Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari


O`quv fanlarini biriktirish borasida AQSH



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU

O`quv fanlarini biriktirish borasida AQSH
jahonda yetakchi bo`lib, 1940 - 1950 yillardagi 
ta’lim islohotida ko`pgina fanlar qatori geografiya majburiy o`rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib 
tashlandi va tarix, jamiyatshunoslik bilan birlashtiriadi. Geografiyani bunday o`qitish o`qituvchilarga 
talay qiyinchiliklar tug`diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib, oquvchilar zarur 
ko`nikma va malakaga ega bo`lmay qoladilar. Shu tufayli ham hozirgi kunda AQSHda geografiyani 
mustaqil fan sifatida tiklash uchun kurash ketyapti. Jahonning ko`pgina mamlakatlarida fanlarni 
o`rganish ixtiyoriy bo`lib, o`quvchilar xohish - istaklari ostida amalga oshiriladi. Bu guruhga 
kiruvchi mamlakatlarga majburiy fanlar soni 7 - 8 dan oshmaydi. 
M
asalan: Finlandiya va 
Shvetsiyada fin va shved tili, iqtisod va sotsiologiya, biologiya, ximiya, ingliz tili, din va sport
majburiy fan hisoblanadi.

Fin maktablarida 9 yillik 
ta’limdan keyin, sinfsiz gimnaziyalar keng tarqalgan. Bunday 
gimnaziyalarda ta’lim 2-4 yil davom qiladi. O`quvchilar tuzgan rejalari kurs rahbarlari va
ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi. Gimnaziya o`quv yili 6 davrga bo`lingan .Har bir davr 6 
haftadan iborat bo`lib, kurslar 3 soatdan tashkil topadi. Har bir kursdan bittadan fan kuniga 4-7 soat 
o`qitiladi. Sport darslari mashg`ulotlardan keyin, tushlikdan so`ng o`tkaziladi. Har davr yakunida 
o`quvchilar bilimi baholanadi. Agar o`quvchi qoniqarsiz baho olsa, shu kursni qaytadan tanlaydi. 
Deyarli, ko`pchilik mamlakatlar geografiya ta’limi davlatning ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy tizimi 


bilan bog`liq bo`lib, ularda tabiiy va iqtisodiy geografiyani o`rganish asos qilib olingan. MDH va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tabiat va xo`jalikning rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan 
tabiat o`rtasidagi munosabtlar, atrf-muhit muomalari geografiya ta’limining asosini tashkil qiladi. 
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limining mazmuni jihatidan yuqori bo`lib, 
o`quvchilardan ma’lum ko`nikmalar shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta’limi 
muammolarini turli nazariya va qonunlarining kategoriyalarini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, 
o`quvchilarning o`zlashtirishida bir muncha qiyinchiliklar tug`diradi.
Rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limida ta’limining ruhiy jabhalari asosiy o`rinni 
egallaydi. O`quvchi ruhiyati uning bilish faoliyatini o`rganish katta e’tibor beriladi. Geografiya 
ta'limida turli matnlar, o`yinlar , imitatsiya keng qo`llaniladi. Ular hatto, ta'lim metodlari sifatida 
ham qo`llaniladi. Umuman bunday ta’limning asosiy maqsadi o`quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni 
ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat. Turli mamlakatlarning geografiya o`quv darsliklari va 
qo`llanmalarni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ularda bitta kursni o`qitish uchun bir necha qo`llanma 
chiqariladi. Ko`pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo`lib, axborot berish 
xususiyatlariga ega. Bunday qo`llanmalarda matn 20 - 40 foizni, tasvir 20 foizni, statistika 20 foizni , 
savol va topshiriqlar 20 foizni tashkil etadi. Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar 
qo`llanmalarda esa karta yo`q, ular o`rnini katta sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko`p 
uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo`lib, ular eng past , eng kichik, eng 
baland, eng uzun, eng yuqori kabi tarzlarda berilgan. Angliya geografiya ta’limi metodikasida o`ziga 
xos xususiyatlarga ega. Uning kuchli tomonlari quyidagilardan iborat. Ta’limning nazariy 
tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini o`rganish.
Geografiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqotlar o`tkazish,ta’lim jarayonida 
tadqiqot metotlaridan unumli foydalanish, o`quvchilarni gepotezalar tuzishga o`rgatish; 
Darslikda turli mazmundagi eksprementlar uyushtirish, ya’ni tasavvur, tushuncha va turli xil 
qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o`rin berilgan. Ammo metodlarni sinash, ta’limni 
uyushtirish shakllari ancha zaif.
Kapitalistik mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko`p jihatdan o`sha jamiyat va davlat 
ehtiyojlari bilan bog`liq bo`lib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Masalan: 

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin