Yalliglanishga qarshi dorilar


I. Siklooksigenaza-1 va 2 (SOG-1+SOG-2) tanlamasdan ingibitsiyalovchilar



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix16.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9
8 - Nazariy material f8c50a6744ac4873f1937c20b38fba6c

I. Siklooksigenaza-1 va 2 (SOG-1+SOG-2) tanlamasdan ingibitsiyalovchilar.
Salitsil (orto-oksibenzoy) kislota unumlari: Atsetilsalitsil kislota
Antranil (orto-aminobenzoy) kislota unumlari: Mefenam kislota, Flufenam kislota 
Indolsirka kislota unumlari: Indometatsin 
Fenilsirka kislotasining unumlari: Diklofenak-Na 
Fenilpropion kislotasining unumlari: Ibuprofen 
Naftilpropion kislotasiningunumlari: Naproksen, Oksikamlar, Piroksikam, Lornoksikam 
II. 
Siklooksigenaza- (SOG-2) ni tanlab ingibitsiyalovchilar: Selekoksib 
Ko‘pgina nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar yallig‘lanishni 
susaytiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu dori vositalarning 
yallig‘lanishga qarshi ta’sir mexanizmi, yuqorida qayd etilganidek, siklik endoperoksid sintezi 
uchun zarur bo‘lgan siklooksigenaza fermenti faolligini susaytirish bilan bog‘liqdir. Shu sababli 
prostanoid ishlab chiqarishi kamayadi. Bu yallig‘lanishning giperimiya, shish, og‘riq kabi 
belgilarini kamaytiradi. 
Bu gurux moddalarning analgetik ta’sir mexanizmi xam prostaglandinlar sinteziga 
ta’siri tufaylidir (SOG faolligini susaytirishi tufayli). Ma’lumki prostaglandinlar giperalgeziyani 
rivojlantiradilar,chunki ular notsitseptorlarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlarga sezgirligini 
oshiradilar. Shuning uchun prostaglandinlar (PGE
2
, PGF

, PGl
2
) sintezini kamaytirib 
giperalgeziya rivojlanishini oldini oladi. Og‘riq chaqiruvchi ta’sirlarga sezish bo‘sag‘asi ortib 
ketadi. 
Shu kabi dori vositalarning analgetik ta’siri odatda yallig‘lanish
rivojlanganda ayniqsa 
yorqin namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda yallig‘lanish markazida prostaglandinlar va 
yallig‘lanishning boshqa mediatorlarini ajralishi va o‘zaro ta’sirlari yuzaga keladi. Yuqorida 
qayd etilganidek prostaglandinlar giperalgeziyani rivojlantiradilar va uning fonida bradikinin, 
gistamin va yallig‘lanishning boshqa notsitseptorlarini qo‘zg‘atish faolligiga ega bo‘lgan 
mediatorlariga og‘riq sezish salmoqli darajada kuchaydi ( mexanik ta’sirotlarga xam). Shu 
sababli prostaglandinlar sintezini susayishi og‘riqni bartaraf etilishiga olib keladi, bu 
yallig‘lanish rivojlanganda ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Moddalarni yallig‘lanishga qarshi 
xossalarining og‘riqni kamaytirishidagi axamiyati mexanik omillar bilan xam bog‘liq. SHishni, 
to‘qimalar infiltratsiyasini kamayishi bilan reseptorlarga bo‘layotgan bosim kamayadi va bu 
og‘riq sezishni kamayishiga olib keladi. Bu gurux dori vositalarining og‘riq sizlantiruvchi 
ta’sirida markaziy omilni yo‘q deb bo‘lmaydi. Bunday fikr paratsetamol misolida o‘ztasdig‘ini 
topgan. Uning periferik (yallig‘lanishga qarshi) ta’siri amaliy jixatdan bo‘lmay, og‘riqsizlantirish 
xossasi yorqin ifodalangan. 
Ketorolak aloxida o‘rinolgan. Periferik SOG ni ingibitorlari ichida u og‘riqsizlantirish 
vositasi sifatida eng samarador. Bu asnoda ularni opiod analgetiklar bilan qiyoslash mumkin, 
ammo uni yallig‘lanishga qarshi ta’siri kuchsiz darajada. Isitma tushirish va antiagregant ta’sirga 
ega. Enteral qo‘llanganda biologik o‘zlashtirish darajasi 80-100%. Operatsiyadan keyingi 
davrda, o‘smalarda, travmalar, tug‘ish jarayonida, buyrak kolikalarida og‘riq qoldirish uchun 
qo‘llaniladi. Ichiladi va mushaklarga kiritiladi. Ta’sir davomiyligi 6 s. Davomli qo‘llanilganda 
buyrak va me’da-ichak traktiga (shilliq qavatlarda yaralar paydo bo‘ladi) salbiy (jarohatlovchi) 


ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli evropaning qator davlatlarida ushbu dori vositani qo‘llash 
to‘xtatilgan. 
Atsetilsalitsilat kislotasining analgetik ta’sir mexanizmi. 
Ushbu xolata xam MNS da prostaglandinlar sintezini susayishi axamiyatga ega. Extimol 
bunda og‘riqning ruxiy komponenti va uni baxolashga ta’sir etmay, faqat afferent nerv tolalari 
orqali og‘riq impulslarini o‘tishi buzilsa kerak. 
Nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalar isitma tushirish xossasiga egadirlar. 
Bu ham prostaglandinlar sintezini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib gipotalamusda joylashgan 
xaroratni boshqarish markaziga ularni pirogen ta’sirini kamayishida namoyon bo‘ladi. 
Prostaglandin E, ayniqsa faol pirogendir. Tana xaroratini pasayishi issiqlik tarqatishni kuchayishi 
xisobiga (teri tomirlari kengayadi, terlash yuzaga keladi) amalga oshadi. 
Isitma tushiruvchi xossasi faqat ushbu gurux moddalarini isitmalashda qo‘llagandagina 
namoyon bo‘ladi. Me’yordagi tana xaroratini ular o‘zgartirmaydilar. Yuqorida keltirilgan 
tasnifdan, yallig‘lanishda qo‘llaniladigan ko‘pgina nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan vositalar 
siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiyalovchilarga tegishli ekanliklari ko‘rinib turibdi. Bu 
guruxni tipik vakillaridan biri salitsilat kislota unumlari (salitsilatlar) xisoblanadi. Ulardan 
atsetilsalitsilat kislotasi eng ko‘p qo‘llaniladi. 
Salitsilatlar og‘riqsizlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushirish ta’sirga 
egadirlar. Bundan tashqari ular ko‘pgina a’zolar va sistemalarga ta’sir ko‘rsatadilar. Jumladan 
nafas olishni rag‘batlantiradilar, ayniqs aularni katta dozada qo‘llanganda. Ushbu ta’sir nafas 
olish markazini bevosita qo‘zg‘atuvchi ta’sir, hamda karbonat angidridni hosil bo‘lishini 
kuchayishi bilan tushuntiriladi. Nafas olish sonini va chuqurligini (amplitudasini) ortishi 
respirator alkalozga olib kelishi mumkin. Salitsilatlarni terapevtik dozalarda berilsa kislota-
ishqor muvozanatini buzilishi kompensatsiyalangan alkaloz bilan cheklanadi, chunki buyraklar 
asos birikmalarni (K
⁺va Na⁺ni) tez ajratadilar va pH me’yorlashadi, ammo bunda to‘qima 
suyuqliklarining buferlik xajmi xam kamayadi. Yurak qon tomir sistemasiga salitsilatlar kam 
ta’sir ko‘rsatadilar. Faqat katta dozalardagina bevosita tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir 
ko‘rsatadilar. 
Salitsilatlar jigarga ta’sir ko‘rsatib safro ajralishini kuchaytiradi. Buyraklarni peshob 
ajratish funksiyasini deyarli buzmaydilar, lekin uratlar va fosfatlar reabsorbsiyasini 
susaytiradilar. Salitsilatlarni katta dozada qo‘llanganda peshob kislotasining ekskretsiyasi ortadi 
(uni reabsorbsiyasini kamaytirish xisobiga). Katta bo‘lmagan dozalarda salitsilatlar peshob 
kislotasini faqat sekretsiyasini susaytiradilar va bu uni qondagi konsentratsiyasini ortishiga olib 
kelishi mumkin 
Terapevtik dozalarda salitsilatlar qon хosil bo‘lishiga ta’sir etmaydilar. 
Gipoprotrombinemiya bo‘lishi mumkin (katta dozalarda qo‘llanganda). Atsetilsalitsilat kislota 
trombositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qilishi muxim amaliy axamiyatga ega. Bu tromboksan 
biosintezini susayishi bilan bog‘liq. 
Katta dozalarda salitsilatlar gipotalamusga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib AKTG va 
shu tufayli glyukokortikoidlar ajralishini kuchaytiradilar. Ammo salitsilatlarni yallig‘lanishga 
qarshi ta’sirish u bilan belgilanmaydi. 
Salitsilatlar modda almashinuviga ta’sir etadilar. Katta dozalarda qo‘llanganda 
aminokislotalar, oqsillar va yog‘ kislotalari sintezini kamayishi va ularni parchalanishini 
kuchayishi kuzatiladi. Qandli diabetda salitsilatlar qonda glyukozaning miqdorini kamayishiga 
imkon tug‘diradilar. 
Salitsilatlarni ichilganda ular me’dadan qisman, asosan ingichka ichakda so‘riladilar. 
Ularning absorbsiyasi tez va to‘liq bo‘ladi. Metilsalitsilat teri yuzasidan yaxshi so‘riladi. 
Salitsilatlar to‘qima barerlaridan oson o‘tadilar. Ularning yarimi qon oqsillari bilan bog‘lanadi. 
Salitsilatlarni organizmdagi kimyoviy o‘zgarishlari asosan jigarda kechadi. Hosil bo‘lgan 
kon’yugatlar va o‘zgarmagan birikmalar buyrak orqali ajraladi. Salitsilatlarni yallig‘lanishga 
qarshi vosita sifatida o‘tkir va surunkali revmatik xastaliklarni davolashda hamda 
og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida nevralgiyalar, mialgiyalar, bo‘g‘imlar og‘rig‘ida qo‘llaniladi. 


Salitsilatlarni isitma tushirish ta’sirini suistimol qilish kerak emas. Ma’lumki isitma 
organizmni ximoya reaksiyasi bo‘lganligidan unibartaraf etish ko‘p xolatlarda ijobiy emas, balki 
salbiy natija beradi. Tana xaroratini tushirish maqsadida salitsilatlarni faqat organizm xolatiga 
yomon ta’sir ko‘rsatuvchi juda yuqori xaroratdagina qo‘llash mumkin. Salitsilatlarni qo‘llaganda 
yuzaga keluvchi noxush ta’sirlar asosan dispepsik o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Jumladan 
ko‘ngil aynish va qayt qilish ancha ko‘p rivojlanadi. Bunday xolat asosan moddalarni markaziy 
(qayd qilishni boshkaruvchi soxaning xemoreseptorlariga) ta’siri va qisman me’da shilliq 
qavatini ta’sirlantirish bilan tushuntiriladi. 
Me’da shilliq qavatida prostaglandinlarning sintezini buzilishi va mahalliy 
yallig‘lantiruvchi ta’siri tufayli salitsilatlar uni jaroxatlaydilar. Bu shilliq qavatda yaralarni paydo 
bo‘lishi va gemorragiyada namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar atsetilsalitsilat kislotasini 
muntazam qabul qilganda ancha ko‘p uchraydi. Bundan tashqari ko‘pgina bemorlarda quloqning 
shang‘illashi, eshitishni susayishi, allergik reaksiyalar (angionevrotikshish, teridatoshmalar, 
bronxospazm va boshqalar) kuzatiladi, ba’zan salitsilatlarga idiosinkraziya rivojlanishi mumkin. 
Salitsilatlarga o‘rganish va tobelik rivojlanmaydi. Salitsilatlar bilan o‘tkir zaharlanish MNS 
(bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, ko‘rishni pasayishi va ruxiy buzilishlar), me’da-ichak trakti 
(ko‘ngil aynish, qayt qilish, diareya, epigastral soxada og‘riq), kislota-ishqor muvozanatining 
(respirator alkaloz yoki metabolik atsidoz) buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari 
qonda natriy ionlarini oshib ketishiga olib keluvchi gipokalemiya va to‘qimalarning 
degidratatsiyasi kuzatiladi. Tana xarorati oshadi. Agar dori vosita ovqat hazm qilish traktidan 
to‘liq so‘rilmagan bo‘lsa, me’dani yuvish kerak, adsorbsiyalovchi vositalar va tuzli surgilar 
berish lozim. Birinchi navbatda kislota-ishqor muvozanati hamda elektrolit va suv balansi 
buzilishlarini bartaraf etish lozim. Yuqori darajadagi atsidozlarni tomirga gidrokarbonatnatriy 
eritmasini bo‘lib-bo‘lib kiritish, degidratatsiyani- tomirga eritmalarni infuziyalash
gipokalimiyani-kaliy xlorid kiritish orqali bartaraf etiladi. Peshob haydovchi vositalarni ishqorlar 
eritmasi bilan birga qo‘llash (mn:furosemidni) salitsilatlarni buyrak orqali shiddatliroq 
ekskretsiyasiga imkon beradi. Og‘ir xollarda qon quyish, gemodializ yoki peritoneal dializ 
qo‘llaniladi. Gipertermiyada,bulardan tashqari, tana tashqaridan sovutiladi. 
Salitsilatlarni davomli qo‘llash va dozasini oshirib yuborish tufayli salitsilizm-
salitsilatlar bilan surunkali zaharlanish kuzatiladi. Ularning belgilar o‘tkir zaharlanish belgilar 
kabi, lekin kuchsizroq darajada namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari terida toshmalar, 
gemorragiyalar (gipoproteinemiya tufayli) kuzatiladi. Surunkali zaharlanishni davolash 
salitsiatlarni berishni to‘xtatishdan boshlanadi. 
Gemorragiyalar bo‘lganda vitamin K ni berishlozim. Salitsilizmni davolash asosan 
simptomatik bo‘lib, salitsilatlarni zaharli ta’sirining aniq ko‘rinishini namoyon bo‘lishiga 
bog‘liq. 
Antranil (orto-amino-benzoy) kislota unumlariga Mefenam kislotasi (ponstan, 
parkemid), Flufenamkislota (arlef) va boshqa bir qator dori vositalar kiradi. Ularni xammasi 
kuchli yallig‘lanishga qarshi og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushiruvchi xossalariga egadirlar. 
Ushbu ta’siri bo‘yicha tajribada ular salitsilatlardan ustun keladilar, ammo klinik samaradorligi 
bo‘yicha atsetilsalitsilat kislotasiga mos keladilar. Me’da ichak traktidagi antranilkislota 
unumlari yaxshi so‘riladilar. Zardob oqsillari bilan qisman bog‘lanadilar. Organizmdan 
metabolitlar va qisman o‘zgarmagan xolda asosan buyrak orqali ajraladi. Surunkali kechuvchi 
revmatik xastaliklarda yallig‘lanishni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Noxush ta’siri asosan 
maxalliy ta’sirlantirish va me’da shilliq qavatida prostaglandinlar sintezini susaytirish bilan 
bog‘liq dispepsi ko‘zgarishlardan iborat. Tez-tez diareya, qayt qilish, ba’zan qorinda og‘riq 
rivojlanib turadi, terida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin.
Niflumov kislotasi (donalgin) mefenam kislotasiga nisbatan ancha samarador. Uni 
boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi qo‘llaniladi. 
Indometasin (metindol) indolsirka kislotasining hosilalariga mansub. Ushbu dori vositaning 
asosiy ta’siri yallig‘lanishni bartaraf etish. Og‘riqsizlantirish xossasi xam kuchli darajada 
namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari indometatsinda isitma tushurish xossasi xam mavjud. 


Indometatsin eng samarador yallig‘lanishga qarshi vosita xisoblanadi. U me’da-ichak traktidan 
yaxshi so‘riladi. Organizmda biotransformasiyaga duchor bo‘ladi, qisman o‘zgarmagan xolda 
ajraladi. Buyrak va najas bilan ajraladi.
Indometatsinni yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida revmatoid artrit va boshqa 
surunkali revmatoid xastaliklarda qo‘llaniladi. U o‘tkir podagrada xam qo‘llanadi. Bunda xam 
davolash ta’siri uning yallig‘lanishni susaytiruvchi ta’siri bilan bog‘liq, chunki indometatsin 
peshob kislotasini ekskretsiyasini oshirmaydi. Og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushirish vositasi 
sifatida indometatsin yuqori zaharliligi tufayli, tez-tez noxush o‘zgarishlar chaqirganligi sababli 
qo‘llanilmaydi. 
Noxush ta’sirlar indometatsinni qabul qilgan bemorlarning ko‘pchilgida (30-50%) 
rivojlanadi. Me’da ichak trakti (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, epigastral soxada og‘riq, shilliq 
qavatlarda yaralar paydo bo‘lishi, diareya) va MNS (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi) tomonidan 
asoratlar tez-tez uchraydi. Ba’zan depressiya, galyusinatsiya kabi ruxiy buzilishlar rivojlanadi. 
Ko‘pincha ko‘rish buziladi. Kamroq noxush ta’sirlari qon hosil bo‘lishini susayishi bilan bog‘liq 
bo‘ladi (leykopeniya, aplastikanemiya). Umuman indometatsin nixoyatda zaharli dori vositalarga 
mansubdir. Ruxiy xastaliklarda, tutqanoq, parkinsonizm, me’da va 12 barmoqli ichakning yara 
xastaliklarida uni qo‘llash mumkin emas. Xomilador va emizikli ayollarda uni berish tavsiya 
etilmaydi. 
Diklofenak – natriy (ortofen,voltaren) fenil sirka kislotasining unumlariga mansub. U eng 
faol yallig‘lanishga qarshi vositadir. Kuchli darajada og‘riq qoldirish hamda isitma tushirish 
faolligiga ega . 
Dori vosita MITdan yaxshi so‘riladi. Zardob oqsillari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi. 
Asosan metobolitlarning ko‘rinishida organizmdan peshob va safro tarkibida ajraladi. 
Diklofenak-natriyning zaharliligi past, terapevtik ta’sir kengligi ancha katta. Dori vositani 
bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Dispepsik buzilishlar, allergik reaksiyalarni rivojlantirishi 
mumkin. Fenilpropion kislota unumlaridan tabobat amaliyotida ibuprofen (brufen) dori vositai 
qo‘llaniladi. U kuchli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sir 
ko‘rsatadi.YAllig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha butadionga yaqin, salitsilatlardan ustun keladi. 
Ichilganda ham samarador. Dori vositani ochqoringa ichilganda qondagi maksimal 
konsentratsiyasi taxminan 45 minutdan, ovqat bilan yoki undan keyin ichilsa 1,5-3 soatdan keyin 
aniqlanadi. Asosan metobolitlar ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi. Dori vositani juda oz qismi 
o‘zgarmagan xolda ajraladi. Ibuprofenni indometatsinga berilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha 
qo‘llaniladi. Unga eng xos bo‘lgan noxush ta’sirotlar -ko‘ngil aynash, diareya,qorin sohasidagi 
og‘riq xisoblanadi. 
Naproksen (naprosin) naftilpropion kislota hosilasidir. YAllig‘lanishga qarshi ta’siri 
bo‘yicha diklofenak-natriyga nisbatan faolsizroq ,ammo og‘riq qoldirish ta’siri bo‘yicha undan 
ustun turadi.Uni kuniga 2 maxal ichiladi. Bemorlar uni yaxshi qabul qiladilar. Ba’zan xar xil 
ko‘rinishda dispepsik o‘zgarishlar, terida allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Piroksikam, 
lornoksikam, meloksikam va boshqalar oksikamlar guruxiga mansubdirlar. Piroksikam xossalari 
va qo‘llanilishi bo‘yicha siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiyalovchi boshqa dori 
vositalarga o‘xshash. Enteral qo‘llanganda yaxshi so‘riladi. Ta’siri davomli (1 kunda 1 marta 
ichiladi). Jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlari va oz miqdorda o‘zgarmagan moddalari 
asosan buyrak orqali ajraladi. 
Lornoksikam (ksefokam) xam oksikamlar hosilasidir. Siklooksigenazani tanlamasdan 
ingibitsiyalovchilarga tegishli. Yuqori darajada og‘riq qoldirish va yallig‘lanishni susaytirish 
xossasiga ega. Isitma tushiruvchi ta’siri faqat katta dozalarda qo‘llanganda namoyon bo‘ladi. 
Kuchsiz darajada trombositlar agregasiyasini pasaytiradi. MIT dan tez va to‘liq so‘riladi. 
Organizmdan ichak (~60-65%) va buyrak (30-35%) orqali ajraluvchi faol bo‘lmagan 
metabolitlarga aylanadi. 
Lornoksikamni boshqa nosteriod yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi qo‘llaniladi. Ammo 
kuchli analgetik faolligini inobatga olib uni nafaqat yallig‘lanishlarda (osteoartirit, revmatoid 


artitrit) balk ioperatsiyalardan keyingi davrda, hamda o‘simtalar bilan bog‘liq og‘riqlarni 
qoldirish uchun ham qo‘llaniladi. Dori vositani kuniga 2-3 marta kiritiladi.
Noxush ta’sirlari: asosan MIT (dispepsiya, og‘riq, me’da shilliq qavatini jaroxatlanishi, ko‘ngil 
aynash, diareya) tomonidan, qisman jigar va buyrak funksiyalarini buzilishida namoyon bo‘ladi. 
Pirazolon unumlari ham nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar 
guruxiga mansubdir. Ushbu guruxdan butadion(fenilbutazon, butazolidin) va analgin (metapirin) 
qo‘llaniladi. Pirozolon unumlari og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushirish 
xossalariga ega. Analgetik ta’sir analginda, yallig‘lanishga qarshi ta’sir butadionda ko‘proq 
mujassamlangan. Butadion buyrak orqali peshob kislotasini ajralishini sezilarli darajada oshiradi 
(uni reabsorbsiyasini susaytirish xisobiga) va shu sababli podagrani davolashda qo‘llaniladi. 
Analginda bunday xossa doimiy bo‘lmaganligi uchun podagrani davolashda amaliy axamiyatga 
ega emas. Analgin suvda oson eriydi va shu sababli uni parenteral kiritish qulay. Pirazalon 
unumlarining barchasi MITdan yaxshi va yetarlicha to‘liq so‘riladi. Maksimal konsentrasiyasi 
qonda 1-2 soatdan keyin hosil bo‘ladi. Analgin tez so‘riladi, ta’siri davomli emas. Butadionni 
ta’siri unga nisbatan davomliroq. Uning qon zardobidagi konsentrasiyasini 50% kamayishi 
taxminan 72 soatda yuzaga keladi. Organizmdan ushbu moddalar metabolitlar va kon’yugatlar 
shaklida juda oz miqdori, o‘zgarmagan xolda buyrak orqali ajraladi. Analginni analgetik sifatida 
bosh, tishog‘rig‘ida, nevralgiyalarda, mialgiyalarda qo‘llaniladi. Analgin revmatik isitmalashda 
bemorlar salitsilatlarni ko‘taraolmaganliklarida cheklangan xollarda, albatta periferik qon 
tarkibini nazorati ostida, qo‘llanilishi mumkin. Agranulotsitozni rivojlanishi xafv tug‘diruvchi 
xolat bo‘lib, o‘lim bilan tugallanishi mumkin. Shu sababli analginni ko‘pgina davlatlarda 
qo‘llash cheklangan yoki umuman to‘xtatilgan. Butadionning yallig‘lanishga qarshi faolligini 
inobatga olib, uni infeksion poliartritda, hamda o‘tkir podagrada qo‘llashadi. Ammo uni 
qo‘llanganda juda ko‘p noxush ta’sirotlari uchraydi (taxminan 50%). U dispepsik o‘zgarishlar 
(ko‘ngil aynash,qayt qilish, diareya, me’dadan qon ketishi), shishlar (buyrak kanalchalarida 
natriy va xlor ionlari reabsorbsiyasini kuchayishi tufayli), allergik reaksiyalar(artrit, terida 
o‘zgarishlar). Jigarda va qon hosil qilish sistemasida va og‘ir asoratlar (agranulotsitoz, aplastik 
anemiya) yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ko‘pgina davlatlarda u qo‘llanilmaydi. 
Siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiyalovchilar (SOG-1+SOG-2) fermentlarning ushbu 
tiplariga bir xil ta’sir etmaydi. SOG-1 ni ko‘proq atsetilsalitsilat kislotasi, indometatsin, kamroq- 
ibuprofen, piraksikam va mefenam kislotasi ingibitsiyalaydi. Ikkala tipdagi siklooksigenazani 
diklofenak-natriy va naproksen bir xil darajada ingibitsiyalaydi. Shunga mos ravishda SOG-1 
qancha ko‘p ingibitsiyalansa shuncha ko‘p noxush ta’sirotlar (me’da shilliq qavatida yaralar 
paydo bo‘lishi va qon ketish, buyrakga salbiy ta’sir: koptokchalardafiltratsiya, 
natriyionlarivasuvekskretsiyasikamayadi) rivojlanadi. SOG-2ni tanlab ingibitsiyalovchilar 
e’tiborni ko‘proq jalb qilmoqda. Ular asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida hosil bo‘layotgan 
fermentlar faolligini susaytiradilar. Shu sababli bunday dori vositalar SOGni tanlamasdan 
ingibitsiyalovchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga xos bo‘lgan noxush ta’sirotlarni 
kamroq rivojlantiradilar (mn: me’da-ichak tomonidan). Ushbu dori vositalarning birinchilaridan 
bo‘lib selekoksib (selebreks) xisoblanadi. U SOG-2ning raqobatsiz ingibitoriga mansub. U SOG-
2ni faolligini SOG-1ga nisbatan yuz marta ko‘proq ingibitsiyalaydi. YAllig‘lanishga qarshi, 
og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushirish xossasiga ega. Trombositlar agreatsiyasiga ta’sir etmaydi, 
chunki trombositlarda SOG-2 hosil bo‘lmaydi. Selekoksibda xavfli o‘smalar, yo‘g‘on ichak va 
to‘g‘ri ichak polipozlarini rivojlanishini oldini olish xossasi mavjud. Bunday ta’sir boshqa 
nosteroid vositalarni qo‘llaganda xam kuzatilgan.Ammo bunday dastlabki ma’lumotlar yuqori 
sinchkovlik bilan o‘tkaziladigan tadqiqodlarni talab etadi.Selekoksib ichiladi. U me’da –ichak 
traktidan yaxshi so‘riladi. Jigarda deyarli batamom metabolizmga uchraydi. Metabolitlari 
ko‘proq safro bilan ichakdan va kamroq darajada buyrak orqali ajraladi. 
Revmatoid artritlar, osteoartritlarda, oilaviy yo‘g‘on ichakni adenomatozli polipozini 
kompleksterapiyasida qo‘llaniladi. Allergik reaksiyalar, ovqat hazm qilish traktini jaroxatlanishi 
(shilliq qavatlarda yaralar paydo bo‘lishi, qon ketishi, gastropatiyalar tanlamasdan ta’sir etuvchi 
nosteroid tuzilishli yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llanilgandagiga qaraganda kamroq 


rivojlanadi) kabi noxush ta’sirotlarni yuzaga kelishi qayd etilgan. SOGni tanlamay 
ingibitsiyalovchi dori vositalarini qo‘llaganda rivojlanuvchi nefrotoksik ta’sir (organizmda suvni 
ushlanib qolishi, shishlarda namoyon bo‘ladi) rivojlanishi mumkin. Kamdan kam xollarda 
anemiya, jigar funksiyasini buzilishi kuzatiladi. Sulfanilamidlarga va salitsilatlarga sezgirlik 
oshganda, hamda allergiya (bronxial astma, eshakemi) holatlarida dori vositani qo‘llash man 
etiladi. Tabiiyki selekoksibni o‘ziga ham sezgirlik oshib ketishi mumkinligini nazarda tutmoq 
lozim. 
SOG-2 ni tanlab ingibitsiyalovchilarga katta etibor berilib ularni yallig‘lanishga qarshi 
vosita sifatida keng qo‘llanila boshladi. Ammo yaqindagina shunday dori vositalardan birini- 
refekoksibni miokard infarktini anchagina ko‘p rivojlanishida namoyon bo‘luvchi kardiotoksik 
ta’siri haqida ma’lumot nashr etilgan. Balki, bunday asorat sababi qon zardobida prostatsiklin 
miqdorini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan tromb hosil bo‘lishini kuchayishi bo‘lsa kerak. Ushbu 
natijalar refekoksibni qo‘llashni to‘xtatishga asos bo‘ldi. Yanabir SOG-2 ni ingibitori – 
valdekoksibni ham kardiotoksik ta’siri haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. SOG-2 ni tanlab 
ingibitsiyalovchi dori vositalarga bunday jiddiy noxush ta’sirot xosmi degan savol tug‘ilishi 
qonuniydir. Nashr etilgan ma’lumotlarga asoslangan holda bunday ta’sirot faqat ushbu dori 
vositalarning o‘zigagina tegishli deb xisoblashga asos ko‘p, chunki selekoksibning kardiotoksik 
ta’siri haligacha qayd etilmagan. Shunga qaramay shu dori vositalarni qo‘llashga ko‘rsatma 
berilayotganda ehtiyot bo‘lish o‘zini juda ham oqlaydi. 
Yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida revmatoid artritda ba’zan oltin dori vositalari 
(krizanol va boshqalar) qo‘llaniladi. Ta’sir prinsipi ular yuqorida qayd etilgan nosteroid 
yallig‘lanishga qarshi vositalardan jiddiy farq qiladi. Ularning ta’siri sekin rivojlanadi (2-3 oydan 
keyin) va uzoq muddat saqlanadi. Oltin dori vositalarini keng ko‘lamda qo‘llashga ularning 
nisbatan yuqori zaharliligi va ko‘pgina jiddiy noxush ta’sirotlari (buyrak, jigar, qon hosil qilish 
a’zolarining jaroxatlashi va allergik reaksiyalar)ning mavjudligi to‘sqinlik qiladi. Burushtiruvchi 
va o‘rab oluvchi vositalar ham yallig‘lanishga qarshi ta’sirga egadirlar. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin