Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU

“Jo`g`rofiya o`lkani o`rganish” 
darsligi ham o`zbek tilidagi dastlabki darsliklardan edi. Bu davrda Balashovning “O`zbekiston 
hamda unga qo`shni jumhuriyatlar va viloyatlar”, P.Anxangelskiyning “Jo`g`rofiya” (o`lkani 
o`rganish darsligi), A.Obidovning “O`zbekiston sotsialistik sho`rolar jumhuriyati jo`g`rofiyasi ” 
darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga ega bo`ldi. A.Obidovning “O`zbekiston 
jo`g`rofiyasi” darsligi O`zbekiston geografiyasi ta’limida o`z Respublikasini o`rganishda 1-haqiqiy 
asar o`zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo bo`ldi. Uning muallifi N.Monov edi. 


Geografiya metodikasi suhbatlar metodida yozilgan bo`lib, u holat kamchiliklarga ega bo`ldi. Unda 
kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi.
O`zbekiston maktablarida geografiya o`qitish samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab
chop etilayotgan “Maorif va o`qituvchi” jurnalining jurnalining roli katta bo`ldi. Jumladan ushbu 
jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida “Jo`g`rofiyaning foydasi”, “Lug`at va atamalar”, “Samarqand”, 
“Maktabda o`lkani o`rganishning ahamiyati” , “Muz davrining oxirlarida Yevropada qanday irqlar 
yashadilar”. “Sahroi Kabir” va boshqa o`nlab geografiyaga oid maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal 
geografiya o`qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan yaqindan yordam berdi. 1931 yil 4 iyuldan
“Madaniy inqilob” (keyinchalik “O`qituvchilar gazetasi”, hozirda “Ma’rifat”) gazetasi chiqa 
boshladi. Bu gazeta geografiya o`qituvchilarining haqiqiy yordamchisi bo`ladi. Unda yuzlab ilmiy, 
uslubiy maqolalar e’lon qilindi. 
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo`lga qo`yildi. 1927 yilda Samarqand 
oliy pedagogika instituti ochildi. 1937 yillar oxirlariga kelib oliy ma’lumotli geografiya 
o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi.Bular N. Ibodov , G .Nazarov , I.Mirzaboyev, A.Axrorov va 
boshqalar edi. 1930 yillarning o`rtalarida Toshkent, Buxoro, keyinchalik Nukus, Urganch, Qo`qon, 
Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Maktab geografiyasining taqdirini hal etishda 
maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta BKPning 1931 yil 5-sentabr va 1932 
yil 25-avgust qarori tasir etdi. Geografiyani boshqa fanlar tarkibida o`rganishga qat’iy xotima berdi. 
Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo`lishga imkon yaratdi. Geografiyaning 
alohida fan ekanligini isbotlab berdi. 
Pedagogika institutlarida geografiya o`qituvchilarining maxsus tayyorlash masalasini ham hal etadi. 
Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik mamlakatlarini o`rganish 
zarurligi masalalari qarorida alohida o`qitiladi. O`zbekistonda maktab geografiyasi taqdirini hal 
qilishda BKPning 1934 yil 15-may qarori alohida ahamiyatga ega bo`ldi. 
Qarorda boshlang`ich va o`rta maktablarda geografiya o`qitilishining sifatsizligi, kartalarning 
maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi darsliklarning raqamlar bilan to`laligi. Ayniqsa 
maktabni bitirib chiqayotgan o`quvchilarning geografiyadan bilimlarining sayozligi va sifatsizligi 
tanqid ostiga olindi. Qaror geografiyani qanday o`qitish to`g`risida har bir sinfda geografiya fanlarini 
o`qitishda ayrim ko`rsatmalar berdi. 
Bu qarorga muvofiq geografiya ta`limi 3 bo`g`inga bo`lib o`qitila boshlandi. 
Geografiyadan haftalik soatlar bir muncha ko`paydi. Bu qaror o`quvchilar yoshini e’tiborga olgan 
holda ko`rgazmali va qiziqarli bayon qilishni talab qiladi. 1934-1935 o`quv yilidan boshlab yangicha 
dasturlarga o`tildi. 
Bu dasturlarga asosan yangi darsliklar, ilmiy ommabop adabiyotlar, atlas kartalar o`qituvchilar 
uchun o`quv metodik qo`llanmalarni yaratishga kirishildi. 1934 yilgi qaroridan keyin “Geografiya v 
shkole” jurnalining chiqa boshlashi nafaqat Rossiyada, balki O`zbekistonda ham geografiya ta’limini 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ilg`or o`qituvchilar, oily va o`quv yurtlari o`qituvchilari 
geografiyadan qo`llanmalar yaratishga jalb qilindi. 
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar nashr etila 
boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, 
O.Saidrasulov, H.Hasanov, N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim 
maktablari va oliy o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar , darsliklar va metodik qo`llanmalarni 
tarjima qilish keng tus oldi. 
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga 
tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan 
qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. Ta’limning 11 
yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar yo`nalishiga 
e’tibor kuchaytirildi. 
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va harakatlar 
bo`ldi .Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya ta’limida tub 
o`zgarishlarga olib keldi. 


Darslarda o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 1935-yilda O`rta 
Osiyo universitetida geografiya-geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940-yillar mobaynida 
O`zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxassisligi ochildi.1943-
yilgacha Respublikada 10ga yaqin o`qituvchilar institute ochildi.Ularda geografiya o`qituvchilari 
ehtiyojlarini hisobga olib, ularga metodik yordamlarini kuchaytirish maqsadida o`qituvchilar 
malaakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari va kafedralari tashkil 
etiladi. 
Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf N.N.Baranskiyning 
xizmatlari katta.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20yil mobaynida muntazam 
rivojlanishda nashr etilib ko`rildi.N.N.

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin