Xix asrda Buxoro xonligining qo’shni davlatlar


XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 57,43 Kb.
səhifə2/2
tarix18.05.2023
ölçüsü57,43 Kb.
#116247
1   2
aloqalar xonlikalr

XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari

Xiva xonligining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarini o’rganish uning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida ko’rib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi, O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan tashqi iqtisodiy aloqalari so’nggi o’rta asrlarda yildan – yilga tobora jadallashib borganligi va Rossiya tovarlari O’rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy, Hindiston , Eron va boshqa mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi.


Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlar o’rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari bilan aloqasida vositachi davlat ham bo’lgan. Rossiyaning Xiva va Buxoroga va ular orqali sharq davlatlariga jo’natgan savdogarlari va missiyalarining yozma bildirishnomalari, hisobotlari biz uchun manba vazifasini o’taydi, chunki ularda Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayoti haqida batafsilroq malumotlar talayginadir. Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o’ynashini ta’kidlagan. Xivaliklar tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u yerda buxoro tovarlari va chet el mollarini olib Orengburg, qirgiz cho’llari orqali, yoki Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali Astraxanga borishgan2.
O’rta Osiyo bilan Hindiston va Afg’oniston o’rtasidagi iqtisodiy-savdo aloqalari to’g’risida XIX asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan Buxoroga safar qilgan ingliz agenti Aleksandr Borns ko’p xarakterli ma’lumotlar beradi. A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo’lning notinchligi va doimiy hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon qiladi. Astrobodga bir yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo’lib, ularning har birida 80 yoki 100 tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko’ra, Xiva bilan Astrobod oralig’i karvon uchun xatarli bo’lganligi sababli savdo karvonlari Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab yurgan3.
XIX asrning 30-yillari boshlarida O’rta Osiyo bozorlarida ingliz va rus tovarlari o’rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi. Shu davrlarda ingliz tovarlari Afg’oniston orqali O’rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari esa O’rta Osiyo xonliklari orqali Afg’onistonga ko’proq kirib kela boshlaydi. Natijada afg’on savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina boshlangan. A.Borns xabariga ko’ra, afg’on savdogarlari rus yarmarkalariga ham tashrif buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg’on savdogarlarining ingliz tovarlarini O’rta Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo’lishgan4.
1838 yilda Qandahor, G’azna, Kobul, Qunduz, Balx, Buxoro kabi Xiva karvonsaroylari ham nil bo’yog’iga to’lib ketgan. Ma’lumotlarga ko’ra 1838 yil Buxoro bozorlarida nilning pudi ikki tillo-yu to’rt yoki besh tangadan sotilgan. Lekin o’sha yillardagi bo’yoqlar sifati avvalgilardan ancha past bo’lgan ekan. Shuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg’on savdogarlari sezilarli zarar ko’rishgan. 1838 yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir tillodan zarar ko’rilgan ekan5.
Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on savdogarlarining Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini e’tirof qilib, ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan mamnun bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam. Buning sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta’kidlagan edi6.
Afg’onistonning ichki va tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda yashovchi afg’on savdogarlari kabi tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini bajargan. Elfinston ma’lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 f.sterl. boylikka ega bo’lgan bir nechta savdogarlar bo’lgan. Ular O’rta Osiyo bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik qilgan.
XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva xonligi haqida bir qator maqolalar e’lon qilina boshlaydi. Jumladan, 1840 yilda e’lon qilingan G.Gilmersenning “Xiva, v nыneshnem svoyem sostoyanii” maqolasida Xivaning Afg’oniston bilan savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg’on oilasi yashaganligi, ular asosan savdo qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba’zilari tabiblik bilan ham shug’ullanganligi ta’kidlangan7.
U makolada karvonlardan boj solig’i pul bilan olinishi va aniq soliq miqdori belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda, keyinchalik Xivada olinganligini xabar kiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq, sariq va oq sholg’om, turup, sabzi, qand, no’xot, piyoz, turk loviyasi, bodring, kartoshka kabi ekin turlari haqida ma’lum kilib, Xivaning ho’l mevalarga boy emasligi sababli juda qimmat bo’lganligini va uni faqat badavlat kishilar sotib olishganligini ta’kidlagan. Mayiz va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq tayyorlashda ishlatilgan. Bir pud Eron mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va uning bir shtofi (chelakning o’ndan bir qismiga barobar keladigan vino, aroq o’lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga turgan. Bir funt olma Xozaraspda taxminan 10 kop. bo’lgan, tarvuz va qovunlar arzon bo’lib, katta qovun 3 kop.dan 5 kop.gacha sotilgan. Gilmersen Xiva qo’shinlari qilich, nayza, miltiq bilan qurollanganligi, sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini ta’kidlagan8.
1840 yilda bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida ma’lumot berilgan. Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim bo’lmay, unda asosan g’alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan.
Mazkur maqolada Xiva butun Osiyoning savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan, undan Hindiston, Xitoy, Eron, umuman Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga boradigan yo’llar boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay ekanligini e’tirof qila turib, yana Xivaning cho’l zunasida joylashganligi uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan. Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib qolgan. Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va Astraxanga yetkazib bergan va u yerda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush, tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, qo’rg’oshin va cho’yan idishlar, hamda boshqa Yevropa tovarlariga ayirbosh qilgan9.
1840 yillarda Buxoroda bo’lgan Xanыkov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida ma’lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo’natgan. Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri buyumlarini ko’proq sotib olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib borilgan10.
Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843 yili «Manufaktur i torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, Rossiya, Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, iss, temir, cho’yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron va Buxoroga olib borilgan.
Maqolada 1837 -1838 yillardagi tillo va kumush tangalar kursining muntazam o’zgarib turishi haqida ma’lumot beriladi. Xabardan Xivada muomalada bo’lgan pullar kursi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Unda yozilishicha Xivada tillo pul zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rub.ga teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1 abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 rub.ga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo qiymat jihatidan 15 rub.ga mos kelsa, u holda 1 tanga 50 rus kop.ga to’g’ri kelgan. O’sha paytda tillo va mis narxi oshib ketgan, ammo Erondan olinadigan kumush narxi pasayib ketgan ekan, tillo 15 rub.ga ko’tarilgan.
Mazkur makolada Xiva orqali Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi va Xivadan ketadigan tuyadan bir zolotnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan esa 1/40 miqdorda soliq olinishi xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo’ladigan joylarda boj solig’i olingan. Sotilgan tuya uchun xazinaga 3 rub., ot, ho’kiz va qoramol uchun 1 r,, qo’ydan 50 kop. soliq olingan11.
G.I.Danilevskiyning «Opisaniye Xivinskogo xanstva” asaridagi ma’lumotlar orasida Xivaning Qo’qon kabi Hirot va Mashhad bilan to’g’ridan-to’g’ri savdo aloqalariga ega emasligi, vaholanki, savdo karvonlari Erondan to’g’ri Marv orqali o’tib, Xiva xonligining hyech qayerida to’xtamay to’g’ri Buxoroga o’tib ketishi qayd etilgan. U Xiva xonligi haqidagi barcha ma’lumotlarni tahlil qilib, Xiva uchun yagona va mumkin bo’lgan savdo Rossiya bilan savdodir, degan xulosaga kelgan. Xivaliklar o’zining karvonlirini rus tovarlari bilan to’ldirib Xivaga olib ketishi mumkin, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar kabi, G.I.Danilevskiy Xivada musulmon savdogarlardan 2%, rus savdogarlaridan 5% boj solig’i olinganligini ta’kidlaydi. Masalan deydi u, 1842 yil Rossiyaga keltirilgan va olib ketilgan tovarlar 700000 rub.gacha yetgan bo’lib, boj solig’i 35000 rub.ni tashkil qilgan12.
1850-54 yilarda Rossiyaga Buxorodan Orenburg va Troisk orqali 1193 r. 43 k.lik jami 60 p. 51 f., Toshkentdan Troisk orqali 21300 r.27 k.lik 1,317p. 34 f. choy keltirilgan. Demak, choy asosan Xitoydan Toshkent orqali Rossiyaga ko’prok keltirilgan ekan. 1853 yilda Xivadan Rossiyaga 160 r.s.ga 4 pud indigo keltirilgan13.
P.Nebolsin ma’lumotlariga ko’ra, XIX asr o’rtalarida Xiva Eron va Buxoro bilan savdo qilgan bo’lib, Erondan, deyarli birgina Mashhaddan Xivaga uzunligi 36 arshin (0,711 metrga teng uzunlik o’lchovi), ya’ni 25 metr) va eni 11-12 vershok (4,4 sm ga barobar uzunlik o’lchovi) ya’ni 48,4-52,8 sm lik) mayda gullik va qirg’oqlari yashil yirik guldastali chit o’ramlari keltirilgan. Bunday chitlarning bir bo’lagi 1,5 tillodan 2 tillagacha sotiladi. Bu tovarlar evaziga Xiva Eronga tanga pul, rus va mahalliy charm, rus movuti, xiva ipagi, kunjut va boshqa buyumlarni chiqaradi. Xivaga Koshg’ardan Qo’qon orqali ko’k choy keltirilgan14.
XIX asr 70-yillarida nashr qilingan maqolada Xivaning Astrobod bilan savdo aloqalarida yovmud turkman qabilasi faol ishtirok etgan bo’lsa, cho’l orqali Mashhad Buxoro savdosida esa tekke turkman qabilalari qatnashganligi hikoya qilinadi. Cho’l xududlaridan Xivaga va u yerdan Buxoroga asosan qullar, otlar, tuyalar, qo’ylar, gilamlar, kiygiz va mayda qaqir-ququrlar olib borilgan. Qullar fakat pulga sotilgan, kolganlari esa ayirbosh qilingan. Xiva va Buxorodan g’alla, qo’zi terisi, rus metal buyumlari va ip gazlamalar turkman qabilalariga chiqarilgan15.
Xiva va cho’l xududlari orqali savdo aytaylik asrlar davomida davom etib kelmaganda edi, XIX asrning 70-yillarida bu darajadagi savdo haqida gap bo’lishi ehtimol edi. Xulosa shulkim, Xiva va Turkmanlar yurti o’rtasidagi savdo o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganki, buni sotiladigan tovarlar ro’yxati ham tasdiklaydi. Xivaning
Astrobod bilan savdosi esa yovmud qabilalari orqali amalga oshirilgan bo’lib, yovmud turkmanlari 100-150 tuyada taroq uchun ishlatiladiga qoraqayin daraxti va unchalik ko’p bo’lmagan neft keltirishgan. Eronga chegaradosh turkmanlar ot, tuya, qo’y, gilam, to’z, neft chiqargan, uning o’rniga Erondan qurol, yog’och, porox, tamaki, bo’yok va mevalar keltirilgan16.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, fundamental asarlar, hamda rus axborotida e’lon qilingan maqolalar bizga Xiva xonligi haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma’lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o’z qadrini saqlab qolmoqda. Ko’rib o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy munosabatlariga kirishgan. Xonlik an’anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan holda Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan. Hattoki, xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o’rtasidagi savdo munosabatlarida vositachi davlat vazifasini ham bajargan.



22 Амиров Г. Странствование Габайдуллы Амирова по Азии //Азиатский вестник. СПб., 1825. № 1-6. С.110.

11 Амиров Г. Ўша асар. 249 б.

22 Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.: Наука, 1975. С.100.

33 Ханыков Н.В. Описание Бухарского ханства. СПб., 1843. С.88-89.

44 Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.: Наука, 1975. С.42.

55 Мейендорф Е.К. Ўша асар. 130 б.

11 Мейендорф Е.К. Ўша асар. 98 б.

22 Ўша асар. 106 б.

33 Эверсман Э. Рeисe вoн Oрeнбург нacҳ Буcҳaрa. Бeрлин. 1823.

44 Эверсман Э. Ўша асар. 77 б.

55 Эверсман Э. Ўша асар. 74 б.

66 Будрин. Русские в Бухаре в 1820 году (Записка очевидца) //Туркестанский сборник. Т.239. СПб., 1880. C..32.

66 Будрин. Ўша асар. 30 б.

77 Будрин. Ўша асар. 35 б.

11 Новейшее описание Великой Бухарии //Азиатский вестник. СПб., 1825. № 1-6.

22 Ўша асар. № 1. 306 б.

33 Краткое описание Бухарии и Хивы //Сибирский вестник. СПб., 1823. Ч. 1. 6-11 б.; О нынешнем состоянии некоторых областей и городов в Средней Азии //Азиатский вестник. СПб., 1826. Т. И.

44 Каменский А. Статистический взгляд на Бухарию (Из книги: Путешествие в Бухарию, полковника Барона Мейендорфа. СПб., 1826) //Северный архив. СПб., 1826. № Х1Х-ХХ; Его же. Нравственное состояние Бухарии (Из книги Мейендорфа: Путешествие из Оренбурга в Бухару. Пер. А.Каменский. СПБ., 1826). //Северный архив. СПб., 1826. № 21,22,24.

55 К истории русского посольства в Бухару и освобождении оттуда русских пленных в 1821 году //Русский архив. Вып. 5. Кн..2. М., 1915. C. 37.

1 К истории русского посольства в Бухару… с. 39.

11 Савельев П.С. Бухара в 1835 году. СПб., 1836. C. 13.

22 Савельев П.С. Ўша асар. 13 б.

33 Савельев П.С. Бухара //Энциклопедический лексикон. Т.7. СПб., 1836.C. 460.

44 Борнс А. Путешествие в Бухару. Ч.1. М., 1848. С. 448.

55 Борнс А. Ўша асар. Ч.П. 1848. С.246.

66 Борнс А. Кабул –путевые записки сэра Александра Борнса в 1836; 1837 и 1838 годах. Ч.1. М., 1847. C.41-42.

77 Борнс А. Путешествие в Бухару. Ч.Ш. C. 573.

11 Бабаходжаев М.А. Русско-афганские торгово-экономические отношения во второй половине XВИИИ-начало ХХ вв.. Ташкент: Наука, 1965.C. 17.

22 Рейснер И.М. Развитие феодализма и образование государства у афганцев. М.: Изд-во АН СССР, 1954. С.66.

33 Ўша жойда.

44 Борнс А. Путешествие в Бухару. Ч.Ш. С.558.

11 Арапов Д.Ю. Бухарское ханство в русской востоковедческой историографии. М.: МГУ, 1981. С.34.

22 Энциклопедический словарь /Ф.А.Брокгауз и И.А.Ефрон. Т.ХХШ. СПб., 1898. С.348.

33 Записки о Бухарском ханстве (Отчеты П.И.Демезона и И.В.Виткевича). М.: Наука, 1983. Қаранг: Залесов Н.Г. Очерки дипломатических сношений России с Бухарою с 1836 по 1843 г. //Военный сборник. 1862. № 9.; Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии. (первая половина XИX в.). М.: Наука, 1974. 236-255.

44 Демезон ҳақида қаранг: Энциклопедический словарь /Ф.А.Брокгауз и И.А.Ефрон. Т. Х.1893. С.359.

11 Записки о Бухарском ханстве. С.20.

22 Записки о Бухарском ханстве..С.59.

33 Ўша асар. С.64. Ботурхон Бухоро амири Хайдарнинг ўғли, 1826 йилгача Қарши ҳокими бўлган. Амир Хайдар вафотидан сўнг тахтга унинг катта ўғли Хусайин тайинланган. Лекин у уч ойдан сўнг вафот этган. Ундан сўнг Бухоро хонлигида Насруллохон (1826-1860) “Ботурхон” нисбаси билан ҳокимлик қилган.

44 Записки о Бухарском ханстве....С.77-78.

11 Ўша асар.С.78-80 ;

22 Записки о Бухарском ханстве....С.14.

33 Ўша асар. Кириш. С.14 .

44 Записки о Бухарском ханстве. С.102.

11 Ўша асар. С.105.

22 Ўша асар. С.108.

33 Бларамберг И.Ф. Статистическое обозрение Персии. СПб., 1853.С. 26.

44 Ўша асар...С.23.

55 Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и России. С.440.

11 Ханыков Н.В. Описание Бухарского ханства. СПб., 1843. С.90.

22 Ханыков Н.В. Ўша асар. С.173.

33 Ханыков Н.В. Ўша асар. С.175.

44 Бутенев К.Ф. Замечания о ковке булата в Бухарии //Горный журнал. 1842. Кн.: Х1. Ч.У. С.163-164.

11 Залесов Н. Посольство в Хиву подполковника Данилевского в 1842 году //Военный сборник. Пг., 1861. № 11.С. 59.

22 Мельников П.И. Нижегородская ярмарка в 1843, 1844 и 1845 годах. Нижный Новгород, 1846. С.272.

33 Небольсин П.И. Очерки торговли России с Средней Азией //Записки Императорского Русского Географического общества. Кн.: Х.. СПб., 1855. 167 б.

44 Небольсин П.И. Ўша асар. 171 б.

55 Ўша асар. 312 б.

11 Ўша асар. 170 б.

22 Небольсин П.И. Ўша асар. С.170.

33 Валиева Д.В. Среднеазиатско-иранские торговқе отношения в первой половине Х1Х в. // Взаимоотношения народов Средней Азии и сопредельных стран в XВИИИ-начале ХХ в. Ташкент. 1963. С.52.

44 Небольсин П.И. Ўша асар. С.302, 324.

11 Русские и английские интересы в Средней Азии //Политико-экономический указатель. 1859. №.35.

2 Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XИX в.). М., 1974.

3 Борнс А. Путешествие в Бухару. Ч. ИИИ. М., 1949. c. 172.

4 Соколов А.Я. Торговая политика России в Средней Азии и развитие русско-афганских торговых отношений. Т. 1971. с. 38.

5 Сведения о произведениях и торговле Бухарии. Выр. из жур. «Мануфактура и торговля». 1840. Хмыр кол. Средняя Азия. Т. 1.

6 Соколов А.Я. Ўша асар. с.38.

7 Гильмерсен Г. Хива в нынешнем своем состоянии. Выр. «Отечественные записки». 1840. с. 105.

8 Ўша асар. с. 117, 121.

9 Хива, или географическое и статистическое описание Хивинского ханства, состоящего теперь в войне с Россией, заимствованное из разных отечественных и иностранных писателей, с изображениями костюмов и вида города Хивы. М.: 1840. с. 79.

10 Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. СПб., 1843.

11 Сведения о Хивинском ханстве. Выр. из жур. “Мануфактур и торговля”. 1843. Хмыр. кол. Т. 9. С. 105, 129, 130, 149.”

12 Данилевский Г.И. Описание Хивинского ханства. ЗИРГО, 1851. Кн.: 5. с. 136.

13 Григорьев В.В. Разбор сочинения П.И.Небольсина: “Очерки торговли России с Среднею Азиею”.1856. с. 175.

14 Небольсин П. Очерки торговли России с странами Средней Азии, Хивой, Бухарой и Коканом. СПб., 1856

15 Наши слседи в Средней Азии. Хива и Туркмения с большою картою. СПб., 1873. с. 34.

16 Ўша асар. 123-б.

Yüklə 57,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin