maktablarida ham geografiya ta’limi o`ziga xos xususiyatiga ega bo`lib, geografiya o`qitilishi
rivojlangan kapitalistik mamlakatlar ichida bir muncha yuqori pag`onada turdi. Mamlakatlarda
ta’lim 2- bosqichdan iborat. 1-bosqich 9yillik majburiy umumta’lim xalq maktabi. 2-bosqich
gimnaziyalardan iborat. 1- bosqich maktabda geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 9-
sinfda
tugaydi. 3-4 sinflarda o`z mamlakatini va qo`shni simoliy davlatlarning tabiati va xo`jaligiha oid
ma’lumotlar beriladi. 3-sinfda o`lkashunoslik asosida dars o`tish ustun turadi O`zi yashab turgan
joining kartasi : ob-havo va iqlimi, birgalikda ishlangan relef kartalarini namoyish qiladi 3- sinfdagi
geografiya 4- sinfda ham davom etadi va o`qish metodlari bo`yicha farq qilmaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keyingi yillarda xalq maorifiga katta e’tibor berilmoqda.
Masalan: Osiyoning ko`pgina mamlakatlarida 1985- yilgacha xalq ta’limi uchun ajratilgan
mablag`lar 20 barobardan ortiq o`sdi. Ayniqsa, Malaziya, Saudiya Arabiston,
Iordaniya, Singapur,
Janubiy Koreya, Tailand, Suriya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarda xalq maorifi rivojlanishi
ancha yuqori bo`ldi. Osiyodagi ko`pchilik mamlakatlarda bolalar 5-7 yoshdan boshlab maktabga
bora boshlaydilar .
Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri- Lankada maktabga 3 yoshdan
boradilar. Osiyodagi ko`pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, o`rta maktabda
o`qishni davom ettirish esa 4yildan 8yilgacha.
Geografiya o`quv dasturlari ko`pchilik davlatlarda bir xil bo`lib, mamlakatning tabiiy va
iqtisodiy geografiyasini o`rganishga bag`ishlangan. Ko`pchilik mamlakatlar mustamlaka bo`lgan
davrlarida o`z geografiyasiga nisbatan ko`proq mustamlakachi davlat geografiyasini o`rganar edilar.
Hozirgi kunda ko`pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik an’analari o`qitish mazmuni va mrtodlari
saqlanib qolgan.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet el davlatlari geografiya ta’limida
o`qitishda eng ko`p qo`llaniladigan metodlar quyidagilar hisoblanadi:
Evristik metod-bunda e’tibor o`quvchilarni ko`proq mustaqil bilim olishga , kichik tadqiqotlar
qilishga o`rgatishdan iborat .
Kartinalar, turli xil hujjatlar, vositalar asosida mammoli savollar
o`quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir- biriga bog`langan savollar asosida evristik suhbatlar
o`tkazish keng tarqalgan. Ishlab chiqrish jarayonini, ekalogik muammolar, suhbatlar o`tkazish keng
tarqalgan. Ishlab chiqarish jarayonini, ekologik muammolari turli o`yinlar asosida o`rganish.
Bunda o`quvchilar o`zlarini turli kompaniyalar prezidenti, biznesmenlar o`rniga qo`yib “
ish” bajaradilar. Bunday metod ko`proq AQSH,
Buyuk Britaniya, Yangi zellandiya, G`arbiy
Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarqatma kartochkalar metodida turli chizma jadvallar,
kartalar o`quvchilar diqqatiga turlicha xatoliklarga yo`l qo`yilgan o`sha xatoliklarini mustaqil
topishlari talab qilinadi. Matnlar, ya’ni javoblar to`g`ri- noto`g`ri tarzda aralashtirib berilishi ulardan
to`g`rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan metodlardan hisoblanadi.
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo`llanmalardan
foydalanish, matematik
modullashtirish keng tarqalgan o`qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa diskussiya, rivojlangan
kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: