Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari


Baranskiy “O`qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU

Baranskiy “O`qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy 
figura”
deb qayta-qayta ta’kidlangan. U geografiya ta’limida yetakchi o`rinni karta va ko`rsatmalilik 
egallashi zarur.deb “Karta geografiyaning ikkinchi tilidir”,”Karta-geografiyaning alfasi va 
olichasi”,”
Birgina karta bir necha varaq matnning o`rniga o`tadi”
degan o`lmas fikrlar va 
g`oyalarni o`rtaga tashlaydi. N.N.Baranskiy sobiq ittifoq miqyosida geografiyao`qituvchilari 
tayyorlash ishiga ulkan hissa qo`shgan buyuk shaxsdir. 
2-jahon urushi ham geografiya ta’limiga o`z ta’sirini ko`rsatmasdan qolmadi.Ko`pgina 
geografiya o`qituvchilari frontga jo`nab ketdilar.Oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash izdan 
chiqdi.o`quv qo`llanmalar umuman yetishmay qoldi. 
Urushdan keyingi yillarda maorif sohasida talaygina yutuqlar qo`lga kiritildi.Dastlab 4 yillik, 
keyin 7va8 yillik to`liq o`rta ta’limga bosqichma-bosqich o`tilishi,ta’lim mazmunini tubdan qayta 
qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o`qituvchilari diqqati ko`proq o`quv jarayonini 
amaliyot bilan bog`lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan bog`lash borasida tabiiy 
sharoitning xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga e’tibor berildi. O`z o`lkasi geografiyasini o`rganish va o`z 
joyining kartasini chizish,ob-havoni kuzatish,o`z joyidagi barcha tabiiy kompleks komponentlarini 
o`rganish geografiyani turmush bilan bog`lashga qaratildi. 
Maktabni hayot bilan bog`lash haqidagi qaror asosida o`quvchilarning mustaqil ishlariga katta 
e’tibor berildi. O`zbekiston geografiyasini o`rganishga bir muncha e’tibor kuchaydi. 1953-1954-
o`quv yillaridan boshlab amaliy mashg`ulotlarni uyushtirish majburiy tarzda, maktab geografiya 
dasturlariga kiritildi.O`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalashga e’tibor kuchaydi. 1958-yil 24-dekabrda Oliy Sovetning maktab haqidagi qonuni 
geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu qonun boshqa fanlar qatori 
geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborini kuchaytirdi. 
Geografiya ta’limida o`z o`lkasini chuqurroq o`rganishga bo`lgan talab oshdi. O`zbekistonda 
geografiya ta’limini takomillashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oliy o`quv yurtlari qatori 
Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutlaridagi geografiya labaratoriyasining xizmatlari katta 
bo`ldi. Bu institut geografiya labaratoriyasida P.Musayev rahbarligidagi metodist geograf olimlar 
maktabda geografiya o`qitishni takomillashtirish bo`yicha qator izlanishlar olib bordi.P. Musayev 
o`sha mustamlaka yillarda ham hadiksiramasdan milliy maktab muammolari bo`yicha g`oyat dadil 
fikrlarini ilgari surdi. 
1960-yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar nashr 
etildi.O`sha davrda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, 
H.Hasanov, N.Daminov, Z. Akramov, O.Mo`minov, M.Nabixonov, I.Mirzaboyev va boshqalarning 
xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim maktablari va o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar
darslik va metodik qo`llanmalarni tarjima qilindi. Bunda H. Hasanov, P.Sultonov, M.Qoriyev, P. 
G`ulomov, R. Rahimbekovlar unumli mehnat qildilar. Jumladan: N.F.Kurazovning “Geografiya 
o`qitish 
metodikasi” 
(1962), 
P.Budanovning 
“Tabiiy 
geografiya 
metodikasi”(1905), 
A.B.Darinskiyning “Geografiya o`qitish metodikasi”(1964), N.Dalimovning “O`zbekiston tabiiy 
geografiyasi” yangi darslik bo`lib chiqdi. 1960-yillardan boshlab O`zbekistonda geografiya ta’limi 
geografiyasining turli yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O.Mo`minov “O`zbek 
maktablarida tabiiy geografiya o`qitish masalalari” (1967), T.Abdullayeva “Tabiiy geografiya 
o`qitishda o`lkashunoslik materiallaridan foydalanish” (1967), M.Nabixonov “SSSR Geografiyasida 
badiiy ko`rsatmali vositalarning roli va qo`llanilishi” (1969)


1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar nashr 
etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, 
O.Saidrasulov, H.Hasanov , N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim 
maktablari va oliy o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, darsliklar va metodik qo`llanmalarni 
tarjima qilish keng tus oldi. 
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga 
tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan 
qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. Ta’limning 12 
yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar yo`nalishiga 
e’tibor kuchaytirildi. 
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va harakatlar 
bo`ldi. Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya ta’limida tub 
o`zgarishlarga olib keldi. 

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin