin. Bolaga 
o‘zini rejisser, akter, musiqachi, dekorator holida ko‘rish imkoni beriladi. 
Dekoratsiya va kostyumlarni tayyorlash bolada ijodiy va texnik faoliyatni 
rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Tomoshani tayyorlash jarayonida ular chizish, yasash, 
tikish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, oldilarida amalga oshirishlari lozim 
bo‘lgan vazifalarga nisbatan istak, hoxish tuyg‘ulari yanada rivojlanadi va ular 
bundan katta zavq oladilar.
 
Maktabgacha ta’lim muasasalarida teatrlashtirilgan faoliyatning barcha 
yo‘nalishlariga katta e’tibor berish lozim va shart, chunki ular,

jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish modelini yaratishni; 

milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirib borgan holda bolaning 
madaniyatini oshirishni;

bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san’at, o‘zini tutish odobi, milliy 
an’analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va bu boradagi qiziqishini 
muntazam oshirib borishni;

to‘g‘ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni o‘yinlar 
orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi.
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki kechinmalari, 
munosabatlari, emotsional faoliyatining rivojlanishiga ya’ni asar qahramonlariga 
munosabat bildirish, ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan 
birga boladagi ijodiy faollikni o‘yin, fantaziya, to‘qib chiqarish orqali 
kengaytiradilar. 
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog‘liq 
bo‘lib, qahramonlarning so‘zlari, bola nutqi bilan uyg‘unlashib uning so‘z 
boyligini ortiradi, nutqining tovush madaniyat mukammalashadi. 


17 
Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘z ichiga ertaklardan lavhalar qo‘yish, 
rasmga qarab rolli suhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil 
improvizatsiya (o‘xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq hodisalar va hokazo); 
qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan 
o‘yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); 
bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi. 
Teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jamoani to‘g‘ri 
yo‘naltirishda tarbiyachi katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachi nafaqat ifodali o‘qishi yoki 
aytib berishi, balki ko‘rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya’ni akterlik va rejisserlik 
mahoratlariga ham ega bo‘lishi zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan 
faoliyatga qiziqishi uyg‘otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ijobiy tomonga 
o‘zgarishiga yo‘l ochadi. Tarbiyachi o‘zining akterlik faolligi bilan tortinchoq 
bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo‘ymasligi, har bir bolani diqqat bilan 
kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo‘llab quvvatlashi, 
ularning xato qilish va sahnaga chiqishda «qo‘rqish», «artist» va «tomoshabin»ga 
bo‘linib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Quyidagi vazifalar teatrlashtirilgan faoliyatni shakllantirish bo‘yicha amalga 
oshiriladigan darslar majmuasi davomida hal etiladi: 
-tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy o‘z o‘ziga ishonish tuyg‘ularini 
shakllantirish; 
- bolalarda ijodiy faoliyatning barcha jabhalariga qiziqish uyg‘otish; 
- improvizatsiya (o‘xshatish) qilish ko‘nikmalarini egallash; 
- nutq faoliyatining barcha shakl, funksiya va komponentlarini rivojlantirish;
- bilish ko‘nikmalarini mukammallashtirish.
Teatrlashtirilgan o‘yin teatrlashtirilgan mashg‘ulotning asosi hisoblanadi. 
Maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotida 
teatrlashtirilgan 
o‘yinni 
o‘tkazishda 
qo‘yidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim: 

janr va mavzuning turli tumanligi; 

pedagogik faoliyatning barcha yo‘nalishlariga teatrlashtirilgan 
faoliyatni har doim va har kuni singdirish. 


18 

Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinni tayyorlash va o‘tkazishdagi 
maksimal faolligi. 

Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinni uyushtirishda o‘zaro va kattalar 
bilan hamkorligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin