Xi bob. Qatorlar nazariyasi elementlari


§2. MUSBAT HADLI SONLI QATORLAR VA



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə4/21
tarix18.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#116643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Xi bob. Qatorlar nazariyasi elementlari

§2. MUSBAT HADLI SONLI QATORLAR VA
ULARNING YAQINLASHISH ALOMATLARI



  • Sonli qator yaqinlashuvining taqqoslash alomatlari.

  • Dalamber alomati.

  • Koshi alomati.

  • Integral alomati.

  • Umumlashgan garmonik qatorlar.




    1. Sonli qator yaqinlashuvining taqqoslash alomatlari. Oldingi paragrafda har qanday sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti topilib, u yetarli shart bo‘la olmasligi ko‘rsatilgan edi. Bu yerda musbat hadli sonli qatorlar uchun ularning yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi ekanligini ifodalovchi yetarli shartlarni topish masalasi bilan shug‘ullanamiz.

1-TA’RIF: Agar sonli qatorning barcha hadlari musbat (un>0 , n=1,2,3, ∙∙∙) bo‘lsa, u musbat hadli sonli qator deb ataladi.
Masalan, umumiy hadlari

ko‘rinishda bo‘lgan sonli qatorlar musbat hadlidir.
1-TEOREMA (Taqqoslash alomati): Berilgan (1) va (2) musbat hadli sonli qatorlar bo‘lib, ularning hadlari иnvn (n=1,2,3, ∙∙∙) shartni qanoatlantirsin. Bu holda quyidagi tasdiqlar o‘rinli :
I. Agar (2) sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lsa, unda (1) sonli qator ham yaqinlashuvchi bo‘ladi. Bundan tashqari (1) va (2) sonli qatorlarning yig‘indisi mos ravishda S(u) va S(v) bo‘lsa, unda S(u)≤S(v) tengsizlik o‘rinli bo‘ladi ;
II. Agar (1) sonli qator uzoqlashuvchi bo‘lsa, unda (2) sonli qator ham uzoqlashuvchi bo‘ladi.
Isbot: I. (1) va (2) sonli qatorlarning n- xususiy yig‘indisini mos ravishda Sn(u) va Sn(v) deb belgilaymiz. Musbat hadli sonli qatorlarning n-xususiy yig‘indilari Sn (n=1,2,3, ∙∙∙) monoton o‘suvchi ketma-ketlikni tashkil etadi. Haqiqatan ham, иn+1>0 bo‘lgani uchun Sn+1= Sn+ иn+1> Sn . Shu sababli musbat hadli sonli qator yaqinlashuvchi ekanligini ko‘rsatish uchun uning Sn (n=1,2,3, ∙∙∙) xususiy yig‘indilari ketma-ketligi yuqoridan chegaralangan bo‘lishini ko‘rsatish kifoya, chunki bu holda (VI bob, §2, 2-teoremaga qarang) limit mavjud va chekli bo‘ladi. Bizning holda, teorema shartiga asosan, mavjud bo‘lgani uchun Sn(v) (n=1,2,3, ∙∙∙) yuqoridan chegaralangan. Unda , Sn(u) ≤ Sn(v) bo‘lgani uchun, Sn(u) (n=1,2,3, ∙∙∙) monoton o‘suvchi sonli ketma-ketlik ham yuqoridan chegaralangan va shu sababli mavjuddir. Bundan tashqari ushbu tengsizlik ham o‘rinli bo‘ladi:
.
II. (2) sonli qator yaqinlashuvchi deb faraz qilamiz. Bu holda, teoremaning I qismiga asosan, (1) sonli qator ham yaqinlashuvchi bo‘ladi. Bu esa teorema shartiga zid. Demak, farazimiz noto‘g‘ri va (2) qator uzoqlashuvchidir.
Teorema to‘liq isbotlandi.
Misol sifatida umumiy hadi un=1/(n+3n) bo‘lgan musbat hadli sonli qatorni qaraymiz. Bunda

bo‘lgani uchun berilgan sonli qator yaqinlashuvchi va uning yig‘indisi 1/2 sonidan katta bo‘lmaydi.
Izoh: Oldingi paragrafdagi 1-teoremaga asosan qatorni chekli sondagi hadlarini tashlab yuborish uning yaqinlashuvchiligiga ta’sir etmaydi. Shu sababli (1) qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun taqqoslash alomatidagi иnvn tengsizlik barcha n=1,2,3, ∙∙∙ uchun bajarilishi shart bo‘lmasdan, biror N sonidan boshlab, ya’ni nN bo‘lganda bajarilishi kifoyadir. Ammo bunda S(u)≤S(v) tengsizlik bajarilmasligi mumkin.
Masalan,

sonli qatorni qaraymiz. Uning umumiy hadi

n≥4 bo‘lganda musbat bo‘ladi va shu sababli bu qatorning dastlabki uchta hadini tashlab yuborib, musbat hadli sonli qatorga ega bo‘lamiz. Bundan tashqari n>10 bo‘lganda un>2/n=vn bo‘ladi. Haqiqatan ham, n>4 deb olsak, unda
.
Bunda vn=2/n garmonik qatorni ikkiga ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan uzoqlashuvchi qatorning umumiy hadini ifodalaydi. Demak, taqqoslash alomatining II qismiga asosan, qaralayotgan qator uzoqlashuvchi bo‘ladi.
2-TEOREMA (Limitik taqqoslash alomati): Agar (1) va (2) musbat hadli sonli qatorlar bo‘lib, ularning umumiy hadlarining nisbati chekli limitga ega bo‘lsa, unda (1) va (2) sonli qatorlar bir paytda yoki yaqinlashuvchi, yoki uzoqlashuvchi bo‘ladi.
Isbot: Sonli ketma-ketlik limiti ta’rifiga asosan (VII bob, §2, 4-ta’rifga qarang) har qanday ε>0 soni uchun (biz ε<A deb olamiz) shunday N soni topiladiki, barcha n>N uchun
.
Bu yerdan ko‘rinadiki, agar (2) sonli qator yaqinlashuvchi, ya’ni bo‘lsa, unda, taqqoslash teoremasi va yuqoridagi izohga asosan,
,
ya’ni (1) sonli qator ham yaqinlashuvchi bo‘ladi. Xuddi shunday, agar (1) qator yaqinlashuvchi bo‘lsa, unda
,
ya’ni (2) sonli qator yaqinlashuvchi bo‘ladi.
Teoremadagi (1) va (2) sonli qatorlardan birining uzoqlashuvchi ekanligidan ikkinchisining uzoqlashuvchi ekanligini kelib chiqishi haqidagi tasdiq ham xuddi shunday tarzda isbotlanadi va o‘quvchiga mustaqil ish sifatida havola qilinadi.
Masalan,

sonli qatorlarni qaraymiz. Ularning ikkinchisi maxraji 1/3=q<1 bo‘lgan geometrik progressiya hadlaridan tuzilganligi uchun yaqinlashuvchi qator bo‘ladi. Ammo

bo‘lgani uchun, limitik taqqoslash alomatiga asosan, bu qatorlarning birinchisi ham yaqinlashuvchi bo‘ladi.
Taqqoslash alomatlarida berilgan musbat hadli (1) sonli qatorning yaqinlashuvchi ekanligini tekshirish maqsadida hadlari иnvn (nN) tengsizlikni qanoatlantiradigan boshqa bir musbat hadli (2) sonli qator qaraladi. Bunda (2) qator (1) qator uchun majoranta qator deb ataladi.


    1. Yüklə 1,16 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin