Xi bob. Qatorlar nazariyasi elementlari


Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə3/21
tarix18.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#116643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Xi bob. Qatorlar nazariyasi elementlari

Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti. Endi berilgan sonli qatorning yaqinlashuvi va uzoqlashuvini aniqlashga imkon beradigan shartlarni ko‘rishga o‘tamiz.

4-TEOREMA: Agar (1) sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lsa, unda uning umumiy hadi un uchun
(10)
tenglik o‘rinli bo‘ladi.
Isbot: (1) sonli qatorning yig‘indisi S bo‘lsin. Bu holda un=Sn – Sn–1 ekanligidan foydalanib, (10) tenglikni quyidagicha hosil qilamiz:
.
Shunday qilib, sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun uning umumiy hadi albatta (10) shartni qanoatlantirishi lozim, ya’ni (10) qator yaqinlashuvining zaruriy shartini ifodalaydi. Bu shart bajarilmasa, sonli qator albatta uzoqlashuvchi bo‘ladi. Masalan, yuqorida ko‘rilgan qatorlarda un=1+0.5n , vn=1–0.5n va

bo‘lgani uchun bu qatorlar uzoqlashuvchi ekanligiga yana bir marta ishonch hosil qilamiz.
Ammo (10) shart sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lishi uchun yetarli emas. Masalan, garmonik qator deb ataluvchi ushbu
(11)
sonli qatorning umumiy hadi un=1/n bo‘lib, (10) shartni qanoatlantiradi. Ammo garmonik qator uzoqlashuvchi bo‘ladi. Buni teskarisini faraz qilish orqali isbotlaymiz. (11) sonli qator yaqinlashuvchi va uning yig‘indisi S deb olamiz va Sn hamda S2n xususiy yig‘indilarni qaraymiz. Unda bir tomondan sonli qator yig‘indisi ta’rifi va farazimizga asosan
(12)
tenglik o‘rinli bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa

va, limit xossasiga asosan,
(13)
tengsizlik o‘rinli bo‘ladi. (12) va (13) bir-biriga qarama-qarshi tasdiqlarni ifodalaydi. Demak, (11) garmonik qator yaqinlashuvchi degan farazimiz noto‘g‘ri va bu qator uzoqlashuvchi ekan.
Shunday qilib, berilgan sonli qator yaqinlashuvchi bo‘lishining yetarli shartini topish masalasi paydo bo‘ldi. Bu masala bilan keyingi paragraflarda shug‘ullanamiz.


XULOSA
Sonli ketma-ketlik hadlarini birin-ketin qo‘shib borishdan hosil bo‘ladigan yig‘indilarning limiti sonli qator bo‘ladi. Bu limit chekli sondan iborat bo‘lsa qator yaqinlashuvchi va limit qiymati uning yig‘indisi deyiladi. Aks holda bu qator uzoqlashuvchi deyiladi. Sonli qatorlarning chekli sondagi hadlarini tashlab yuborilganda uning yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi ekanligi o‘zgarmay qoladi. Yaqinlashuvchi sonli qatorlarni o‘zgarmas songa ko‘paytirish yoki qo‘shish natijasida yana yaqinlashuvchi qator hosil bo‘ladi. Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti–uning umumiy hadining limiti nol bo‘lishidan iboratdir. Ammo garmonik qator misolida bu shart qator yaqinlashuvi uchun yetarli emasligi ko‘rinadi.


Tayanch iboralar



* Sonli qator * Sonli qator hadlari * n-xususiy yig‘indi * Yaqinlashuvchi (uzoqlashuvchi) sonli qator * Sonli qator yig‘indisi * Qator yaqinlashuvining zaruriy sharti * Garmonik qator



Takrorlash uchun savollar



  1. Sonli qator deyilganda nima tushuniladi?

  2. Sonli qator hadlari nima?

  3. Sonli qatorning umumiy hadi deb nimaga aytiladi?

  4. Sonli qatorning n-xususiy yig‘indisi qanday aniqlanadi?

  5. Qachon sonli qator yaqinlashuvchi deyiladi?

  6. Yaqinlashuvchi sonli qator yig‘indisi qanday aniqlanadi?

  7. Qachon sonli qator uzoqlashuvchi deyiladi?

  8. Sonli qatorlarning algebraik yig‘indisi qanday aniqlanadi?

  9. Yaqinlashuvchi sonli qatorlarning algebraik yig‘indisi haqida nima deyish mumkin?

  10. Sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti nimadan iborat?

  11. Garmonik qator qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  12. Garmonik qator qanday xususiyatga ega?



Testlardan namunalar



  1. Ushbu ifodalardan qaysi biri sonli qator bo‘ladi?

A) u1 u2 u3∙ ∙ ∙ ∙ ∙ un∙ ∙ ∙ ∙ ; B) u1 : u2 : u3 : ∙ ∙ ∙ : un : ∙ ∙ ∙ ;
C) u1+ u2+ u3+ ∙ ∙ ∙ + un+ ∙ ∙ ∙ ; D) u1+ u2+ u3+ ∙ ∙ ∙ + un ;
E) keltirilgan barcha ifodalar sonli qator bo‘ladi.

  1. Quyidagilardan qaysi biri sonli qator uchun xususiy yig‘indi bo‘ladi?

A) u1; B) u1 + u2 ; C) u1 + u2 + u3 + u3 ; D) u1 + u2 + u3 + ∙ ∙ ∙ + un;
E) keltirilgan barcha ifodalar sonli qator uchun xususiy yig‘indi bo‘ladi.



  1. sonli qator uchun S10 xususiy yig‘indining qiymatini toping.

А) ; B) ; С) ; D) 1; Е) .



  1. sonli qatorning un umumiy hadini ko‘rsating.

A) ; B) ; C) ; D) ; E) .



  1. Umumiy hadi bo‘lgan sonli qatorni toping .

A) ; B) ; C) ;
D) ; E) .



  1. n-xususiy yig‘indisi Sn bo‘lgan sonli qator qaysi shartda yaqinlashuvchi deyiladi ?

A) ; B) ; C) ;
D) ; E) mavjud emas.


  1. n-xususiy yig‘indisi Sn bo‘lgan sonli qator qaysi shartda uzoqlashuvchi deyiladi ?

A) ; B) ; C) ;
D) mavjud emas. E) ko‘rsatilgan barcha hollarda.



  1. Quyidagilarning qaysi biri uchun sonli qator yaqinlashuvining zaruriy sharti bajarilmaydi ?

A) ; B) ; C) ; D) ;
E) barcha qatorlar uchun qator yaqinlashuvining zaruriy sharti bajariladi.


Mustaqil ish topshiriqlari



  1. Umumiy hadi bo‘lgan sonli qatorni yozing va uning yig‘indisini toping.

  2. sonli qatorni yaqinlashuvchi ekanligini ko‘rsating va yig‘indisini toping




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin