Yaqinlashish radiusi uchun Dalamber formulasi. Endi (6) darajali qatorning R yaqinlashish radiusini topish masalasi bilan shug‘ullanamiz.
3-TEOREMA (Dalamber formulasi): Agar (6) darajali qator uchun
limit mavjud va chekli bo‘lsa, unda bu qatorning yaqinlashish radiusi R=d bo‘ladi.
Isbot: (6) darajali qator hadlarining absolut qiymatlaridan tuzilgan ushbu qatorni qaraymiz:
. (10)
Bu qatorni x o‘zgaruvchining har bir qiymatida umumiy hadi
un=|an|∙|x|n , n=0,1,2, ∙∙∙ ,
bo‘lgan musbat hadli sonli qator deb qarash mumkin. (10) qatorning yaqinlashishini Dalamber alomati yordamida tekshiramiz. Teorema shartiga ko‘ra
.
Bu yerdan, Dalamber alomatiga ko‘ra, (10) qator |x|∙d-1<1 =>|x|<d bo‘lganda yaqinlashuvchi, |x|∙d-1>1 =>|x|>d holda esa uzoqlashuvchi ekanligi kelib chiqadi.
Shu sababli, taqqoslash alomatiga asosan, |x|<d bo‘lganda (6) darajali qator absolut yaqinlashuvchi bo‘ladi. Agar |x|>d bo‘lsa, (10) qator uzoqlashuvchi va
bundan tashqari (Dalamber alomati isbotiga qarang) uning umumiy hadi uchun
munosabat o‘rinli bo‘ladi. Bu yerdan (6) darajali qatorning umumiy hadi uchun
ekanligi kelib chiqadi. Demak, |x|>d holda (6) uchun qator yaqinlashuvining zaruriy sharti bajarilmaydi va shu sababli u uzoqlashuvchi bo‘ladi.
Demak, (6) darajali qator |x|<d bo‘lganda yaqinlashuvchi, |x|>d bo‘lganda esa –uzoqlashuvchi. Bu yerdan, 3-ta’rifga asosan, bu qatorning yaqinlashish radiusi R=d ekanligi kelib chiqadi. Teorema isbotlandi.
Shunday qilib (6) darajali qator yaqinlashish radiusi
(11)
Dalamber formulasi bilan topilishi mumkin.
1>